Authors

  • Mirzayev G’ulom Rizoqulovich
  • Tajimuratov Doniyor Baxromovich

Author Biographies

  • Mirzayev G’ulom Rizoqulovich

     Jamoat xavfsizligi universiteti o‘qituvchisi. Tarix fanlari doktori, dotsent

  • Tajimuratov Doniyor Baxromovich

    Urganch davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi

    tajimuratovdoniyor55@gmail.com

    Tel: +99899 650-19-19

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116585

Keywords:

O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston davlatlari Yangaja Qora Tanger Bekarslontog‘ Joytun yodgorliklari “Turkman” iborasi Turkman va O‘zbek gilamdo‘stlari ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik “O‘zbek–Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi” O‘zbekiston va Turkmaniston parlamentlari Mahtumquli

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston davlatlari o‘rtasida madaniy gumanitar hamkorlik aloqalari kengayib borishi, ikki davlat azaldan qardosh xalqlar ekanligi, Arxeolog olimlarimiz tomonidan qadimgi davrga oid yodgorliklar, turkman gilamlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, turkman iborasining kelib chiqishi, turkman urug ‘lari, yurtimizda yashayotgan turkman birodarlarimiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston davlat rahbarlarining hamkorlik aloqalari, “O‘zbek–Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmualari, ‘zbekiston va Turkmaniston parlamentlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

390

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA TURKMANISTONNING MADANIY

GUMANITAR HAMKORLIGI TARIXI .(1991-2025-yillar)

Mirzayev G’ulom Rizoqulovich

Jamoat xavfsizligi universiteti o‘qituvchisi. Tarix fanlari doktori, dotsent

Tajimuratov Doniyor Baxromovich

Urganch davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi

tajimuratovdoniyor55@gmail.com

Tel: +99899 650-19-19

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada

O‘zbekiston

Respublikasi

va

Turkmaniston davlatlari o‘rtasida madaniy gumanitar hamkorlik aloqalari kengayib

borishi, ikki davlat azaldan qardosh xalqlar ekanligi, Arxeolog olimlarimiz

tomonidan qadimgi davrga oid yodgorliklar, turkman gilamlari va ularning o‘ziga

xos xususiyatlari, turkman iborasining kelib chiqishi, turkman urug ‘lari, yurtimizda

yashayotgan turkman birodarlarimiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va

Turkmaniston davlat rahbarlarining hamkorlik aloqalari, “O‘zbek–Turkman do‘stlik

uyi” va “Ulli hovli” majmualari, ‘zbekiston va Turkmaniston parlamentlari o‘rtasida

hamkorlik aloqalari

Kalit so‘zlar: O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston davlatlari,

Yangaja, Qora Tanger, Bekarslontog‘, Joytun yodgorliklari, “Turkman” iborasi,

Turkman va O‘zbek gilamdo‘stlari, ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik,

“O‘zbek–Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi”, O‘zbekiston va

Turkmaniston parlamentlari, Mahtumquli

O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston davlatlari o‘rtasida madaniy

gumanitar

sohada

hamkorlik

kengayib

bormoqda.

Xususan,

gumanitar

almashinuvlarni kengaytirish, taʼlim, fan, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sanʼat,

turizm va sport sohalaridagi hamkorlik rivojlanmoqda. Madaniy-gumanitar

yoʻnalishdagi hamkorlikning asosini ikki xalqni oʻzaro yaqinlashtirish, tajriba


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

391

almashish, uygʻun anʼana va urf-odatlarni asrash va keyingi avlodga yetkazish tashkil

etadi. O'zbek va Turkman xalqlari azaldan qardosh xalqlar bo'lgan. Ikki xalq ham

do'stlikni qadrlaydi. Respublikamizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik

sohasida so‘nggi yillarda juda katta amaliy ishlar bajarilmoqda. Xususan,

mamlakatimizda yashovchi 130 dan ortiq millat va elat vakillari “O‘zbekiston –

umumiy uyimiz” shiori ostida birlashib, hukumat miqyosida turli millat vakillari

milliy o‘ziga xosligiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Arxeolog olimlarimiz ham Turkmaniston janubidan tosh davrining turli

bosqichlariga oid yodgorliklarda qazishma ishlarini olib borganlar. So‘nggi paleolit

davriga Yangaja, Qora Tanger, Bekarslontog‘ yodgorliklari topilgan. Bu yodgorliklar

mil.avv 200-150-ming yil qadimiy davrga to‘g‘ri keladi. Demak bizning ota

bobolarimiz qadim zamonlardan buyon yaqin munosabatda yashab kelganlar.

1

Yangaja II joy makoni Turkmanistondagi so‘nggi tosh asri joy-makoni va

ustaxonalaridan biri hisoblanadi. Bu ustaxona makon Turkmanistonning janubiy-

g‘arbiy hududida topilgan.

2

Turkmanistonda yana neolit yangi tosh davriga oid Jebel

makoni ham mavjud bo‘lgan. Bu yerdagi buyumlarning mil.avv V mingyillikning

oxiri va IV mingyillikka mansub ekanligini ko‘rsatadi. Joytun makoni ham

Turkmanistonda joylashgan. Bu yodgorlik O‘rta Osiyodagi eng mashhur neolit davri

yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bu ibtidoiy qishloq bir nechta uydan tashkil topgan.

Qadimi tepa ham neolit davriga oid yodgorlik hisoblanadi.

3

Turkmanistonda yana

O‘rta Osiyodagi eng qadimgi dehqonchilik manzillaridan biri hisoblangan Joytun

yodgorligi ham bor. Joytun madaniyati mil.avv VI-V mingyilliklarga mansub neolit

davri yodgorligi hisoblanadi.

4

Arxeologiya sohasida Turkmanistonda hali ko‘plab

yodgorliklar o‘rganilmagan. Ularni tadqiq qilsak bobolarimiz qoldirib ketgan

yodgorliklarni butun dunyoga namoyish qilgan bo‘lardik. Turkmaniston hududida

o‘rganilmagan qadimiy yodgorliklar ko‘p. Avval mavjud bo‘lgan qazishma ishlarini

hozir ham davom qildirish maqsadga muvofiq. Buning uchun O‘zbekiston

1

J.Kabirov, A.Sagdullayev. O‘rta Osiyo arxeologiyasi. Toshkent o‘qituvchi 1990-yil. 24-bet

2

Shu manba 56-bet

3

J.Kabirov, A.Sagdullayev. O‘rta Osiyo arxeologiyasi. Toshkent o‘qituvchi 1990-yil. 92-bet


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

392

arxeologlari yordami zarur. Do‘st achitib gapiradi dushman kuldurib degan maqol bor

o‘zbeklarda. Turkman do‘stlarimizga bizning yordamimiz zarur deb o‘ylayman

arxeologiya sohasida.

O‘zbek va turkman xalqlari azal-azaldan yaqin do‘st, ahil qo‘shni, strategik

hamkor sifatida mushtarak maqsadlar bilan yashab kelgan. Shu sababli, ikki davlat

o‘rtasidagi munosabatlarning ildizi uzoq tarixga borib taqaladi va o‘zaro hurmat,

ishonch asosiga qurilgan.

5

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak bir daryodan suv ichgan tili, dini, urf-

odatlari, qadriyatlari o‘xshash bo‘lgan o‘zbek va turkman xalqlarining do‘stlik va

birodarligi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ikki xalqning ijtimoiy-iqtisodiy hayot

tarzini ham bir-biridan ayro tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu kabi o‘xshash jihatlarni ikki

xalqning amaliy san’atida ham ko‘rish mumkin. Masalan, gilamdo‘stlik hunari

o‘zbek va turman xalklari uchun birdek qadrli bulgan amaliy san’at yo‘nalishi bo‘lib

kelgan. Bu hunar turi har ikki xalqning ham milliy iftixori va g‘ururiga aylangan.

Ayniqsa turkman gilamlari o‘zining tabiiyligi, rangdorligi, naqshlarining uyg‘unligi

bilan ajralib turadi. O‘zbek gilamlarining ham bu kabi e’tirof etadigan jihatlari ko‘p.

So‘nggi yillarda Turkman va O‘zbek gilamdo‘stlari o‘rtasida yaqin hamkorlik

aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Buxoro shahrida “Turkman xovli” korxonasiga

asos solingan. Bugun mazkur korxonada turkman xalqining milliy brendi hisoblangan

gilamlar ishlab chiqarilmoqda. Turkman gilamlari sof tabiiy xomashyo qo‘y juni va

ipakdan tayyorlanadi. Turkmanistonda gilam to‘qish uchun mayin va jun beradigan

qo‘ylar maxsus boqiladi. Gilamning hajmi va tikuvchining mahoratiga qarab bir dona

gilamni tayorlash 10 kundan 60 kungacha xatto undan xam ko‘p vaqt talab etadi.

Qayd etish joizki turkman gilamlari shu xalqning milliy brendi hisoblanadi hamda har

oyning so‘nggi yakshanba kuni Turkmanistonda milliy bayram Xol bayrami sifatida

keng nishonlanadi.

Etnograf O.Tumanovichning fikricha, “turkman” nomi arablar tomonidan

berilgan. Chunki, arablar janglarda o‘g‘uzlarning qattiq qarshiliklariga duch kelib,

5

https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--turkmaniston-dostona-va-ahil-qoshnichilik-munosabatlari-rivojlanmoqda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

393

ularni umumiy nom bilan “turkman” deb atagan edi. Ushbu so‘z arabchada “turkiy

ruhlar, turkiy mavjudotlar va majoziy manoda turkiy xalq” degan ma’noni anglatadi.

6

Rossiyalik tadqiqotchi N.Dubova tomonidan to‘plangan ma’lumotlar

asosida yozilgan, “Xalqlar va madaniyatlar” ensiklopedik etnologik to‘plami

hisoblangan asar turkman xalqi tarixi va madaniyatining turli jihatlari: tarixiy,

etnografik hamda antropologik materiallar jamlanmasini o‘z ichiga oladi. Asarda

turkman etnografiyasining o‘rganilish tarixi, yashash tarzi, kundalik hayoti,

turkmanlarning xo‘jalik mashg‘ulotlari, turar joylari, kiyim-kechaklari, ovqatlanish

tizimi, urf-odat va marosimlari masalalari yoritib berilgan.

7

XI–XII

asrlarga

oid

tarixiy

manbalarga

tayanadigan

bo‘lsak,o‘g‘uzlarning 24 ta urug‘i bo‘lib, ularning ko‘pchiligini nomlari hozirgi

zamon turkman urug‘ va qabilalarining nomlarida saqlanib qolgan. Tarixiy-etnografik

adabiyotlarda keltirilishicha, turkmanlarning xalq sifatida to‘liq shakllanishi XV

asrga to‘g‘ri keladi va mazkur jarayon asosan, ushbu 24 ta urug‘ doirasida ro‘y

bergan. “XV asrga kelib, turkman xalqining shakllanish davri nihoyasiga yetgan.

Ushbu davrda turkman etnosiga, ayrim o‘g‘uz bo‘lmagan turkiy qabilalar, jumladan,

qipchoqlar ham qisman kelib qo‘shilgan. Turkmanlarda urug‘larga ajratish saqlanib

qolgan.

8

Ammo, XVI asrga kelib, ba’zi yangi qabilalarning paydo bo‘lishi natijasida

24 ta qabiladan ayrimlarining nomi tilga olinmay qo‘ydi. O‘z o‘rnida shuni ham qayd

etish kerakki, turkmanlarda qabila-urug‘larga ajratish hozir ham saqlanib qolgan.

Ulardan eng yiriklari teke, yovmut (yovut), ersari, solir, sariq, go‘klan va chovdirlar

hisoblanadi.

9

6

Туманович О. Туркменистан и туркмены (Материалы к изучению истории и этографии). – Ашхабад, 1926.

– С. 90.

7

Туркмены / Отв. ред. Н. А. Дубова. – М.: Наука, 2016. – 635

8

Ashirov. A. Etnologiya: O’quv qo’llanma.... – B. 292

9

Doniyorov А. X., Boʼriyev O. B., Аshirov А. A. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi… – B. 122.

8 Толстов С. П. Древний Хорезм: Опыт историко-археологического исследования. – Москва, 1948. – 351 с


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

394

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik

hamkorlikning huquqiy asosi sifatida qator tarixiy hujjatlar imzolandi. Do‘stona

munosabatlarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro yordamni

ayamaslik mazmunidagi 1996-yil 16-yanvar, 2004-yil 19-noyabr va 2007-yil 18-

oktabrdagi kelishuv hujjatlari – shartnomalar shular jumlasidan.

206 mingdan ziyod turkman birodarlarimiz jonajon yurtimiz taraqqiyoti

yo‘lida mehnat qilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda turkmanlarning milliy

madaniyati, tili, an'analari va urf-odatlarini asrash hamda rivojlantirish maqsadida

Respublika turkman madaniy markazi faoliyati uchun barcha imkoniyatlar va shart-

sharoitlar yaratilgan.

So‘nggi yillarda an’anaviy do‘stlik va hamkorlik aloqalari yangi zamon

ruhida rivojlanmoqda. Ayniqsa, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

2017-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident

qilib saylangandan keyin Turkmaniston davlati bilan hamkorlik aloqalari yanada

rivojlandi. 2017-yil davomida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama doiralarda bir qator

oliy darajadagi uchrashuvlar o'tkazildi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o'zaro

munosabatlar yangi sifatli bosqichiga ko’tarildi. Buning yorqin dalilini, 2017-yilning

mart oyida imzolangan “Strategik sherikchilik to‘g‘risidagi” Shartnomada ko‘zda

tutilgan quyidagi bandlarda ko‘rishimiz mumkin.

2017-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston

Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risida shartnomani

(Ashxobod, 2017 yil 6 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonuni qabul qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 6–7 mart kunlari

Turkmanistonga ilk davlat tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik sohasida tub

burilish yasadi. Tashrif yakuniga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari Qo‘shma bayonotni,

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani

imzoladi. Tegishli vazirlik va idoralar o‘rtasida iqtisodiy, transport, madaniy-

gumanitar sohalarda hamkorlik dasturlari, O‘zbekistondan Turkmanistonga qishloq

xo‘jaligi texnikalari va kimyo mahsulotlari yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

395

Xorazm viloyati bilan Dashovuz viloyati, Buxoro viloyati bilan Lebap viloyati

hokimliklari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik

to‘g‘risida bitimlar imzolandi.

Turkmaniston

Prezidentining

2018-yil

23–24

aprel

kunlari

O‘zbekistonga davlat tashrifi ham do‘stlik munosabatlari va strategik sheriklikni

rivojlantirishda muhim voqea bo'ldi. Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev va

Gurbanguli Berdimuxamedovning Qo‘shma bayonoti imzolandi.

Bir makonda mushtarak maqsadlar asosida yashab kelgan o‘zbek-

turkman xalqlarining o‘zaro uyg‘unlikdagi etnografik madaniyatini targ‘ib etish

maqsadida O‘zbekiston Respublikisi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-

dekabrdagi “Xorazm viloyatidagi “O‘zbek–Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli”

majmuasi” direktsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida

Urganch tumani G‘oybu qishlog'i “Turkmanlar” mahallasi hududidagi “O‘zbek–

Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasida joylashgan bino va inshootlarni

saqlash, kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha ko‘plab sa’y harakatlar amalga oshirildi.

2018-yil 23-aprel kuni Toshkent shahrida Ashxobod sayilgohi ochildi,

2016-yil noyabrda mamlakatimizda Turkmaniston madaniyati kunlari, 2017-yil

noyabrda esa Turkmanistonda O'zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazildi.

Bu ham ikki qardosh xalqning mushtarak madaniyati va tarixiga qaratayotgan

yuksak e’tibori namunasidir. Turkman va o‘zbeklarning tarixi, madaniyati, tili va urf-

odatlarida juda ko‘plab umumiy jihatlar bo‘lishiga qaramasdan mintaqada yashovchi

turkmanlar o‘ziga xos madaniyati, ijtimoiy, jamoaviy turmush tarzi va milliy

an’analari bilan farqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi

“Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5046-sonli Farmoni, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi huzuridagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan

do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2993-sonli

Qarori, 2019 yil 15 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

396

“Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati

Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5876-sonli Farmoni, O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 dekabrdagi “Xorazm viloyatidagi

“O‘zbek-Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi direksiyasini tashkil etish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 815-sonli, 2021-yil 15-iyundagi “2021–2022 yillarda

Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi 369-sonli Qarorlari va sohaga oid boshqa me’yoriy hujjatlarda

ko‘rsatilganvazifalarni amalga oshirish hamda etnologiya fanining ayrim

muammolarini yoritishga xizmat qiladi. Rossiya imperiyasi davrida e’lon qilingan

ishlar bo‘lib, bu ishlarda asosan, turkmanlarning etnik tarkibi, urug‘ qabilaviy

tuzilishi, urf-odat va marosimlari, “turkman” etnonimining kelib chiqishi kabi

masalalar etnografik jihatdan tavsiflangan. Mavzu doirasida bu davrda yaratilgan

asarlarga A.L.Kun, G.I.Danilevskiy, A.V.Kaulbars, I.N.Veselovskiy, Sh. Ibragimov

va N.Muravevlarning tadqiqotlarini kiritish mumkin.

10

1842-yilda Xivaga kelgan polkovnik G.I.Danilevskiy xonlikdagi

turkmanlar haqida to‘liq bo‘lmasa-da, ayrim ma’lumotlarni qoldirgan. Muallif

asosan, Rossiya bosqini arafasida Xiva xonligining turkmanlar bilan munosabatlari

to‘g‘risida to‘xtalgan.

11

Ajdodlarimizning ilmiy va adabiy merosi xalqlarimizning umumiy

mulki sanaladi. Turkmanistonda Hazrat Navoiy, O‘zbekistonda Maxtumquli asarlari

kirib bormagan xonadon yo‘q, desa bo‘ladi.

10

Кун А. Л. От Хивы до Кунграда. – МСТ. Вып. IV. – 1876. – С. 203–222; Поездка по Хивинскому ханству в

1873 г. // ТС. – Ташкент, 1873. Т. 83. – С. 184–189; Данилевский Г. И. Описание Хивинского ханства // Записки

Императорского Русского географического общества. Кн. V. – СПб., 1851; Муравьев Н. А. Путешествие в

Туркмению и Хиву в 1819 и 1820 годах, гвардейского Генерального Штаба капитана Николая Муравьева,

посланного в сии страны для переговоров. – М.: Типография Августа Семена, 1822;

Каульбарс А. В. Низовья Аму-Дарьи, описанные по собственным исследованиям в 1873 г. / Записки ИРГО,

1881. Т. IX.; Веселовский И. Н. Очерк историко-географических сведений о Хивинском ханстве с древнейших

времен до настоящего времени. – СПб., 1877.; Описание Хивинского ханства и дороги туда из Сарайчиковой

крепости // ЗРГО. Кн. 2. – СПб., 1861.; Ибрагимов Ш. Некоторые заметки о хивинских туркменах и киргизах

(Из записной книжки) // Военный сборник издаваемый по высочайшему повелению. Год семнадцатый. Том.

LXLIXI. – СПб., 1874. – С. 133–163.

11

Данилевский Г. И. Описание Хивинского ханства.... – С. 62–139


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

397

Xususan, 2017-yil 6-martda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi

shartnoma

va

2022-yil

21-oktyabrda

imzolangan

Strategik

sheriklikni

chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya ikki tomonlama hamkorlikning mustahkam

shartnomaviy-huquqiy asosi sifatida xizmat qilmoqda.

Davlatimizning ochiq va pragmatik tashqi siyosati, ikki qardosh xalq

o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va o‘zaro ishonch mamlakatlarimiz o‘rtasidagi

munosabatlarni chuqurlashtirish va kengaytirishning muhim omili hisoblanadi.

Buning amaliy ifodasini oliy darajadagi o‘zaro tashriflar soni ortganligida ham

ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston va Turkmaniston parlamentlari o‘rtasida hamkorlik

aloqalari ham rivojlanmoqda. O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari o‘rtasida

o‘zaro ishonch munosabatlari ikki tomonlama va mintaqaviy formatda, shu jumladan,

parlamentlararo yo‘nalishda muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgan ko‘p qirrali

hamkorlik uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shuningdek, qardosh xalqlarimiz o‘rtasida madaniy-ma’rifiy aloqalar yil

sayin faollashib borayapti, turli konsert va festivallar, ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda,

madaniyat va kino kunlari o‘tkazilmoqda, yurtimizda turkman milliy madaniyat

markazlari ishlamoqda.

2018-yilda Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan biriga turkman

xalqining buyuk farzandi, mutafakkir shoir, turkman adabiyotining yorqin

namoyandasi Maxtumquli nomi berilib, so‘lim xiyobon barpo etildi, shoir siymosi

aks etgan barelef o‘rnatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga

binoan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi

Gurbanguli Berdimuhamedov 23-24 aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida

bo‘ldi. Ushbu kunda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlandi. Joriy

yilda Xiva shahrida uchinchi Hududlar forumini hamda O‘zbekistonda Turkmaniston

madaniyati kunlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy sheriklikka doir

masalalar, shu jumladan, “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi bo‘lajak sammitlar va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

398

Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi

Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashdilar. Davlatimiz

rahbari Turkmaniston tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh

Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” doirasida

joriy yil dekabr oyida Ashxobod shahrida o‘tkaziladigan forum va boshqa xalqaro

tadbirlar muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. Uchrashuvda O‘zbekiston

Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisiga uning qalamiga mansub “Tafakkur

gavhari” kitobining o‘zbek tilidagi nusxasini topshirdi.

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki ikki qo‘shni, do‘st, tarixi, urf-odati,

dini, madaniyati, tili o‘xshash davlatlarni bir-birisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Turkmaniston davlati rahbari ham buni inkor qila olmaydi. Shu o‘rinda o‘zbek

xalqining bir maqolani keltirishni joiz topdim. “Mol sotsang qo‘shningga sot bir

chekkasida o‘zing o‘tirasan. Hozirgi betartib dunyoda ikki davlat har tomonlama

madaniy gumanitar sohada bo‘ladimi, savdo sotiq, transport, ta’lim, sport, turizm

sohalarida o‘zaro yaqin hamkor bo‘lishlari lozim deb o‘ylayman. O‘zbekiston

Respublikasi ko‘p sohalarda oldingi o‘rinlarda. Bu yutuqlarni qo‘shni Turkman

birodarlarimiz bilan bo‘lisha olamiz. Tarixdan ham ma’lumki bizlar do‘st bo‘lganmiz

va bu do‘stligimiz yanada mustahkamlanishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

J.Kabirov, A.Sagdullayev. O‘rta Osiyo arxeologiyasi. Toshkent o‘qituvchi

1990-yil

2.

Туркмены / Отв. ред. Н. А. Дубова. – М.: Наука, 2016

3.

Ashirov. A. Etnologiya: O’quv qo’llanma.Toshkent, 2014

4.

Doniyorov А. X., Boʼriyev O. B., Аshirov А. A. Markaziy Osiyo xalqlari

etnologiyasi. Darslik. – Toshkent 2020

5.

Толстов С. П. Древний Хорезм: Опыт историко-археологического

исследования. – Москва, 1948

6.

Кун А. Л. От Хивы до Кунграда. – МСТ. Вып. IV. – 1876


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

399

7.

Поездка по Хивинскому ханству в 1873 г. // ТС. – Ташкент, 1873

Данилевский Г. И. Описание Хивинского ханства // Записки Императорского

Русского географического общества. Кн. V. – СПб., 1851;

8.

Муравьев Н. А. Путешествие в Туркмению и Хиву в 1819 и 1820 годах,

гвардейского Генерального Штаба капитана Николая Муравьева, посланного в

сии страны для переговоров. – М.: Типография Августа Семена, 1822;

Каульбарс А. В. Низовья Аму-Дарьи, описанные по собственным

исследованиям в 1873 г. / Записки ИРГО, 1881.

9.

Т. IX.; Веселовский И.Н. Очерк историко-географических сведений о

Хивинском ханстве с древнейших времен до настоящего времени. – СПб., 1877

10.

Описание Хивинского ханства и дороги туда из Сарайчиковой крепости

// ЗРГО. Кн. 2. – СПб., 1861.; Ибрагимов Ш. Некоторые заметки о хивинских

туркменах и киргизах (Из записной книжки) // Военный сборник издаваемый по

высочайшему повелению. Год семнадцатый. Том. LXLIXI. – СПб., 1874

11.

Данилевский Г. И. Описание Хивинского ханства.... – СПБ 1851

12.

https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--turkmaniston-dostona-va-ahil

qo‘shnichilik-munosabatlari-rivojlanmoqda

13.

Дала ёзувлари. Хоразм вилояти Янгиариқ тумани Гулланбоғ қишлоғи.

2020 йил

Most read articles by the same author(s)