MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
194
ZULUK BILAN DAVOLASHNING AHAMIYATI. ZULUK
QO’YISH TEXNIKASI
Farg'ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
Hamshiralik ishi kafedrasi mudiri
Olimjonova Xayotxon Salohiddinovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada “Zuluk bilan davolashning ahamiyati.
Zuluk qo’yish texnikasi” haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim
tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: Girudoterapiya, arterial bosim, vodorod periks, probirka,
anemiya, gipotoniya, qon ivishi
THE IMPORTANCE OF TREATMENT WITH LEECH. LEECHES
Annotation: This article mentions "The importance of treatment with leeches.
The technique of leeching" and the author provides important recommendations.
Keywords: gyrudotherapy, blood pressure, hydrogen peroxide, solution,
anemia, hypotension, blood clotting
Zuluklar chuchuk suvda yashaydigan qo’sh jinsli chuvalchanglar
bo’lib, ularning so’lak bezlarida qon ivuvchanligini pasaytiradigan girudin
moddasi boradi. Zuluklar tibbiyot va xalq tabobatida mahalliy qon chiqarish
maqsadida qo’llaniladi. Qon ivish sistemasining buzilishlari, teri kasalliklari,
kamqonlik va ayni vaqtda antikoagulyantlar bilan davolash vaqtida
zuluklardan foydalanish mumkin emas. Zuluklar qon so’ribgina qolmay, balki
unga maxsus modda -
girudin
ajratadi, bu modda qonning ivish xususiyatini
pasaytiradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
195
Zuluk solingandan so’ng arterial bosim pasayadi. Zuluk solishning
yana bir afzalligi shundaki, zuluklarni boshqa usullardan foydalanib qon
chiqarib bo’lmaydigan joylarda ham qo’llash mumkin. Bitta zuluk o’rta
hisobda 2 ml dan 10 ml gacha qon so’rishi mumkin. Ularni daryo yoki
vodoprovod suvida,ichiga havo kirib turishini ta ’minlash uchun doka bilan
bekitilgan bankalarda saqlash kerak. Suvni har kuni yangilab turish lozim.
Banka deraza oldida, imkon boricha 10—15°C temperaturada saqlanadi.
Suvda tez harakat qiladigan, sog’lom och zuluklargina ishlatishga yaroqli
hisoblanadi. Zulukning sust harakat qilishi, yuzasining yopishqoq bo ’lib
qolganligi uning kasalligidan dalolat beradi va u ishlatishga yaramaydi.
Odatda 6 tadan 12 tagacha zuluk solinadi. Zuluklarni venalari va arteriyalari
juda ham yuza joylashgan sohalarga qo’yib bo’lmaydi, chunki zuluklar terisi
nihoyatda yupqa va sezuvchan yoki teri osti kletchatkasi nozik (qovoqlar,
yorqoq) joylarni chaqib olishi mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
196
Zuluk solish usuli.
Zuluklarni faqat vrach ko’rsatmasi bo’yicha
qo’llaniladi. Zuluk solish paytida bemor yotadi. Kerakli asboblar - zuluk
solish uchun steril lotok va pinset, vodorod peroksidli flakon, namakop suv,
menzurka, glukoza eritmasi, steril tamponlar, salfetkalar, bog’lov materiallari
oldindan tayyorlab qo’yiladi. Zuluk so’radigan joydagi mo’ylar qiriladi,
suvda yaxshilab yuviladi va quruq qilib artiladi. Zuluk yaxshi yopishishi
uchun teri shirin suv bilan ho’llanadi. Xushbo’y sovun, efir qo’llash va teriga
yod surtish zulukning yopishishiga to’sqinlik qiladi. Tibbiyot hamshirasi
bemor ahvolini hamda zuluklaming boshqa joyga o’rmalab ketmasligini
uzluksiz kuzatib turishi talab qilinadi. Zuluklarni imkon qadar bemorlarga
ko’rsatmaslik kerak, chunki bu ularda yoqimsiz sezgilar paydo qiladi va hatto
hushdan ketishga sabab bo’lishi ham mumkin. Zulukni pinsetga qisib olinadi
va probirka yoki menzurkaga dum tomonini pastga qilib solinadi, bosh
tomonini esa kerakli joyga qo’yiladi va zuluk yopishguncha kutib turiladi.
Shundan
so’ng
probirkani
olib
qo’yiladi
va
zulukning
ko’chib
tushmayotganini kuzatib turiladi. Odatda zuluk 30 -60 daqiqagacha yopishib
turadi va o’zi tushib ketadi. Zulukni ertaroq olish kerak bo’lsa. terini
namakopli suv bilan ho’llanadi. Agar zuluk qon so’rishdan to’xtasa, unga
qo’lni tekkizib qo’yiladi, shundan so’ng u yana so’ra boshlaydi. Zulukni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
197
ko’chirib olish mumkin emas, chunki bunda bemorning terisi jarohatlanib
qolishi va u ko’p qon yo’qotishi mumkin. Jarohatlangan joyning har biridan
10 ml dan 40 ml gacha qon oqib turadi. Zuluk chaqqan joylar bir sutkagacha
va bundan ham ko’proq vaqt qonab turishi mumkin. Qonab turgan joylarga
aseptik bog’lam, ba’zan bosib turadigan bog’lam qo’yiladi. Jarohatlangan joy
odatda 2-3 kunda tuzaladi. Zuluklar tushirilgandan keyin jarohatga infeksiya
tushmasligi uchun steril salfetka bosiladi. Zuluk faqat bir marta ishlatiladi,
so’ngra esa namakopli suv, formalin yoki nashatir spirti eritmasiga solinadi
va kanalizatsiyaga oqiziladi. Bemorga zulukni bir necha kun o’tgandan
keyingina takroriy solish mumkin.
Asoratlari.
Aseptika qoidalari buzilganda jarohat atrofidagi terining
qichishishi yoki boshqa asoratlar kuzatilishi mumkin. Qichishishni yo ’qotish
uchun jarohat atrofidagi teriga nashatir spirti bilan vazelin moyi aralashmasini
baravar miqdorda surtish mumkin. Zuluk solinadigan bemorni pulsi va arterial
bosimini kuzatib borish zarur, chunki zuluk solishdan so’ng u pasayadi. Zuluk
solingandan 2-3 kun o’tgandan keyin ham jarohat qonab tursa va bosib
turadigan bog’lam foyda bermasa, jarohatni kaliy permanganat kristallari
bilan kuydirish mumkin. Stenokardiya va miokard infarktining cho’zilib
ketgan xurujlarida zuluklar og’riq qoldiruvchi ta’sir ham ko’rsatadi, ularni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
198
yurak sohasiga uchinchi, to’rtinchi va beshinchi qovurg’alar orasiga, to’sh
suyagidan chapga 1 sm qoldirib 8 - 1 0 dona solinadi. Jigarda qon dimlangan
va u og’riydigan bo’lganda zuluklarni jigarga qovurg’alar qirrasi bo’yicha
1 0 - 1 2 dona qo’yiladi.
Zuluk qo’yish tехnikаsi
Hаrаkаt аlgоritmi:
1.
Bеmоrgа muоlаjа mаqsаdi tushuntirilаdi.
2.
Tаyyorlаnаdi: zuluk sоlingаn idish, iliq suv, glyukоzа eritmаsi, prоbirkа,
steril sаlfеtkа, shаrchаlаr, pinsеt, bint, sho’r suv.
3.
Zuluk qo’yilаdigаn sоhа iliq suv bilаn аrtilаdi.
4.
Zuluk qo’yilаdigаn sоhа glyukоzа bilаn хo’llаnаdi.
5.
Prоbirkаgа sоligаn zuluk kеrаkli sоhаgа qo’yilаdi.
6.
Kеrаkli qоnni zuluk so’rib bo’lgаndаn so’ng zuluk o’zi tushib kеtаdi.
7.
Zuluk qo’yilgаn sоhаgа аntisеptik bоg’lаm qo’yilаdi.
8.
Zuluklаr 3% хlоrаmin eritmаsiga sоlib qo’yilаdi vа tаshlаnаdi.
Eslаtmа:
Zuluk qo’yilgаndа bеmоr o’zini yomоn his qilsа zuluk qo’yilgаn
sоhаgа sho’r suv tоmizilаdi, shundа zuluk tushib kеtаdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Hamshiralik ishi asoslari. Q.S. Inomov
2.Hamshiralik ishi asoslari. K.O'. Zokirova
3. Internet saydlari:
https://uz.wikipedia.org/wiki/