Authors

  • Odiljonova Ruzixon

Author Biography

  • Odiljonova Ruzixon

    Andijon davlat texnika instituti

    Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘nalishi 3-kurs talabasi

    E-mail:rozixonodiljonova8@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116196

Keywords:

ish vaqti dam olish vaqti vaqtni me‘yorlash ish vaqti turlari ishlab chiqarish samaradorligi ish kuni ta’tillar vaqt rejimi.

Abstract

Ushbu maqolada  ishda ishlovchilarning mehnat faoliyati davomida amal qilinadigan ishlash va dam olish vaqti turlari, ularning turlarga ajratilishi hamda me’yorlashtirish tamoyillari o‘rganilgan. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat intizomini ta’minlashda vaqtni to‘g‘ri tashkil etish muhim omil hisoblanadi. Shu bois, ushbu mavzuda vaqt rejimlarini to‘g‘ri belgilash, dam olish huquqlarini ta’minlash va ularning qonuniy asoslarini chuqur o‘rganish dolzarb sanaladi. Ishda mehnat qonunchiligida belgilangan normal ish vaqti, qisqartirilgan ish kuni, dam olish kunlari, mehnat ta’tili kabi tushunchalar yoritishga harakat qildim.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

293

ISHLOVCHILARNING ISHLASH VA DAM OLISH VAQTI

TURLARI,ULARNI ME’YORLASH

Odiljonova Ruzixon

Andijon davlat texnika instituti

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘nalishi 3-kurs talabasi

E-mail:rozixonodiljonova8@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada ishda ishlovchilarning mehnat faoliyati

davomida amal qilinadigan ishlash va dam olish vaqti turlari, ularning turlarga

ajratilishi hamda me’yorlashtirish tamoyillari o‘rganilgan. Ishlab chiqarish

samaradorligini oshirish va mehnat intizomini ta’minlashda vaqtni to‘g‘ri tashkil

etish muhim omil hisoblanadi. Shu bois, ushbu mavzuda vaqt rejimlarini to‘g‘ri

belgilash, dam olish huquqlarini ta’minlash va ularning qonuniy asoslarini chuqur

o‘rganish dolzarb sanaladi. Ishda mehnat qonunchiligida belgilangan normal ish

vaqti, qisqartirilgan ish kuni, dam olish kunlari, mehnat ta’tili kabi tushunchalar

yoritishga harakat qildim.

Kalit so‘zlar: ish vaqti, dam olish vaqti, vaqtni me‘yorlash, ish vaqti turlari,

ishlab chiqarish samaradorligi, ish kuni, ta’tillar, vaqt rejimi.

Kirish:

Bugungi kunda har bir tashkilot yoki korxonaning samarali faoliyati

mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, xodimlarning ish vaqtini to‘g‘ri tashkil

etish va dam olish huquqlarini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liqdir.

Ishlovchilarning ishlab chiqarish jarayonidagi ishtiroki nafaqat ish unumdorligiga,

balki umumiy iqtisodiy samaradorlikka ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli,

mehnat vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, vaqt turlarini belgilash va ularni huquqiy hamda

texnik asosda me’yorlash masalalari zamonaviy mehnat boshqaruvida muhim o‘rin

egallaydi [1]. Mehnat faoliyatini tashkil etishda xodimlar uchun belgilangan ish va

dam olish vaqti turlari — normal ish kuni, qisqartirilgan ish kuni, smenali ish

rejimlari, dam olish kunlari va mehnat ta’tilari kabi shakllarda ifodalanadi. Bu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

294

turlarni aniq me’yorlash esa korxona ichki tartibi, ishlab chiqarish xususiyatlari va

amaldagi mehnat qonunchiligi asosida belgilanadi.Ushbu mavzuni tanlashdan

maqsad — ishlab chiqarish jarayonida inson omilini inobatga olgan holda, mehnatni

samarali tashkil qilish usullarini o‘rganish, vaqt me’yorlarini ishlab chiqish va

mehnat qulayliklarini yaxshilash imkoniyatlarini tahlil qilishdan iboratdir. Ayniqsa,

inson salomatligi, mehnat unumdorligi va ijtimoiy himoyani ta’minlashda dam olish

vaqtining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi [2]. Mavzuni chuqur o‘rganish orqali

mehnat jarayonida vaqt omilining roli, uning turli ko‘rinishlari va zamonaviy

me’yorlash texnologiyalariga asoslangan yondashuvlar tahlil qilinadi. Bu esa ishlab

chiqarish barqarorligini ta’minlashda va xodimlarning mehnatga bo‘lgan

munosabatini yaxshilashda asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Mehnat kodeksining 14-bobida dam olish vaqti bo‘yicha alohida

ma‘lumotlar keltirilib, belgilab qo‘yilgan. Mehnat kodeksining 201-moddasida

quyidagilar keltirib o‘tilgan:

Dam olish vaqti xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod

bo‘lgan va o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir.

Dam olish vaqtining turlari quyidagilardan iborat:

ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar;

har kungi (smenalar oralig‘idagi) dam olish;

dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish);

ishlanmaydigan bayram kunlari;

har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari;

xodimning istagiga ko‘ra dam olish kunida yoki ishlanmaydigan

bayram kunida ishlaganlik uchun kompensatsiya sifatida taqdim etiladigan ishdan

bo‘sh bo‘lgan qo‘shimcha kunlar, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari

topshirilgan har bir kundan keyin donorlarga beriladigan dam olish kuni [3].

Bundan tashqari, ish vaqti normasi tushunchasi ham mavjud bo'lib. u

xodimlar zimmasiga topshirilgan ishni korxona, muassasa. tashkilotdagi ichki

mehnat tartibi qoidalariga binoan kun, hafta va boshqa davr mobaynida bajarishi

lozim bo’lgan, qonun bilan yoki unga muvofiq bclgilab qo'yilgan muavvan soatlar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

295

miqdorini anglatadi [4]. Qonunda, odatda. barcha xodimlar uchun haftasiga qirq

soatlik ish vaqti normasi belgilab qo'yilgan boisada, ba'zi toifada xodimlar yoki

muayyan mehnat sharoitlari uchun qisqartirilgan normalar nazarda tutilgan. Mehnat

haqidagi qonunchilikda ish vaqti muddati haqidagi qonunehilikda ish vaqti muddati

normasi shunday tarzda belgilab qo'yilganki (masalan. oylik soatlar normasi, yillik

soatlar normasi). bulardan ish vaqtini jamlab hisobga olishda foydalaniladi [5].

Bundan tashqari, ishlayotgan xodimlar uchun ishlanmaydigan bayram kunlari ham

mavjud.Dam olish kuni bayramdan keyingi kuniga to‘g’ri kelgan taqdirda, dam olish

kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.Dam olish kunlaridan va

ishlanmaydigan bayram kunlaridan xodimlarning oqilona foydalanishi maqsadida

dam olish kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan boshqa

kunga ko‘chirilishi mumkin. Quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlaridir:

1-yanvar — Yangi yil;

8-mart — Xotin-qizlar kuni;

21-mart — Navro‘z bayrami;

9-may — Xotira va qadrlash kuni;

1-sentabr — Mustaqillik kuni;

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;

Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;

Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

Xulosa.

Ushbu maqolani o‘rganishim davomida ishlovchilarning ish va dam

olish vaqtini to‘g‘ri tashkil etish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim

omil hisoblanishini o‘rgandim.Ish vaqtining turli ko‘rinishlari — normal,

qisqartirilgan, smenali ish rejimlari va dam olish huquqlari — xodimlarning

sog‘lig‘i, ishga bo‘lgan munosabati hamda umumiy mehnat unumdorligiga sezilarli

ta’sir ko‘rsatadi.Mehnatni me’yorlash jarayoni esa har bir korxonaning texnologik

imkoniyatlari, ishlab chiqarish xususiyatlari va mehnat qonunchiligiga asoslanib

amalga oshiriladi. To‘g‘ri belgilangan vaqt me’yorlari va dam olish rejimlari

xodimlarga ish jarayonida zo‘riqmasdan faoliyat yuritish imkonini yaratadi hamda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

296

ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytiradi.Shuni ta’kidlash lozimki, mehnat vaqtini

to‘g‘ri me’yorlash nafaqat ishchilar manfaatiga xizmat qiladi, balki korxona

manfaatlarini ham ko‘zda tutgan holda ishlab chiqarish jarayonini

optimallashtirishga xizmat qiladi. Kelgusida zamonaviy texnologiyalar asosida

mehnat vaqtini raqamli boshqaruv tizimlari orqali nazorat qilish, bu boradagi

samaradorlikni yanada oshirish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. – Toshkent: “Adolat”, 2022.

2.

G‘ulomov S.Q., Abdug‘aniyev A.A. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. –

Toshkent: Iqtisodiyot, 2021.

3.

Jo‘rayev M.M. Mehnatni muhofaza qilish asoslari. – Toshkent: Fan va

texnologiya, 2020.

4.

Raxmatov B.X. Ish vaqtini me’yorlash va uning turlari. – O‘zbekiston Milliy

universiteti nashriyoti, 2022.

5.

Karimova Z.M., Tursunov A.M. Korxonada mehnatni tashkil qilish. –

Toshkent: Iqtisodiyot, 2019.