Authors

  • Qosimova Zilola Arifjanovna

Author Biography

  • Qosimova Zilola Arifjanovna

    Vazirlar Mahkamasi qoshidagi

    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

    Global menejment yo‘nalishi tabalasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116523

Keywords:

innovatsion faoliyat aksiyadorlik jamiyati ichki omillar tashqi omillar texnologik yangilik boshqaruv.

Abstract

Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi omillar tizimli ravishda tahlil qilingan. Innovatsion faoliyatning jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni ochib berilgan hamda ushbu faoliyatga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar o‘rganilgan. Xususan, boshqaruv tizimi, moliyaviy resurslar, kadrlar salohiyati kabi ichki omillar kabilar bilan birga, davlat siyosati, texnologik rivojlanish, investitsion muhit kabi qator muhim tashqi omillar ta’siri tahlil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion faoliyatning hozirgi holati va uni rivojlantirish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Maqola yakunida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

10

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA INNOVATSION FAOLIYATGA

TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Qosimova Zilola Arifjanovna

Vazirlar Mahkamasi qoshidagi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Global menejment yo‘nalishi tabalasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion

faoliyatga ta’sir etuvchi omillar tizimli ravishda tahlil qilingan. Innovatsion

faoliyatning jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni ochib berilgan hamda ushbu

faoliyatga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar o‘rganilgan.

Xususan, boshqaruv tizimi, moliyaviy resurslar, kadrlar salohiyati kabi ichki omillar

kabilar bilan birga, davlat siyosati, texnologik rivojlanish, investitsion muhit kabi

qator muhim tashqi omillar ta’siri tahlil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston

aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion faoliyatning hozirgi holati va uni

rivojlantirish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Maqola yakunida innovatsion faoliyat

samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: innovatsion faoliyat, aksiyadorlik jamiyati, ichki omillar, tashqi

omillar, texnologik yangilik, boshqaruv.

Abstract: This article systematically analyzes the factors influencing

innovative activity in joint-stock companies. The role of innovative activity in the

economic development of society is revealed and internal and external factors that

have a positive and negative impact on this activity are studied. In particular, along

with internal factors such as the management system, financial resources, human

resources, the influence of a number of important external factors such as state policy,

technological development, and the investment environment is analyzed. Also, the

current state of innovative activity in joint-stock companies of Uzbekistan and

proposals for its development are presented. At the end of the article, practical

recommendations are developed to increase the effectiveness of innovative activity.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

11

Keywords: innovative activity, joint-stock company, internal factors, external

factors, technological innovation, management.

Аннотация: В данной статье системно анализируются факторы,

влияющие на инновационную деятельность в акционерных обществах.

Раскрывается роль инновационной деятельности в экономическом развитии

общества и изучаются внутренние и внешние факторы, оказывающие

положительное и отрицательное влияние на эту деятельность. В частности,

наряду с внутренними факторами, такими как система управления,

финансовые ресурсы, человеческие ресурсы, анализируется влияние ряда

важных внешних факторов, таких как государственная политика,

технологическое развитие, инвестиционная среда. Также представлены

современное состояние инновационной деятельности в акционерных

обществах Узбекистана и предложения по ее развитию. В конце статьи

разработаны практические рекомендации по повышению эффективности

инновационной деятельности.

Ключевые слова: инновационная деятельность, акционерное общество,

внутренние факторы, внешние факторы, технологические инновации,

управление.

Kirish

Bugungi globallashuv sharoitida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish,

raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon bozoriga chiqishning muhim

sharti bu – innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishdir. Aksiyadorlik jamiyatlari

esa ushbu jarayonda yetakchi subyektlardan biri hisoblanadi. Ular o‘z oldiga strategik

maqsadlar qo‘ygan, moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlarga ega yirik xo‘jalik

yurituvchi subyektlardir. Innovatsion faoliyat bu – yangi mahsulotlar yaratish, ilg‘or

texnologiyalarni joriy qilish, boshqaruv uslublarini takomillashtirish orqali

raqobatbardoshlikni ta’minlash jarayonidir. Ushbu faoliyatga ta’sir qiluvchi ichki va

tashqi omillarni chuqur tahlil qilish orqali aksiyadorlik jamiyatlarining innovatsion

salohiyatini oshirish mumkin.

Asosiy qism


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

12

Aksiyadorlik jamiyatlari zamonaviy bozor iqtisodiyotining ajralmas bo‘g‘ini

hisoblanadi. Ular ko‘p sonli investorlar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, aksiyalar

orqali moliyaviy resurslarni jamlash va samarali taqsimlash imkonini beradi. Ushbu

tuzilma yirik ishlab chiqarish, innovatsion faoliyat va xizmat ko‘rsatish sohalarida

keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish uchun qulay muhit yaratadi.

Aksiyadorlik jamiyatlari orqali:

a)

xususiy kapital jalb qilinadi,

b)

bozor iqtisodiyotiga moslashgan korporativ boshqaruv shakllanadi,

c)

moliyaviy shaffoflik va javobgarlik kuchayadi,

d)

yangi ish o‘rinlari yaratiladi,

e)

xalqaro investorlar uchun ishonchli hamkorlik muhiti vujudga keladi.

Shuningdek, ular ilm-fan va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishda

ham yetakchi subyekt sifatida faoliyat yuritadi. Shu sababli, aksiyadorlik

jamiyatlarining iqtisodiyotdagi o‘rni nafaqat moliyaviy, balki ijtimoiy va innovatsion

jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Aksiyadorlik

jamiyatlarida

innovatsion

faoliyat

korxonaning

raqobatbardoshligini oshirish, bozor sharoitlariga moslashish va barqaror

rivojlanishni ta’minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Ushbu faoliyat yangi

mahsulotlar yaratish, ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, xizmat

ko‘rsatish sifatini oshirish hamda boshqaruv tizimlariga ilg‘or yondashuvlarni joriy

etishni o‘z ichiga oladi.

Innovatsion faoliyat orqali jamiyatlar:

a)

ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi;

b)

yangi bozor segmentlarini egallaydi;

c)

intellektual mulk ob'ektlarini yaratadi;

d)

raqobat ustunligiga ega bo‘ladi.

Bu jarayon doimiy yangilanish, tajriba almashinuvi va strategik yondashuvni

talab qiladi. Aksiyadorlik jamiyatlari uchun innovatsion faoliyat — bu nafaqat texnik

yoki texnologik o‘zgarish, balki korporativ rivojlanishning muhim strategik

yo‘nalishidir. Innovatsion faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi aksiyadorlik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

13

jamiyati ichida mavjud bo‘lgan bir qator omillarga bevosita bog‘liq. Ularning

asosiylari quyidagilardir:

Korxona boshqaruv tizimi

-samarali boshqaruv tizimi innovatsion

qarorlarning tez va aniq qabul qilinishini ta’minlaydi. Raqamlashtirilgan va

moslashuvchan boshqaruv strukturalari korxonaning o‘zgaruvchan tashqi

sharoitlarga tez moslashishiga xizmat qiladi. Shuningdek, rahbariyatning

innovatsiyaga bo‘lgan ijobiy munosabati va strategik qarorlar bu jarayonda hal

qiluvchi rol o‘ynaydi.

Moliyaviy resurslar

-innovatsiyalarni moliyalashtirish

manbalari — ichki daromadlar, investor mablag‘lari yoki davlat grantlari — yetarli

bo‘lishi zarur. Moliyaviy barqarorlik innovatsion loyihalarning uzoq muddatli amalga

oshirilishini ta’minlaydi. Mablag‘yetishmasligi esa innovatsion faoliyatni

sustlashtiradi yoki to‘xtatadi.

Kadrlar salohiyati

-yuqori malakali va ijodiy fikrlovchi

mutaxassislar innovatsion jarayonlarning asosi hisoblanadi. Zamonaviy bilim va

ko‘nikmalarga ega xodimlar, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jamoalar

jamiyatda innovatsion salohiyatni kuchaytiradi. Doimiy malaka oshirish va treninglar

bu salohiyatni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Korporativ madaniyat

-

innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish, xodimlarni yangiliklar joriy

etishga undovchi tizimlar va ochiq muloqot madaniyati innovatsion faoliyatni

kuchaytiradi. G‘oyalarga nisbatan ochiqlik, xatoliklardan o‘rganish va jamoaviy

fikrlash innovatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur shartlardandir.

Aksiyadorlik jamiyatlarining innovatsion faoliyatiga ta’sir qiluvchi tashqi

omillar ular faoliyat yuritayotgan makroiqtisodiy, huquqiy va texnologik muhit bilan

chambarchas bog‘liq. Ushbu omillar quyidagicha izohlanadi:

Davlat siyosati va qonunchilik

-davlat tomonidan ishlab chiqilgan

innovatsion siyosat, soliq imtiyozlari, grantlar, subsidiyalar va qonunchilik bazasi

aksiyadorlik jamiyatlarining innovatsiyaga qiziqishini oshiradi. Hukumat tomonidan

yaratilgan qulay tartibga solish mexanizmlari innovatsion faoliyatni rag‘batlantiradi.

Aksincha, byurokratik to‘siqlar va nomuvofiq qonunchilik innovatsiyalarni

sekinlashtiradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

14

Bozor raqobati

-raqobat muhiti kuchli bo‘lgan bozorlarda kompaniyalar

yangilik kiritishga va mahsulotlarini takomillashtirishga intiladilar. Bozor talabining

o‘zgaruvchanligi va iste’molchilarning yuqori talabchanligi jamiyatlarni innovatsion

izlanishlarga undaydi. Raqobat past bo‘lgan sharoitlarda esa innovatsiyalarni joriy

etishga ehtiyoj kamayadi.

Texnologik rivojlanish

-global texnologik yutuqlar va ilm-

fan rivojining tezligi aksiyadorlik jamiyatlarini yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga

va raqamli transformatsiyaga yo‘naltiradi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari, sun’iy intellekt, avtomatlashtirish tizimlari innovatsion faoliyatning

asosiy omillariga aylangan.

Investitsiya muhiti

-investitsion muhitning barqarorligi,

xorijiy

sarmoyadorlar

uchun

qulayliklar,

kafolatlangan

huquqiy

asoslar

innovatsiyalarni rivojlantirish uchun muhim tashqi omil hisoblanadi. Moliyaviy

institutlarning faol ishtiroki va innovatsion loyihalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar

ko‘lamining kengayishi aksiyadorlik jamiyatlarining texnologik salohiyatini oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillaridan boshlab innovatsion

rivojlanish yo‘lida muhim islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. Mamlakatda faoliyat

yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlari ham bu jarayonning ajralmas qismi hisoblanadi.

Jumladan, 2019-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil etilishi,

“Innovatsion rivojlanish strategiyasi”ning qabul qilinishi bu yo‘nalishda institutison

bazaning shakllanishiga zamin yaratdi. Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatlarining

innovatsion faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda rivojlanmoqda:

a)

ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiya qilish;

b)

raqamli texnologiyalarni joriy etish;

c)

eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish;

d)

ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilish.

Misol tariqasida, “UzAuto Motors” AJ, “Uzbektelecom” AJ,

“O‘zdonmahsulot” AJ kabi yirik korxonalar tomonidan innovatsion loyihalar ishlab

chiqilib, joriy etilmoqda. Biroq hali-hanuz korxonalarda:

a)

ilm-fan bilan integratsiyaning sustligi,

b)

kadrlar salohiyatining yetarli emasligi,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

15

c)

moliyaviy resurslarning cheklanganligi kabi muammolar saqlanib

qolmoqda.

Shu sababli, aksiyadorlik jamiyatlarining innovatsion salohiyatini oshirish

uchun davlat, xususiy sektor va ilmiy soha o‘rtasida kuchli hamkorlik tizimini yo‘lga

qo‘yish muhim ahamiyatga ega.

Xulosa

Aksiyadorlik jamiyatlarining innovatsion faoliyati zamonaviy iqtisodiy

taraqqiyotda hal qiluvchi o‘rin egallaydi. Ular nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini

oshirish, balki raqobatbardoshlikni ta’minlash, texnologik yangilanishni

jadallashtirish hamda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, innovatsion faoliyatga ta’sir qiluvchi omillar

ichki va tashqi guruhlarga bo‘linadi. Ichki omillar – korxona boshqaruv tizimi,

moliyaviy resurslar, kadrlar salohiyati va korporativ madaniyat bilan bog‘liq bo‘lsa,

tashqi omillar – davlat siyosati, bozor raqobati, texnologik rivojlanish va investitsiya

muhiti bilan chambarchas aloqador. O‘zbekiston misolida olib borilgan tahlillar shuni

ko‘rsatadiki, aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion faoliyatga e’tibor tobora ortib

bormoqda. Shu bilan birga, mavjud muammolar – moliyaviy cheklovlar, innovatsion

infratuzilmaning yetarli emasligi, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan integratsiyaning sustligi

– innovatsion rivojlanish sur’atlarini cheklab kelmoqda. Shunday ekan, aksiyadorlik

jamiyatlarining innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish uchun davlat tomonidan

qo‘llab-quvvatlov mexanizmlarini kuchaytirish, xususiy sektorni jalb qilish, malakali

kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq

etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Karimov I.A. (2016).

Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch

. Toshkent:

Ma’naviyat nashriyoti.

2.

Abduraxmanov Q.X., Ibragimov A.X. (2021).

Innovatsion iqtisodiyot asoslari

.

Toshkent: “Iqtisodiyot” nashriyoti.

3.

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning

huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. (O‘RQ-370-son, 2014-yil 6-may).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

16

4.

Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy ma’lumotlari. (

www.stat.uz

)

5.

Schumpeter, J.A. (1934).

The Theory of Economic Development

. Harvard

University Press.

6.

OECD (2020).

Innovation and Business Performance in Emerging Markets

.

Paris: OECD Publishing.

7.

Porter, M. (1990).

The Competitive Advantage of Nations

. New York: Free

Press.

8.

Islamova D.I. (2022). “Aksiyadorlik jamiyatlarining innovatsion salohiyatini

oshirish yo‘llari”.

Iqtisodiyot va innovatsiyalar

jurnali, №2, 45–50-betlar.

9.

Uzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi rasmiy sayti –

www.mininnovation.uz

10.

Deloitte (2021).

Innovation in Corporate Governance: Trends and Best

Practices

. Deloitte Insights.