MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
286
NAVRO'ZI AYYOM UMAR XAYYOM TALQINIDA
Farangiz Abdurahmonova
Termiz davlat universiteti
2-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada rind shoirlarining “malik ul-kalom”i – Umar
Xayyom ijodining barjastasi “Navro’znoma” dostoni va uning tarixi haqida so’z
yuritiladi. Binobarin, ushbu dostonning kelib chiqish tarixi, yozilish sabablari, syujet
va obrazlar tizimi badiiy jihatdan tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar: Navro’z, ruboiy, syujet, kompozitsiya, taxallus, talqin
Annotation: This article discusses the masterpiece of the “king of words”
among the roving (rind) poets – the “Nowruznameh” epic by Omar Khayyam, and its
historical background. The origin of the epic, reasons for its composition, as well as
its plot and system of characters are analyzed from a literary perspective.
Keywords: Nowruz, rubai, plot, composition, pen name, interpretation
Аннотация: В данной статье рассматривается шедевр «малик уль-
калома» среди риндов – поэма «Наврузнаме» Омара Хайяма и история её
создания. Анализируются происхождение поэмы, причины её написания,
сюжет и система образов с литературной точки зрения.
Ключевые слова: Навруз, рубаи, сюжет, композиция, тахаллус,
интерпретация
Navroʻz – forscha ون- yangi, زور-kun demakdir, ya’ni “yangi kun” degan
ma’noni bildirib fasllar kelinchagi hisoblanmish zumrad bahorda nishonlanadigan
eng sevimli bayramlardan biridir. Agar bayramlarni oʻz koʻrki va nafosati, tantanasi
boʻyicha bir safga tizadigan boʻlsak, bu safning bosh qatorida Navroʻz oʻz jilvasi
bilan qolgan bayramlarni xiralashtirib qoʻyadi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Darhaqiqat, bu bayramning naqadar ulugʻ va qadrli ekanligini har yili bolajonlar,
hatto kattalarning uni intiqlik bilan toʻrt koʻzi yoʻlda kutishidan bilsak ham boʻladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
287
Ushbu bayram tavsifiga bagʻishlangan eng nodir asar fors-tojik adabiyotining
dargʻalaridan biri Umar Xayyom ijodidagi “Navroʻznoma” asaridir. Avvalo, asar
muallifining qalam oʻtkirligi va qobiliyat dengizining naqadar chuqurligi haqida
mulohaza yuritsak. Gʻiyosiddin Umar ibn Ibrohim Xayyomiy ( Nishopuriy) –
adibning toʻliq ismidan anglashiladiki, Umar – oʻz ismi, Ibrohim – shunday ulugʻ
zotning padari buzrukvori, Nishopuriy – uning taxalluslaridan biri boʻlib, tugʻilgan
joyiga nisbat berib atalgan, Gʻiyosiddin hamda Xayyom-chi?
Gʻiyosiddin – arabcha dinga quvvat deganidir, ya’ni u yashagan oʻrta asrlarda
oʻz ilm nuri hamda beqiyos aql-idroki bilan oddiy xalqni bahramand etgan
mutafakkirlarga shunday nom berilgan. Demak, Umar Xayyom – nafaqat hozirgi
asrda, balki oʻz davrida ham yuksak e’tibor va hurmatga sazovor, ilm dengizida
qolganlarga qaraganda chuqurroq kirishga va koʻproq javohir olishga ulgurgan ulugʻ
olimdir. Xayyom – chodir tikuvchi demakdir, Umar Xayyomning ota-bobolari chodir
tikish bilan mashgʻul bo‘lib, oilasini tebratganlar. Umar Xayyom nafaqat olim balki
juda serqirra ijod egasi, shoir hamda nosirdir. Umar Xayyom desa hatto ruboiylar
“qiroli” Bobur oʻz taxtini boʻshatib beradigan darajada nafis va goʻzal ruboiylar
bitgan.
Misol uchun:
Bir gʻarib koʻnglini qila olsang shod
Yaxshidir yer yuzin qilgandan obod.
Lutfing-la bir dilni qul qila olsang
Afzaldir yuz qulni qilgandan ozod.
1
-kabi mashhur umrboqiy ruboiylar muallifi ham aynan Umar Xayyomdir.
Eng qizigʻi u ruboiylarini shunchaki ilmiy asarlar yozib zerikkanidan asarlari
hoshiyasiga qilqalam ila bitib ketavergan. Agar zerikishdan yozilgan ruboiylar shu
qadar adabiyot osmonida toʻkin oydek charaqlagan boʻlsa, rostan hafsala bilan juda
ham kirishib yozganida bu osmonning mehri olamoroyi boʻlib boshqa adiblarning
shuhratiga soya solgan boʻlarmidi?!
1
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
288
Shunday iqtidor va iste’dod egasi Umar Xayyom Navroʻz ayyomiga
bagʻishlab “Navroʻznoma” asarini yozgan, uning bu asarini yozishga bu asarning
ulug‘ligi ham azim tarixga egaligi katta rol oʻynagan. Bir kuni u kishidan bir vafodor
doʻsti Navroʻz qachondan boshlanganligi va qanday tarixga egaligi haqida mufassal
gapirib berishini soʻrab qoladi. U esa shu kundan Navroʻz ayyomi haqida bir hamma
sevib oʻqiydigan asra yozishi darkorligiga amin boʻladi va shunday qikib asar yozila
boshlaydi. Shunday qilib, bu asrga Xayyomning doʻsti oʻzi bilmagan holda bilvosita
sababchi boʻlib qoladi.
Asar an’anaviy kompozitsion tuzilishga ega, ya’ni undan oldingi yozilgan
asarlar ham hamddan – Allohga tavsifdan boshlanadi. Umar Xayyom bu an’anaga
sodiq qolgan holda “Mehribon va rahmdil Alloh nomi ila “ deya asarini boshlab
ta’rifini keltirishning aslo iloji boʻlmagan yagona zot haqida toʻxtalib oʻtadi. Asarda
keltirilishicha, Navroʻzning bayram sifatida shakllanishi buyuk Fors podshosi
Jamshidga borib taqalar ekan.
Quyosh 365 kun-u kunning toʻrtdan bir qismida Hamal burjida yilning bitta
nuqtasiga yetib keladi, ya’ni bir yilda bir marta mehr atrofini aylanib chiqadi. Jamshid
podsho aynan oʻsha kunni Yerning bir marta Quyoshni toʻliq aylanib chiqish kunini
yangi yil deb eʼlon qiladi hamda bu bayramga Navroʻz deya nom beradi. Shu kundan
boshlab Navroʻz katta tantanalar ila nishonlana boshlaydi. Navroʻzning kelib chiqishi
dalillar bilan aytib oʻtilganidan soʻng Navroʻzning qanday nishonlanishi hamda ajam
podshohlarining odatlari haqida soʻz boradi.
Ajam podshohlari shuni odat qilgan ediki, bayram dasturxoni har qachongidan
koʻra toʻkinroq, barcha lazzatli taomlar shay holda boʻlishi kerak edi. Bundan
tashqari, Navroʻz kuni barcha davlatda o‘tkazilgan obodonlik va qurilish, ilm-u urfon
kabi sohalarda oʻtkazilgan islohotlar, oʻzgarishlar sarhisob qilinardi. Shuningdek, ular
obodonlashtirishga koʻproq e’tibor qaratar edilar. Ayniqsa, adolatni oʻzlariga eng
yaqin hamroh qilib olganlari ularning xalq manfaatlarini oʻylab ish qilganlarining
yorqin dalilidir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
289
Navroʻz kuni podshoh oilasidan boʻlmagan mubadlar mubadi avvalambor
soyayi Xudo – hukmdorni vasf qilardilar, undan soʻng esa davlat ishlari va bayram
shukuhi avj olar edi.
Navroʻz bayrami uchun alohida tayyorgarlik koʻrilar va bu bayram shunchalar
fayzli va saodatli oʻtardiki, har bir inson har kunini Navroʻz boʻlishini chin dildan
xohlar edilar.
Ilohi har kuning Navroʻz boʻlsin
Iqboli toleying feruz boʻlsin.
2
(Ogahiy)
Navroʻz farvardin oyida oʻkaziladi, bu vaqt bizda 21- martga toʻgʻri keladi.
Shunday hikoyat keltirilganki, bir kuni Xisravning otasi Xarviz arla dalasini kesib
oʻtayotganda arpa sugʻorilgan edi va u arpadan sizib chiqayotgan suvni koʻrib
chanqab ketadi . Bu suvdan totib koʻrgach his qiladiki, bu suv har dardga shifo,
farvardin oyida oʻsgan arpa suvi keyingi arpa oʻsadigan paytga qadar insonni har
qanday darddan forigʻ qiladi.
Boshqa bir hikoyatda aytilishicha, Odam (a.s) bug‘doy yeb qoʻygach,
behishtdan haydaladi va yerga surgun qilinadi. Yerda unga rizq sifatida bugʻdoy
buyuriladi, lekin qancha bugʻdoy yesa ham toʻymaydi, shuning uchun iltijo qiladiki,
bizga toʻydiradigan taom ber. Shunda Alloh ularga arpa yuboradi va ular uni yegach
toʻyadi. Shundan soʻng qayerda yashil va gurkiragan arpani koʻrsa yaxshilikka
yoʻyadi.
Har Navro’zda ham ajam podshohlari aroaning ushbu sirli davosidan ham
uning xush yoquvchi ta’midan bahramand boʻlishni xohlaydilar.
Asar nafaqat Navroʻz ayyomining madhiga bagʻishlangan, balki ushbu asarda
inson hayotining koʻp qirralari va insoniyatga foydali hayvonlarning xil va turlari ham
sanab oʻtilgan: masalan, lochin, ot kabilarning turlari. Chunonchi, asarning
yakunlovchi bobi goʻzal yuz fazilatlari haqidadir. Asarda Tohir ismli bir hokim asirni
qamab qoʻyadi, lekin shaharning katta-kichiklari undan asirni qoʻyib yuborishni
2
Ogahiy. VI jidlik asarlar to’plami. I jild. G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. Toshkent-1971. 372-b
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
290
iltimos qiladi. Lekin unga kor qilmaydi. Sud boʻladigan kuni uning zavjasi arz bilan
keladi.
Sen erimni qoʻyib yuborishing kerak, - deydi.
Chunki men juda kuchli homiy olib kelganman. Hokim homiyning kimligini
soʻraganida chachvonini ochib yuzini koʻrsatadi va hokim unga tan berib erini qoʻyib
yuborish-ku mayli, hatto zar toʻn ham hadya qiladi. Hikoyatdan koʻrinib turibdiki,
inson goʻzallikka doim intiladi, darhaqiqat, goʻzal yuzlar bilan yashagan inson baxtli
boʻladi. Har tong goʻzal insonlarni koʻrib quvnoq va shod boʻladi bu kayfiyat esa
butun kun davom etadi.
Toʻgʻri, lekin surat va siyrat bir xil boʻlsa, ya’ni har ikkisi mutanosib hamda
husnli boʻlsa, nur ustiga a’lo nur!
Umar Xayyomning ushbu asari nafaqat ilmiy qo‘llanma, balki zavq-shavq
bilan oʻqiladigan syujetli oʻtkir asardir. Bu asar kitobxonlar qalbini mana shuncha
asrdan beri zabt etib, aqldan hayrat barmogʻini tishlashga majbur qilmoqda! Bundan
keyingi avlod kitobxonlari ham sevib oʻqishiga ishongan holda ushbu asarni asr
oshgan asarlar emas, asar oshgan, oshayotgan hamda oshadigan asarlar sirasiga hech
ikkilanmasdan kirgiza olamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Umar Xayyom. Navro’znoma. “Mehnat”. Toshkent-1990.
2.
D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi “Fan” nashriyoti. Toshkent -2007
3.
D. Quronov va boshqalar. Adabiyotshunoslik lugʻati. “Akademnashr”.
Toshkent -2013.
4.