Authors

  • Anvarova Azizabonu Anvar qizi

Author Biography

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116483

Keywords:

mediatsiya oilaviy nizo jamiyat huquq nizolarni muqobil hal qilish vositachilik sud kelishuv mediator

Abstract

Mediatsiya tushunchasi, lotincha “mediare” so‘zidan olingan bo‘lib, “vositachilik qilish” degan ma’noni anglatadi. Oilaviy nizolarni hal qilish mas'uliyatli vazifa hisoblanadi, shuning uchun ko’pgina xorijiy mamlakatlarda mediatorga kasbiy malaka, oilaviy mediatsiya sohasida qo‘shimcha maxsus tayyorgarlik, yosh va amaliy tajribaga oid maxsus talablar mavjud. Aksariyat xorijiy mamlakatlarda oilaviy nizolarni sudga nisbatan mediatsiya orqali hal etish rivojlangan va uning ko’rsatkichi ancha yuqori. Ushbu maqolada mediatsiya hamda oilaviy nizolarni hal qilishda mediatsiyaning o’rni,shu bilan bir qatorda,uning muammolari yoritilib, ushbu muammolar yuzasidan amaliy takliflar beriladi va xorijiy davlatlarda mediatsiyasining o’rni tahlil qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

232

“OILAVIY NIZOLARNI HAL QILISHDA MEDIATSIYANING

O’RNI”

Anvarova Azizabonu Anvar qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

anvarovaazizabonu003@gmail.com

ANNOTATSIYA: Mediatsiya tushunchasi, lotincha “mediare” so‘zidan

olingan bo‘lib, “vositachilik qilish” degan ma’noni anglatadi. Oilaviy nizolarni hal

qilish mas'uliyatli vazifa hisoblanadi, shuning uchun ko’pgina xorijiy mamlakatlarda

mediatorga kasbiy malaka, oilaviy mediatsiya sohasida qo‘shimcha maxsus

tayyorgarlik, yosh va amaliy tajribaga oid maxsus talablar mavjud. Aksariyat xorijiy

mamlakatlarda oilaviy nizolarni sudga nisbatan mediatsiya orqali hal etish

rivojlangan va uning ko’rsatkichi ancha yuqori. Ushbu maqolada mediatsiya hamda

oilaviy nizolarni hal qilishda mediatsiyaning o’rni,shu bilan bir qatorda,uning

muammolari yoritilib, ushbu muammolar yuzasidan amaliy takliflar beriladi va

xorijiy davlatlarda mediatsiyasining o’rni tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar: mediatsiya,oilaviy nizo,jamiyat,huquq,nizolarni muqobil hal

qilish,vositachilik,sud,kelishuv,mediator

АННОТАЦИЯ: Понятие медиация происходит от латинского слова

«mediare», что означает «посредничать». Разрешение семейных споров –

ответственная задача, поэтому во многих зарубежных странах к

медиаторам предъявляются особые требования к профессиональной

квалификации, дополнительной специальной подготовке в области семейной

медиации, возрасту и практическому опыту. В большинстве зарубежных

стран разрешение семейных споров посредством медиации развито и его

уровень достаточно высок. В данной статье освещена роль медиации в

разрешении семейных споров, а также ее проблемы, даны практические

предложения относительно этих проблем, а также проанализирована роль

медиации в зарубежных странах.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

233

Ключевые слова: медиация, семейный спор, общество, закон,

альтернативное разрешение спора, медиация, суд, соглашение, медиатор.

ABSTRACT: The concept of mediation is derived from the Latin word

"mediare", which means "to mediate". Resolving family disputes is a responsible task,

therefore, in many foreign countries, mediators have special requirements for

professional qualifications, additional special training in the field of family

mediation, age and practical experience. In most foreign countries, the resolution of

family disputes through mediation is developed and its rate is quite high. In this

article, the role of mediation in solving family disputes, as well as its problems, are

highlighted, practical suggestions are given regarding these problems, and the role

of mediation in foreign countries is analyzed.

Key words: mediation, family dispute, society, law, alternative dispute

resolution, mediation, court, agreement, mediator

KIRISH

Ma’lumki, oila jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lib, har bir oilada kelib

chiqayotgan nizolar nafaqat o’sha oilaning o’z a’zolariga, balki butun bir jamiyatning

umumiy barqarorligi va tinchligiga ham salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Aynan shu sababli

ham,oilaviy nizolarni hal qilishda va nizolar sodir bo’lishini oldini olishda samarali

usullarni amalda joriy etish va uning ijrosini ta’minlash bugungi kundagi eng dolzarb

masalalardan biriga aylangani xato emas. Chunki har bir oilada sodir bo’layotgan

nizolar oila a’zolar o’rtasidagi munosabatlarni buzadi, ayniqsa,bolalar ruhiyatiga

salbiy ta’sir qilib, oiladagi birdamlik,tinchlik va barqarorlikni zaiflashtiradi. Oilaviy

nizolarni sud orqali hal qilish ortiqcha ovoragarchilik,ko’p vaqt va resurs talab qiladi.

Bundan tashqari, sud jarayonlari taraflarning kelgusidagi munosabatlariga zarar

yetkazishi mumkin. Chunki sudda mag’lub bo’lgan taraf sud xarajatlarini barchasini

to’laydi,shuningdek,hal qiluv qarori ustidan norozi bo’lgan taqdirda apellatsiya

shikoyati berish uchun davlat boji to’laydi, bu jarayonlar ko’p vaqt talab qiladi.

Shuning uchun ham nizolarni muqobil hal qilish mexanizmlari, ayniqsa, mediatsiya

kundan kunda ommalashib bormoqda. Mediatsiya taraflarning o’zaro kelishuvi

bo’lib,nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish,taraflar o’rtasidagi barqaror


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

234

munosabatlarni,oiladagi tinchlikni va ijtimoiy muhitni saqlab qolishda ijobiy ta’sir

ko’rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasida 2018-yilning 12-iyunida “Mediatsiya

to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi, 28-iyunida Senat tomonidan ma'qullangan va

2019-yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan.Qonunni qabul qilishdan maqsad -

mediatsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun 4 ta bob va 34

ta moddadan iborat.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

BMT ustavining 33-moddasida mediatsiya (vositachilik) nizolarni hal etish

vositasi sifatida tan olingan. Mediatsiya- kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul

qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal

qilish usuli hisoblanadi. Mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi

va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga

oshiriladi.

Mediatsiyaning maqsadi

– nizolashuvchi taraflarning nizolarini mustaqil,

o‘zaro foydali shartlar asosida hal etish imkoniyatini topishga ko‘maklashishdan

iborat bo‘lib, uning asosiy tamoyillariga ixtiѐriylik, taraflarning tengligi, betaraflik,

mediatorning xolisligi, maxfiylik kabilar kiradi. Mediatsiya jarayon muzokaralardan

iborat bo‘lib, uning muvaffaqiyati nafaqat taraflarning kelishmovchiliklarini hal

etishga bo‘lgan irodasi va intilishi, balki mediatorning tajribasi va mahoratiga ham

bog‘liqdir.

Ushbu maqolada mediatsiyaning oilaviy nizolarni hal qilishdagi ahamiyati

tahlil qilindi va kamchiliklar o’rganildi. Buning uchun quyidagi usullar qo’llanildi.

Buning uchun mediatsiyaning nazariy asoslari va uning huquqiy jihatlari bo’yicha

ilmiy maqolalar, tezislar, o’quv qo’llanmalari, darsliklar, qonun hujjatlari, xalqaro

tajribalar va xorijiy huquqshunoslarning qo’llanmalari o’rganildi,O’zbekistonda va

xalqaro miqyosda oilaviy nizolarni mediatsiya orqali hal qilish bo’yicha statistik

ma’lumotlar o’rganildi va O’zbekiston va xorijiy davlatlarning ushbu yo’nalish

bo’yicha tajribalari taqqoslandi,O’zbekiston va xorijiy davlatlarning sud jarayoni va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

235

mediatsiya mexanizmlarining samaradorligi o’zaro taqqoslandi va muammolar tahlil

qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJA

O’zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to’g’risida”gi qonuni mediatsiya

sohasini tartibga soluvchi qonun bo’lib,o’z navbatida,bir qator kamchiliklarga ega.

Ushbu qonun hujjatining takomillashtirilishi yuzasidan islohotlar o’tkazilishi kerak.

Bunda albatta, xorijiy davlatlarning tajribalaridan foydalangan holda ushbu qonunga

o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi darkor. 2020-yilning17-iyunida “Nizolarni

muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to’g’risida” Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, Mediatsiya markazi va

Nizolarni muqobil usulda hal etish markazi tashkil etildi. Ushbu markazlarning asosiy

vazifalari mediatsiya, hakamlik sudlari va xalqaro arbitraj faoliyatiga nizolarni

muqobil usulda hal etish tartib-taomilini amalga oshirish uchun shart-sharoit

yaratish,ularning faoliyatga aralashmaslik prinsipi asosida ish yuritish, mediatsiya,

hakamlik sudlari hamda xalqaro arbitraj sohalarida mutaxassislarni tayyorlash va

malakasini oshirish uchun o‘quv kurslarini tashkil etish va mediatsiya va nizolarni

muqobil hal etishning boshqa usullari rivojlanishi uchun bu sohada seminarlar,

treninglar va konferensiyalar tashkil etishdan iborat.

Mediatsiya fuqarolik nizolarini hal etishda juda samarali. Hozirgi kunda

rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan,

muqobil yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya yarashtiruv protsedurasi alohida

ahamiyat kasb etmoqda. Kelishuv tartiblari, ayniqsa, anglo-sakson huquq tizimida va

kontinental Yevropa mamlakatlarida rivojlangan. Amerika Qo'shma Shtatlarida

mediatsiya tartibida ko’rilgan ishlarning 95%i sudgacha bormaydi. Germaniyada

muzokaralarning 90% dan ortig'i kelishuv bitimi bilan yakunlanadi, xususan, Quyi

Saksoniyada bu ko’rsatkich - 97% ni tashkil etadi. Buyuk Britaniyada nizolarning 90-

95% i sudgacha hal qilinadi. Yevropada esa mediatsiyaning muvaffaqiyat darajasi

40-80% ni tashkil qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

236

O’zbekistonda mediatsiya sohasidagi,xususan,oilaviy nizolar bo’yicha

mediatsiya sohasidagi kamchilik va muammolarni tahlil qilib, ularni hal qilish

masalalarini ko’rib chiqamiz.

Mediatsiya sohasidagi asosiy muammolardan biri-mediatsiya faoliyatini

tartibga soluvchi qonunchilikning to’liq shakllanmaganligi va talabga javob

bermasligidir. Fuqarolar esa mediatsiya to’g’risida to’liq va aniq ma’lumotga ega

emas,shuning uchun ham ular mediatorga emas, asosan, sudga murojaat qilishni afzal

ko’rishadi. AQSHda esa butun huquq tizimi ko'pchilik nizolarning sudgacha ixtiyoriy

ravishda hal etilishini ta'minlashga qaratilgan bo’lib,hattoki tomonlar mediator bilan

bog'lanishlari uchun sud muhokamasi to'xtatilishi mumkin. Mamlakatda nizolarni hal

qilish milliy instituti hamda xususiy va davlat mediatorlik xizmatlari mavjud. Bu

muammoni hal qilish uchun “Mediatsiya to’g’risida”gi qonunni qayta ko’rib

chiqib,barcha sohalarni hal qilishga qaratilgan moddalarni qo’shish zarur.

Shuningdek, 2018-yil 20-dekabrda qabul qilingan mediatsiya bo’yicha Singapur

konvensiyasini qabul qilish orqali ham ushbu soha bo’yicha yangiliklar qabul

qilinishi hamda boshqa ko’pgina mediatsiya rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik

amalga oshirilib, ularning tajribasi o’rganilib,qo’llanilishi mumkin.

Keyingi muammo – sudlarning mediatsiyani muqobil vosita sifatida

emas,balki ikkinchi darajali jarayon sifatida qabul qilishidadir. Shuning uchun ham

sud tizimida mediatsiyani majburiy yoki ixtiyoriy bosqich sifatida joriy etish hamda

sudyalarning mediatorlar bilan hamkorligini mustahkamlash zarur. Oilaviy nizolarda

esa sudlarga alternativ sifatida mediatsiya xizmatlarini tavsiya etish orqali ushbu

sohaning rivojiga hissa qo’shiladi. Sudda taraflar sudyani tanlay olmaydi, sudga esa

faqat yashash joylari bo‘yicha murojaat qilishga majburdirlar, sudning asosiy vazifasi

taraflarning qaysi biri haq yoki aybdorligini aniqlashdan iborat bo‘lsa, mediatsiya,

aksincha,taraflarning kelishuviga erishishga hamda mediatorning yordami bilan

nizoni hal qilishning turli xil yechimlarini muhokama qilishga qaratilgan, sudda

taraflar sud qaroridan norozi bo‘lsalar ham uni bajarishga majbur bo’lishadi yoki

apellatsiya shikoyati bergan taqdirlaridayam apellatsiya instansiyasi birinchi

instansiya qarorini o’zgarishsiz qoldirsa, davlat boji to’lashlaridan tashqari, hal qiluv


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

237

qarorini bajaradilar, lekin mediatsiyada barcha qarorlar faqat taraflarning o‘zaro

kelishuvi asosida qabul qilinadi va ular ixtiyoriy ravishda uni bajarish majburiyatini

oladilar. Masalan,Germaniyada sudlar mediatorlar bilan bevosita ish olib boradi, bu

esa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sud jarayonlari sonini sezilarli darajada

kamaytiradi. Xitoyda nizolarning 30% ga yaqini suddan tashqari hal qilinadi. Ushbu

mamlakatda, agar tomonlar mediatsiya doirasida kelishuvga erishsa va uni hakamlik

sudlari tomonidan ko'rib chiqish uchun belgilangan tartibda tasdiqlasa, bunday bitim

hakamlik sudining qarori (arbitraj) kuchiga ega bo'ladi. Shuning uchun sudning

mediatsiya bilan hamkorlikda ish olib borishi yo’lga qo’yilib, nazorat qilinishi kerak.

Muammolardan yana biri- oilaviy nizolar bo’yicha mediatsiya jarayonlari

uchun standartlar va qoidalarning belgilanmaganligi. O’zbekiston Respublikasi

“Oila kodeksi” da mediatsiya tushunchasi kiritilmagan va tartibga

solinmagan. Aynan shuning uchun ham oilaviy nizolarni hal qilishda mediatsiya

tartiblarining aniq kiritilmaganligi amaliyotda qiyinchilik tug’diradi. Nizo yuzaga

kelgan taqdirda taraflar darhol sudga murojaat qilishadi.Masalan, Shvetsiyada oilaviy

mediatsiya majburiy va sudga murojaat qilishdan oldin birinchi bosqich hisoblanadi.

2020-yilda Shvetsiyada oilaviy nizolarning 70% dan ortig‘i mediatsiya orqali hal

qilingan. Niderlandiyada esa mediatsiya tizimi davlat tomonidan qo‘llab-

quvvatlanadi.Oilaviy nizolarda, ayniqsa, ajrashish jarayonlarida mediatsiya muhim

o‘rin tutadi. Sud orqali hal qilingan holatlar mediatsiyaga nisbatan ikki baravar

qimmat bo‘lgan. Ajrashish bilan bog‘liq holatlarning 60% dan ortig‘i mediatsiya

orqali hal qilinadi. Kanada sud tizimida oilaviy nizolarning 85% ga yaqini mediatsiya

orqali hal qilinadi. Singapurda esa oilaviy nizolarning 90% dan ko‘prog‘i mediatsiya

orqali muvaffaqiyatli hal qilinadi. Kaliforniya oila kodeksining 3170-3188-moddalari

mediatsiya jarayonlarini tartibga soladi va unda har bir holat aniq belgilab qo’yilgan.

Germaniya Fuqarolik kodeksining 1353-1588-moddalarida oilaviy masalalar belgilab

qo’yilgan va unda mediatsiya masalalarni sudga yetkazmasdan hal qilishning

ixtiyoriy usuli sifatida tavsiya etilgan. Shu maqsadda, Oila kodeksining yangi tahriri

ustida ish olib borilishi va mediatsiya sohasi tartibga solinishi kerak.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

238

Shuningdek,oilaviy nizolarni hal qiluvchi mediatorlar sonini ko’paytirish hamda

maxsus o’quv kurslari tashkil etish orqali ularning malakasini oshirish darkor.

Keyingi asosiy muammolardan biri- oiladagi ayollarga nisbatan amalga

oshirilayotgan zo’ravonliklardir. Bu bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Chunki ushbu zo’ravonlik orqali ko’p sonli ayollar o’z joniga qasd qilayotganiga ko’p

marotaba guvoh bo’lyabmiz. 2018-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat

kodeksida “oilaviy zo‘ravonlik” atamasi ham yo‘q edi. Oiladagi zo'ravonlik jinoyat

deb hisoblanmadi va buning uchun jazo yo'q edi. Ko'p yillar davomida bu muammo

respublikada umuman yo'qdek tuyuldi, ular bu haqda gapirmaslikni afzal ko'rdilar.

2019-yil sentabrda qabul qilingan “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish

to‘g‘risida”gi qonun jabrlanuvchilarni ichki ishlar organlari himoyasi bilan

ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratdi. 2021-yilda huquqni muhofaza qiluvchi

organlarga ayollar va qizlarga nisbatan bosim va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 39

ming 343 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 34 330 tasi yoki 87 foizi oila doirasida

sodir etilgan. 2023-yilda esa O‘zbekistonda sudlar oiladagi zo‘ravonlik bo‘yicha

yangi moddalar bo‘yicha 9131 kishini jinoiy javobgarlikka tortgan. Ushbu masalani

hal qilish uchun mediatsiya jarayonida ayollar zo’ravonligiga barham berish, gender

tengligi tamoyillarini nazorat qilish hamda ayollar huquqlarini himoya qilish uchun

maxsus qo’llanmalar ishlab chiqish zarur. Ayollar huquqlarini himoya qilish uchun

mediatorlarni maxsus o’qitish, treninglar tashkil etish darkor. Shuningdek, aynan

ayollar uchun maxsus mediatsiya markazlarini tashkil etish hamda kuchli psixolog va

mediatorlarni unga jalb qilish kerak.

XULOSA

Xulosa o‘rnida aytganda, mediatsiya mexanizmi oilaviy nizolarni hal qilishda

samarali vosita hisoblanadi. Bu nafaqat,nizolarni tinch yo’l bilan hal qilishga yordam

beradi,balki jamiyatning barqarorligini va birdamligini ta’minlashga hissa qo’shadi.

Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki,mediatsiya sud jarayonlariga nisbatan tez va

iqtisodiy jihatdan qulay bo’lib, nizolarni hal qilishni yengillashtiradi hamda

taraflarning kelishuviga sabab bo’ladi. Bu esa taraflar o’rtasidagi munosabatlarni

saqlab qolish hamda bolalar manfaatini himoya qilishda muhim hisoblanadi. Ushbu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

239

tadqiqot mediatsiya institutini rivojlantirish va uni keng tarqalishi zarurligini

ko’rsatdi. Bunda mediatsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini

takomillashtirish yuzasidan islohotlar olib borish, sudlarning mediatsiya bilan

hamkorligini yo’lga qo’yish va rivojlantirish, ushbu sohani keng tarqalishi uchun Oila

kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, oilaviy nizolar bo’yicha mediatsiya

jarayonlari uchun standartlar va qoidalar belgilash hamda oilaviy nizolarni hal

qiladigan mediatorlar malakasini oshirish,qayta o’qishlari uchun chuqurlashtirilgan

maxsus kurslar tashkil etish,shuningdek, ayollar uchun maxsus mediatsiya

markazlarini tashkil etishni taklif etaman.

Mediatsiya insoniylik hamda muloqotga asoslangan yondashuvi,natijaviyligi

va tezkorligi bilan jamiyat rivojiga katta hissa qo’shadigan vosita hisoblanadi.Uni

takomillashtirish,mexanizmini kuchaytirish va keng targ’ib qilish orqali oilaviy

barqarorlikni saqlashda va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilashda yuqori natijalarga

erishish mumkin.

ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Mediatsiya

to‘g‘risidagi

qonun

qabul

qilindi

(04.07.2018)

URL:

https://kun.uz/51430275?q=%2Fuz%2F51430275#

2.

O’zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risidagi qonuni”, 2018.

URL:

https://lex.uz/docs/-3805227

3.

Mediatsiya to‘g‘risidagi qonun nimalarni tartibga soladi? ( 29.06.2018)

URL:

https://m.kun.uz/news/2018/06/29/mediacia-tugrisidagi-konun-nimalarni-

tartibga-soladi

4.

Mediatsiya bo‘yicha dunyo tajribasi

URL:

https://huquqburch.uz/mediatsiya-boyicha-dunyo-tajribasi/

5.

Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori,

17.06.2020.

URL:

https://lex.uz/docs/-4859436

6.

O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi,1998.

URL:

https://lex.uz/docs/-104720


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

240

7.

Медиация: о чем говорит зарубежный опыт.

URL:

https://www.norma.uz/uz/nashi_obzori/mediaciya_o_chem_govorit_zarubejny

y_opyt

8.

California Family Code, 2023.

9.

German Civil Code, 2002.

10.

Nurmamatov Nurbek O‘rinboy o‘g‘li,Qudrat Matkarimov Qalandarovich,

“Nizolarni hal etishda mediatsiya institutining o’rni va ahamiyati” 2022.

11.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi, 1945-yil 26-iyun.

URL:

https://unic.un.org/aroundworld/unics/common/documents/publications/uncha

rter/charter_Uzbek.pdf

12.

За домашнее насилие в 2023 году в Узбекистане было осуждено свыше

9100 человек,2024.

URL:

https://www.gazeta.uz/ru/2024/02/12/domestic-violence/