Authors

  • Toshpo’latova Mubinaxon Maqsudjon qizi

Author Biography

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116502

Keywords:

gamifikatsiya motivatsiya hamkorlik Kahoot interaktiv metod.

Abstract

Ushbu  maqolada  zamonaviy  ta’limda  gamifikatsiyaning  o’rni  va  ahamiyati, uning  o’quv  motivatsiyasiga  ta’siri   hamda  KAHOOT o’yinli  platformasi  va  undan  foydalanish  tizimlari  xususida  so’z  boradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

129

TA’LIMDA GAMIFIKATSIYA: MOTIVATSIYANI OSHIRISH

YO’LLARI

Toshpo’latova Mubinaxon Maqsudjon qizi

Andijon davlat chet tillari instituti talabasi

toshpolatovamubinaxon4@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy ta’limda gamifikatsiyaning

o’rni va ahamiyati, uning o’quv motivatsiyasiga ta’siri hamda KAHOOT o’yinli

platformasi va undan foydalanish tizimlari xususida so’z boradi.

Kalit so’zlar: gamifikatsiya, motivatsiya, hamkorlik, Kahoot, interaktiv

metod.

Annotation: This article discusses the role and importance of

gamification in modern education, it’s impact on learning motivation, as well as

the KAHOOT game-based platform and it’s usage systems.

Keywords: gamification, motivation, partnership, Kahoot, interactive

method.

Hozirgi kunda har bir sohada innovatsion texnologiyalardan

foydalanish jadal rivojlanib bormoqda. Ta’lim sohasi ham bundan mustasno emas.

Ayniqsa, hozirda dars jarayonlarida gamifikatsiya usulidan ommalashmoqda.

Gamifikatsiya – ma’lum bir o’yin orqali bilim va ko’nikmalarni egallash

jarayonidir. Gamifikatsiya, o’yin mexanizmlarini ta’lim, dars jarayonlariga kiritish

orqali o’quvchi va talabalarni darsga jalb etish va o’zlashtirishga bo’lgan

qiziqishini oshirishga yordam beradi.

Gamifikatsiya tushunchasi 2000-yilning boshlarida paydo bo’lgan

bo’lsa-da, uning ildizlari ancha oldinroq, o’yin elementlarining turli sohalarda

qo’llanilishiga borib taqaladi. Dastlab marketing va biznes sohalarida qo’llanilgan

gamifikatsiya keyinchalik ta’lim tizimiga ham kirib keldi va o’quvchilarning

motivatsiyasini oshirishda samarali vosita sifatida tan olindi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

130

AQSH va Yevropaning 2020-yil Science Direct statistik

ma’lumotlariga ko’ra, o’yinlashtirish tamoyillarini amalga oshirish akademik

ko’rsatkichlarni 34.75 % ga yaxshilaydi.

Ta’lim jarayonida gamifikatsiyaning afzaliklari:

Samaradorlik.

To’g’ri tanlangan o’yinlar orqali o’quvchi darsni tez va

oson tushunadi, bilim oladi.

Hamkorlik.

Jamoaviy o’yin va topshiriqlar orqali o’quvchi va talabalar

o’zaro fikr almashadilar, bu jarayonda hamjihatlik va hamkorlik shakllanadi.

Motivatsiya.

Ta’lim jarayonida gamifikatsiya texnologiyasining eng muhim

jihati bu o’quvchilarga ichki va tashqi motivatsiya berishidir. Ular o’yin davomida

ball va ochkolar yig’ib borishi, albatta, motivatsiyani oshiradi.

Gamifikatsiyaning psixologik ta’siri:

Dopamin ajralishi.

O’yin elementlari (ballar, mukofotlar) orqali

qiyinchiliklarni yengish dopamine ajralishini qo’zg’atadi. Bu esa o’quvchilarning

dars jarayoniga qiziqishini oshiradi.

Tugallash hissi.

Gamifikatsiya qiyin vazifalarni bosqichlarga bo’lib, har

bosqichda yutuqqa erishish orqali o’quvchilarga “tugallash hissi” beradi. Bu

motivatsiyani uzoq muddat davomida ushlab turadi.

Dars davomida o’quvchi va talabalar bilimini onlayn baholab

boruvchi bir qancha o’yinli platformalar mavjud bo’lib, ulardan biri internetda

joylashgan Kahoot platformasidir. Kahoot – ta’lim loyihalari uchun zamonaviy

dizaynlashtirilgan o’quv o’yin platformasi bo’lib, turli viktorinalarni yaratish va

nashr etish hamda o’ynashni osonlashtiradi.

Kahoot dan foydalanish tartiblari:

O’yin qoidalari murakkab emas: o’quvchilar mobil qurilmalaridagi

ekranda ko’ringan o’yinga pin-kod yordamida ulanadi va o’qituvchi yaratgan

viktorina, savollarga javob beradi. O’yinda mukofotlash tizimidan ham

foydalanish mumkin. Misol uchun, ishtirokchi savolga qancha tez va to’g’ri

javob bersa, shuncha ko’p ball yig’ib boradi. Ballar har bir savoldan so’ng


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

131

ko’rsatib boriladi. O’yinchi qancha ko’p savolga to’g’ri va tez javob bersa balli

ortib boraveradi.

Bu platforma orqali o’quvchilarni darsga oson jalb qilish, ularda

ta’limga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish mumkin. Chunki an’anaviy, nazariy

darslardan ko’ra shu kabi interaktiv metod sifatida ushbu platformalardan

foydalangan holda darslarni tashkil etish yanada samarali, o’quvchilar uchun

qiziqarli va bilim darajasi uchun ham foydali bo’ladi.

Xulosa sifatida aytadigan bo’lsak, gamifikatsiya, ya’ni interaktiv

o’yinga asoslangan ta’lim metodini integratsiya qilish ta’lim sifatini yaxshilashda

ijobiy omil bo’ladi. Bu kabi texnologiyalar sust o’zlashtiruvchi o’quvchilarni

ham darsga doimiy jalb qila olish, mavzularni mustahkamlash uchun samarali

yo’l bo’la oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Gee, JP (2007). Video o'yinlar bizga o'rganish va savodxonlik haqida nimani

o'rgatishi kerak. Palgrave Makmillan.

2.

Kapp, KM (2012). Ta'lim va ta'limning o'yinlashuvi: o'yinga asoslangan usullar

va ta'lim va ta'lim strategiyalari.

3.

Prenskiy, M. (2001). Raqamli o'yinga asoslangan ta'lim. MakGrou-Xill.

4.

Rustamovich

R.

H.

GAMIFIKATSIYA

ELEMENTLARI

BILAN

INTERAKTIV TA’LIM TIZIMLARINI ISHLAB CHIQISH //PEDAGOGIK

TADQIQOTLAR JURNALI. – 2025. – Т. 3. – №. 1. – С. 194-199.

5.

Tasbayeva, G., & Klishbaeva, G. (2025). GAMIFIKATSIYA VA MAXSUS

EHTIYOJLI

O'QUVCHILAR

UCHUN

MOSLASHTIRILGAN

O'YIN

TEXNOLOGIYALARI. В CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN

SCIENCES

(Т.

4,

Выпуск

5,

сс.

31–34).

Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.15179757


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

132

6.

Zosh, JM, Fisher, KR, Hirsh-Pasek, K. va Golinkoff, RM (2018). O'yinning

kuchi: tabiiy ravishda bo'lgan narsalarni o'rganish. Amerika Psixologik

Assotsiatsiyasi

7.

Internet saytlari: www.wikipediya.uz