MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
172
KATARAKTANING BOSHLANG‘ICH DAVRIDA BEMORLARNI
PARVARISH QILISH. BEMORNI OPERASIYAGA TAYYORLASH.
KATARAKTA OPERASIYASIDAN KEYIN HAMSHIRA PARVARISHI.
Junaydullayeva Mahliyo O’ktam qizi
Farg’ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
“Maxsus fanlar”kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:Ushbu maqolada “Kataraktaning boshlang‘ich davrida
bemorlarni parvarish qilish. Bemorni operasiyaga tayyorlash. Katarakta
operasiyasidan keyin hamshira parvarishi” haqida aytib o’tilgan va muallif
tomonidan tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: ko’z gavhari, iridotsiklit, ko'zning shikastlanishi; miopik
kasalligi, glaukoma; to‘r parda va tomirli parda distrofiyasi, afakiya
Care of patients in the initial stage of cataract. Preparing the patient for
surgery. Nursing care after cataract surgery.
Annotation: This article discusses “Care of patients in the initial stage of
cataract. Preparing the patient for surgery. Nursing care after cataract surgery” and
provides recommendations by the author.
Keywords: eyeball, iridocyclitis, eye damage; myopic disease, glaucoma;
retinal and choroid dystrophy, aphakia
Ko‘z gavharida quyidagi patologiyalar bo‘ladi:
1.Xiralashish (katarakta).
2.Joyidan siljish.
3.Tug‘ma nuqsonlar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
173
Bularning ichida eng ko‘p uchraydigani — katarakta. U tug‘ma (statsionar
rivojlanmaydi, ya’ni pishmaydi) va orttirilgan borgan sari rivojlanib, pishib boradi.
Katarakta joylashuviga qarab ko‘pincha: a) qutbli; b) qavatii; d) yadroli; e) chekkali
(qobiqli); f) likopsimon va g) to‘liq bo'ladi.
Orttirilgan kataraktalar quyidagicha bo’ladi:
1.Keksalik (50 yoshdan keyin paydo bo‘ladi).
2.Asoratli (ko‘z kasalliklaridan keyin: iridotsiklit, ko'zning shikastlanishi;
miopik kasalligi, glaukoma; to‘r parda va tomirli parda distrofiyasi).
3.Umumiy kasalliklarda (qandli diabet, miotoniya, tetoniya, teri kasalliklari).
Nurli (payvandlovchilarda, rentgen ta'sirida, neytron nurlari ta'sirida).
Keksalarda eng ko‘p tarqalgan kasallik
—
bu keksalik kataraktasi. U oldin bitta ko‘zda boshlanib, keyin ikkinchi
ko‘zga ham o‘tadi. Uning 4 ta bosqichi bor: boshlang‘ich, yetilmagan, yetilgan va
pishib o‘tib ketgan. Ko‘pincha chekkadan, kamdan-kam yadrodan boshlanadi.
Boshlang‘ich kataraktada
bemorda shikoyatlar boimasligi ham mumkin,
ko'rish o‘tkirligi normada yoki birozgina pasayib, tashqaridan bilinmaydi (
58-a rasm,
zarvaraqqa qarang).
Ko‘z shifokori ko‘zni boshqa sabablardan tekshirganda
aniqlaydi, ko‘pincha yaqinga ko'zoynak kerak bo‘lsa, ko‘zda kon'yunktivit,
govmichcha paydo boisa va h. k. Bunda gavharning markazi uzoq paytgacha tiniq
bo‘lib qolaveradi.
D a v o s i — konservativ, ya'ni dori-darmon tomizish (katalin, senkatalin,
vitayodurol, kvinaks, taufonvvitamin tomchilari); parabulbar in'yektsiyalar (taufon,
trental);" muskul orasiga vitamin B
2
, askorbin kislotasi qilinadi. Maqsad — bor
ko‘rishni saqlab qolish. Har 6 oyda ukollar qilib turiladi va doimo ko‘zga tomchilar
tomiziladi.
Yetilmagan kataraktada
gavharning ko‘p qismi xiralashadi, bemor
ko‘rishining keskin pasayishiga shikoyat qiladi (faqat yaqin masofadan barmoqlarni
sanaydi, jadvalni ko‘rmaydi). Tashqi ko‘rinishdan qorachiq kul rangga yaqin bo‘ladi
(58-b rasm). Bu bosqichda dorilar tomizilmaydi va kataraktaning yetilishi kutiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
174
Yetilgan kataraktada
gavhar butunlay kul rang, xira bo‘ladi, bemorning
shikoyati ko‘rmaslikdan shikoyat qiladi. Bunda qorong‘i xona-da nur sezish
qobiliyati tek- shiriladi, u to‘g‘ri bo‘ladi (V p.l.s). Katarakta uzoqdan boshqalarga
bilinadi, chunki qorachiq butunlay xira, kul rangda bo‘ladi
D a v o s i — jarrohlik (xira gavhar ko‘z ichidan olib tashlanadi).
Pishib o‘tib ketgan katarakta
— o‘z vaqtida operatsiya qilinmasa, gavhar
ichida dis- trofik o‘zgarishlar ro‘y beradi (gavhar yumshab, sutdek suyuqlashadi —
«sutli» faza,keyin bu suyuqlashgan qismlar ko‘z ichiga suriladi — «Morgan» fazasi ,
natijada gavhar kichrayib, burishib qoladi).
Distrofik o‘zgarishlar ko‘z ichida ham boiib, ko‘z ichi bosimining oshishiga
yoki iridotsiklitga olib keladi, natijada nur sezish noto‘g‘ri v =4o P-l-ine yoki 0 bo‘lib
qoladi. Bunday ko‘zni jarrohlik yoii bilan davolash kech bo‘ladi.
Kataraktalar ko‘rlikka olib kelishi mumkin, lekin bu ko'rlikni davolasa
bo‘ladi, bunda xira gavhar ko‘z ichidan olib tashlanadi. Gavharsiz ko'zning nomi -
afakiyadir.
Afakiyada bemor faqat barmoqlarini yaqindan sanay oladi. Olib tashlangan
gavhar o‘rniga nur sindiradigan moslama qo‘yilsa, bemor yana yaxshi ko‘rib ketadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
175
Bu maqsadda sun'iy gavhar (59- rasm), yig‘uvchi (+) kontakt linza (
60-rasm,
zarvaraqqa qarang)
yoki kuchli yig‘uvchi (+) ko‘zoynaklar ishlatiladi (+10
dioptriyadan +13 dioptriygacha). Sun'iy gavharli ko‘zning nomi —
artifakiyadir.
Gavharni olib tashlash usullari: intrakapsulyar, ekstrakapsulyar, fakoemulsi-
fakatsiya, lazer yordamida. Jarrohlik mikroxirurgik usulda amalga oshiriladi.
Jarrohlikdan 2—3 kun keyin asoratlar bolmasa, uyga javob beriladi, 1—2 oy
davomida ko‘zga dezinfektsiyalovchi tomchi va gormonlar tomiziladi.
Bemorning kasbi og‘ir ish bilan bogiiq boimasa, 2 oydan keyin ishga chiqishi
mumkin, og‘ir ish bilan shug‘ullanadigan bemorlar kam kuch sarflanadigan ishga
o‘tkazilishlari kerak.
ASORATLANGAN KATARAKTA
Bu katarakta ko‘zning tomirli pardasida sust kechayotgan surunkali
yalligTanish jarayonida, to‘r parda distrofiyasi, glaukoma, uveopatiyalarda yuzaga
keladi. Kataraktaning og'ir turi hisoblanadi. Ko‘z gavharining orqa kapsulasi tagida,
orqa qobiqning tashqi qatlamlaridagi xiralashishdir. Xiralashish avval qutbda paydo
boiib, keyin orqa yuzadan kengayib borib, likop shaklini oladi. Bunday katarakta
shuning uchun ham
Iikopsimon katarakta
deb nomlanadi. Keyinchalik xiralanish
butun ko‘z gavharini qoplab oladi, ba'zi hollarda Iikopsimon katarakta yetilmay qolib
ham ketadi.
AFAKIYA
Mustaqil surilganda va katarakta olib tashlangandan keyingi ko‘zning
gavharsiz holatiga a f a k i ya deyiladi. Afakiyada oldingi kamera chuqurlashadi.
Rangdor parda tayanchni yo‘qotib, ko‘z harakatlan- ganda titrash (tebranish,
iridodonesis) boshlanadi, bu biomikroskopiya tekshiruvida aniq ko‘rinadi. Afakiya
avvalgi refraktsiya natijasiga bog‘liq holda, musbat linzalar bilan korrektsiyalashni
talab etadi. Agar bemorda emmetropiya bo‘lgan bo‘lsa, uzoqni ko‘rish uchun
korrektsiyani +10, +12 dptr jamlovchi linzalar (spn. convex) tavsiya etiladi, yaqindan
ko‘rish va o‘qish uchun oyna kuchini 3 dptr oshiriladi. Ko‘zoynak korrektsiyasidan
tashqari, kontakt linzalar bilan korrektsiya qilish tadbiq qilinadi.
Shishasimon tana kasalliklari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
176
Bunda ko‘pincha ikki xil patologiya kuzatiladi:
1.Xiralashish. 2.Qon quyilishi.
Xiralashish
- ipsimon, tangachadek, «kumush yoki tilla yomg‘iii»dek
bo‘ladi. S a b a b 1 a r i: tomirli parda, to‘r parda yallig‘lanishi, shikastlar, ko‘zdagi
jarrohlik muolajalari, gipertoniya, ateroskleroz, qandli diabet kasalliklari ta'sirida.
Qon q u y i l i s h i
— qisman yoki to‘liq gemoftalm deb ataladi. To‘liq
gemoftalmda odam ko‘r bo‘lib qoladi, qismanida esa biroz ko‘radi.
T a sh x i s yorug‘lik lampasi, ultratovush diagnostikasi yordamida qo‘yiladi.
D a v o s i : antikoagulyantlar, fermentlar (fibrinolizin, lidaza) limfosorbsiya
yo‘li bilan kiritiladi. Agar 10 kun ichida so‘rilmasa, vitrektomiya qilinadi (jarrohlik
yo‘li bilan qon olib tashlanadi).
Ko’zga tomchi dori tomizish.
1.
Qo‘l sovunlab yuviladi, sochiqqa artiladi.
2.
Bemor o‘tirgan holda yoki yotgan holda muolaja bajariladi.
3.
Hamshira chap qo‘liga paxta tampon olib pastki qovoqni tortadi.
4.
Bemor yuqoriga qarab turadi.
5.
Hamshira qo‘lining bosh va ko‘rsatkich barmoklari bilan tomizgich
yordamida kon’yuktivaning pastki gumbaziga 1 – 2 tomchi dori tomizadi.
Ko‘z yumilganda qovoq chetlaridan oqib chiqadigan ortiqcha dori paxta
tompon bilan artib olinadi. Ko‘zga 2 tomchidan ortiq suyuqlik sig‘maydi.
Tomiziladigan dorilar uy temperaturasida bo‘lishi lozim. Tomizgichning uchi bemor
kipriklariga tegmasligi kerak. (Eritma ifloslanmasligi uchun) dorilar 2 sm masofada
tomiziladi.
(2 sm masofadan balandlikda tomizilsa, tomchi zarb bilan kelib tushadi, 2
smdan pastrokdan tomizilsa shikastlab qo‘yish mumkin).
Bemorni operatsiyaga tayyorlash.
Bemorlarni jarrohlik yo'li bilan davolash
lozim bo'lsa operatsiyadan bir kun oldin yoki o'sha kuni statsiyanalga yotqiziladi
yotishdan avval poliklinikada to'liq tekshirilib operatsiyaga tayyor holga keltiriladi.
Operatsiyadan bir kun oldin tozalovchi huqna qilinadi kechasiga uyqu dori beriladi
arterial bosim o'lchanadi operatsiyaga bo'ladigan koʻzning kipriklari qaychi bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
177
kesilib qaychiga vazirin surtib keziladi konektuval xaltacha dezinfeksiyalovchi eritma
bilan yuviladi maksimum balonchi yordamimida ko'zga dezinfeksiya qiluvchi tomchi
tozalab qoshi briliant yashiri bilan bo'yaladi va steril ko`z bog'lami lekat plaster
yordamimida qo'yiladi.
Operatsiya och qoringa qilinadi operatsiyadan 30 minut oldin muskul orasiga
boralgin yoki litic aralashma analginal qilinadi bemor boshiga roʻmol yopiladi
operatsiya bo'ladigan tomondagi quloqqa paxta tikiladi operatsiya vaqtida quloqqa
ishlatilgan eritmalar qon kirmasligi uchun.
Premedikatsiya qilingan bemor operatsiya xonasiga katalkada keltiriladi
operatsiyadan so'ng stoldan katalkaga kasalgadan krovatga yotqizilayotganda bemor
boshini ko'tarmay qimirlatmay o'tkazilishi kerak. Bu payt hamshira bemor boshini
ushlab turadi bemor kichik tibbiy xodimlar sanitar yordamida sekin joyiga suriladi.
Hamshira operatsiya bo'lgan bemorga (ayniqsa birinchi soatlarda) tez-tez
qarab turish kerak. Bemorning ahvoli yomonlashsa zudlik bilan shifokorni chaqirishi
lozim. Hozirgi vaqtda operatsiyalar mikrojarrohlik usulda bajarilmoqda. Shuning
uchun bemor koʻp yotmaydi. Operatsiyadan 2 soat o'tgach, bemor yotgan holda
ovqatlantirilishi kerak (suyuq ovqatlar iliq holatda), kechqurun ovqatni o'tirib yeydi,
operatsiya bo'lgan kuni bemor yotadi, ertasidan boshlab bemor yura boshlaydi,
bog'lab xonasiga o'zi borib, 6 mahal bog'lov (perevyazka) qildiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
L.A.Dubovskaya “Ko’z kasalliklari”.
2.
M.A.Hamidova “Ko’z kasalliklari”.
3.
E.I.Kovalevskaya “Ko’z kasalliklari - Atlas”.
4.
E.I.Kovalevskaya “Ko’z kasalliklari”.
5.
E.S.Avetisova
“Справочник по офтальмологии”.
6.
A.I.Egamov
“Glaukoma va uning asoratlari”.
7.
L.M.Asqarov
“Bolalarda uchraydigan tug’ma ko’z kasalliklari”.
8.
Sh.A.Po’latov, G.S.Aripova, G.X.Mirzajonova, I.A.To’xtasinov, L.X.Saidova,
A.P.Ergashev, Sh.X.Ermatov “Kattalarda hamshiralik parvarishi II qism” 2012 yil.
9.
Internet ma’lumotlari.