Authors

  • Farangiz Abdurahmonova

Author Biography

  • Farangiz Abdurahmonova

    Termiz davlat universiteti 2-bosqich 123-guruh  talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118435

Keywords:

hikoyat hasbi hol “Guliston” asari talqin debocha.

Abstract

Mazkur maqolada benazir iste’dod sohibi, ulug’ fors shoiri Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari badiiy jihatdan talqin etiladi. Shuningdek, asardan o’rin olgan mo’jaz va ibratli hikoyatlar adabiyot va hayot haqiqatiga ko’ra tahlil qilinadi hamda ulardan tegishli xulosa chiqariladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

69

ADABIYOT GULISTONINING MUATTAR GULI

Termiz davlat universiteti 2-bosqich 123-guruh talabasi

Farangiz Abdurahmonova

Annotatsiya: Mazkur maqolada benazir iste’dod sohibi, ulug’ fors shoiri

Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari badiiy jihatdan talqin etiladi. Shuningdek,

asardan o’rin olgan mo’jaz va ibratli hikoyatlar adabiyot va hayot haqiqatiga ko’ra

tahlil qilinadi hamda ulardan tegishli xulosa chiqariladi.

Kalit so’zlar: hikoyat, hasbi hol, “Guliston” asari, talqin, debocha.

Abstract: This article interprets the work "Guliston" by the great Persian poet

Saadi Shirazi, a man of unparalleled talent. The poetic and instructive stories from

the work are also analyzed in accordance with the realities of literature and life, and

appropriate conclusions are drawn from them.

Keywords: story, situation, "Gulistan", interpretation, preface.

Adabiyot ochunini misli bir guliston desak, oʻz ismi jismiga mutanosib

“Guliston” asari bu gulzorning eng muattar boʻyli, latif shaklli guli boʻlishga

munosibdir. Asar Eronzaminning ulugʻ adibi, aqli va tafakkuri, goʻzal uslubi hamda

behad joʻyali mantigʻi bilan adabiyot olamini nurlarga toʻldirgan Shayx Muslihiddin

Sa'diy Sheroziy qalamraviga mansub. Adibning ushbu asari nafaqat Eronda, balkim

dunyoning yetti iqlim mamlakatlarida topib, sevilib oʻqiladigan asarlar sirasiga kiradi.

Darhaqiqat, hatto asarning she’riy tarjimasi ustida ish olib borgan iste’dodli

adabiyotshunis Sh.Shomuhamedov ta’kidlaganidek, “Adabiyotshunoslar nazdida,

fors-tojik klassik poeziyasining eng porloq asari Firdavsiyning “Shohnoma “si boʻlsa,

nasriy asarlarning eng barjastasi “Guliston” hisoblanadi”.

1

Asarning kompozitsion

tuzilishi turli mazmunga boy hikoyatlardan iborat boʻlib, har bir hikoyat masnaviy,

qit'a, fard kabi lirik she'r turlari bilan bezatilgan va bu an’anaviy uslub oʻquvchiga

1

Sa’diy Sheroziy “Guliston”.

www.ziyouz.com

kutubxonasi. 5b


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

70

fazilatlar va hayotiy falsafani tushunib olishda juda yengillashtiribgina qolmasdan

hamda zavq-u shavq bergan.

Asar nafaqat axloq, odob, tarbiya, pand-nasihat, hayotiy ta'lim, ezgu xislatlar,

balki siyosat va ishq, xullas inson deb atalmish yaratiqning butun umriga bogʻliq har

qanday jarayonni, har qanday hodisalar dengizida zarur boʻlgan asbob-u anjomni,

foydali maslahatlarni qamrab oladi. Shuning uchun boʻlsa kerak, asar “Debocha” sida

adib oʻz asarini 8 bobga ajratadi. Aslida, “Debocha – shoirning tarjimayi holiga oid

ma’lumotlar, adabiy faoliyati, asarlarining yaratilish tarixi, adabiy-estetik qarashlarini

ifoda etishi jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi. Istilohda 1. Qimmatbaho ipak

matodan tikilgan shohona libos. 2. Zarhal va qimmatbaho ranglar bilan sayqal

berilgan qadimgi kitoblar muqaddimasi. 3. So’zboshi, muqaddima, kirish so’zi. 4.

Avval, har narsaning ibtidosi kabi ma’nolarni anglatadi”.

2

1.

Podshohlar odati bayoni

2.

Darveshlar axloqi bayoni

3.

Qanoatning fazilati bayoni

4.

Sukut saqlashning foydalari bayoni

5.

Ishq va yoshlik bayoni

6.

Zaiflik keksalik bayoni

7.

Tarbiyaning ta’siri bayoni

8.

Suhbat qoidalari bayoni

Kitobning sarlavhasiga e’tibor qaratadigan boʻlsak, “Guliston” – barcha

gullar, go‘zallik va nafosat jamuljam boʻlgan makon degan ma'nolarni beradi.

“Debocha” da nom qoʻyilishiga doir yozuvchining oʻz qarashlari ham berib oʻtilgan:

Kunlardan bir kuni adib saroy xizmatidan ketishni endi tarki dunyo qilib hech

kim bilan muloqot qilmaslikka qat'iy bel bogʻlaydi. Uning oʻrinli sababi bor edi. U

bir hikoyat eshitgan hikoyatda aytilishicha Buyuk Fors podshosi Buzurjmehrdan

donishmandlar nuqson qidirib hech ayb topolmaydilar, tinglovchini mahtal qilib koʻp

oʻylab gapirishini hisobga olmaganda. Shunda Buzurjmehr:

2

Farida Karimova . Sharq adabiyotida debocha va uning poetikasi. Toshkent. Elnur-print. 2023.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

71

-

Nima desam deb oʻylash, nega shunday deb qoʻydim deb oʻylashdan

koʻra xoʻproqdir.

Degan ekan. Darhaqiqat,

Tilingnj avayla omondir boshing

Soʻzingni avayla uzayar yoshing.

Inson avval oʻylab, keyin soʻylamasa, oʻz boshiga falak gʻam toshlarini

yogʻdirishi mumkin. Shunday ekan shu kuni kechquruni bilan tunni bedor oʻtkazib

azm qiladiki, bundan keyin koʻngil xazinasidan hech bir dur chiqmaydi, ya'ni endi

do‘stlar davrasidan qoʻl yuvib, qalb daftaridagi ortiqcha jumlalarni chiqarmaydi.

Lekin uning yaqin bir hamnishini uni hol-joniga qoʻymaydi. Rad etib boʻlmaydigan

mantiqli dalillar keltirgach, u bilan soʻzlashmaslikka bahona topa olmaydi. Uning

dalillari ham ma'noga, ham aql javohiriga toʻla ediki, Sa'diy bir ogʻiz qarshi fikr

bildira olmaydi.

Ogʻiz ichida til nedur, ey oqil?

Hunar xazinasin kalididur u

Eshik yopiq ekan bilib boʻlmagay

U yerda nima bor munchoqmi, inju.

Xullas, til ham bir ilohiy ne'mat ekanligini uning ham oʻz vaqtida yetish

lozimligini isbotlab beradi. Zarurat yuzasidan gaplashishni boshlaydi-yu, shahar

tashqarisiga sayr qilish uchun ravona boʻlishadi. Oʻsha paytlar fasli navbahor, gullab

yashnagan chamanzorlar payti boʻladiki, qanday kech boʻlganini bilmasdan bir

doʻstinikida tunab qolishga majbur boʻlishadi. Shunday qilib erta tongdan shaharga

qaytishga majbur boʻlishadi va ammo yoʻldan qaytayotganida bir doʻstiga gullarga

oshufta boʻlib bir quchoq qilib terib olganida Sa’diy :

Har narsa bordirki, bevafodir – muhabbat qoʻyishganoravodir

Deyishgan. Ya'ni bu gullaring baribir soʻlib qoladi-ku! – deydi.

Istasang, men senga shunday kitob yozayki, uning xuahboʻy isi butun umr

yodingdan ketmasin, unga hatti xazon fasli lashkarlari ham daf eta olmasin.

Uning nomini esa “Guliston” deb qoʻyaman. – deb javob beradi. Doʻsti esa

uning qoʻliga yopishib olib:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

72

“Karam sohibi boʻlgan odam va'da berdimi- bajaradi” deya oʻz qiziqishini

bildiradi va intizorlik bilan ushbu asarni kutishini aytadi. Demak, har bir sinoatning,

hodisotlarning oʻz tarixi boʻlganidek, ushbu asarga sarlavha qoʻyilishining ham

munis tarixini koʻrib oʻtdik.

Asarning kompozitsion tuzilishi, faqat hikoyatlardan iboratligi an’anaviy

uslub boʻlib, ushbu asardan ancha ilgari yozilgan hind xalqining noyob va

qimmatbaho asarlaridan biri boʻlmish “Kalila va Dimna”, “Toʻtinoma” ,

“Qobusnoma” kabi kitoblarga nazira sifatida bitilgan desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Asarning ilk bobida shunday hikoyat keltiriladi:

Bir podshoh asirni oʻldirtirayotganda bir vaziri podshohlarning sarvari karam

qilishi kerakligini aytib undan shafqat soʻraydi, shu payt ikkinchi vaziri u asir

podshohni haqorat qilayotganini, afvga munosib emasligini aytib oʻtadi. Podshoh

gʻazablanish oʻrniga birinchi vazirga olqov aytib, gʻarazli haqiqatdan yaxshi niyatli

yolgʻon yaxshi ekanligini eslatib, asirni ozod etadi. Ya'ni

Shohlarga oʻz gapin oʻtkazgan kishi

Lozimdir yaxshi gap topib aytishi.

Podshohning eng suyangan togʻi, davlatning tayanch nuqtalaridan biri aql

xurshidi bilan shoh yoʻlini yoritguvchi dono va maslahatgoʻy vazirdir. U tufayli

podshoh ulkan yutuqlarga, doim zafarlarga mustahiq boʻlgay.

Asarda nafaqat podshohning , vazirning, amaldorlarning qanday boʻlishi

kerakligi haqida, balki dunyo falsafasi ham oʻtkir nafaslarda keltirib oʻtilgan.

Jon berar ekansan farqi yoʻq sira

Taxtda oʻlasanmi yo tuproq uzra

Bu hayot foniy - oʻtkinchidir, unga berilib, mol-dunyoga hirs qoʻyib, oʻzlikni,

Allohni unutish konda xazinadan koʻngil uzolmay shu yerda oʻlgan oltin izlovchiga

oʻxshaydi. Aslida, hayotimizning oltini avvalo Allohni soʻngra paygʻambarimizni

tanish demakdir, eng soʻnggida esa yaqinlarimiz, oʻz hayotimizdir. Lekin biz asl

ganjni unutib, temir va zeb-ziynatdan boshqaga yaramaydigan tillaga hirs qoʻygan

konchidek oʻzimizni oʻzimiz halok qilayotganimizni his qilmaymiz.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

73

Chunonchi, asarning yettinchi bobida keltirilgan hikoyatga koʻra bir inson “

odamzod uchun eng yomon dushman nafs degan hadisning ma'nosi nima deya, bir

donishmanddan soʻraydi, u esa:

-

Har qanday dushmanga ehson qilsang, iltifot koʻrsatsang, u oxir-oqibat

doʻstga aylanadi, lekin nafsga har qancha iltifot koʻrsatsang ham, u hech qachon senga

oshno boʻlolmaydi”.

Darhaqiqat, nafs – inson zotining eng baloyi azim boʻlgan agʻyoridir, u hech

qachon toʻymaydi, qoʻymaydi.

Hatto bir “Qissasi Rabgʻuziy “da:

Bir nafsning ishini 70 shayton qilolmaydi

– deb nafsdan tiyilishga

ogohlantirilgan.

Asarning soʻnggi – yakunlovchi bobida insonning suhbatlashish madaniyati

haqida soʻz boradi. Masalan, asarda kishi birovning qalbini ranjitadigan xabar eshitsa,

uni olamga jar solishi emas, aksincha sukut qilishi lozimligi aytikgan. Haqiqatan ham,

bir qalbni vayron qilish Ka'bani vayron qilish bilan barobar, shunday ekan inson

yolgʻon ham gapirmasligi kerak, inson koʻngkini ham qoldirmasligi lozim. Ushbu

bobda ham faqat soʻzlashish emas, aksincha inson hayoti shu dunyo bilan aloqador

boʻlgani bois barcha jabhalarni qamrab olad.

Misol uchun, bir oqildan bir kishi kim baxtiyor, kim baxtsiz? – deb

soʻraganda:

-Baxtiyor yeb-ichadi, yana ekadi

Baxtsiz yigʻadi, toʻplaydi, oʻlib ketadi- deya javob beradi.

Rostan ham, inson yigʻgani bilan uni goʻriga olib keta olmaydi, shunday ekan

halol mol-mulk topib uni halol ishlarga sarf qilish kerak, rizq beruvchi Al-Razzoqdir,

ya'ni yagona Allohdir. U chumolilarni unutmaydi-yu bizday bandalarini unutarmidi?

Shunday ekan, boriga qanoat qilib isrof ham qilmasdan, yigʻib ham

qoʻymasdan Alloh rizoligida toʻgʻri sarflash darkor.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, asar faqat mayda hikoyatlardan iborat boʻlgani

bilan ushbu moʻjaz hikoyatlarning bari butun bir romanlarning oʻrnini bosa oladi,

ulardagi olam-olam ma'no asar koʻrkiga koʻrk qoʻshib asar oʻqishliligini oshirgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

74

Ayniqsa, asarga ilova qilingan lirik she'rlar adib mahoratining javohiridan

oʻquvchilarni bahramand qilgan. Asarni oʻqigan inson oʻzini xuddi gʻavvosga

oʻxshatadi, okeanga kirib undan gavhar teradigan gʻavvoslardek Guliston” ga

shoʻngʻib dur-u gavharlar teradi. Mana salkam ming yil avval yozilgan asarning

qiymati bugun ham katta baholanmoqda, bundan keyin ham yosh avlod buni zavq va

shavq bilan oʻqiydi deya ishonch bilan aytamiz.

Zero, ushbu kitob asr oshgan asarlar safida boqiy turajak!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Sa’diy Sheroziy “Guliston”.

www.ziyouz.com

kutubxonasi.

2.T.Boboyev “Adabiyotshunoslik asoslari”. Toshkent. “ O’zbekiston”. 2002.

3. Farida Karimova . Sharq adabiyotida debocha va uning poetikasi. Toshkent.

Elnur-print. 2023.