MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–1_Июнь –2025
217
YOSHLARNING ILM- FANGA BO’LGAN QIZIQISHINI OSHIRISH
–KELAJAK TARAQQIYOTINING ASOSI
Samarqand viloyati Qo’shrabot tumani 48-maktab Boshlang’ich sinf
o’qituvchisi Xasanova Dilfuza
Bugungi kunda dunyo tez sur’atlar bilan rivojlanib,ilm-fan va texnologiya
inson hayotining ajralmas bo’lagiga aylangan.Bunday jarayonda yosh avlodning ilm-
fanga bo’lgan qiziqishini oshirish ,ularni izlanishga ,yangilik yaratishga undash har
bir jamiyat uchun ustuvor vazifa hisoblanadi.
Yoshlarning ilmga mehr qo’yishi –bu nafaqat ularning individual rivoji, balki
butun xalqning ertangi kuni,mamlakat taraqqiyotining kafolatidir.Ilm yo’lida yurgan
yoshlar hayotni chuqurroq anglaydi,tanqidiy fikrlaydi va yangicha yondashuvlar bilan
jamiyatni o’zgartiradi.
Qolaversa,bugungi
globallashuv
davrida
har
bir
jamiyatning
taraqqiyoti,salohiyati va dunyodagi o’rni ni aniqlab beradigan eng muhim
mezonlardan biri bu – ilm sohasidagi yutuqlardir.Texnologik taraqqiyot , sun’iy
intellekt, biotexnologiyalar , fazo jisnlarini o’rganish va minglab boshqa kashfiyotlar
aynan ilm-fan yordamida yuzaga chiqmoqda.Ammo bunday yutuqlarga erishishning
asosiy kuchi bu ilm-fan yo’liga kirgan yoshlarning g’ayrati ,ishonchi va
mehnatidir.Shu sababli har bir davlat yoshlarning ilm-fanga bo’lgan qiziqishini
kuchaytirishga alohida e’tibor qaratadi.Chunki bugungi yosh avlod- ertangi kunning
eng zo’r ixtirochisi,buyuk olim,butun dunyo tan olgan muhandis yoki dasturchi
bo’lishi mumkin.
Ilm-fanga qiziqish qanday shakllanadi?
Yosh bola dunyoni o’rganishga intilib tug’iladi.Uhar narsaga qiziqadi ,
so’raydi,sinaydi,tajriba qiladi.Shunday ekan , ilm-fanga muhabbatni uyg’otish o’z-
o’zidan yuz bermaydi, bu ota-ona, ustoz,mahalla,jamiyat va davlatning birgalikdagi
sa’y-harakati natijasida shakllanadi.
Ta’lim-qiziqishni uyg’otadigan kuch!
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–1_Июнь –2025
218
O’zbekistonda so’ngi yillarda yurtboshimiz SH.Mirziyoyev tomonidan ta’lim
tizimini isloh qilish, zamonaviy metodlarni joriy etish, STEAM yo’nalishlarini
kengaytirish orqali yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirishga katta e’tibor
qaratilmoqda. ,,Ilmiy- amaliy labaratoriyalar” , ,,robototexnika to’garaklari” ,
,,bilimlar bellashuvi” , ,,yosh matematiklar”, ,,tilchilar to’garagi” , ,,Zulfiyaxonim
izdoshlari” kabi ko’lab tasabbuslar buning yaqqo lisbitidir. Ammo ta’lim nafaqat
bilim berishi , balki ilhomlantirishi, o’quvchining fikrini uyg’otishi, savollar
tug’dirishi kerak.Bu esa ustozning bilimdonligi, zukkoligi bilan birga ,mehribonligi
va sabr-toqatiga ham bog’liq.
Rag’bat va e’tibor – har bir yosh uchun muhum.
Ilmiy loyihalarda ishtirok etgan yoshlarni rag’batlantirish ,ular uchun
stipendiyalar ,grantlar, chet elda o’qish imkoniyatlarini yaratish – bu ilm-fanga yo’l
ochadigan kalitlardan biridir.Sababi yosh avlod o’z mehnati shu darajada
qadrlanishini ko’rsa, o’zini jamiyatga kerakli shaxs sifatida his etadi.Bundan tashqari,
bugungi kunda internet ,ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotining ajralmas qismiga
aylangan.Agar bu platformalarda keraksiz va foydasiz narsalarning o’rniga ,ilm-fan
haqida sodda,qiziqarli,tushunarli va zamonaviy ruhdagi kontentlar ko’proq bo’lsa ,
yoshlar o’z vaqtlarini nafaqat ko’ngilochar,balki ilmiy izlanishga sarflay
boshlaydi.Shuning uchun biz har birimiz yosh avlod ongiga kerakli va foydali axborot
berishga harakat qilishimiz lozim.
Yoshlarning ilm yo’lida izlanishiga,o’rganishiga kiritilgan sarmoya bu
jamiyatning va siz-u bizning eng muhim sarmoyamizdir.Har bir ilmga chanqoq qalbni
qo’llab –quvvatlash, ularning savollariga sabr bilan javob berish , o’qib – izlanishiga
imkon yaratish bu bugunning emas, kelajagimizning poydevoridir!