MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
303
BOLALARDA ALLERGIK KASALLIKLAR: ATOPIK DERMATIT,
BRONXIAL ASTMA VA OZIQ-OVQAT ALLERGIYASINING
KLINIK VA TERAPEVTIK XUSUSIYATLARI
АЛЛЕРГИЧЕСКИЕ ЗАБОЛЕВАНИЯ У ДЕТЕЙ: КЛИНИКО-
ТЕРАПЕВТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ АТОПИЧЕСКОГО
ДЕРМАТИТА, БРОНХИАЛЬНОЙ АСТМЫ И ПИЩЕВОЙ
АЛЛЕРГИИ
ALLERGIC DISEASES IN CHILDREN: CLINICAL AND
THERAPEUTIC FEATURES OF ATOPIC DERMATITIS,
BRONCHIAL ASTHMA AND FOOD ALLERGY
Alfraganus Universiteti Tibbiyot fakulteti
Pediatriya yo‘nalishi talabasi
Mamarasulova Nazokat Jo‘rabekovna
Annotatsiya: Bolalar orasida keng tarqalgan allergik kasalliklar —
atopik
dermatit,
bronxial
astma
va
oziq-ovqat
allergiyasining
klinik
kechishi,
tashxis
usullari
hamda
davolash
yondashuvlari
o‘rganildi.
Tadqiqot 2023–2024 yillarda viloyat bolalar shifoxonasida olib borilib, 1
yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 150 nafar bemor tahlil qilindi. Atopik
dermatitda SCORAD indeksi, astmada spirometriya ko‘rsatkichlari va oziq-
ovqat allergiyasida prick-test va IgE darajasi asosida diagnostika qo‘yildi.
Olingan natijalar kasalliklarning yuqori uchrash tezligini, erta tashxis va
kompleks davolash zarurligini ko‘rsatdi. Xulosalarda allergik kasalliklarni
erta
aniqlash,
ota-onalarni
o‘qitish
va
zamonaviy
terapevtik
yondashuvlarning ahamiyati ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar: allergik kasalliklar, atopik dermatit, bronxial astma,
oziq-ovqat
allergiyasi,
lihenifikatsiya,
SCORAD
(Scoring
Atopic
Dermatitis), spirometriya, urtikariya, prick-testlar, dieta.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
304
Аннотация:
Изучены
особенности
клинического
течения,
методы
диагностики
и
подходы
к
лечению
распространенных
аллергических
заболеваний
у
детей:
атопического
дерматита,
бронхиальной астмы и пищевой аллергии. Исследование проводилось в
2023–2024 годах на базе областной детской больницы, обследовано
150 пациентов в возрасте от 1 до 14 лет. Диагноз ставился на
основании
индекса
SCORAD
при
атопическом
дерматите,
показателей спирометрии при астме, а также прик-теста и уровня
IgE
при
пищевой
аллергии.
Результаты
показали
высокую
заболеваемость, необходимость ранней диагностики и комплексного
лечения. В выводах подчеркивается важность раннего выявления
аллергических заболеваний, просвещения родителей и современных
терапевтических подходов.
Ключевые
слова:
аллергические
заболевания,
атопический
дерматит, бронхиальная астма, пищевая аллергия, лихенификация,
SCORAD (шкала оценки атопического дерматита), спирометрия,
крапивница, прик-тесты, диета.
Abstract: The
article
examines the
clinical
course,
diagnostic
methods, and treatment approaches for common allergic diseases in
children: atopic dermatitis, bronchial asthma, and food allergies. The study
was conducted in 2023–2024 at the regional children's hospital; 150
patients aged 1 to 14 years were examined. The diagnosis was based on the
SCORAD index for atopic dermatitis, spirometry values for asthma, and a
skin prick test and IgE levels for food allergies. The results showed high
morbidity, the need for early diagnosis, and comprehensive treatment. The
conclusions emphasize the importance of early detection of allergic
diseases, parental education, and modern therapeutic approaches.
Keywords: allergic diseases, atopic dermatitis, bronchial asthma,
food
allergy,
lichenification,
SCORAD
(Scoring
Atopic
Dermatitis),
spirometry, urticaria, prick tests, diet.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
305
Kirish
Hozirgi
kunda
bolalarda
allergik
kasalliklarning
tarqalishi
butun
dunyoda ortib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga
ko‘ra, har uchinchi bola hech bo‘lmaganda biror allergik kasallikdan aziyat
chekmoqda. Bu guruhga kiruvchi atopik dermatit, bronxial astma va oziq-
ovqat allergiyasi bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotning maqsadi — ushbu kasalliklarning
klinik kechishini, diagnostika yondashuvlarini va davolash strategiyalarini
o‘rganishdir.
Asosiy qism
Allergik
kasalliklar
bolalarda
surunkali
kechadigan,
immun
tizimining
giperreaktivligi
bilan
bog‘liq
bo‘lgan
patologiyalar
bo‘lib,
ularning tarqalish sur’ati butun dunyoda ortib bormoqda
1
. Bu guruhga
kiruvchi
atopik
dermatit
(AD),
bronxial
astma
(BA)
va
oziq-ovqat
allergiyasi (OOA) eng ko‘p uchraydigan shakllardir.
Atopik dermatit — bu surunkali, qaytalovchi, yallig‘lanishli teri
kasalligi bo‘lib, odatda hayotning ilk yillarida boshlanadi
2
. Kasallik
patogenezida terining to‘liq funksiyasining buzilishi, filaggrin genining
mutatsiyasi ustunligi muhim rol o‘ynaydi
3
. Past namlik va past harorat
atopik dermatit bilan og'rigan bemorlarda jarayonning og'irlashish xavfini
oshiradi. Atopik dermatit odamlarning taxminan 20 % ga hayotining biror
nuqtasida
ta'sir
qiladi.
Bu
yosh
bolalarda
ko'proq
uchraydi.
Ayollar
erkaklarga qaraganda bir oz ko'proq kasallanadi. Klinik jihatdan AD
qichishish, eritremalar, ekskoriatsiyalar va lihenifikatsiya bilan namoyon
bo‘ladi.
Lihenifikatsiya-
teri
rangining
o’zgarishi,
qalinlanishi
dag’allashishi yoki yallig’lanishi bilan kechadi. Atopik dermatit yoshga
1
WHO. Allergic diseases: global burden. World Health Organization, 2020.
2
Pawankar R. Allergic diseases and asthma: a global public health concern. World Allergy
Organization Journal, 2014.
3
3. Bieber T. Atopic dermatitis. New England Journal of Medicine, 2008.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
306
qarab turli xil alomatlar bilan namoyon bo‘ladi: Chaqaloqlarda -yuzda
toshma (peshona, yonoqlar), tirsaklar, bilaklar va boldirlarning bukilish
sohasida, dumba terisida toshmalar. Bolalarda- shilinmalar, tizza va tirsak
bukilish sohalarida, qo‘l, bo‘yin va ko‘krakning yuqori qismi va peshonada
toshmalar. Kasallik SCORAD (Scoring Atopic Dermatitis) shkalasi asosida
baholanadi
4
.
So’nggi yigirma yil ichida astma bilan kasallanish holatlari ko’paydi
va bugungi kunda astma ta’siridan taxminan 300 million kishi aziyat
chekadi. Bu jins va yoshdan qa’tiy nazar, insonlarda eng keng tarqalgan
surunkali kasalliklar sirasidan. Bronxial astma bilan kasallanganlar orasida
o’lim darajasi juda yuqori. So’nggi yigirma yil ichida bolalardagi bronxial
astma holatlari ortib borishi bunday hoaltni nafaqat kasallik, balki ijtimoiy
muammo deb qarashga undamoqda va unga qarshi kurash uchun maksimal
kuchlar qaratilgan.
Bronxial
astma
— bolalarda eng ko‘p uchraydigan surunkali
respirator kasallik bo‘lib, uning asosida havo yo‘llarining gipereaktivligi,
surunkali yallig‘lanish va epizodik obstruksiya yotadi
5
. Astma fenotiplari
orasida allergik (IgE vositachiligida) shakli bolalarda ustunlik qiladi. 12
yoshdan oldin boshlangan astma genetik taʼsir tufayli koʻproq yuzaga
kelishi mumkin, 12 yoshdan keyin paydo boʻlishi esa atrof-muhit taʼsiri
tufayli koʻpayishi mumkin. Sabab omillari havodagi chang zarralari, uy
hayvonlari nisbatan allergiya, allergen kimyoviy moddalar (kir yuvish yoki
tozalash vositalari). Bu omillar nafas olish yo‘llari sezgirligini oshiradi va
bronxial astmani keltirib chiqaradi. Klinik belgilari – kechasi kuchayadigan
yo‘tal, nafas qisilishi, “hushtak”simon nafas va jismoniy faollikdan keyingi
holsizlikdir
6
.
Bronxial
astmaning
kechishi
avj
olish
va
remisiiya
davrlaridan iborat, kasallik o’z vaqtida aniqlanganda tegishli davolash
4
Silverberg J.I. Comorbidities and the impact of atopic dermatitis. Annals of Allergy, Asthma &
Immunology, 2019.
5
S.G.Rustemovna Bolalarda bronxial astma kasalligi va uni davolash aspektlari, 2024.
6
Sicherer SH, Sampson HA. Food allergy: Epidemiology and natural history. Immunology and
Allergy Clinics of North America, 2018.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
307
choralari bilan uozq muddatli va samarali remissiyaga erishish mumkin.
Kasallikning yakuni bemor o’z salomatligi haqida qanday qayg’urishi va
shifokor ko‘rsatmalariga qanday amal qilishiga bog’liq. Diagnostika uchun
spirometriya asosiy ahamiyatga ega, FEV1 ko‘rsatkichining kamayishi va
reversibil
bronxial
obstruktsiya
mezoni
(bronxodilatatordan
so‘ng
yaxshilanish)
muhim
hisoblanadi
7
.
Hozirgi
ekalogiya
muammolarini
inobatga olgan holda aytishimiz mumkunki bronxial astma rivojlanish xavfi
yuqori.
Oziq-ovqat allergiyasi - bu oziq-ovqat mahsulotlari, taomlar yoki
ichimliklarning tarkibiy qismlariga kuchli allergik reaktsiya. Ko‘pincha u
bolalarda namoyon bo‘ladi, lekin 5 yoshga kelib, odatda o‘tib ketadi. Katta
yoshli
odamlarda
oziq-ovqat
allergiyasi
kam uchraydi va ko‘pincha
pollinoz
bilan
birga
uchraydi.
Bolalar orasida eng ko‘p allergiya
chaqiruvchi mahsulotlar: sigir suti, tuxum, yer yong‘oq, soya, rezavor
mevalar va dukkakli mahsulotlar
8
. Klinik jihatdan urtikariya, qusish,
qorinda og‘riq, diareya va og‘ir hollarda anafilaksiya bilan namoyon bo‘ladi
9
. Urtikariya- xalq orasida qichima yoki toshma deb ataladi bu terida
to’satdan paydo bo‘ladigan, qizil, qichishadigan, yassi ko‘tarilgan dog‘lar
bilan namoyon bo‘ladigan allergik reaksiyalar. Bu toshmalar odatda bir
necha soatdan keyin yo‘qoladi, lekin yangilari paydo bo‘lishi mumkin.
O‘tkir- qisqa muddatli, odatda 6 haftagacha davom etadi va surunkali- 6
haftadan ortiq davom etuvchi turlari mavjud. Tashxislashda prick-testlar,
serum
IgE
tahlillari,
eliminatsion
parhez
va
provokatsion
testlardan
foydalaniladi. Prick-testlar- skrining tekshiruviga o‘xshaydi, ammo yashirin
allergen surilgan bemor terisi tirnash o‘rniga ozgina qizdiriladi (prick
7
Allen KJ, et al. Food allergy—Time for a new approach? Pediatric Allergy and Immunology,
2014.
8
Leung DYM, Guttman-Yassky E. Pathogenesis of atopic dermatitis. Nature Immunology, 2014
9
Bacharier LB, et al. Diagnosis and treatment of asthma in childhood. Journal of Allergy
and Clinical Immunology, 2018.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
308
ingliz tilidan S ukol). 15-20 daqiqa o‘tgach terida reaksiya mavjudligiga
tekshiriladi. Qizarish va qavariq — allergen aniqlanganining alomati.
Tadqiqot
2023–2024
yillar
davomida
viloyat
bolalar
shifoxonasining allergologiya bo‘limida olib borildi. Tadqiqotda 1 yoshdan
14 yoshgacha bo‘lgan, klinik simptomlari mavjud bo‘lgan 150 nafar bola
ishtirok etdi. Bemorlar quyidagi guruhlarga ajratildi:
Atopik dermatit bilan – 68 nafar (45%)
Bronxial astma bilan – 52 nafar (35%)
Oziq-ovqat allergiyasi bilan – 30 nafar (20%)
Odatda
allergik
kasalliklar
yechimi
sifatida
parhezga
murojat
qilinadi. Parhez simptomlarni kamaytirib kasallik yengil kechishida muhim
rol o‘ynaydi. Atopik dermatit bilan og‘rigan bolalarning ko‘pchiligida oziq-
ovqat mahsulotlariga sezuvchanlik aniqlanadi. Shuning uchun gipoallergen
dieta tavsiya etiladi:
Sigir suti, tuxum, yong‘oqlar, baliq, dengiz mahsulotlari, sitrus
mevalar, shokolad va qizil mevalar cheklanadi
Ona suti bilan boqilayotgan chaqaloqlarda ona parhez tutadi.
Kichik yoshdagi bolalarda zarur hollarda gipoallergen aralashmalar
tavsiya qilinadi.
Oziq-ovqat
alergiyasida
bemorda
aniq
allergen
aniqlangach,
u
elimatsion parhez asosida butunlayratsiondan chiqariladi. Misol uchun:
Tuxumga allergiya bo‘lsa – barcha tuxumli mahsulotlar (makaron,
non, pishiriqlar) chiqariladi
Sigir sutiga allergiya – sut, yogurt, smetana, sariyog‘, sutli shokolad
cheklanadi
Yer yong‘oqqa allergiya – yong‘oqlar, yer yong‘oqli nonushta,
shirinliklar ratsiondan chiqariladi.
Xulosa
Ushbu
maqola
allergik
kasalliklarning
bolalar
orasida
keng
tarqalganligini va ularning har birining o‘ziga xos klinik va laborator
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–4_Июнь –2025
309
xususiyatlarga ega ekanligini tasdiqladi. Ushbu kasalliklarni erta aniqlash,
to‘g‘ri
tashxislash,
zamonaviy
terapevtik
yondashuvlarni
qo‘llash,
shuningdek, ota-onalar bilan faol ishlash kasalliklarni samarali nazorat
qilish va asoratlarning oldini olishda muhim omildir. Havoda zararli gazlar,
chang zarralari bor ekan organizmimiz allergik kasalliklarga moyilligi oshib
bormoqda
shunday
ekan
bolalarning
ovqatlanish
ratsionidan
allergen
moddalar: sun’iy konservatlar, iste’mol bo‘yoqlari kabilarni chiqarishimiz
lozim. Doimo tabiiy va
foydali meva sabzavotlardan foydalanish
va
iste’mol qilish eng to‘g‘ri yo‘l .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
WHO.
ALLERGIC
DISEASES:
GLOBAL
BURDEN.
WORLD
HEALTH ORGANIZATION, 2020.
2. PAWANKAR R. ALLERGIC DISEASES AND ASTHMA: A GLOBAL
PUBLIC HEALTH CONCERN. WORLD ALLERGY ORGANIZATION
JOURNAL, 2014.
3. BIEBER T. ATOPIC DERMATITIS. NEW ENGLAND JOURNAL OF
MEDICINE, 2008.
4. SILVERBERG JI. COMORBIDITIES AND THE IMPACT OF ATOPIC
DERMATITIS. ANNALS OF ALLERGY, ASTHMA & IMMUNOLOGY,
2019.
5.
S.G.RUSTEMOVNA
BOLALARDA
BRONXIAL
ASTMA
KASALLIGI VA UNI DAVOLASH ASPEKTLARI, 2024.
6. SICHERER SH, SAMPSON HA. FOOD ALLERGY: EPIDEMIOLOGY
AND
NATURAL
HISTORY.
IMMUNOLOGY
AND
ALLERGY
CLINICS OF NORTH AMERICA, 2018.
7. ALLEN KJ, ET AL. FOOD ALLERGY—TIME FOR A NEW
APPROACH? PEDIATRIC ALLERGY AND IMMUNOLOGY, 2014.
8.
LEUNG
DYM,
GUTTMAN-YASSKY
E.
PATHOGENESIS
OF
ATOPIC DERMATITIS. NATURE IMMUNOLOGY, 2014.