MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
178
TERAPIYA BO’LIMIDA DAVOLANAYOTGAN BEMORLAR BILAN
MUNOSABATDA BO’LISH PSIXOLOGIYASI
Farg'ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
Terapevtik fanlar kafedrasi mudiri
Qodirova Shaxnozaxon
Annotatsiya:
Terapiya — tibbiyot sohasining eng muhim qismi bo'lib, ichki
kasalliklar bilan og'rigan bemorlar ko‘proq psixogen omillar ta’siriga duchor
bo’ladilar. Atoqli terapevtlar bu ta'sirlarni juda yaxshi bilganliklari uchun
bemor bilan muloqot qilishning turli tomonlarini ishlab chiqqanlar.
Masalan, vengriyalik yirik terapevt olim Sandora Koranayning quyidagi
so'zlarini keltiramiz: "Bemorga kerakli dorini berish emas, balki qanday
berish muhimdir".
Kalit so’zlar: ko'ngil behuzur bo‘lishi, qusish, ich ketishi, qabziyat, ishtaha
yo‘qolishi, nafas qisishi, yo‘tal, arterial bosimning ko‘tarilishi, tomir urishining
tezlashishi (taxikardiya), uning sekinlashuvi (bradikardiya)
Psychology of interaction with patients treated in the therapy department
Annotation: Therapy is the most important part of the medical field, and
patients with internal diseases are more exposed to psychogenic factors. Famous
therapists, knowing these effects very well, have developed various aspects of
communication with the patient. For example, we cite the following words of the great
Hungarian therapist scientist Sandora Koranai: "It is not important to give the patient
the medicine he needs, but how to give it."
Keywords: fainting, vomiting, diarrhea, constipation, loss of appetite,
shortness of breath, cough, increased blood pressure, increased pulse rate
(tachycardia), its slowing down (bradycardia)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
179
Terapiya bo’limida organizm turli sistemalarining o‘zgarishlariga uchragan
bemorlar davolanadilar. Har bir sistema kasalliklari bemorga o‘ziga xos psixogen
ta’sirini o‘tkazadi. Hozirgi kunda bemorning jismoniy va ruhiy holatlarini uning
butun organizmini to‘liq bilmasdan turib uni davolab bo'lmaydi. Ichki kasalliklar
klinikasida doimo somatogen va psixogen buzilishlarni kuzatishga to‘g‘ri keladi.
Odamda kuchli his-hayajonlar, iztiroblar yurak urishi bilan birga o‘tadi, bunda yuz
qizaradi yoki oqaradi (tomirlarning qisilishi yoki kengayishiga qarab). Bu
alomatlarning tabiati va nechog‘liq yuzaga chiqishi shaxs va organizmning o‘ziga xos
xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Psixik ta’sirlar bosh og'rig'ini yoki organizmdagi
boshqa funksional buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Psixogen omillar ta’siri
ostida somatik sohada quyidagi buzilishlar: ko'ngil behuzur bo‘lishi, qusish, ich
ketishi, qabziyat, ishtaha yo‘qolishi, nafas qisishi, yo‘tal, arterial bosimning
ko‘tarilishi, tomir urishining tezlashishi (taxikardiya), uning sekinlashuvi
(bradikardiya), yurak ishi zaiflashuvi kabilar vujudga kelishi ehtimol. Bemor
organizmi hoiatini to‘la- to‘kis bilish uchun bemorning psixologik holati bilan birga
o‘z kasalligiga munosabatini ham hisobga olish kerak. Bundan asosiy maqsad shuki,
bemor o‘z organizmidagi a’zolarini va ularning kasalliklarini qanday his qilishini,
shuningdek, ayrim asosiy kasalliklarning psixogen moslashuvi bilan tanishtirishdir.
Terapiyada psixologiyaning o‘rni shundaki, u bemorbilan kasallik o'rtasidagi muhitni,
tibbiyot xodimlarining bemorlarga munosabatini o‘rganishga vordam beradi. Bemor
ruhivatiga kasallik ta’siri va shifokorning munosabatini oydinlashtiradigan bir misol
keltiramiz. Gripp kasalligini boshidan odkazgan 35 yoshli bemor o‘zining tanish
shifokoriga qabulga keladi. U shu shifokorda 12 yildan buyon davolanib kelardi.
Unda yurak dekompensatsiyasi, yurak qopqasining yetishmovchiligi bor edi.
Shifokor obdan tekshirib, unda hech qanday o‘zgarish yo'qligiga ishonch hosil qilib,
xayrlashuv vaqtida:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
180
"Tashvishlanmang, mendan oldin o’lmaysiz, juda ham tig‘iz bo‘lsa,
birgalikda o’lamiz", — deydi. Ertasiga to'satdan shifokor vafot etadi. Bemor juda ham
qattiq iztirobga tushadi, tomir urishi 120 ga etadi, aritmiya boshlanadi, barcha
ko‘rilgan chora - tadbirlar yordam bermaydi. Shifokor o’limidan bir kun o‘tib, bemor
ham o’ladi. Somatogen jihatdan kelib chiqqan ruhiy buzilishlar ko‘pincha xavotirli -
vahimali bemorlarda paydo bodadi, ularning holatida ipoxondrikalomatlar ham
seziladi. Ular asosiy kasallik natijasida paydo bodgan nevrozlar, zaiflik, tezda
charchab qolish, bosh og'rigd, uyquning buzilishi, o‘z ahvolidan cho‘chish, haddan
tashqari terlash, yurak urishining tezlashuvi va hokazo holatlardan shikoyat qiladilar.
Alkogolizm va giyohvandlik dardiga yo’liqqan shaxsda kasallik aniq, ko‘zga
tashlanadigan bosqichga yetganda, odatda, ichki a’zolarining turli hastaliklari: jigar,
yurak, buyrak, me’da osti bezlari va boshqa hastaliklar aniqlanadi, shu sababli ular
somatic kasalxonaning terapiya bo’limida davolanish uchun keladilar. Nevrozsimon
alomatlar ko‘pincha asosiy kasallikning klinik manzarasini niqoblab qo'yadi.
Natijada bemorlar turli ixtisoslikdagi mutaxassislarga murojaat qiladilar,
biroq hamisha ham dardlari yengillashavermaydi. Bu hol bemorlarni nevrotikva
ipoxondrik holatlarga duchor qiladi. Somatopsixik bogdanishlar nafaqat bemorga
to‘g‘ri munosabat bilan yondashish uchun kerak, balki asosiy kasallikni davolashda
ham muhim. Yurak faoliyatining ogdr dekompensatsiyasida, jigar serrozi va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
181
uremiyada gallyusinatsiyali alahlash kechinmalari bilan odadigan ruhiy holatlarning
avj olishi kuzatiladi. Bemorga shu narsani tushuntirnsh lozimki, tibbiyot hamshirasi
dori-darmonlarni faqat shifokorning topshirigd bilangina bera oladi. Ba’zan psixogen
omillar somatogen omillar bilan qo‘shilib ketib, bir-birini kuchaytiradigan hollar ham
bodadi. Yatrogeniya deganda shifokor yoki tibbiyot hamshirasining bemorga salbiy
ta’sir qilgan so‘zlari va xatti-harakatlari natijasida bemorda paydo bodgan
kechinmalardan yuzaga kelgan kasallik holati yoki lining kuchayishi tushuniladi.
Yatrogeniya o‘ziga xos xususiyatlari bodgan, ya’ni notinch,vahimali, tez
asabiylashadigan, jizzaki, qo‘rqoq, asabi zaif bemorlarda uchraydi.
Turli xil yatrogen xastaliklar kelib chiqishida o'rta tibbiyot o’limlari sababchi
bo'lgan hollar ham ko'p kuzatilgan. Ular sorrogeniyalar (lotincha Sorror — hamshira)
deb ataladi. Terapiya bo'limida davolanayotgan bemorlarning har biri uclum alohida
ijobiy psixologik ta’sir vositasi, ya’ni so'zlar majmuasi topilishi kerak. Bemor o'z
kasalligi to'g'risida kam o'ylaydigan, davoning samarali yakunlanishiga ishonadigan
bo'lishi kerak. Buning uchun bo'limda xizmat qilayotgan shifokor va hamshiralar
psixologik bilimlarni chuqur egallagan bo‘lishlari kerak. Aks holda yaxshi natijalarga
erishish qiyin bo'ladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
182
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. A. Teshaboyev, S. Zaynobiddinov, E. A. Musayev Yarimo’tkazgichlar va
yarimo’tkazgichli asboblar texnologiyasi. Toshkent - 2006
2. Nolas G. S., SHarp J., Goldsmid H. J. Thermoelectrics: Basic principles and
new materials development. Berlin: Springer, 2001.
3. S. Zaynobiddinov, X. Akramov Yarimo’tkazgichlar parametrlarini aniqlash
usullari. Toshkent ”O’zbekiston” 2001
4. Konstantinov P.P., Kutasov V.A. FTT, 2003, №7(45),s.1193
5. https://www.xabar.uz/uz/tahlil/tibbiyotda-iot-texnologiyalar-insoniyat
6. http://www.econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/822