Authors

  • Konsbekova Makbol Irzabek qizi
  • Omonboyeva Nursaule Erkin qizi

Author Biographies

  • Konsbekova Makbol Irzabek qizi

    Navoiy davlat universiteti talabasi

  • Omonboyeva Nursaule Erkin qizi

    Navoiy davlat universiteti o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116299

Keywords:

метод опыт программа качество образования процесс.

Abstract

В этих трех статьях описываются вопросы преподавания государственного языка в начальных классах.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

99

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA DAVLAT TILINI O’QITISH

MASALALARI

Konsbekova Makbol Irzabek qizi

Navoiy davlat universiteti talabasi

konysbekovamakpal@4g.mail.com

Ilmiy rahbar: Omonboyeva Nursaule Erkin qizi

Navoiy davlat universiteti o'qituvchisi

Omonboyevanursaulekbosh@gmail.com

Aннотация: В этих трех статьях описываются вопросы преподавания

государственного языка в начальных классах.

Ключевые слова: метод, опыт, программа, качество образования,

процесс.

Mustaqillik sharofati bilan ta’lim sohasida ham ulkan islohotlar amalga

oshirilmoqda. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq yosh avlod tarbiyasiga jiddiy

e’tibor qaratildi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”,

“Davlat ta’lim standartlari”ning joriy qilinishi ushbu jarayonlardagi eng muhim

bosqich sifatida xarakterlanadi. Bu hujjatlarda ona tili ta’limi oldiga ham qator

talablar qo’yildi. Shu asosda ona tili dastur va darsliklari ham yangilandi.

Yangilangan ona tili darsliklarining ikki avlodi nashr qilindi va o’qitishga joriy etildi.

Ona tili o’qitishga bo’lgan qarashlar, talablar o’zgardi. Darsliklar ana shu talablar

asosida tuzildi.

Ona tili o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida boy tajriba to’plagan

bo’lsa-da, bu fanning o’qitilishi bilan bog’liq bir qator muammolar ham yuzaga keldi.

Buning sababi shundaki, ta’lim jarayoniga bir qator zamonaviy texnologiyalar kirib

keldi va kirib kelmoqda, umumiy o’rta ta’lim maktablarining ona tili darsliklari

yangilandi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar yaratildi. Bular

bilan bog’liq qarashlar va tahlillar, uslubiy ko’rsatmalar o’zbek tili o’qitish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

100

metodikasining o’rganish obyektiga aylanishi kerak. Shu ma’noda bu fanning

mazmunini quydagicha belgilash mumkin: ona tili ta’limining izchil tizimini ishlab

chiqish, ona tili darslarini tashkil etishiga oid metodik tavsiyalarni tanlash va

amaliyotga joriy etish, shu bilan birga metodika sohasining zamonaviy pedagogik

texnologiyalar, til o’rgatishning interfaol metodlarini o’zida aks ettirgan ilmiy

asoslarini ishlab chiqishdir. Bu fan egallangan bilimlarni pedagogik amalyotga joriy

etish, ilg’or pedagogik texnologiyadan unumli foydalanishga yo’naltirilgan. O’zbek

tili o’qitish metodikasi ijodiy tafakkur sohibini shakllantirishning didaktik asoslarini

o’rganadi. Ona tili o’qitish metodikasi fani yosh avlodga ona tilidan nimani?,

qancha?, qanday? o’rgatish kerak degan savollarga javob beradi.

Til o’qitish metodikasini o’rganish turli ta’lim bosqichlariga mos, qulay

metodlarni izlash, tanlash, amaliyotda qo’llay bilishdir.

O’zbek tili o’qitish metodikasining asosiy maqsadi til imkoniyatlaridan

to’g’ri, aniq, o’rinli va unumli foydalanish ko’nikma va malakalarini hosil qilish,

mantiqiy – ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish,

o’quvchilarda milliy istiqlol g’oyasini shakllantirish va talaba shaxsini ma’naviy

boyitishdan iborat.

Til o’qitish metodikasining asosiy vazifasi talabalarni erkin, ijodiy, mustaqil

fikrlarini og’zaki va yozma shaklda, adabiy til meyorlari asosida to’g’ri ifodalay

oladigan, bir ma’noni turli holatlarda berish ko’nikmasi shakllangan yetuk

murabbiylarni tarbiyalab yetkazishdir.

O’zbek tili o’qitish metodikasi fani o’zining nazariy asoslariga va ilmiy

tadqiqot metodlariga ega. Bular quyidagilar: 1.Kuzatish. Tilshunos va metodist

olimlar ilmiy anjumanlarda, vaqtli matbuotlarda, berib borilayotgan uslubiy

maqolalarni, pedagogik o’qishlarda o’qilayotgan ma’ruzalarni o’qib va eshitib,

kuzatib boradilar, zamonaviy dars namunalarini kuzatib, ulardan tegishli xulosalar

chiqaradilar. Bu usul orqali ona tili o’qitish bilan bog’liq muammolar o’rgatiladi,

yangicha qarashlar va metodlar aniqlanadi.

2.Tajriba o’tkazish. Metodist – olimlar o’z ilmiy tadqiqotlari yuzasidan

erishilgan natijalar haqida ilmiy anjumanlarda o’rtoqlashadilar, o’zlari ilgari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

101

surayotgan, qo’llamoqchi bo’lgan metodlarini asosli va ishonchli mezonlar asosida

ma’lum maktab yoki akademik litseylarda tajribadan o’tkazadilar. Natijalarni tahlil

qiladilar. Bu usul tavsiya qilinayotgan ilmiy va uslubiy farazlarning ishonchliligini,

asosli ekanligini isbotlashga zamin yaratadi.

3.Test o’tkazish. Bu usul orqali o’quvchilarning nazariy bilimlari, ko’nikma

va malakalari o’rganiladi. Test savollari o’tkazish o’quvchi va talabalarning bilimi,

egallagan amaliy ko’nikmalari haqida umumlashgan xulosalar chiqarishga imkon

yaratadi.

4.Anketa va savol varaqalari tarqatish. Bu usul orqali o’qituvchi va

o’quvchilarning fanga bo’lgan munosabati, qiziqishlari va istaklari o’rganiladi.

5.Metodik merosni o’rgatish. Ona tilini o’qitish tarixi qadimgi davrlarga borib

taqalsa-da, uni o’qitish metodikasi uzoq tarixga ega emas. O’tmishda yashab ijod

etgan Al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Zamaxshariy, Navoiy kabi ijodkorlar

asarlarida ta’lim-tarbiya bilan, o’qitish bilan bog’liq fikrlar mavjud bo’lsa-da, aynan

ona tilini qay usulda o’qitish bilan bog’liq fikrlar uchramaydi. Al-Xorazmiyning

“Sezish orqali bilish bu qisman bilish bo’lsa, mantiqiy bilish bu haqiqatdir”, Abu Nasr

Forobiyning “Bilim, ma’rifat, yaxshi axloq bilan bilimdon, ma’rifatli, yetuk,

mukammal inson yetishadi. Buning uchun ta’lim - tarbiya o’qituvchi tomonidan

to’g’ri tashkil etilishi, boshqarilishi va ma’lum maqsadlarga yo’naltirilishi lozim”

degan fikrlari o’zbek tili o’qitish metodikasida ham bosh mezon vazifasini o’taydi.

XX asr boshlariga kelib an’anaviy o’qitish usullari yoniga Yevropacha

o’qitish usullari ham kelib qo’shildi. Mahalliy ziyolilardan Fitrat, Munavvar qori,

Hamza, A.Avloniy, Qori Niyozov, Qayum Ramazon, Murod Shams, Majid Qodiriy

kabilar darslik va qo’llanmalar yaratishda faol ishtirok etdilar. 1940-yillarda

S.A.Fvesaloniskiyning “Ona tili o’qitish metodikasi” qo’llanmasi bosilib chiqdi.

Qo’llanmada nutq o’stirish va insho masalalariga keng o’rin berilgan, morfologiya va

sintaksis o’qitish metodikasiga alohida e’tibor berilmagan. 40–yillardan boshlab

o’zbek olimlari til o’qitish muammolari bilan bog’liq tadqiqot ishlari olib bora

boshladilar. 1944 yilda M.Shams “Orfografiya o’qitish metodikasi”, K.Xayrullayev


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

102

“Tipik orfografik xatolar va ularni bartaraf etish” mavzusidagi tadqiqotlarni amalga

oshirishdi.

M.Shams 1950-yilda “O’zbek tili o’qitish metodikasi” qo’llanmasini nashr

ettirdi. 1952- yilda esa “O’zbek tili o’qitish metodikasi”ning 1-qismi F.Kamol tahriri

ostida nashrdan chiqdi. 1960-yilda H.Rustamovning “Sintaksis va punktuatsiya

o’qitish metodikasi”, 1963-yilda N.Abdurahmonovning “O’zbek tili o’qitish

metodikasi” kitoblari nashr ettirildi. 1975-yilga kelib esa ancha mukammal darslik

Y.G’ulomov, I.Rasulov, H.Rustamov, B.Mirzaahmedovlar tomonidan yaratildi. Bu

darslik ham “O’zbek tili o’qitish metodikasi” deb nomlanadi. Ushbu darslik hozirgi

davrgacha amalda qo’llanib kelindi. 1960-80-yillar davomida metodika bo’yicha

ishlar ko’lami ko’paydi. Hozirgi davrda ham ona tili o’qitish metodikasi bo’yicha

ilmiy – tadqiqotlar keng olib borilyapti.

O’zbek tili o’qitish metodikasi birinchi navbatda falsafa va umumiy

tilshunoslik bilan, tilshunoslikning nazariy asoslari bilan chambarchas bog’liq.

Maktablarda o’qitiladigan ona tili predmetining ilmiy asosini va mazmunini,

dastavval til haqidagi fan belgilab beradi. Ona tili o’qitishning to’g’ri tashkil etilishi

va samarali bo’lishi til to’g’risadagi lingivistik xulosalarning ilmiy va aniq bo’lishiga

bog’liq. Ona tili o’qitish metodikasini va uning taraqqiyotini tilshunoslik fanisiz

tasavvur etib bo’lmaydi.

Ona tili o’qitish metodikasi pedagogika va psixologiya fanlari bilan ham

bog’liq holda ish olib boradi. Pedagogika ta’lim - tarbiya prinsplarini belgilab

beruvchi fandir. Ona tili darslarida ham ta’lim prinsplari qo’llanadi. Pedagogika

fanining didaktika qismi ona tili o’qitish metodikasining nazariy asosi hisoblanadi,

Ona tili o’qitish metodikasi didaktikasining hamma prinsplariga tayanadi.

O’qituvchi o’z o’quvchilarining psixologik qobiliyatlarini o’rganishi, ona tili

materiallarini tushuntirishda ularni hisobga olishi zarur. O’qituvchi o’z faniga

nisbatan o’quvchilarda qiziqish uyg’ota olishi, ularning diqqatini jalb eta olishi, shu

materialni esda saqlab qolish yo’llarini qo’llashi lozim. Bu ishlarning barchasi ona tili

o’qitish metodikasining psixologiya bilan bog’liqligini ko’rsatadi.

O’zbek tili o’qitish mazmuni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

103

Ta’lim mazmuni davlat va jamiyat talablariga ko’ra, pedagogik

texnologiyalarning eng so’nggi yutuqlari asosida belgilanadi, shakllanadi. Ta’lim

mazmunini shakllantirish zamonaviy pedagogikada 4 ta muhim tarkibiy qismlar

hisobiga amalga oshiriladi.

1.Talabalar egallashi zarur bo’lgan bilimlar tizimi (til fanlari, tushunchalar ,

qoidalar va ta’riflar tizimi)

2.Tanlangan ilmiy – nazariy bilimlarga muvofiq keladigan amaliy ko’nikma

va malakalar tizimi

3.Talabalarni ijodiy faoliyat usullariga o’rgatish. Faoliyat qayta xotirlash,

qisman ijodiy va ilmiy – ijodiy darajada bo’lishi mumkin

4.Talaba va o’quvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tizimi ona tili o’qitish

mazmuni fonetika, leksikologiya, grammatika, uslubiyat, to’g’ri talaffuz, to’g’ri

yozish, so’z tanlash va gap tuzish, ijodiy fikrlash, fikrni to’g’ri, aniq ifodalash, ifodali

o’qish, matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi.

Boshlang’ich ta’limda Davlat ta‘lim standartlari Boshlang’ich sinflarda ona

tili o’qitish metodikasi fanining predmeti o’quvchilarga o’zbek tilini o’rgatish yollari

va vositalari, ona tilini egallash, ya‘ni nutqni, o’qish va yozishni, grammatika va

imloni o’zlashtirib olish to’g’risidagi ilmdir. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida (1-

9-sinf) ona tili fanini o’qitishning asosiy maqsadi – o’z fikrini og’zaki va yozma

tarzda to’g’ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil

va ijodiy fikrlay oladigan, o’zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati

rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Umumiy o’rta ta‘lim muassasalarida

ona tili fani ni o’qitish-ning asosiy vazifasi: o’quvchi shaxsini fikrlashga, o’zgalar

fikrini anglashga, o’z fikrini og’zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga

qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o’quvchilarda grammatikaga oid

bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so’zning tarkibi, so’z yasalishi, morfologiya,

sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni)

shakllan-tirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli

foydalangan holda fikrini to’g’ri va ravon bayon eta olish ko’nikmalarini

rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

104

Umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich sinflarda o’qish fani o’quvchilarni ongli,

to’g’ri va ifodali o’qishga o’rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq

madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyati shakllantiradi. O’quvchilarni har

tomonlama rivojlan-tirishga xizmat qiladi .Metodika maktab oldiga qo’yilgan ta‘lim

va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o’rgatishning vazifalarini va

mazmunini belgilaydi, ta‘lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning

qonuniyatlarini va ta‘lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.

Metodika fani quyidagi masalalarni o’rganadi:

1. O’qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimani o‘qitish kerak?

savoliga javob beradi, ya‘ni boshlang’ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta‘lim

mazmunini belgilab beradi, o’quvchilar uchun darsliklar va qo’lanmalar yaratib,

ularni takomil-lashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi.

2. O’qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o’quvchilar

amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni

„Qanday o‘qitish kerak?" savoliga javob tayyorlab beradi.

3. O’quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko’nikma hosil qilishda ilmiy

nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni

„Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak?" savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali

materiallarni, metodlarni o’rganadi, tanlangan metodlarni asoslaydi, tavsiyalarni

eksperimental tekshiradi.

Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili

o’qitish metodikasining dast-labki bosqichi bo’lib, u tekshiradigan masalalarni

boshlang’ich sinf o’quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o’rgatadi. Shu bilan

birga, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining o’ziga xos xususiyatlari

mavjud. Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitish grammatika, imlo va unga bog’liq

holda nutq o’stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o’rgatish, sinfda va

sinfdan tashqari o’qish metodikalarini ham o’z ichiga oladi.

Shulardan kelib chiqib, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani

quyidagi vazifalarni bajaradi:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

105

1 Umumiy o'rta ta'limning boshlang‘ich ta‘limdan davlat ta‘lim standarti va

o‘quv dasturi. Respublika ta’lim markazi – T.: 2017. 18-bet

2 Umumiy o'rta ta'limning boshlang’ich ta‘limdan davlat ta‘lim standarti va

o‘quv dasturi. Respublika ta’lim markazi – T.: 2017. 87-bet.

a) boshlang’ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud

tizimini, ya‘ni kursning (xat-savod o’rgatish, o’qish, grammatika, imlo, nutq o’stirish

va h.k.) dasturini belgilash va asoslash;

b) o’qish va yozuvdan bilim va ko’nikmalarning shakllanishi jarayonini

hamda bu jarayonda o’quvchilar duch keladigan qiyin-chiliklarni o’rganish,

xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to’g’rilashga yordam

beradigan ish turlarini ishlab chiqish;

d) ona tilidan beriladigan o’quv materialini o’quvchilar aniq tushunishi va

puxta o’zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va

o’quvchilarning umumiy taraq-qiyotiga, ya‘ni ularning zehnini, xotirasini,

kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o’ylashini, nutqini

o’stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish;

e) ona tilini o’rgatish bilan bog’liq holda maktablar oldiga qo’yilgan

tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o’quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni

shakllantirish.

Ona tili o’qitish metodikasi ta‘limning turli bosqichlarida o’quvchilarning

bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlaydi, o’qish-ning muvaffaqiyati va

kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish

usullarini topadi. Ona tili metodikasi ta’lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini

o’qitishning izchillik va uzluksizligini ta‘minlaydi. Maktab-gacha ta’lim

muassasasida asosan, bolalarning nutqini o’stirish nazarda tutiladi. Boshlang’ich

sinfda o’quvchilar nutqini o’stirish-dan tashqari, ona tilidan elementar nazariy

tushunchalarni amaliy o’zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.

Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani quyidagi bo’limlarni

o’z ichiga oladi:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

106

1. Savod o’rgatish metodikasi.Ya’ni elementar o’qish va yozishga o’rgatish.

Bolalarga savod o’rgatish pedagogika fanida-gina emas, balki ijtimoiy hayotda ham

juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki, xalqning savodxonligi mustaqillik

uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir.

2. Husnixat metodikasi. Boshqa fanlar kabi husnixat o’qitish metodikasining

ham o’z predmeti bor. Husnixat o’qitish metodika-sining o’rgatish predmeti ta’lim

berish sharoitida chiroyli yozuvni egallash, grafik jihatdan to’g’ri, chiroyli yozishga

o’rgatish jarayoni hisoblanadi.

3. O’qish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda o’qish pred-metining vazifasi

bolalarni to’g’ri, tez (me’yorida), ongli va ifodali o’qish malakalari bilan

qurollantirish hisoblanadi.

4. Grammatika, fonetika, so’z yasalishini o’rganish metodikasi. Bu bo’lim

unsurar to’g’ri yozuvga va husnixatga o’rgatishni, grammatik tushunchalar,

boshlang’ich imlo malaka-larini shakllantirishni nazarda tutadi.

5. Nutq o’stirish metodikasi. Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda alohida o’rin

tutadi. Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o’quv predmeti sifatida anglaydilar, ular

xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida

o’ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o’zining grafik

shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham

og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egallaydilar.

Metodika bolalar nutqini boyitishi, sintaktik va bog’lanishli nutqini o’stirishni

ham ta‘minlahi kerak. Shuni aytib o’tish kerakki, bog’lanishli nutq maktablarda

alohida bo’lim sifatida o’rganilmaydi, u til fanining boshqa bo’limlari bilan

bog’langan holda shakllantiriladi. Savod o’rgatish metodikasining maqsad va

vazifalari O’qish va yozish - nutq faoliyatining turi. Maktabda o’qitish unsurar o’qish

va yozishga o’rgatishdan boshlanadi. „Alifbe"ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida

o’quvchilar o’qish va yozishga o’rgatiladi, ya’ni o’qish va yozish ko’nikmasini

egallaydilar. Savodga o’rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha

bo’lgan muddatni, ya‘ni ikki o’quv choragini qamrab oladi. Savodga o’rgatish

jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

107

ta‘lim savodga o’rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga

oshiriladi. Savodga o’rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko’ra matn-dan gap, gapdan

so’z, so’zdan bo’g’in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo’g’in > so’z > gap > matn

uzviy aloqada butundan bo’lakka, bo’lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu

esa o’quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik

mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang’ich

ta’limning ilk savodga o’rgatish davridanoq, o’quvchilar nutqini yangi so’zlar

hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi. "Alifbe" darsligida berilgan: yangi

so’zlar, matn, kichik hikoya va she’rlardan foydalanib, o’quvchilarni so’z ma‘nosi

bilan atroflicha tanishtirishda, she‘riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta

hikoyalashga e‘tibor beriladi. Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarni bolalar

adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borish-ga, ularni mustaqil o’qishga, o’qituvchi

va otaonalar yordamida badiiy o’qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va

rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang’ich ta‘limning ilk savodga o’rgatish

davridanoq, o’quvchilar nutqini yangi so’zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor

qaratiladi. O’qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo’lib, u nutqqa oid

malakadir. O’qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa

turlari bilan, ya‘ni og’zaki hikoya qilish, o’zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki

nutq bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi. Maktabda o’qitishning muvaffaqiyati

savod o’rgatisfming qanday tashkil etilganligiga bog’liq. O’quvchini savod o’rgatish

jarayonida unsurar o’qish va yozishga o’rgatishda o’quvchilarning faoliyat ko’rsatishi

va nutq faoliyatiga kirishishlari uchun talab bo’lishi, o’z fikrini og’zaki yoki yozma

ifodalashi uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim.

O’qish va yozish malakasi bilan ikkinchisining muvaf-faqiyatli amalga oshuvini

ta’minlaydi. Shuning uchun ham o’qishga o’rgatish bilan yozuvga o’rgatish parallel

olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan,

savod o’rgatish jarayonida bola juda ko’p o’qishi va yozishi zarur. O’qish uchun ham,

yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o’qish

bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko’pincha o’qilgan matnni og’zaki yodlab olishga

olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

108

mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o’stiradi. O’quvchi oldida uzoq

muddatda amalga oshadigan maqsad – o’qish va yozishni o’rganish hamda hozirda

bajarishi shart bo’lgan kundalik maqsad – topishmoqni o’qish va javobini topish, so’z

va gaplarni o’qish, rasm asosida so’zlab berish kabilar turadi. O’zbek tili yozuvi

tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Harbir tovushuchun, har bir fonema uchun

maxsus grafik shakl (harf) olingan. O’qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa,

yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. Bu o’qish va yozish faoliyatida

o’quvchi uchun qiyinchilik tug’dirgandek tuyulsa-da, aslida o’qish va yozish

jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha

ko’p emas. O’qish va yozishni o’zlashtirish uchun tovush va harflarning o’zaro

munosabatiga oid qoidalarni o’zlashtirish kifoY. Savod o’rgatish metodikasida

o’zbek tili tovushlar va harflar tizimining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish

talab etiladi. O’zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O’zbek tili yozuvi fonematik

yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrdagi „Lotin yozuvi-ga asoslangan o’zbek

alifbosini joriy etish to’g’risida"gi qonunga muvofiq o’zbek tili yozuvi uchun lotin

grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos gratik’shakl

qabul qilindi. O’qituvchi savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarni tovush va harflar

bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o’qishga o’rgatishda o’zbek tilining fonetik

xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Savod o’rgatish analitik-sintetik tovush metodiga

asosan olib boriladi. So’z bo’g’inga bo’linadi, bo’g’indan kerakli o’rganilayot-gan

tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o’rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu

asosda harf va butun o’qish jarayoni o’zlash-tiriladi. Bunda o’zbek tili grafik tizimi,

tovushlarni yozuvda belgi-lash xususiyatlari hisobga olinadi.

Savod o’rgatishda o’zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini

hisobga olish muhim ahamiyatga ega:

1. Savod o‗rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi.

Hozirgi o’zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o. E harfi so’z va bo’g’in

boshida qo’llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan keyin o’rta keng lablanmagan

unli tarzida o’qiladi (kel, tez). Savod o’rgatishda oldin so’z boshida ketadigan e,

so’ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi. O harfi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

109

o’zbekcha, umumturkiy so’zlarda quyi keng, lablangan o tovushini ifodalaydi,

ruscha-baynalmilal so’zlarda urg’usiz bo’g’inda a tarzida (botanika), o’ tovushi kabi

(tonna), qisqa i tarzida (traklor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan

ruscha-baynalmilal so’zlar savod o’rgatish davridan so’ng o’quv jarayoniga kiritiladi.

A tovushi bahor, savol kabi so’zlarda o kabi, muomala, munosabat kabi so’zlarda i

tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi. U tovushi qovun, sovun kabi

so’zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u yoziladi. 1 tovushi bilan, sira kabi

so’zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo saqlanadi.

2. O’zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan

ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular

quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo’ja), k, 1, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g, sh, ch,

ng. Undoshlami o’rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi. Alifbo

davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya’ni ovozdor tovushlar bilan

boshlash maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. SH.MIRZIYOYEV ERKIN VA FAROVON, DEMOKRATIK O’ZBEKISTON

DAVLATINI BIRGALIKDA BARPO ETAMIZ. TOSHKENT – O’ZBEKISTON -

2016.56 B.

2. SH.MIRZIYOYEV BUYUK KELAJAGIMIZNI MARD VA OLIJANOB

XALQIMIZ BILAN BIRGA QURAMIZ. TOSHKENT – O’ZBEKISTON -2016.488

B.

3. QOSIMOVA K, MATJONOV S, G’ULOMOVA X, YO‗LDOSHEVA SH,

SARIYEV SH. ONA TILI O’QITISH METODIKASI. –T.: NOSHIR, 2009. – 163 B.

4. YO‘LDOSHEV N. VA RAXMATILLAYEVA SH. ONA TILI O’QITISH

METODIKASI.

QARSHI.:

NASAF.

2018.

146

B.

5. BOSHLANG’ICH TA‘LIM BO‘YICHA YANGI TAHRIRDAGI DAVLAT

TA‘LIM STANDARTI. – T.: 2005.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–4_Июнь –2025

110

6. UMUMIY O'RTA TA'LIMNING BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDAN DAVLAT

TA‘LIM STANDARTI VA O‘QUV DASTURI. RESPUBLIKA TA‘LIM

MARKAZI – T.: 2017. 18-BET.

7. G‘ULOMOVA X., YO’LDOSHEVA SH, MAMATOVA G, BOQIYEVA H.

HUSNIXAT VA UNI O’QITISH METODIKASI. – T.: TDPU, 2009. – 70 B.

8. SAFAROVA R. VA BOSHQALAR. ALIFBE. (1-SINF UCHUN DARSLIK). -T.:

MA‘NAVIYAT. 2019.