Authors

  • Mirzayev G’ulom Rizoqulovich
  • Tajimuratov Doniyor Baxromovich

Author Biographies

  • Mirzayev G’ulom Rizoqulovich

    Jamoat xavfsizligi universiteti o‘qituvchisi. Tarix fanlari doktori, dotsent

    +99893 581-56-67

  • Tajimuratov Doniyor Baxromovich

     Urganch davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi

    tajimuratovdoniyor55@gmail.com

    Tel: +99899 650-19-19

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116586

Keywords:

Ashxobod zilzilasining oqibatlarini bartaraf etishda yordam ikki davlat rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan iliq va do‘stona munosabatlar o‘zbek va turkman xalqlarini bir-biriga bog‘lab turadigan tarix madaniyat va urf-odatlar “Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaror 2025-yil 4-iyun kuni “Avaza” milliy turistik zonasida “Do‘stlik yurti” xalqaro raqs va folklor festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lishi “Tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilinishi

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek va turkman xalqarining o‘zaro do‘stligi, Navoiy va Mahtumquli ijodi, o‘zbek va turkman xalqlarini bir-biriga bog‘lab turadigan o‘zaro hamkorlik aloqalari, Iqtisodiyot va savdo, transport, energetika, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ta’lim va mudofaa sanoati kabi sohalardagi hamkorlik, “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostidagi hamkorligimiz, Arxeolog olimlarimiz tomonidan Janubiy Turkmanistonda olib borilgan qazishma ishlari,   Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 19-fevraldagi “Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori,     “Ulli hovli” yodgorlik majmuasi haqida, Ikki qardosh el uchun birdek ardoqli bo‘lgan shoirning barkamol asarlari mamlakatimizda muntazam ravishda, yirik adadlarda nashr etilayotganligi to‘g‘risida, Gurbanguli Berdimuhamedovning mamlakatimizga tashrifi, 2025-yil 4-iyun kuni “Avaza” milliy turistik zonasida “Do‘stlik yurti” xalqaro raqs va folklor festivalining tantanali ochilish marosimining bo‘lishi, Davlatimiz rahbari qizi Saida Mirziyoyeva nutqi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

378

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA TURKMANISTONNING MADANIY

GUMANITAR HAMKORLIGI TARIXI. (1991-2025-yillar)

Mirzayev G’ulom Rizoqulovich

Jamoat xavfsizligi universiteti o‘qituvchisi. Tarix fanlari doktori, dotsent

+99893 581-56-67

Tajimuratov Doniyor Baxromovich

Urganch davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi

tajimuratovdoniyor55@gmail.com

Tel: +99899 650-19-19

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek va turkman xalqarining o‘zaro

do‘stligi, Navoiy va Mahtumquli ijodi, o‘zbek va turkman xalqlarini bir-biriga

bog‘lab turadigan o‘zaro hamkorlik aloqalari, Iqtisodiyot va savdo, transport,

energetika, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ta’lim va mudofaa sanoati kabi sohalardagi

hamkorlik, “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostidagi hamkorligimiz, Arxeolog

olimlarimiz tomonidan Janubiy Turkmanistonda olib borilgan qazishma ishlari,

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 19-fevraldagi “Buyuk turkman shoiri

va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash

to‘g‘risida”gi qarori, “Ulli hovli” yodgorlik majmuasi haqida, Ikki qardosh el

uchun birdek ardoqli bo‘lgan shoirning barkamol asarlari mamlakatimizda

muntazam ravishda, yirik adadlarda nashr etilayotganligi to‘g‘risida, Gurbanguli

Berdimuhamedovning mamlakatimizga tashrifi, 2025-yil 4-iyun kuni “Avaza” milliy

turistik zonasida “Do‘stlik yurti” xalqaro raqs va folklor festivalining tantanali

ochilish marosimining bo‘lishi, Davlatimiz rahbari qizi Saida Mirziyoyeva nutqi

Kalit so‘zlar: Ashxobod zilzilasining oqibatlarini bartaraf etishda yordam,

ikki davlat rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan iliq va do‘stona munosabatlar, o‘zbek va

turkman xalqlarini bir-biriga bog‘lab turadigan tarix, madaniyat va urf-odatlar,

“Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300

yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaror, 2025-yil 4-iyun kuni “Avaza” milliy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

379

turistik zonasida “Do‘stlik yurti” xalqaro raqs va folklor festivalining tantanali

ochilish marosimi bo‘lishi, “Tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilinishi

O‘zbek va turkman xalqlari qadim zamonlardan beri o‘zaro do‘stlik va

hamjihatlikda yashab, o‘z madaniyatlarini o‘zaro boyitib kelmoqdalar. O‘zbeklar va

turkmanlarning o‘ziga xos do‘stlik ildizlari mavjud. Ikki qardosh xalqlar asrlar

davomida bitta daryodan suv ichib keladi. O‘zbeklarda shunday maqol bor “do‘st

kulfatda bilinadi”. O‘zbek va turkman xalqlarining do‘stlik munosabatlari asrlar

davomida sinovdan o’tgan. Qiyin damlarda ikki mamlakat xalqi doimo bir-birini

qo‘llab-quvvatlab kelgan, shuningdek, turkman xalqining azob-uqubatlarini o‘zbek

xalqi o‘ziniki sifatida qabul qilgan.

“Turkman” iborasi odatda, “turk” atamasi bilan uzviy bog‘liq holda talqin

etiladi. Bunday qarash oddiy xalq orasida ham saqlanib qolgan bo‘lib, jumladan,

turkman millatiga mansub ayrim axborotchilarning fikriga ko‘ra, “turk” –

“birlashgan”, “kuchli”, “qudratli”, “man” – “odam”, yani “kuchli odam” degan

ma’noni anglatadi.

1

Mazkur atamaga Abulg‘ozi Bahodirxon tomonidan “turkmonand”, ya’ni

“turkka o‘xshash, keyinchalik oddiy xalq ushbu so‘zni aytolmasdan, ularni

“turkman” deb atay boshladi” – deya tarif berilgan.

2

V.V.Bartold 1929 yilda “Turkman xalqi tarixi” asarini yozgan. Mazkur asarda

turkman xalqining paydo bo‘lishidan to XIX asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib,

o‘g‘uz (turkman)lar tarixi to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

3

.

Xorazm arxeologiya–etnografiya ekspeditsiyasi rahbari S.P.Tolstov o‘zining

ko‘plab tadqiqotlarida turkmanlar etnogenezi va etnik tarixi masalasiga alohida

to‘xtalgan. U o‘zining “Qadimgi Xorazm” asarida “Massaget etnik qatlami aynan

turkman etnogenezida eng katta rolga ega bo‘lib, teke urug‘i vakillari esa daxlarning

bevosita avlodi hisoblanadi” – deya ta’riflagan.

4

Ammo, muallifning ushbu fikri

1

Дала ёзувлари. Хоразм вилояти Янгиариқ тумани Гулланбоғ қишлоғи. 2020 йил.

2

Абулғозий Баҳодирхон. Шажарайи тарокима.... – Б. 32.

3

Бартольд. В. В. Очерк истории туркменского народа. Сочинения. Т. 2. Часть 1. – Москва: Изд. Восточной

литературы, 1963. – С. 547–627.

4

Толстов С. П. Древний Хорезм: Опыт историко-археологического исследования. – Москва, 1948. – 351 с.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

380

ancha munozarali bo‘lib, alohida tadqiqot doirasida o‘rganishni talab etadi. Bundan

tashqari, S.P.Tolstovning boshqa bir asarida Xorazm vohasida o‘zbeklar bilan

yonma-yon xo‘jalik faoliyati olib borgan qoraqalpoq va turkmanlar haqidagi qiyosiy

ma’lumotlar uchraydi.

5

Bu orqali Xorazm hududidagi Turkmanlar haqida ko‘plab

ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin.

Xususan O‘zbekiston birinchlardan bo‘lib Turkmaniston xalqiga 1948-yil

Ashxobod zilzilasining oqibatlarini bartaraf etishda yordam bergan. Ushbu voqea

xronikasida qayd etilganidek, Toshkent zilzila haqidagi ma’lumotlarni birinchi bo‘lib

qabul qildi. O‘zbekiston shifokorlari darhol Ashxobodga jo‘nab ketishdi. Minglab

yaradorlar va yetim bolalar O‘zbekistonga ko‘chirildi. Bu esa gumanitar yordamning

ikkinchi jahon urushi vaqtida ham mavjud ekanini anglatadi.

Ta’kidlash joizki, madaniy meros ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarda

alohida o'rin tutadi. Navoiyni o‘qimaydigan turkman oilasini yoki Maxtumquli ijodi

bilan tanish bo‘lmagan o‘zbekni topish qiyin. Maxtumquli ijodiyoti O‘zbekiston

maktablarida va o‘zbek olimlari tomonidan keng o‘rganiladi.

Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan iliq va do‘stona munosabatlar,

Prezidentlarning siyosiy irodasi va uzoqni ko‘zlagan oqilona siyosati natijasida

keyingi yillarda, ayniqsa, 2017-yildan keyin munosabatlarimiz butunlay yangi

bosqichga chiqdi. Xalqlarimiz o‘rtasida ishonchli do‘stlik atmosferasi yaratildi. 2017-

yilning mart oyida “Strategik sherikchilik to'g'risidagi” Shartnoma imzolandi.

Alohida ta'kidlash joiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston

Respublikasi Prezidenti sifatida ilk xorijiy tashrifi 2017-yil 6-7 mart kunlari

Turkmanistonga bo‘lgan edi. Mazkur tarixiy tashrif O‘zbekiston tashqi siyosatida

yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratayotganining yorqin

dalili, davlatimiz rahbarining qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stlik va hamkorlikni

mustahkamlashga intilishining ifodasi sifatida e’tirof etildi. Mintaqaviy xavfsizlikni

mustahkamlash mamlakatlarimiz hamkorligida alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Markaziy Osiyoda tinchlik va barqaror rivojlanishning

5

Толстова Л. С. Каракалпаки за пределами Хорезмского оазиса в XIX – начале ХХ века. – Нукус-Ташкент,

1963. – 228 с.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

381

samarali mexanizmlarini yaratish tarafdoridir. Mamlakatlarimiz Afg‘onistondagi

vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yakdil fikrga ega. O‘zbekiston va Turkmaniston

vakillari ikki mamlakatda tashkil etilayotgan turli madaniy tadbirlar, konsertlar,

festivallar va tanlovlar, sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqda. 2017-yil may

oyida o'zbek va turkman xalqlari boqiy do‘stligi hamda qardoshligining ramzi sifatida

Toshkent shahrida Maxtumquli nomidagi ko‘cha va unga bag‘ishlangan me’moriy

yodgorlik ochilgan edi.

6

Bugun ikki davlat o‘rtasida do‘stlik va qardoshlikka asoslangan munosabatlar

modeli yaratilgan. Iqtisodiyot va savdo, transport, energetika, sog‘liqni saqlash,

madaniyat, ta’lim va mudofaa sanoati kabi sohalarda ikki tomonlama hamkorligimiz

tobora ortib borayotir. Ikkala davlat do‘st bo‘lib birgalikda harakat qilsa

Afg‘onistondagi notinchlik, beboshlik muammosi tinch yo‘l bilan hal qilinishi

mumkin.

Aytish joizki, o‘zbek va turkman xalqlarini bir-biriga bog‘lab turadigan tarix,

madaniyat va urf-odatlar xalqlarimizning umumiy mulkiga aylangan. Bu yaqinlik

madaniy-gumanitar rishtalarni rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat

qilmoqda. Yana bir muhim jihat. Yurtimizda turkman tili, madaniyati, urf-odatlarini

asrab-avaylash va rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Xususan,

O‘zbekistonda turkman tilida ta’lim beradigan 44 ta maktab mavjud. Qoraqalpoq

davlat universiteti turkman filologiyasi, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika

institutida turkman tili o‘qituvchilari tayyorlanmoqda. hamkorligimizni yanada

yuqori bosqichga ko‘taradi.

7

Shu o‘rinda aytish joizki, bugungi kunda mamlakatimizda istiqomat

qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari orasida 206 mingdan ziyod turkman

birodarlarimiz jonajon yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilmoqda. Bugungi kunda

mamlakatimizda turkmanlarning milliy madaniyati, tili, an'analari va urf-odatlarini

6

https://old.uzavtoyul.uz/uz/post/ozbekiston-turkmaniston-hamkorlikning-yangi-bosqichi.html

7

https://parliament.gov.uz/news/ozbekiston-turkmaniston-dostlik-rishtalari-yanada-mustahkamlanmoqda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

382

asrash hamda rivojlantirish maqsadida Respublika turkman madaniy markazi

faoliyati uchun barcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilgan.

8

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Turkmanlar” mahallasida joylashgan

qadimiy “Ulli hovli” yodgorlik majmuasi qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Poytaxtimiz markazida bunyod etilgan “Ashxobod” bog‘i minglab vatandoshlarimiz

va poytaxtimiz mehmonlarining sevimli go‘shasiga aylanib ulgurdi.

Rasmiy Ashxobod ko‘plab buyuk insonlar, alloma va shoirlarga beshik

bo‘lgan mo‘tabar diyor. Jumladan, turkman xalqining benazir farzandi Maxtumquli

Firog‘iy ijodi nafaqat Sharq, balki jahon adabiyotida alohida o‘ringa ega. Uning

o‘lmas adabiy merosi asrlar davomida umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘un bo‘lib,

tinchlik-totuvlik, mehr-oqibat va qardoshlik kabi olijanob fazilatlarni ulug‘lab

kelmoqda.

Turkman shori Mahtumqulini o‘zbekiston xalqi hurmat bilan tilga oladi.

Shoirning asarlari mard va matonatli, mehnatkash turkman xalqining ezgu

qadriyatlari va olijanob fazilatlarini tarannum etishi, hamisha xalq bilan hamdard

bo‘lishga, turli millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro ahillik va hamjihatlik rishtalarini

mustahkamlashga qaratilgan

mazmun-mohiyati bilan barchamiz, ayniqsa,

yoshlarimiz uchun ibrat namunasidir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 19-fevraldagi “Buyuk

turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng

nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ham o‘zbek xalqining Maxtumquli Firog‘iy

siymosida qardosh Turkmaniston xalqiga, uning boy tarixi va madaniyati, urf-odat va

qadriyatlariga hurmat-ehtiromining yorqin ifodasi, desak mubolag‘a emas. Ikki

qardosh el uchun birdek ardoqli bo‘lgan shoirning barkamol asarlari mamlakatimizda

muntazam ravishda, yirik adadlarda nashr etilmoqda. Toshkent va Xiva shaharlarida

shoir xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan yodgorlik majmualari tabarruk

ziyoratgohlarga aylangan. Teatrlarimizda shoir haqida spektakllar qo‘yilib, o‘zbek va

turkman kino ustalari hamkorligida badiiy film suratga olinyapti.

8

https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--turkmaniston-dostona-va-ahil-qoshnichilik-munosabatlari-rivojlanmoqda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

383

Davlatimiz

rahbarining

Turkmaniston

Prezidenti

Serdar

Berdimuhamedovning taklifiga binoan ushbu mamlakatga amaliy tashrifi

mamlakatlarimiz chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro

manfaatli hamkorlik va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qilishi,

shubhasiz.

Ushbu tashrifni xalqimiz yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlab, uning doirasidagi

tadbirlarni katta qiziqish va hayajon bilan kuzatib bordi. Ayniqsa, Ashxobod shahrida

turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga

bag‘ishlangan “Zamon va sivilizatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi — tinchlik va

taraqqiyot asosi” mavzusidagi xalqaro forum xalqlarimiz qalbining izhoriga aylandi.

Bunday muhim ma’naviy-ma’rifiy qadam, O‘zbekiston va Turkmaniston

o‘rtasidagi do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari tarixida yangi davr

boshlangan hozirgi paytda muhim o‘rin tutadi. Zotan, yuqori saviyada o‘tgan tadbir

ikki xalqni bog‘lab turgan o‘zaro manfaatli va faol muloqotning mantiqiy davomidir.

Umuman olganda, O‘zbekiston bilan Turkmanistonni avvalo, ma’naviy-ruhiy

yaqinlik birlashtiradi, tarix birlashtiradi, qon-qardoshlik birlashtiradi. Ushbu tashrif

mamlakatlarimiz o‘rtasida ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada

rivojlantirishga xizmat qiladi. Asosiysi, davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni sifat

va mazmun jihatidan boyitgan holda, o‘zaro manfaatli hamkorligimizni yanada

yuqori bosqichga ko‘taradi.

9

2017-yil

1-iyun

kuni

O'zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston

Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risida shartnomani

(Ashxobod, 2017-yil 6-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonuni qabul qilindi.

O‘zbekiston

Prezidentining

2018-yil

24-avgustdagi,

2019-yil

10-

oktyabrdagi, 2021-yil 29-apreldagi Turkmanistonga amaliy tashriflari davomida ham

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik

sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlik va

mintaqaviy sheriklikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

9

https://parliament.gov.uz/news/ozbekiston-turkmaniston-dostlik-rishtalari-yanada-mustahkamlanmoqda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

384

Gurbanguli Berdimuhamedovning mamlakatimizga bu galgi rasmiy tashrifi

yuqoridagi ustuvor maqsad va vazifalarni ro'yobga chiqarish barobarida, joriy yilning

6-7 avgust kunlari Turkmanistonning Avaza shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo

davlatlari rahbarlarining uchinchi maslahat uchrashuvida ko'tarilgan ikki qardosh

xalqning hayoti va taqdiri uchun muhim bo‘lgan ustuvor masalalarni yana bir bor

muhokama qilishga, asrlar mobaynida shakllanib kelgan do‘stlik rishtalari

mustahkamlanishiga, xalqaro siyosat maydonida yuzaga kelayotgan dolzarb

masalalar yuzasidan fikrlar almashishga xizmat qilishi, shubhasiz.

10

2025-yil 4-iyun kuni “Avaza” milliy turistik zonasida “Do‘stlik yurti” xalqaro

raqs va folklor festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu keng

ko‘lamli forum dunyo ahlini qadimiy folklorning noyob milliy raqs san’ati bilan

tanishtirish, shuningdek, madaniyatlararo aloqalarni sezilarli darajada kengaytirish

maqsadida tashkil etildi. Madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va yanada

kengaytirishdir. Bizga Turkmaniston raqslari, lazgilari, turli xil raqslari,

Toshkentdagi raqslari, raqslari, raqslari tayyorlandi raqs va musiqa katta ishtiyoq

bilan Turkmanistonda boʻlib oʻtgan raqs va musiqiy jamoalarning koʻpchiligi turli

xalqlarning musiqiy janrlari va anʼanaviy anʼanalarining boy palitrasi namoyish

etildi. Tinchlik va doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga bagʻishlangan tadbirda

tomoshabinlar raqs va musiqa olamiga mahliyo boʻlib, xalq raqslari va qoʻshiqlari

ishtirokchilarning oʻziga xos isteʼdodlarini namoyish etishdi va qadimgi kelib

chiqishi bilan tanishdilar, bu raqs 2017 yilda YUNESKOning nomoddiy madaniy

merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan. Bu joy tarix va zamonaviylikni

birlashtirgan kuchli hayotni tasdiqlovchi xabarga ega.

Festivalning 3-kunida ishtirokchilar ijodiy uchrashuvlar, xoreografiya

mahorat saboqlari, xalq amaliy san’ati jamoalari va folklor-etnografik ansambllar har

oqshom o‘z xalqining milliy san’atini aks ettiruvchi raqamlar bilan tomoshabinlarni

xushnud etdi.

10

https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--turkmaniston-dostona-va-ahil-qoshnichilik-munosabatlari-rivojlanmoqda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

385

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston xalq maslahati raisi

Gurbanguli Berdimuhamedov 2025-yil 23-aprel kuni tashrif bilan Samarqandga

keldi. Samarqandga kelgan Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli

Berdimuhamedov va prezident Shavkat Mirziyoyev Hazrati Xizr majmuasiga borib,

Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi, so‘ng “Boqiy shahar”dagi madaniy tadbirlarda

ishtirok etdi. Oliy martabali mehmon O‘zbekiston xalqining boy madaniy merosini

aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, hunarmandchilik va amaliy san’at namunalari bilan

tanishdi. Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi.

Oliy martabali mehmon xalqimizning boy madaniy merosini aks ettiruvchi

ko‘rgazmalar, hunarmandchilik va amaliy san’at namunalari bilan tanishdi.

Tashrif dasturiga muvofiq ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish ko‘zda

tutilgan. Muzokaralarda O‘zbekiston — Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik

va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib

chiqildi.

11

Bundan ikki davlat o‘rtasidagi madaniy gumanitar hamkorlik kundan

kunga kengayib borayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Birgalikda “Shovot — Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasi tashkil

etilmoqda. Faol hududlararo muloqotlar yo‘lga qo‘yilgan, madaniy-gumanitar

almashinuv bo‘yicha katta dasturlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda Xiva shahrida

uchinchi Hududlar forumini hamda O‘zbekistonda Turkmaniston madaniyati

kunlarini o‘tkazishga kelishib olindi. O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari

mintaqaviy sheriklikka doir masalalar, shu jumladan, “Markaziy Osiyo plyus”

formatidagi bo‘lajak sammitlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo

davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish

yuzasidan fikr almashdilar. Madaniy-gumanitar hamkorlik yuksak e’tirofga loyiq.

Masalan, o‘tgan yili Ashxobod va Toshkentda Maxtumquli asarlarining o‘zbek

tilidagi to‘plami taqdimot qilindi, shuningdek, Ashxobod xalqaro kinofestivalida

o‘zbek — turkman badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tdi. Turkman xalqining milliy

yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuμamedov

11

2025 йил 24 апрель, № 83 (8978)


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

386

ko‘rsatilgan yuksak hurmat va ehtirom uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev va

o‘zbek xalqiga minnatdorlik izhor etdi. Azaldan qardosh bo‘lib, yaqin qo‘shnichilik

an’analari asosida yashab kelayotgan o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik,

hamkorlik bundan buyon ham mustahkamlanishi, bu ezgu ishga hissa qo‘shish u

uchun sharaf ekanligini ta’kidladi. Marosimda so‘zga chiqqanlar Gurbanguli

Berdimuhamedovga O‘zbekiston Respublikasining oliy mukofoti topshirilishi ko‘p

millatli xalqimizning atoqli davlat arbobi, bugungi Turkmanistonning milliy

yetakchisi va me’mori sifatida unga nisbatan samimiy hurmat ehtiromi ifodasi

bo‘lganini ta’kidladilar. Rasmiy tadbirlar yakunlangach, Shavkat Mirziyoev va

Gurbanguli Berdimuhamedov Kongress markazining Faxriy mehmonlar xiyobonida

birgalikda eman daraxtini ekdilar. Marosim ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik

mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, O‘zbekiston — Turkmaniston

strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish borasidagi qat’iy intilishning

ramzi bo‘ldi.

12

Turkman va oʻzbeklar shunchaki qoʻshni emas. Biz tili, madaniyati, dini

bilan bogʻlangan, oʻtmish, bugun va kelajakdagi yagona taqdirini his etayotgan

qardoshlarmiz. Bu haqda soʻz yuritganda, uchta qadim naqlni keltirmoqchiman:

- qoʻshni keldi – koʻmak keldi;

- mehmon otangdan ulugʻ;

- qiyomat kuni - qoʻshnidan.

Oʻzbek birodarlarimizga nisbatan his-tuygʻularimizning asl mohiyati,

birgalikda barpo etish, rivojlanish, oʻzaro hamkorlik qilishga doir tasavvurlarimiz

aynan shu maqollarda mujassam deb ta'kidlagan Turkmaniston milliy kengashi xalq

maslahati

raisi

Gurbanguli

Berdimuhamedov.

2002-yil

11-noyabr

kuni

Samarqanddagi sammit doirasidagi marosimda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev

qo'llaridan “Turkiy dunyoning oliy ordeni”ni olayotganida shu haqda koʻp

oʻylaganini aytib o'tgan. Bilaman, Siz, qardoshim qoʻllab-quvvatlagani uchun ushbu

12

Xalq so‘zi gazetasi. 2025 йил 25 апрель, № 84 (8979)


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

387

yuksak mukofotga sazovor boʻldim. Buning uchun chuqur minnatdorligimni qabul

qiling degan edi.

13

“Tugʻishgan ikki xalq” ning oʻzaro hamfikrligi, ochiq ruhdagi va samimiy

muloqoti ellarimizga, birinchi galda yosh avlodlarimizga ibrat va namuna boʻlib

xizmat qilishi shubhasiz deb aytgan edi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev.

2025-yil 24-aprel kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi,

Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekiston

Respublikasining yuksak davlat mukofoti – “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini

tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qardosh Turkmanistonning barcha ulkan

yutuqlari, keng ko‘lamli yangilanishlari va xalqaro maydondagi nufuzi yuksalishi

sizning nomingiz bilan chambarchas bog‘liq, - dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Shu munosabat bilan Gurbanguli Berdimuhamedovning 2025-yilni “Tinchlik

va ishonch yili” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi xalqaro miqyosda keng qo‘llab-

quvvatlangani ta’kidlandi. Turkmaniston yetakchisining shaxsiy sa’y-harakatlari

tufayli O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga

chiqqani, haqiqatdan namunaviy tus olgani ta’kidlandi.

14

Davlatimiz rahbari qizi Saida Mirziyoyeva 2025-yil mart oyida Arqadag‘

shahrida Oguljahan Gurbanguliyevna Atabayeva taklifiga binoan Arqadag‘ shahrida

bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyaga tashrif buyurdi. Prezidentimiz qizi, davlat

maslahatchisi tashrif davomida Turkman shoiri Mahtumquli Firog‘iyning quyidagi

she’rini o‘qib berdi. Bundan ko‘rishimiz mumkinki, ikki davlat do‘stligi azaldan

mavjud bo'lgan.

Go‘zu mehrki sensiz ko'rinmas jahon ey do‘st,

Ne jahon, bilki tende bo‘lsa jon ey do‘st.

13

https://xs.uz/uz/post/ozbekiston-prezidenti-va-turkmaniston-khalq-maslahati-raisi-khalqlarimiz-ortasidagi-kop-

asrlik-dostlik-va-yakhshi-qoshnichilik-munosabatlarini-yanada-mustahkamlashga-intilishlarini-tasdiqladilar

18

https://yuz.uz/uz/news/shavkat-mirziyoev-gurbanguli-berdimuhamedovni-oliy-darajali-dostlik-ordeni-bilan-

mukofotladi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

388

O‘zbek va turkman xalqlari bir daryoning ikki sohili, bir daraxtning ikki

shoxi, bir g‘azalning ikki satri kabi yaqindir. Bizni nafaqat qo‘shnichilik, balki asrlar

davomida shakllangan qon-qardoshlik aloqalari, umumiy madaniyat va buyuk tarix

bog‘lab turadi deb Prezidentimiz qizi Saida Mirziyoyeva. Davlat maslahatchisi

aytgan gaplari qanchalik to‘g‘ri ekanini ko‘rishimiz mumkin..

Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, biz turkman birodarlarimizsiz

ular bizlarsiz yashay olmaydilar. Qo‘shniga yopiq bo‘lishni baribir muammoga olib

keladi. Hayotda ham shunday. Yordam berging keladi qo‘shning yordam so‘ramasa

sen bormasang nima muammo, qanday yordam kerak deb so‘rash lozim ekan.

Hayotiy tajribamda bu narsani guvohi bo‘ldim. Bo‘lmasa qandaydir yomon voqea

bo‘lishi mumkin. Qo‘shni, do‘stlarimizda ham yechilmagan muammolari bor.

O‘zbekiston Respublikasi 2017-yildan deyarli barcha sohalarda oldingi o‘rinlarga

chiqdi. Qo‘shnimizga yordam bera oladigan darajada. Shuning uchun eng yaqin

do‘stlar bo‘lib bu do‘stlikni yanada mustahkamlashimiz kerak. Bu yerda faqat

davlatimiz rahbari emas boshqa vazirlarimiz ham nima yordam kerak deb

qo‘shnilarimizdan so‘rashi maqsadga muvofiq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

https://old.uzavtoyul.uz/uz/post/ozbekiston-turkmaniston-hamkorlikning-

yangi-bosqichi.html

2.

https://parliament.gov.uz/news/ozbekiston-turkmaniston-dostlik-rishtalari-

yanada-mustahkamlanmoqda

3.

https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--turkmaniston-dostona-va-ahil-

qoshnichilik-munosabatlari-rivojlanmoqda

4.

https://parliament.gov.uz/news/ozbekiston-turkmaniston-dostlik-rishtalari-

yanada-mustahkamlanmoqda

5.

https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--turkmaniston-dostona-va-ahil-

qoshnichilik-munosabatlari-rivojlanmoqda

6.

2025 йил 24 апрель, № 83 (8978)

7. Xalq so‘zi gazetasi. 2025 йил 25 апрель, № 84 (8979)


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–5_Июнь –2025

389

8. https://xs.uz/uz/post/ozbekiston-prezidenti-va-turkmaniston-khalq-maslahati-raisi-

khalqlarimiz-ortasidagi-kop-asrlik-dostlik-va-yakhshi-qoshnichilik-munosabatlarini-

yanada-mustahkamlashga-intilishlarini-tasdiqladilar

9. https://yuz.uz/uz/news/shavkat-mirziyoev-gurbanguli-berdimuhamedovni-oliy-

darajali-dostlik-ordeni-bilan-mukofotladi

Most read articles by the same author(s)