Authors

  • Muzropova Guljamol Mardonovna

Author Biography

  • Muzropova Guljamol Mardonovna

    muzropovagulzamol@gmail.com

    Navoiy Davlat Universiteti

    Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

    kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116507

Keywords:

o‘qituvchilar ijtimoiy-madaniy kompetentlik jadidchilik g‘oyalari ta'lim tizimi pedagogika innovatsiyalar madaniy qadriyatlar ta'limda yangiliklar ta'lim metodikalari pedagogik konsepsiyalar ta'lim jarayoni.

Abstract

Mazkur maqola o‘qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishda jadidchilik g‘oyalarining ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Jadidchilik, milliy madaniyat va ta’lim tizimini zamonaviylashtirishni maqsad qilgan harakat sifatida, o‘qituvchilarning shaxsiy va malakali rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Maqolada jadidchilik g‘oyalarining ta’lim jarayonidagi yangiliklarga bo‘lgan yondashuvlari, o‘qituvchining ijtimoiy va madaniy kompetentligini oshirishga qaratilgan usullar, shuningdek, bu g‘oyalar orqali o‘quvchilarga zamonaviy ta’limning ijtimoiy, madaniy va etnik qadriyatlar asosida rivojlanishini ta’minlashdagi o‘qituvchilarning roli tahlil qilinadi. Jadidchilikning pedagogik konsepsiyalari, o‘qituvchilarning mahoratlilik darajasini oshirishda muhim omil sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, ta’limda innovatsiyalar va ijtimoiy integratsiya jarayonlarida o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligi muhim o‘rin tutadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

98

TASVIRIY SAN`AT O’QITUVCHILARDA IJTIMOIY-MADANIY

KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA JADIDCHILIK

G‘OYALARINING O’RNI

Muzropova Guljamol Mardonovna

muzropovagulzamol@gmail.com

Navoiy Davlat Universiteti

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

kafedrasi o‘qituvchisi

Anotatsiya: Mazkur maqola o‘qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni

rivojlantirishda jadidchilik g‘oyalarining ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Jadidchilik, milliy madaniyat va ta’lim tizimini zamonaviylashtirishni maqsad qilgan

harakat sifatida, o‘qituvchilarning shaxsiy va malakali rivojlanishiga katta ta’sir

ko‘rsatgan. Maqolada jadidchilik g‘oyalarining ta’lim jarayonidagi yangiliklarga

bo‘lgan yondashuvlari, o‘qituvchining ijtimoiy va madaniy kompetentligini

oshirishga qaratilgan usullar, shuningdek, bu g‘oyalar orqali o‘quvchilarga

zamonaviy ta’limning ijtimoiy, madaniy va etnik qadriyatlar asosida rivojlanishini

ta’minlashdagi o‘qituvchilarning roli tahlil qilinadi. Jadidchilikning pedagogik

konsepsiyalari, o‘qituvchilarning mahoratlilik darajasini oshirishda muhim omil

sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, ta’limda innovatsiyalar va ijtimoiy integratsiya

jarayonlarida o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligi muhim o‘rin tutadi.

Kalit so‘zlar: o‘qituvchilar, ijtimoiy-madaniy kompetentlik, jadidchilik

g‘oyalari, ta'lim tizimi, pedagogika, innovatsiyalar, madaniy qadriyatlar, ta'limda

yangiliklar, ta'lim metodikalari,, pedagogik konsepsiyalar, ta'lim jarayoni.

THE ROLE OF INTELLECTUALISM IDEAS IN THE

DEVELOPMENT OF SOCIO-CULTURAL COMPETENCE IN TEACHERS.

Muzropova Guljamol Mardonovna

muzropovagulzamol@gmail.com


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

99

Teacher, Department of Fine Arts and Engineering Graphics,

Navoi State University

Abstract: This article is devoted to the study of the importance of Jadidism

ideas in the development of socio-cultural competence in teachers. Jadidism, as a

movement aimed at modernizing the national culture and education system, had a

great influence on the personal and professional development of teachers. The article

analyzes the approaches of Jadidism ideas to innovations in the educational process,

methods aimed at increasing the social and cultural competence of teachers, as well

as the role of teachers in ensuring the development of modern education for students

based on social, cultural and ethnic values through these ideas. The pedagogical

concepts of Jadidism are shown as an important factor in increasing the level of

teacher competence, and the socio-cultural competence of teachers plays an

important role in the processes of innovation and social integration in education.

Keywords: teachers, socio-cultural competence, ideas of Jadidism, education

system, pedagogy, innovations, cultural values, innovations in education, educational

methodologies, pedagogical concepts, educational process.

“Boshqa millatlarga qaralsa ko‘rilurki, muntazam maktablari bor va avval

maktabda diniy ilm ustida dunyoviy ilm va fanlar ham o‘qilur. Chunki dunyoda

turmok uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat

boshqa millatlarga poymol bo‘lur.

Mahmudxo‘ja Behbudiy

Biz yoshlarga har tomonlama buyuk qurg‘on bo‘la oladigan jadidlarimizning

g‘oyasi — Yangi O‘zbekiston strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va

hamohangdir. Bunga, misol tariqasida keltirilgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning

fiklrariga e‘tibor qaratishimiz lozimdir.

Millatparvar jadidchilarning tarixini, hayoti

va faoliyatini oʻrganganimiz sari ular barhayot boʻlaveradi, bizda ularga nisbatan

g‘urur va iftixor tuyg‘usi jo‘sh uraveradi. Har bir davrda va millatning har bir farzandi

ruhida boqiy yashab kelayotgan, Vatanning mustabidlar zulmidan ozod boʻlishini,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

100

elga erk, hurriyat istagan xalqimizning qalbi uygʻoq farzandlari boʻlmish jadidlar

hamisha fikru yodimizni egallaydi.

Jadidchilik harakati XIX asr oxiri – XX asr boshlarida O‘rta Osiyo, xususan,

Turkiston hududida keng tarqalgan ilmiy-ijtimoiy va madaniy yangilanishlar harakati

sifatida tarixiy ahamiyatga ega bo’lib, ta’lim, ilm-fan, ijtimoiy va madaniy sohalarda

tub islohotlar o‘tkazishga chaqirdi. Jadidchilikning o‘ziga xos g‘oyalari,

o‘qituvchilarning pedagogik yondashuvlarini yangilash, bilim olish va tarbiyalash

usullarini takomillashtirishni maqsad qilgan. Bugungi kunda biz ham jadidlarning

milliy harakatlari g‘oyasidan, ta’lim tizimini zamonaviylashtirish, bo‘lajak

o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik va ijtimoiy-madaniy kompetentlikka ega

bo‘lishida unumli foydalanishimiz mumkin.

Jadidchilik harakati, O‘rta Osiyo va Turkistondagi ijtimoiy-ma’rifiy

islohotlarning ko‘lamli g‘oyalariga asoslanadi. Jadidchilar ta’lim tizimida muhim

islohotlarni amalga oshirishni, ijtimoiy tenglik va xalqni ilm-fan bilan ta’minlashni

maqsad qilganlar. Bugungi kun zamonaviy ta’lim sohasidagi izchil o‘zgarishlar ham

buni isbotidek. Ta’limni zamonaviylashtirish, o‘quvchilarga ilmiy bilimlar, axloqiy-

etik qadriyatlar, va jamiyatda faol ishtirok etish qobiliyatlarini o‘rgatish zarurligini

ta’kidlaganlar. Bu, o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini oshirishga

yordam beradi. Ular yangi o‘quv metodikalarini joriy qilish, an’anaviy dars berish

usullarini zamonaviylashtirishga intilganlar.

Jadidlarning har birlari g‘oyalrini o‘rganar ekanmiz barchasi xuddiki tugab

bitmas ma’naviyat to‘gidek. Tog‘dagi xazinadan sekin astalik bilan foydalanar

ekansiz, haqiqiy duru jovohirlar egasi bo‘lasiz guyo. Jadidchilik, jamiyatda ijtimoiy

tenglikni ta’minlashga, ayollar va erkaklar o‘rtasidagi farqlarni yo‘qotishga qaratilgan

g‘oyalarni ilgari surgan. Bu o‘qituvchilarga jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarga

tayyor bo‘lishni, o‘zlarining pedagogik faoliyatida ijtimoiy-axloqiy mas’uliyatni his

qilishni o‘rgatgan.

Jadidchilik harakati, milliy madaniyatni saqlashni, ammo uni zamonaviy ilm-

fan va ta’lim bilan boyitishni maqsad qilgan. Bu, o‘qituvchilarga o‘z xalqining tarixiy

va madaniy merosini, uning qadriyatlarini o‘quvchilarga etkazish, shu bilan birga,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

101

xalqaro madaniyat bilan tanishtirishni talab qilgan. Jadidchilik harakati g‘oyalarining

ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishdagi roli keng qamrovli bo‘lib, bu

jarayonda bir nechta asosiy elementlar ajralib turadi.

Jadidchilik

harakati,

o‘qituvchilarga

ijtimoiy

va

madaniy

ongni

shakllantirishda katta rol o‘ynadi. Bu harakat, o‘qituvchilarni jamiyatning zamonaviy

muammolariga duch kelishga va ularni hal qilish uchun o‘quvchilarga zarur bilimlar

va ko‘nikmalarni berishga tayyorlashni maqsad qilgan. Bu o‘qituvchilarda ijtimoiy

adolat, inson huquqlari, tenglik kabi qadriyatlarni rivojlantirishga yordam beradi.

O‘qituvchilarga milliy madaniyatni saqlashni va uni ilm-fan bilan boyitishni

ta’lim tizimiga kiritishni o‘rgatdi. Bu, o‘qituvchilarni o‘z xalqining madaniy merosi,

til va tarixiga hurmat bilan qarashga, shu bilan birga, boshqa xalqlar va madaniyatlar

bilan muloqotda bo‘lishga tayyorlashni o‘z ichiga oladi.

O‘qituvchilarga pedagogik texnologiyalarni va innovatsion yondashuvlarni

ta’lim jarayoniga kiritishga chaqirdi. Bu o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy

kompetentligini yanada kengaytirib, ularni o‘quvchilarga zamonaviy bilimlarni

etkazish jarayonida yanada samarali bo‘lishga undaydi.

Jadidchilik harakati, o‘zining ilmiy-ijtimoiy islohotlari bilan O‘rta Osiyo va

Turkiston hududidagi ta’lim tizimiga katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘qituvchilarda ijtimoiy-

madaniy kompetentlikni rivojlantirishda bu harakatning o‘rni beqiyosdir. Jadidchilar

ta’lim tizimiga innovatsiyalarni kiritish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash, milliy

madaniyatni saqlash va rivojlantirishga katta e‘tibor qaratganlar. Ularning g‘oyalari,

o‘qituvchilarga faqat bilim berish emas, balki jamiyatning har bir a’zosi sifatida

ijtimoiy va madaniy mas’uliyatni his qilishga ham yo‘naltirilgan. Bu, o‘z navbatida,

o‘qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Milliy maktab yaratish, yangi avlodni voyaga yetkazish ishtiyoqida

mardonavor qadam tashlagan, otashin nutqlari bilan xalqning gʻururini uygʻotgan,

mohir pedagoglarning orzulari bugun mustaqil diyorimizda amalga oshgandek.

Jadidlarmizning har biri bugungi yosh avlodga samodan boqib turgandek. Millatning

daholari g‘oyalari va millatning qayg‘usi ila mangu ketgan bo‘lsada hamisha biz yosh

avlod uchun tirikdir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

102

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Abdurashidov M. “Jadidchilik harakati va uning O‘zbekiston taraqqiyotiga ta’siri”.

Toshkent, 2020.

2. Saidov U. “Ma’rifiy jamiyat tamoyillari va jadidchilik”. O‘zbekiston Milliy

ensiklopediyasi, 2021.

5. Tolibovich, S. S., & Mardonovna, M. G. (2023). EXPRESSION OF REALITY IN

MODERN UZBEK FINE ART. Science and Innovation, 2 (2), 16-19.

6. Mardonovna, M.G. (2023). ZAMONAVIY MODADA USLUBLARNING

O‘RNI. Journal of Integrated Education and Research, 2(11), 18-22.

7. Guljamol, M. (2023). SEMANTICS OF PATTERNS IN CARVINGS IN

TRADITIONAL APPLIED ART AND THEIR SYMBOLIC AND EXPRESSIVE

FEATURES. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 2

(3), 191-197.

8. Mardonovna, M. G. (2023). The importance of the traditions of the teacher and

disciple in the study of the traditional applied art of Bukhara. Intent Research

Scientific Journal, 2 (2), 22-26.

9. Mardonovna, M. G. (2021). Artistic aspects of Bukhara applied art of the XIX

century “On the example of Bukhara art ceramics”. Central Asian Journal of

Literature, Philosophy and Culture, 2 (2), 61-62.

10. Abdullaev A., Bobomurodova S., Juraeva O. THE ADVANTAGES OF AN

INNOVATIVE

APPROACH

TO

TEACHING

AND

DEVELOPMENT

METHODS OF THE ARTISTIC AND TECHNICAL SKILLS OF STUDENTS IN

VISUAL ARTS CLASSES //Science and innovation. – 2024. – Т. 3. – №. B1. – С.

335-339.

11. Bobomurodova S. A. BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI INNOVATSION-

PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH MODELI //Inter education &

global study. – 2024. – №. 1. – С. 73-82.

12. Choriyev S. et al. AKADEMIK RASM CHIZISHNING O‘ZIGA XOS QONUN

VA QOIDALARINI O‘RGANISH //INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

103

PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the

continuity of fine art education: problems and solutions”. – 2023. – Т. 1. – №. 01.

13.

Sa’diyev S. DARSDAN TASHQARI TO ‘GARAK MASHG ‘ULOTLARIDA

O ‘QUVCHILARNI TASVIRIY SAVODXONLIKKA OID KO ‘NIKMALARINI

RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA //Молодые ученые. –

2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 65-67.

14. Sadiyev S. INVESTIGATING FUTURE CREATIVE PROFESSIONALS IN

THE TRADITION OF THE REALISTIC SCHOOL OF FINE ARTS //Science and

innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B4. – С. 156-159.

15. Sadiev S. DEVELOPING STUDENTS’ARTISTIC LITERACY SKILLS IN

EXTRA-CURRICULUM ACTIVITIES //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. –

№. B9. – С. 106-108.

16. Xamidova G. X. СHIZMACHILIK FANINI O ‘QITISHDA GRAFIK

DASTURLARDAN

FOYDALANISH

VA

METODIKASINI

TAKOMILLASHTIRISH //Inter education & global study. – 2024. – №. 1. – С. 34-

44.

17. Xamidovna X. G., To’xtaqulovna V. A. TA’LIM TIZIMINING RIVOJLANISH

BOSQICHLARI, HOZIRGI TA’LIM TIZIMIDAGI O ‘ZGARISHLAR VA

XORIJIY DAVLATLARNING NUFUZLI OTMLARIGA QISQA MUDDATLI

MALAKA OSHIRISH //SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN

EDUCATION SYSTEM. – 2024. – Т. 3. – №. 29. – С. 87-91.

18. Shovdirov S. Analyzing the sources and consequences of atmospheric pollution:

A case study of the Navoi region //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024.

– Т. 587. – С. 02016.

19. Шавдиров С. А. Подготовка будущих учителей к исследовательской

деятельности //Педагогическое образование и наука. – 2017. – №. 2. – С. 109-

110.

20. Shavdirov S. A. Selection Criteria of Training Methods in Design Fine Arts

Lessons //Eastern European Scientific Journal. – 2017. – №. 1.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

104

21. Шавдиров С. А. Ўқувчиларда тасвирий саводхонликка оид ўқув

компетенцияларини шакллантиришнинг педагогик-психологик жиҳатлари

//Современное образование (Узбекистан). – 2017. – №. 6. – С. 15-21.

22. SAN’AT S. A. S. T., TA’LIMIDA O. Q. O. Q. U. V., TALABLARI K. S. T. T.

P. SAI. 2023.№ Special Issue 13 //URL: https://cyberleninka. ru/article/n/tasviriy-

san’at-ta’limida-o’quvchilarning-o’quv-kompetensiyalarini-shakllantirish-tizimini-

takomillashtirishning-pedagogik (датаобращения: 03.12. 2023)