Authors

  • Norqo‘ziyeva Madina Mashrabjon qizi
  • Soxibov.S.N

Author Biographies

  • Norqo‘ziyeva Madina Mashrabjon qizi

    Amaliy ingliz tili va adabiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

    Chet tillar filologiyasi fakulteti

    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

  • Soxibov.S.N

    Ilmiy rahbar:Katta o‘qituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116453

Keywords:

fonetika fonologiya tovush tizimi unli va undosh fonemalar monoftonglar diftonglar qiyosiy tahlil urg‘u intonatsiya.artikulatsiya transkripsiya talaffuzdagi xatolar.

Abstract

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarining fonetik tizimlari qiyosiy tahlil qilinadi.Fonetika og‘zaki muloqot uchun zarur bo‘lgan asosiy aloqa vositasi hisoblanadi .Ko‘plab o‘quvchilar  fonetik tovush tizimlarini o‘rganishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ushbu maqolada fonetik tovush tizimlarining muommolari to‘liq yoritib beriladi. Shuningdek, maqolada Ingliz va O‘zbek tillarini tushunishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fonologik birliklarning farqlari va                 o‘xshash jihatlari tahlil qilinadi,.Ayniqsa,ikki tilning fonetik tizimlarining tuzilishi unli va undosh fonemalar,urg‘u,intonatsiya kabi asosiy mavzulari qiyosiy jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, tilshunos olimlarning izlanishi yordamida mavzu yanada to‘liq yoritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

21

INGLIZ VA O’ZBEK TOVUSH TIZIMLARINI QIYOSIY

O‘RGANISH

Norqo‘ziyeva Madina Mashrabjon qizi

Amaliy ingliz tili va adabiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Chet tillar filologiyasi fakulteti

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

Ilmiy rahbar:Katta o‘qituvchi Soxibov.S.N

norqozoevamadina@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarining fonetik tizimlari

qiyosiy tahlil qilinadi.Fonetika og‘zaki muloqot uchun zarur bo‘lgan asosiy aloqa

vositasi hisoblanadi .Ko‘plab o‘quvchilar fonetik tovush tizimlarini o‘rganishda

muayyan qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ushbu maqolada fonetik tovush

tizimlarining muommolari to‘liq yoritib beriladi. Shuningdek, maqolada Ingliz va

O‘zbek tillarini tushunishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fonologik birliklarning

farqlari va o‘xshash jihatlari tahlil qilinadi,.Ayniqsa,ikki tilning fonetik

tizimlarining tuzilishi unli va undosh fonemalar,urg‘u,intonatsiya kabi asosiy

mavzulari qiyosiy jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, tilshunos olimlarning

izlanishi yordamida mavzu yanada to‘liq yoritiladi.

Kalit so‘zlar:fonetika,fonologiya, tovush tizimi, unli va undosh fonemalar,

monoftonglar,diftonglar,qiyosiy tahlil,urg‘u,intonatsiya.artikulatsiya,transkripsiya,

talaffuzdagi xatolar.

Abstract:This article presents a comparative analysis of the phonetic systems

of the English and Uzbek languages. Phonetics is considered a key component of oral

communication and an essential means of interaction. Many learners face specific

difficulties in mastering phonetic sound systems. The article explores common issues

related to phonetic systems and provides a detailed examination of these problems.

Furthermore, it analyzes the differences and similarities between the phonological

units of English and Uzbek, which are crucial for understanding both languages.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

22

Special attention is given to the structural comparison of phonetic features such as

vowel and consonant phonemes, stress, and intonation. The topic is further enriched

through the insights of prominent linguists and relevant linguistic research.

Keywords:phonetics, phonology, sound system, vowel and consonant

phonemes, monophthongs, diphthongs, comparative analysis, stress, intonation,

articulation, transcription, pronunciation errors.

Аннотация:В данной статье проводится сравнительный анализ

фонетических систем английского и узбекского языков. Фонетика

рассматривается как важнейшее средство коммуникации, необходимое для

устного общения. Многие учащиеся сталкиваются с определёнными

трудностями при изучении фонетической системы звуков. В статье подробно

освещаются основные проблемы, связанные с фонетическими системами.

Также рассматриваются различия и сходства фонологических единиц,

играющих важную роль в понимании английского и узбекского языков. Особое

внимание уделяется сравнительному анализу структуры фонетических

систем двух языков, включая такие ключевые аспекты, как гласные и

согласные фонемы, ударение и интонация. Кроме того, тема более глубоко

раскрывается с помощью исследований лингвистов.

Ключевые слова: фонетика, фонология, звуковая система, гласные и

согласные фонемы, монофтонги, дифтонги, сравнительный анализ, ударение,

интонация, артикуляция, транскрипция, ошибки произношения.

Kirish

Fonetikada tildagi tovushlar, ularning paydo bo‘lishi va turlari, nutq

organlari, ularning tovush hosil qilishdagi harakat holati, nutq apparati, nutq

tovushlarining akustik va artikulyatsion xususiyatlari, nutq jarayonida sodir

bo‘ladigan turli xil fonetik hodisalar, kabi hodisalar o‘rganiladi. Fonetika - (gr. Phone

- tovush) tilning keng ma’noda tovush tuzilishini o’rganuvchi tilshunoslikning

bo’limi. U tovushlar bilan bog’liq bo’lgan har qanday hodisalarni tekshiradi. Shu

sababli, unga tilning faqat tovush tizimini o‘rganuvchi bo‘lim sifatida qarash

noto‘g‘ri.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

23

Har bir til o’z fonetikasiga ega. Fonetika tovushlarning almashinishi va

o‘zgarishi, adabiy talaffuz me’yorlari, to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari, bo’g’in va

urg‘u, uning turlari kabi muammolarni ham o‘rganadi.Fonetika tilning tovushlar

sistemasi va shu tovushlar bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday hodisalarni o‘rganar ekan,

u tilning barcha sathlari bilan, ayniqsa, leksika va grammatika bilan bog‘lanadi.

Fonologiya “fono” va “logiya” so‘zlaridan olingan bo‘lib, tilshunoslikning

til tovushlari yasalishining struktur va funksional qonuniyatlarini, eng kichik,

ma’nosiz birliklarning tuzilishi va amaliy qoʻllanilishini oʻrganuvchi boʻlimidir. So‘z

yasalishi uchun tilda bo‘g‘inlar va fonemalar asos bo‘ladi. Fonologiya tovushlarni

tildagi ma’no farqlovchi birliklar - fonemalar sifatida tahlil qilinadi.Fonologiyaning

fonetikadan farqi shundaki, uning diqqati tovushlarning oʻziga fizik hodisa sifatida

emas, balki ularning nutqda murakkabroq semantik birliklar - morfemalar, soʻzlar

sifatidagi rolini oʻrganishga qaratilgan. Fonologiya va fonetika yo‘nalishlari

o‘rganilish sohalariga ko‘ra uzviy aloqador hisoblanib, ularning bir qator o‘xshash va

farqli jihatlari mavjud. Fonetika nutq tovushlarini tasniflash uchun xizmat qiladi,

fonologiya esa shu nutq tovushlarining tilimizdagi tizimli hosil bo‘lish yo‘llarini

tadqiq qilishga xizmat qiladi.

Shu sababli fonologiya ba’zan funksional fonetika deb ataladi. Rus-chex

tilshunosi N.S. Trubetskoyning fikricha, fonologiya va fonetika orasidagi umumiy

aloqadorlik shundaki, har qanday fonologik tavsifning boshlanishi ma’noni

farqlovchi tovush tafovutlarini aniqlashdan iborat; fonetik tavsif esa boshlang‘ich

nuqta va moddiy asos sifatida olinadi. Fonologiyaning paydo bo‘lishi nafaqat

tilshunoslikda, bundan tashqari bir qator ijtimoiy sohalar taraqqiyotida ham katta

burilish yasaydi. Fonologiyaning tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida ajralib

chiqishida va fonemani tovushdan (fonema variantidan) ajratish mezonlarini

belgilashda N.S.Trubetskoyning xizmatlari e’tirof etiladi.

Fonologiya termini tilshunoslikda XIX asr oxirida nutq tovushlarining

akustik- artikulyatsion tomonidan funksional tomonini farqlash ehtiyoji natijasida

paydo bo‘ldi. Keyinchalik fonologiya tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

24

fonemalarning farqlovchi belgilarini o‘rganuvchi fan sifatida e’tirof etildi.

Fonemalarning bevosita nutq jarayonida fonetikaning o‘rganish ob’ektiga aylandi.

(N.S.Trubet )

Metodologiya:Ushbu taqdiqot Ingliz va o‘zbek tillarining fonetik tizimlarini

fonologik yondashuv asosida qiyosiy tahlil qilishga yo’naltirilgan. Taqdiqotda

foydalanilgan asosiy metodlar sifatida ta’riflovchi,qiyoslash,taqqoslash,analitik-

lingvistik yondashuvlar tanlanildi.Ushbu metodlar orqali ikki tilning tovush tizimi

fonologik birliklari,urg’u,intonatsiya, kabi mavzular o’rganildi.

Muhokama va natijalar:Ingliz va O‘zbek tilidagi fonetik birliklar

.Har bir

til o‘ziga xos tovush tizimiga ega bo‘lib,bu tizim tildagi unli va undosh fonemalarni

yig‘indisidan tashkil topadi.Shu kabi Ingliz va o‘zbek tillarining fonetik tizimi ham

bir biriga qanchalik o‘xshashligi va farqlarini tahlil qilamiz.

Ingliz tili fonetik tizimi:Ingliz tili fonetik tizimi murakkab va boy tovush

tizimiga ega.20 ta unli fonema va 24 ta undosh fonemani o‘z ichiga oladi. Asosiy

unli fonemalarni ikki guruhga ajratamiz;

1.Monoftonglar

2.Diftonglar.

Monoftonglar-artikulyatsiyasi davomida o‘zgarmas tovushlardir.Ingliz tilida

12 ta monoftonglar bo‘lib, ular talaffuzdagi uzunligi, hosil bolish o‘rniga kora,lablar

ishtirokiga ko‘ra kabi fonetik xususiyatlariga ham ega.Ba’zi tovushlar uzoq cho‘zilib

tallafuz qilinadi bu esa-uzun unlilar deyiladi.Qisqa tallafuz qilingan unlilar qisqa

unlilar sanaladi.

* Qisqa unlilar: /ɪ/, /e/, /æ/, /ʌ/, /ɒ/, /ə/, /ʊ/.

* Uzon unlilar: /iː/, /uː/, /ɜː/, /ɔː/, /ɑː/.

* Diftonglar: /eɪ/, /aɪ/, /ɔɪ/, /aʊ/, /əʊ/, /ɪə/, /eə/, /ʊə/.

Tilning gorizantal harakatiga ko‘ra uchga bo‘linadi.Ular quyidagicha:

* Oldi qator unlilar (front vowels): /iː/ /ɪ/ /e//æ/.

* Markaziy qator unlilar (central vowels): /ʌ/, /ɜː/, /ə/.

* Orqa qator unlilar (back vowels): /uː/, /ʊ/, /ɑː/, /ɒ/, /ɔː/.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

25

Diftonglar- bu ikki xil unli tovushning bir bo‘g‘inda ketma-ket talaffuz

qilinishi orqali hosil bo‘ladigan murakkab unli tovushlardir.

Ingliz tilida 8 ta diftonglar mavjud.

/eɪ/,/aɪ/,/ɔɪ/,/aʊ/,/əʊ/ ,/ɪə/ ,/eə/,/ʊə/.

O

zbek tovush unli va undosh fonemalardan iborat.

1. Unli fonemalar. O‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud:

[a], [e], [i], [o], [u], [ö].

Bu unlilar monoftonglarga o’xshash , ular talaffuz qilinayotganda tilning hosil

bolish o‘rniga ko‘ra joylashuvi ,lablarning ishtirokiga ko‘ra ,va bo‘g‘izdagi

bo‘shliqning kengayishi asosida farqlanadi. O‘zbek tilida ingliz tilidagidek diftonglar

mavjud emas, ya’ni har bir unli tovush yagona artikulyatsion markazga ega,

murakkab unli tovushlar fonemik birlik sifatida qaralmaydi.

1. Unli fonemalar tizimi. O‘zbek tilida jami 6 ta unli fonema mavjud bo‘lib,

ular tilning artikulyatsion joyiga va lablarning holatiga ko‘ra tasniflanadi. Ushbu

unlilar quyidagilar:

• [a] old qator unli,quyi keng, lablanmagan unli

• [e] old, orta keng, lablanmagan unli

• [i] old, yuqori tor, lablanmagan unli

• [o] orqa, yuqori keng , lablangan unli

• [u] orqa, yuqori tor,lablangan unli

• [ö] orqa, orta keng , lablangan unli

O‘zbek tilida 24 ta undosh fonema mavjud bo‘lib, ular tovush hosil qilish usuli

(portlovchi, sшrgaluvchi, burun tovushlari )hamda hosil bo‘lish joyiga (lab, til ) ko‘ra

tasniflanadi. Quyidagi asosiy undosh fonemalarni keltirish mumkin:

1).Hosil bo’lish o’rniga ko’ra:

A)Lab undoshlari:Talaffuzda lab ishtirok etgan tovushlar lab tovushlari

deyiladi.Lab tovushlariga b,p,m,f,v undoshlari kiradi.Ular ikki guruhga bolinadi.

1.Lab lab undoshlari -m,p,b

2.Lab tish undoshlari-v,f


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

26

2).Til undoshlari.Tilning tish va tanglayga tegishidan hosil bolgan

tovushlarga til tovushlari deyiladi.Til tovushlariga t,d,s,z,ch,y,ng,q,g’,x undoshlari

kiradi.Tilning harakatiga ko’ra turlari 4 ga bolinadi.

1.Til oldi undoshlari-t,d,s,z,ch,j,sh,l,r,n

2.Til o’rta undoshi-y

3.Til orqa undoshlari-g,k,ng

4.Chuqur til orqa undoshi-q,g’,x

3).Hosil bolish usuliga kora

• Portlovchilar: [p], [b], [d], [t], [g], [k], [q].

• Sirgaluvchi (frikativlar): [f], [v], [s], [z], [sh] ,[j] ,[x], [h].

• Burun tovushlar: [m], [n], [ng].

• Yon tovushlar va titrovchilar: [l], [r], [j] (y), [v].

Filologiya fanlari doktori Shonazar Shoabdurahmonov o‘zining “O‘zbek

adabiy tili va xalq shevalari”, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” va boshqa tadqiqotlarida

o‘zbek tilining fonetik-fonologik tuzilishini, xususan, unli va undosh tovushlar tizimi,

bo‘g‘in qurilishi va urg‘u xususiyatlarini chuqur tahlil qilgan. U o‘zbek tilining vokal

tizimi haqida yozar ekan, quyidagi xulosani bergan:

“O‘zbek tilidagi unli fonemalar o‘z artikulyatsion xususiyatiga ko‘ra til orqa

va til oldi unlilariga bo‘linadi. Bunday tasnif fonetik tizimni tabiiy ravishda

aniqlashga xizmat qiladi”.

Bu tasnif ingliz tilidagi unli tovushlar tizimi bilan solishtirilganda muhim

nazariy poydevor yaratadi. Ingliz tilidagi unli fonemalar miqdoriy (short/long) va sifat

(monoftong, diftong) mezonlari bo‘yicha farq qilsa-da, Shoabdurahmonov

tasvirlagan artikulyatsion xususiyatlar asosida har ikki til fonemalari tahlil qilinishi

mumkin.

4).Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra :

1.Jarangli undoshlar-b,v,g,z,j,y,g’l,m,n,ng,r

2.Jarangsiz undoshlar-p,f,k,t,s,ch,sh,q,x,h.

Ingliz va O’zbek tillarining fonologik birliklari taqqosiy solishtiruvi:

Asosiy xususiyatlari

Ingliz tili

O’zbek tili


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

27

Tovushlar

tizimi(fonemalar)

44 ta fonema 20 ta unli 24

ta undosh

30 ta fonema 6 ta unli

24 ta undosh

Diftonglar

8 ta

Diftonglar

mavjud

emas

Monoftonglar

12 ta

6 ta

Undosh farqlari

24 ta

24 ta

Maxsus tovushlar

θ/, /ð/, /ŋ/, /w/, /ʃ/, /ʒ/, /h/,

/dʒ/ ayrimlari o‘zbek tilida

mavjud emas

g‘/,/q/,/x/kabi o‘zbekka

xos tovushlar mavjud,

lekin ingliz tilida yo‘q

O‘zbek tili bo‘g‘in vaqtiga asoslangan til bo‘lib, har bir bo‘g‘inga deyarli teng

vaqt ajratiladi. Ingliz tili esa urg‘uga asoslangan til bo‘lib, urg‘uli bo‘g‘inlar

muntazam oraliqda talaffuz qilinadi, urg‘usiz bo‘g‘inlar esa qisqartiriladi.

Bu holat natijasida o‘zbek o‘rganuvchilari ingliz tilida ohangsiz, tekis yoki

monoton ritm bilan gapiradilar va bu ingliz tilining tabiiy ohangida uchraydigan

ko‘tarilish va pasayishlarning yo‘qligiga olib keladi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarining fonetik

tizimlari qiyosiy tahlil qilinib, ular orasidagi strukturaviy farqlar va o‘xshashliklar

ilmiy asosda yoritildi. Tadqiqotim natijasi shuni ko‘rsatdiki, ingliz tilining fonetik

tizimi o‘zbek tiliga nisbatan ancha murakkab bo‘lib, ayniqsa unli fonemalarning

ko‘pligi, diftonglarning mavjudligi, bilan ajralib turadi. O‘zbek tilida esa fonemik

tizim nisbatan soddaroq bo‘lib, monoftonglar asosida tashkil topgan va diftonglar

mavjud emas.

Tadqiqot natijalari fonetik interferensiyaning, ya’ni o‘zbek tilida

so‘zlashuvchi insonlar ingliz tilini o‘rganishda duch keladigan talaffuzdagi xatoliklar

sabablarini ochib berdi. Ayniqsa, ingliz tilidagi ba’zi tovushlarning (masalan, /θ/, /ð/,

/æ/, /ʌ/ kabilar) o‘zbek tilida muqobili yo‘qligi talaffuz muammolarini yuzaga

keltiradi. Bu esa til o‘rgatuvchilarga fonetika va talaffuzni o‘rgatishda maxsus

yondashuvlar qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.Shuningdek, maqolada har ikki til

fonetik tizimining artikulyatsion, akustik va struktur jihatlari tizimli tahlil qilinib,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

28

transkripsion yondashuv yordamida fonemalarning o‘zaro taqqoslanishi aniq

natijalarni berdi. Bu yondashuv o‘zbek va ingliz tillarini chuqur o‘rganayotgan

talabalar, o‘qituvchilar va tilshunoslar uchun foydali ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi

mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1

Trubetskoy, N. S.

Fonologiya asoslari .Moskova:Nauka.1960.

2

Shoabdurahmonov, Sh.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent:

O‘zbekiston.2006

3

Shoabdurahmonov, Sh.

O‘zbek adabiy tili va xalq shevalari. Toshkent:

Fan.2004.

4

Roach, P.

English phonetics and phonology Cambridge

University Press.2009.

5

Gimson, A. C.

An introduction to the pronunciation of English

Routledge.2001

6

Ladefoged, P., & Johnson,

K.

A course in phonetics Cengage Learning.2014

7

Crystal, D.

A dictionary of linguistics and phonetics.

Blackwell Publishing.2008.