MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
358
ARAB XALQ OG’ZAKI IJODIDA HAYVONLAR ALLEGORIYASI
Toxir Xamzayev Saparovich
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti
Arabshunoslik oliy maktabi oʻqituvchisi
Annotatsiya: Xalq og‘zaki ijodi insoniyat madaniyatining eng qadimiy va eng
asosiy shakllaridan biridir. Ayniqsa, arab xalq og‘zaki ijodida hayvonlarga oid
atamalar, maqollar va hikmatli so‘zlar keng tarqalgan. Bu so‘zlar xalqning ijtimoiy
hayoti, axloqiy qadriyatlari va dunyoqarashining muhim qismiga aylangan.
Hayvonlar ramzi sifatida o‘ziga xos qiyofa, xarakter va insoniy sifatlarni ifodalashda
og‘zaki va yozma adabiyotda keng qo‘llaniladi.
Mazkur maqolada arab xalq og‘zaki ijodida hayvonlar bilan bog‘liq
atamalar, maqollar, matallar va hikmatli so‘zlarning tahlili amalga oshiriladi.
Shuningdek, bu atamalarning madaniy, ijtimoiy va lingvistik jihatlari ko‘rib
chiqiladi.
Kalit soʻzlar: Arab xalq ogʻzaki ijodida koʻp uchrovchi hayvon nomlari, arab
adabiyotida hayvon nomlarining madaniy, ijtimoiy va lingvistik ma’no anglatish
xususiyatlari, tulki (
بلعث
), sher (
دسأ
), it (
بلك
), boʻri (
بئذ
), eshak (
رامح
), choʻchqa
(
ريزنخ
), hayvon (
ناويح
) atamalarining ma’no anglatish xususiyatlari,
duo niyatida
hayvon nomlarining qoʻllanilishi, qargʻash niyatida hayvon nomlarining
qoʻllanilishi.
Arab tilida hayvonlarga oid atamalar va iboralar juda keng qo‘llaniladi. Ushbu
atamalar orqali inson xarakteri, uning xislatlari, ijtimoiy holati va hissiyotlari
ifodalanadi. Masalan, “tulki” so‘zi arab tilida “hiylakorlik” va “zuhdlik”ni bildiradi
(Al-Azmeh, 1996, 45-bet). Shu bilan birga, “sher” (yo‘lbars) so‘zi jasorat va kuch
timsoli hisoblanadi (Badawi, 1992, 78-bet).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
359
Nutqda bunday hayvon atamalarining ko‘pligi arab tilining semantik boyligini
ko‘rsatadi. Arab xalqi kundalik suhbatda hayvonlarga oid so‘zlar va iboralar orqali
qisqa va aniq ma’nolarni yetkazishga intiladi (Al-Mu’jam al-Wasīt, 2010).
Hayvonlarga oid atamalar arab tilida ko‘pincha ijtimoiy, siyosiy yoki axloqiy
mavzularni qisqacha va ravshan ifodalash vositasi sifatida xizmat qiladi. Arab
adabiyotida hayvonlar ramzi qadimdan keng qo‘llanib kelinadi. Bu ramzlar asosan
insonning axloqiy va ijtimoiy xususiyatlarini ifodalashga xizmat qiladi.
“Kalila wa Dimna” asarida, asosan, hayvonlar orqali siyosiy va axloqiy
ibratlarni berishga qaratilgan (Ibn al-Muqaffa‘, 1987). Masalan, sher — jasorat va
hokimiyat ramzi sifatida, tulki esa hiylakorlik va dono maslahat timsoli sifatida
ko‘riladi. Asarda sher odatda podshoh yoki rahbar sifatida ko‘rsatiladi, tulki esa uning
maslahatchisi yoki yaqin atrofidagilarni anglatadi, bu esa siyosiy allegoriyaning
ajralmas qismi hisoblanadi. (Badawi, 1992, 102-bet). Bu asardagi hayvonlar tasvirlari
ko‘pincha insoniy xulq-atvorni tanqid qilish vositasi sifatida ishlatiladi.
Al-Jahiz (776-868) arab adabiyotining yorqin namoyandasi bo‘lib,
hayvonlarga oid ilmiy asar yozgan ilk olimlardan biridir. U hayvonlarning tabiatini,
xulqini, hamda insonlar bilan bog‘liqligini batafsil tahlil qilgan (Al-Jahiz,
Kitab al-
Hayawan
, 1987). U hayvonlarning xatti-harakatlarini insoniy sifatlar bilan bog‘lab,
ko‘plab metaforalar va allegoriyalar yaratgan. Misol uchun, Al-Jahizning fikricha,
tulki insonga o‘xshab hiyla ishlatadi, ammo sher kuch va jasorat timsolidir.
Bundan tashqari, arab she’riyatida ham hayvonlar ramzi keng tarqalgan.
Masalan, mashhur shoir Abu Nuwas (756–814) tulki, bo‘ri va sher kabi hayvonlarni
inson xususiyatlarini ifodalash uchun metafora sifatida ishlatgan (Badawi,
Muhammad Mustafa,
Modern Arabic Literature
, Cambridge University Press, 1992,
134-138-betlar).
Arab xalqi og‘zaki ijodida maqollar va matallar muhim o‘rin tutadi. Ularning
ko‘pchiligi hayvonlar timsoli orqali qisqa va aniq hayotiy haqiqatlarni ifodalaydi.
Hayvonlar obrazlari orqali inson xarakteri, hayotiy tajribalar va ijtimoiy holatlar
tasvirlanadi. Maqollar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ba’zi hayvonlar an’anaviy ravishda
ma’lum sifatlar bilan bog‘lanadi. Masalan:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
360
بئذ
(bo‘ri): Hiylakor, tahdid soluvchi odam uchun qo‘llanadi. “ عئاج
بئذلاك” (Bo‘ri kabi och) — Judayam qorni och ma’nosida ishlatiladi. “هتداع ريغي لا بئذلا”
(Bo‘ri o‘z odatini o‘zgartirmaydi) maqoli insonning tabiiy xulqini o‘zgartira
olmasligini bildiradi (Ibn Manzur,
Lisan al-Arab
, 1990, 213-bet). “ هتعيبط ريغي لا بئذلا
فورظلا تريغت امهم” (Vaziyatlar qanday boʻlmasin, boʻri tabiatini oʻzgartirmaydi) —
Bu maqol inson tabiatining o‘zgarmasligini ta’kidlaydi.
بلعث
(tulki): Zukkolik, hiyla. “هاري ام لاإ داطصي لا بلعثلا” (Tulki faqat ko‘rgan
narsasini ovlaydi) maqoli esa ehtiyotkorlik va atrofga diqqat bilan qarashni anglatadi
(Al-Jahiz,
Kitab al-Hayawan
, 1987, 75-bet). “بلعثلا لثم ركام” (Tulki kabi hiylakor) —
Hiyla-nayrang bilan ishlovchi odamni ta’riflashda ishlatiladi.
دسأ
(sher): Jasorat, kuch, rahbarlik. “ةعاجشلا يف دسلأاك” (Sher kabi jasur)
iborasi kuch va mardlikni ifodalaydi (Badawi,
Modern Arabic Literature
, 1992, 78-
bet). “دسلأا كاذ نم لبشلا اذه” (Bu shervachcha (sher bolasi) oʻsha sherning bolasidir) —
Maqtash uchun ishlatiladi, shuningdek, yosh kishining otasi kabi jasur, kuchli va
qobiliyatli ekanligi ifodalanadi. “نارئفلا داطصي لا دسلأا” (Sher sichqonlarni ovlamaydi)
— Buyuk odam kichik masalalar bilan shug‘ullanmaydi ma’nosini ifodalamoqda.
“دسلأا ةّصح” — bu ifoda arab tilida keng qo‘llaniladi va biror ish yoki narsadan eng
katta, eng muhim, yoki eng ustun ulushni olgan odam yoki guruhni ta’riflaydi.
Masalan, agar bir guruh odam narsani taqsimlayotgan bo‘lsa, “دسلأا ةّصح” — bu eng
katta, eng qimmat yoki eng yaxshi ulushni bildiradi. “حابرلأا نم دسلأا ةصح ذخأ وه” (U
foydaning sher ulushini oldi — eng katta qismini).
Arab tilida hayvon nomlari ko‘pincha insonlarning yomon xulqini yoki
holatini tanqid qilish uchun ham ishlatiladi. Masalan:
بلك (kalb) — it: Ko‘pincha so‘zlashda yomon ma’noda ishlatiladi, “it
kabi” deganda yomon odam yoki yomon xulqli kishiga nisbatan ishlatiladi. Ogʻzaki
nutqda koʻpincha soʻkish ma’nosida “بلك اي!” — “Ey it!” deb ishlatiladi. “بلكلا لثم يفو”
(It kabi sadoqatli) — Sadoqatli odamni ta’riflashda ishlatiladi. “ دلج سبل ولو بلك بلكلا
دسأ” (It itdir, hatto sher terisini kiygan boʻlsa ham) — Pastkash odam oʻzgarishsiz
qoladi degan ma’noni ifodalamoqda.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
361
رامح (himar) — eshak: Insonning beaql, ahmoq ekanligini ifodalashda
ishlatiladi. Gʻazabni ifodalashda ham “يبغ رامح” — “Ahmoq eshak” deb ishlatiladi.
“رامحلاك دينع” (Eshak kabi qaysar, oʻjar) — Qaysar (ba’zida chidamli) insonlarni
ifodalash uchun ishlatiladi.
عبض (daba‘) — giyena: Yomon niyatli, ikkiyuzlama, ayyor, jirkanch,
mayitxoʻr ma’nolarini ifodalashda ishlatiladi. “دسلأا ءارو نم لكأت عبضلا” — “Giyena sher
ortidan yeydi” Bu ibora o‘zi ishlamay, faqat boshqalar mehnatidan foydalanuvchi
odamga nisbatan ishlatiladi.
ريزنخ (khinzir) — cho‘chqa: Yomon, iflos va axloqsiz odamni
ta’riflashda ishlatiladi.
ناويح (hayawan) — hayvon: Madaniyati past, axloqsiz odamni
ifodalashda ishlatiladi.
لمج (jamal) — tuya: Bardavomlik va chidamlilik timsoli. Chidamli
odamni ta’riflashda ishlatiladi. “لمجلا لثم روبص” — “Tuya kabi sabrli”. Arab xalq
og‘zaki ijodida tuya juda kuchli ramziy ma’noga ega bo‘lgan hayvondir. U madaniy,
iqtisodiy, diniy va estetik jihatdan arab xalqlari hayotida katta o‘rin egallagan. Sahro
xalqlari uchun tuya – “cho‘l kemasi”, ya’ni uzoq safarlarda asosiy transport vositasi
bo‘lgan. Shuningdek, tuya go‘shti, suti va junidan foydalanilgan. Shu sababli tuya
boylik, sabr, tirikchilik va baraka ramzi sifatida tilga olinadi. Shu bilan birgalikda,
tuya orqali odamlarning oʻz ayblarini koʻrmasligi, boshqalarning aybini koʻrishi ham
aytiladi: “هريغ مانس ىريو ،همانس ىري لا لمجلا” — “Tuya o‘zining o‘rkachini ko‘rmaydi,
ammo boshqaning o‘rkachini ko‘radi” Bu maqolda odamlarning o‘z ayblarini
ko‘rmay, faqat boshqalarning kamchiligini tanqid qilishlari haqida aytiladi.
Hayvonlar nomlari arab tilida so‘kish va duo qilishda juda kuchli va ta’sirli
ifoda vositasi hisoblanadi. Ular nafaqat haqorat, balki ba’zida duo va qarg‘ash
shaklida ham ishlatiladi. Bu madaniyatning o‘ziga xos til ifodasi va xalqning hayotiy
tajribasidan kelib chiqadi. Ular kishining qanday holatga tushishini yoki qanday ta’sir
ko‘rsatishni istashini ifodalaydi. Masalan:
“كينيع دودلا لكأيل” — “Ko‘zingni hasharot yesin” — bu yomon duo yoki
qarg‘ash. Hayvonlar nomi bevosita kiritilmasa-da, hayvonlarning zararli tabiati
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
362
tasvirlangan. Bunda boshqa bir kishiga oʻlim tilash, qabrda qurt-qumursqalar koʻzini
yeyishiga ishora bor.
“ةباغلا يف بئذلاك حبصي” — “O‘rmon ichidagi bo‘ri kabi bo‘lsin” — kuchli,
qo‘rqinchli bo‘lish uchun duo.
“ةنيفس يف سيت” — “Kema ichida echki” Bu ibora arab tilida salbiy ma’noda
ishlatiladi va “begona, keraksiz yoki nomaqbul kishi (yoki narsa) muhitga to‘g‘ri
kelmaydi, joyida emas” degan ma’noni bildiradi. Bu holatda echki kemada bo‘lishi
kerak emasligi, u yerda bo‘lishi noto‘g‘ri yoki zararli ekanligi anglatiladi. “ اذه يف
انبساني لا ،ةنيفس يف سيت لثم وه ،سلجملا” — Bu majlisda u, kema ichidagi echki kabi, bizga
mos emas.
“تايحلا مد الله هاقس” — “Xudo uni ilon qonidan ichirsin” Bu ibora ko‘pincha
kimningdir qattiq zarar ko‘rishini, uning dushmanlik yoki yomon niyatli ekanligini
ifodalash uchun ishlatiladi. Arab madaniyatida ilon qonini ichirish jiddiy la’nat yoki
qattiq nafrat ifodasi sifatida ishlatiladi. Shuningdek, ayrim xalqlar madaniyatiga va
ishonchiga koʻra, qattiq kasal boʻlgan odamga ilon qonini yoki ilon zahrini ichirish
orqali shifo topish ehtimoli boʻlgan va tabiiyki, ilon qonini yoki zahrini toppish juda
mushkul boʻlgan. Shu ma’noda “qattiq kasal boʻlsin va ilon qonini ichsin” degan
ma’no ham boʻlishi mumkin. “لعف ام ىلع تايحلا مد الله هاقس” — “Qilgan ishlari uchun
Xudo uni ilon qonidan ichirsin”.
Bundan
tashqari,
arab
maqollarida
ba’zan
hayvonlarning
o‘zaro
munosabatlari ham insonlar orasidagi ijtimoiy vaziyatlarni yoritishda ishlatiladi.
Misol uchun, “بئذلا عم داطصي لا دسلأا” (Sher bo‘ri bilan ov qilmaydi) maqoli, kuchli va
zaif o‘rtasidagi tafovutni anglatadi (Al-Mu’jam al-Wasīt, 2010, 412-bet).
“رسنلا دسحي لا بارغلا” (Qarg‘a burgutga hasad qilmaydi) — Bu maqol kishi o‘z
o‘rnini bilishi, o‘ziga qarshi kuchsizlarga hasad qilmasligini bildiradi (Ibn Manzur,
1990, 320-bet). Shuningdek, oʻzidan kuchlilarni tan olish ma’nosi ham bor.
“هديجي نم لاإ بكري لا ناصحلا” (Ot faqat uni yaxshi haydovchi boshqaradi) —
Malaka va tajriba muhimligini ta’kidlaydi (Al-Jahiz, 1987, 90-bet).
Arab madaniyatida hikmatli so‘zlar va aforizmlar (لاثمأو مكح) hayotiy tajriba
va donolikni qisqa, lekin chuqur ma’noli shaklda ifodalash vositasi hisoblanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
363
Hayvonlarga oid hikmatli so‘zlar ko‘pincha inson tabiatining murakkab tomonlarini,
ijtimoiy munosabatlarni va axloqiy qadriyatlarni ochib beradi. Misol uchun,
hayvonlar orqali berilgan hikmatlar ko‘pincha insonning kuchli va zaif tomonlarini,
shuningdek, aql-zakovat va sabr-toqatni ta’kidlaydi. Quyida mashhur arab
hikmatlaridan namunalar keltiriladi:
“اهفده ىلإ لصت اهنكل ءطبب يشمت ةافحلسلاك جرفلا حاتفم ربصلا” (Sabr – muvaffaqiyat
kalitidir, xuddi sekin yuruvchi toshbaqa kabi, lekin o‘z maqsadiga yetadi) Bu aforizm
sabr-toqatning qadriyatini hayvon timsoli orqali yoritadi (Al-Azmeh, 1996, 88-bet).
Bu oʻrinda toshbaqa sabr va matonat ramzi sifatida tasvirlangan.
“هتعاجش دسأ نمو هتركف بلعث نم” (Aqli (fikrlashi) tulkidan, jasorati sherdan)
Bu so‘zlar inson xarakterining murakkab jihatlarini hayvonlar orqali ifodalaydi (Al-
Jahiz,
Kitab al-Hayawan
, 1987, 99-bet). Bu ibora balog‘atli (mazmunli va obrazli)
tarzda aytilgan bo‘lib, ikki hayvonga o‘xshatish orqali bir insonning fazilatlarini
ta’riflaydi:
1.
“Tulkining aqlidan (fikridan)” – bu jumla orqali insonning aql-zakovati,
ayyorligi, hushyorligi nazarda tutilgan. Tulki ko‘pincha xalq og‘zaki ijodida ziyrak
va hiylakor hayvon sifatida tilga olinadi.
2.
“Sherning jasoratidan (shijoatidan)” – bu bilan insonning qo‘rquv
bilmasligi, jasurligi, mardligi ifodalanadi. Sher esa doimiy ravishda qudrat va jasorat
ramzi hisoblanadi. Bu ibora odatda aqlli va jasur insonlarni tavsiflash uchun
ishlatiladi – ya’ni, fikrlashda tulkidek ayyor, harakatda esa sherdek qo‘rqmas va dadil
degan ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi.
“ ادبأ ككرتي نل هنإف كمظع بلكلل يطعت لا”
(Itga suyagingni bermagin, u seni hech
qachon tark etmaydi)
Bu hikmat inson munosabatlaridagi ishonchsizlik va
ehtiyotkorlikni ifodalaydi (Ibn Manzur,
Lisan al-Arab
, 1990, 178-bet). Bu ibora
majoziy ma’noda ishlatiladi va agar sen haqqiga noloyiq, minnatdorchilikni
bilmaydigan yoki zararli odamga yaxshilik qilsang, u odam bu yaxshilikni
qadrlamaydi, hatto undan foydalanib, sening ortingdan tushib oladi yoki senga zarar
yetkazadi, va keyinchalik undan qutulish qiyin bo‘ladi degan fikrni bildiradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
364
“ةسينكلا رأف نم رقفأ” (Cherkov sichqonidan ham kambag‘alroq) Bu ibora
mubolag‘a vositasi bilan kambag‘allikni ta’riflash uchun ishlatiladi. Ogʻzaki
soʻzlashuvda: ةسينكلا رأف نم رقفأ ،اللهو
!
؟هلاح فيك
-
(Uning ahvoli qanday? — Qasamki,
cherkov sichqonidan ham kambag‘al!) ham tez-tez uchraydi.
“لموح ةبلك نم عوجأ” (Havmal - Hijoz va Najd o‘rtasidagi qadimiy cho‘l hududi
(ko‘pincha shoirlar sahro hayoti, bepushtlik, yolg‘izlik ramzi sifatida tilga olgan
cho‘ldagi urg‘ochi itdan ham ochroq) Bu yerda لموح
joy nomi bo‘lib, bu atrofda oziq-
ovqat yoki tirikchilik manbasi yo‘qligi sababli ochlik timsoli sifatida ishlatilgan.
Tarfat ibn al-‘Abd kabi qadimgi shoirlar cho‘l hayotidagi qiyinchiliklar va ochlik
haqida gapirar ekan, urg‘ochi it (ةبلك)ni ochlik ramzi sifatida tilga olishgan. Chunki
cho‘lda boquvchisi yo‘q urg‘ochi hayvonlar doim och, zaif va to‘ng‘illovchi bo‘ladi.
“لمج نم دقحأ” (Tuyadan ham ko‘ra g‘azabliroq) Bu ibora kishi juda g‘azabkor,
ichida gina saqlaydi, oson kechirmaydi degan ma’noni beradi. Tuyalar uzoq vaqt
davomida eslab yurish qobiliyati kuchli hayvonlar sifatida tanilgan. Ayrim
rivoyatlarga ko‘ra, agar kimdir tuyani urgan yoki unga yomon muomala qilgan bo‘lsa,
tuya oradan bir necha kun, hatto oylar o‘tgach ham o‘sha kishini tanib, o‘ch olishi
mumkin. Shu sababli: “U tuya kabi g‘azabni ichida saqlaydi” — degan ma’no chiqadi.
“لمج لاو اهيف يل ةقان لا” (Bunda mening na urgʻochi tuyam bor, na nor tuyam bor)
Bu ibora arab tilida juda mashhur bo‘lib, “men bu masalaga aloqador emasman”, “bu
ish menga tegishli emas”, “men bu ishga aralashmayman” degan ma’noni anglatadi.
Iboradagi “لمج و ةقان” (tuyaning urg‘ochi va erkagi) ikki tomonlama yirik va
qimmatbaho narsa sifatida tilga olinadi. Ya’ni, ba’zi oʻrinlarda bu ishda (yoki
masalada) menga foydasi yoʻq degan ma’no ham ifodalangan boʻlishi mumkin.
Arab tilida hayvon atamalarining og‘zaki nutqda va adabiyotda qo‘llanilishi
semantik kenglik va kontekstga bog‘liq farqlarga ega. Masalan, “دسأ” (asad, sher)
so‘zi kuch va jasoratni bildirsa-da, u ma’lum dialektlarda va iboralarda boshqacha
ma’noda (masalan, qahramonlikdan tashqari) ishlatilishi mumkin (Versteegh, K.,
The
Arabic Language
, 2014, 233-bet). Hayvon atamalarining sinonim va metaforik
ma’nolari kontekstga qarab o‘zgarib turadi, bu holat og‘zaki nutq boyligini oshiradi
(Ryding, K.,
Arabic Linguistics
, 2005, 190-bet).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
365
Arab va boshqa xalqlarning adabiyotida hayvon timsollari o‘xshashlik va
farqlarni ko‘rsatadi. Masalan, ingliz tilidagi “lion” (sher) timsoli kuch va qirollikni
anglatadi, bu arab adabiyotidagi sher ramzi bilan yaqin (Griffiths, R.,
Symbolism in
World Literature
, 2001, 89-bet). Ammo, o‘zbek adabiyotida masalan, tulki ko‘proq
hiyla va zukkolik bilan bog‘lanadi, arab adabiyotida esa uning ramzi yanada
murakkabroq va ko‘p qatlamli (Qodiriy, A.,
O‘zbek xalq adabiyoti
, Toshkent, 1985,
123-bet). Shuningdek, hayvonlarga oid ma’naviy va falsafiy tushunchalar xalqlar
o‘rtasida o‘xshash bo‘lsa-da, ularning madaniy kontekstga ko‘ra ifodalanishi farq
qiladi. Bu esa tarjima va madaniy almashinuv jarayonlarida qiziqarli tahliliy
materiallarni beradi (Bassnett, S.,
Translation Studies
, 2014, 76-bet).
Arab madaniyatida hayvonlar ko‘pincha diniy, ijtimoiy va falsafiy ma’nolar
bilan boyitilgan. Masalan, Qur’ondagi hayvon timsollari insonning axloqiy
yo‘nalishini belgilashda muhimdir (Nasr, S.H.,
Islamic Science: An Illustrated Study
,
2006, 75-bet). Tulki va sher timsoli qahramonlik, donolik va hiylakorlik kabi madaniy
qadriyatlarni aks ettiradi. Shuningdek, hayvon ramzlari xalq og‘zaki ijodida ijtimoiy
sinflar va rollarni anglashda vosita bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, sher aristokratik
kuch va rahbarlikni bildirsa, qarg‘a esa pastroqlik va o‘zini himoya qilishni bildiradi
(Badawi, M.M., 1992, 142-bet).
Hayvonlar obrazlari inson psixologiyasida arxetip sifatida ko‘riladi. Jung
psixologiyasiga ko‘ra, hayvon ramzlari insonning ichki instinktlarini va axloqiy
qarorlarini ifodalaydi (Jung, C.G.,
Archetypes and the Collective Unconscious
, 1969,
102-bet). Arab madaniyatida bu ramzlar insonning xulqidagi turli jihatlarni, masalan,
jasorat, hiyla, sabr, kuch va zaiflikni ramziy ifodalaydi. Ijtimoiy kontekstda esa,
maqollar va aforizmlar orqali hayvon timsollari insonlar orasidagi o‘zaro
munosabatlar, ishonch va urush kabi mavzularni yoritadi (Al-Azmeh, 1996, 113-bet).
Arab hikmatlarida hayvonlar timsoli ko‘pincha insonning turli xususiyatlari
va munosabatlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Ular ijtimoiy, axloqiy va psixologik
jihatdan o‘rganilganda, xalqning qadriyatlari va madaniy xususiyatlarini yanada
chuqurroq anglash imkonini beradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
366
Hayvonlarga oid atamalar, maqollar va aforizmlar arab xalqining donolik
merosi bo‘lib, ularning tiliga semantik boylik va ifoda quvvati beradi.
Mazkur maqolada arab xalqining og‘zaki nutqida va adabiyotida hayvonlar
bilan bog‘liq atamalar, maqollar, matallar va hikmatli so‘zlar tahlil qilindi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hayvonlar ramzi arab madaniyati va tilida inson
xarakterining murakkab jihatlarini ifodalashda, ijtimoiy va axloqiy qadriyatlarni
o‘rganishda muhim vosita hisoblanadi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Al-Azmeh, Aziz.
Muslim Kingship: Power and the Sacred in Muslim, Christian
and Pagan Polities
. I.B. Tauris, 1996.
Al-Jahiz.
Kitab al-Hayawan
[Hayvonlar Kitobi]. Dar al-Fikr, Bayrut, 1987.
Al-Mu’jam al-Wasīt.
The Comprehensive Dictionary of the Arabic Language
.
Dar al-Fikr, 2010.
Badawi, Muhammad Mustafa.
Modern Arabic Literature
. Cambridge University
Press, 1992.
Bassnett, Susan.
Translation Studies
. Routledge, 2014.
Griffiths, Robin.
Symbolism in World Literature
. Routledge, 2001.
Ibn al-Muqaffa‘.
Kalila wa Dimna
. Dar al-Ma‘rifa, Beyrut, 1987.
Ibn Manzur.
Lisan al-Arab
. Dar Sadir, Bayrut, 1990.
Jung, C.G.
Archetypes and the Collective Unconscious
. Princeton University
Press, 1969.
Nasr, Seyyed Hossein.
Islamic Science: An Illustrated Study
. World Wisdom,
2006.
Qodiriy, Abdulla.
O‘zbek xalq adabiyoti
. Toshkent, 1985.
Ryding, Karin C.
Arabic Linguistics: An Introduction
. Cambridge University
Press, 2005.
Versteegh, Kees.
The Arabic Language
. Edinburgh University Press, 2014.