Authors

  • Jalilov Nodirbek G’olibjon o’g’li

Author Biography

  • Jalilov Nodirbek G’olibjon o’g’li

    ORCID: 0009-0007-20174859

    Alfraganus University Sport fakulteti 2-bosqich Magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116982

Keywords:

Futbol menejmenti sport boshqaruvi klub tizimi strategik rejalashtirish samaradorlik murabbiy marketing Oʻzbekiston futboli tahlil.

Abstract

Ushbu maqolada Oʻzbekiston futbol klublaridagi menejment tizimi, uning tashkil etilishi, mavjud muammolari va rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Maqolada mahalliy va xorijiy tajribalarga asoslangan holda menejmentning futbol klublari samaradorligiga qanday ta’sir qilishi o‘rganiladi. Tadqiqotda “Paxtakor”, “Nasaf”, “Qo‘qon-1912” kabi klublar faoliyati asosida real misollar tahlil qilinadi va ikki jadval orqali natijalar yoritiladi. Yakuniy qismda tizimdagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar keltirilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–9_Май –2025

60

O’ZBEKISTON FUTBOLIDA MENEJMENTNING AMALIY

AHAMIYATI: MUAMMO VA YECHIMLAR

Jalilov Nodirbek Gʻolibjon o’g’li

ORCID: 0009-0007-20174859

Alfraganus University Sport fakulteti 2-bosqich Magistri

Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʻzbekiston futbol klublaridagi menejment

tizimi, uning tashkil etilishi, mavjud muammolari va rivojlanish yo‘nalishlari tahlil

qilinadi. Maqolada mahalliy va xorijiy tajribalarga asoslangan holda menejmentning

futbol klublari samaradorligiga qanday ta’sir qilishi o‘rganiladi. Tadqiqotda

“Paxtakor”, “Nasaf”, “Qo‘qon-1912” kabi klublar faoliyati asosida real misollar

tahlil qilinadi va ikki jadval orqali natijalar yoritiladi. Yakuniy qismda tizimdagi

asosiy muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Futbol menejmenti, sport boshqaruvi, klub tizimi, strategik

rejalashtirish, samaradorlik, murabbiy, marketing, Oʻzbekiston futboli, tahlil.

Аннотация: В данной статье анализируется система управления

футбольными клубами Узбекистана, ее организация, существующие проблемы

и направления развития. В статье исследуется, как менеджмент влияет на

эффективность футбольных клубов на основе отечественного и зарубежного

опыта. В исследовании анализируются реальные примеры, основанные на

деятельности таких клубов, как” Пахтакор“,” Насаф“,” Коканд-1912", и

результаты освещаются в двух таблицах. В заключительной части

представлены основные проблемы системы и конкретные предложения по их

устранению.

Ключевые

слова:

Футбольный

менеджмент,

Спортивный

менеджмент,

клубная

система,

Стратегическое

планирование,

эффективность, тренер, маркетинг, футбол Узбекистана, анализ.

Abstract: This article analyzes the management system of football clubs in

Uzbekistan, its organization, existing problems and development directions. The


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–9_Май –2025

61

article examines how management affects the effectiveness of football clubs based on

domestic and foreign experience. The study analyzes real-world examples based on

the activities of such clubs as” Pakhtakor“,” Nasaf“,” Kokand-1912", and the results

are highlighted in two tables. The final part presents the main problems of the system

and specific suggestions for their elimination.

Keywords: Football management, Sports management, club system, Strategic

planning, efficiency, coach, marketing, football of Uzbekistan, analysis.

KIRISH.

Oʻzbekiston futboli soʻnggi yillarda sezilarli oʻsish va rivojlanish jarayonini

boshdan kechirmoqda. Biroq, bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun

samarali menejment tizimining mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Futbol

menejmenti — bu nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki klub va federatsiya

boshqaruvi, moliyaviy resurslarni taqsimlash, marketing strategiyalari va ijtimoiy

mas'uliyatni oʻz ichiga olgan kompleks tizimdir.

Oʻzbekistonda futbol menejmentining rivojlanishi, ayniqsa, yosh

futbolchilarni tayyorlash, infratuzilma yaratish va xalqaro tajriba almashish orqali

amalga oshirilmoqda. Biroq, mavjud tizimda hali ham bir qator muammolar mavjud

boʻlib, ular samarali boshqaruvni talab qiladi.

MAVZU BO'YICHA ADABIYOTLAR TAHLILI.

Oʻzbekiston futbolida menejmentning rivojlanishi haqida bir qator ilmiy

tadqiqotlar mavjud. Masalan, Karimov Bobir Bagadirovichning maqolasida

Oʻzbekistonda futbolning rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan va futbolni

rivojlantirishda menejmentning oʻrni koʻrsatilgan . Shuningdek, Abdikamalov va

Edenbayevning maqolasida yoshlar oʻrtasida futbolni rivojlantirish masalalari koʻrib

chiqilgan va infratuzilma, xalqaro hamkorlik va oʻquv-uslubiy ishlarning ahamiyati

ta'kidlangan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston futbolining mustaqillik yillaridagi

yutuqlari va natijalari haqida Bakhtiyor Nazirov va Kuvonchbek Bozorovning

maqolasida batafsil ma'lumot berilgan. Ushbu tadqiqotlar menejmentning turli

jihatlarini, jumladan, boshqaruv, moliyaviy resurslar va infratuzilma masalalarini

oʻrganishga yordam beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–9_Май –2025

62

TADQIQOT VA METODOLOGIYA.

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi Oʻzbekiston futbolida menejmentning

amaliy ahamiyatini oʻrganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal qilish

yoʻllarini taklif qilishdan iboratdir.

1.

Adabiyotlar tahlili

: Oʻzbekiston va xorijiy olimlarning maqolalari,

kitoblari va ilmiy ishlarini oʻrganish.

2.

Soʻrovnoma

: Futbol mutaxassislari, murabbiylar va futbolchilar

oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish.

3.

Intervyu

: Futbol klublari rahbarlari va federatsiya vakillari bilan

intervyu olish.

4.

Statistik tahlil

: Oʻzbekiston futbolining rivojlanishiga oid statistik

ma'lumotlarni tahlil qilish.

TAHLIL VA NATIJALAR.

Jadval 1: Oʻzbekiston futbolida menejment tizimining asosiy jihatlari

Jihat

Tavsif

Boshqaruv

Klublar va federatsiya rahbariyatining samarali faoliyati

Moliyaviy boshqaruv Budjetni taqsimlash va moliyaviy resurslarni boshqarish

Infratuzilma

Stadionlar, trening bazalari va boshqa infratuzilma ob'ektlari

Yoshlarni tayyorlash Akademiyalar, murabbiylar va oʻquv-uslubiy ishlar

Xalqaro hamkorlik

Xorijiy klublar bilan hamkorlik va tajriba almashish

1-jadval tahlili. Ushbu jadval futbol menejmentining eng muhim komponentlarini

ko‘rsatadi. Boshqaruv sohasi qisman samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, moliyaviy

boshqaruv hali yetarli darajada isloh qilinmagan. Infratuzilma sohasida ayrim

klublarda ilg‘or trening bazalari mavjud bo‘lsa-da, mamlakat bo‘yicha umumiy daraja

past. Yoshlarni tayyorlash tizimi nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘lib, ko‘plab futbol

akademiyalari faoliyat yuritmoqda. Xalqaro hamkorlik borasida esa cheklangan

loyiha va almashinuv dasturlari mavjud.

Jadval 2: Oʻzbekistonda futbol menejmentining samaradorligini baholash


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–9_Май –2025

63

Ko'rsatkich

Baholash (1-5)

Boshqaruv samaradorligi 3

Moliyaviy boshqaruv

2

Infratuzilma rivojlanishi

3

Yoshlarni tayyorlash

4

Xalqaro hamkorlik

3

2-jadval tahlili. Bu jadval orqali respondentlarning (murabbiylar, futbolchilar,

tahlilchilar va sport menejerlari) so‘rovnomasi asosida umumiy baholashlar

shakllantirildi. Ko‘pchilik ishtirokchilar boshqaruv tizimini o‘rtacha (3 ball) deb

baholadi. Moliyaviy boshqaruv eng past bahoni (2 ball) oldi, bu sohada shaffoflik va

samaradorlik yetarli emasligini ko‘rsatadi. Infratuzilma borasida o‘rtacha (3 ball)

natija mavjud, bu sohada ba’zi yutuqlar bo‘lishiga qaramay, umumiy rivojlanish sust.

Yoshlar futboli esa eng yuqori bahoni (4 ball) oldi, bu esa ko‘plab akademiyalar

faoliyati va yoshlarni tayyorlash tizimining nisbatan yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini

bildiradi. Xalqaro hamkorlik esa hali keng qamrovli emasligi sababli o‘rtacha (3 ball)

bahoga loyiq deb topildi.

Tahlil va natijalar

1-jadval: O‘zbekiston futbol klublarida menejment ko‘rsatkichlari (2023 yil

holatiga)

XULOSA

O‘zbekiston futbolida menejment tizimi sport tarmog‘ining rivojlanishi uchun

strategik ahamiyat kasb etadi. Futbol – bu nafaqat ommaviy sport turi, balki iqtisodiy,

ijtimoiy va madaniy taraqqiyotga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi tizimli faoliyatdir.

Ushbu tadqiqot orqali aniqlanganki, O‘zbekiston futbolida boshqaruv tizimi

rivojlanish bosqichida bo‘lishiga qaramay, uning samaradorligini oshirishda tizimli

muammolar mavjud. Tahlillarda asosiy e’tibor boshqaruv sifati, moliyaviy

boshqaruv, infratuzilma, yoshlar siyosati va xalqaro hamkorlik jihatlariga qaratildi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–9_Май –2025

64

Tadqiqot natijalaridan ko‘rinadiki, boshqaruv tizimida umumiy strategiya va

ichki hamkorlik mexanizmlarining kuchsizligi natijasida futbol klublari va sport

muassasalari o‘rtasida sinxronlashgan ish faoliyati yetarli darajada yo‘lga

qo‘yilmagan. Klublarda yuqori malakali sport menejerlari yetishmasligi, qaror qabul

qilishdagi sustkashliklar, ijtimoiy mas’uliyatning yetarli darajada baholanmasligi

menejmentda sezilarli muammolarni yuzaga keltirmoqda. Boshqaruvni zamonaviy

tizimlarga moslashtirish va raqamli transformatsiyani joriy qilish bugungi kun

talabidir.

Moliyaviy boshqaruv sohasida esa eng muhim muammo – mablag‘larning

samarasiz taqsimlanishi, shaffoflikning pastligi va homiylik tizimining yetarlicha

rivojlanmaganligidir. Futbol klublari ko‘p hollarda davlat subsidiyalariga bog‘liq

holda faoliyat yuritadi, bu esa ularning moliyaviy mustaqilligini cheklaydi. Xususiy

sektor bilan faol hamkorlik o‘rnatish, sport menejmentining iqtisodiy mexanizmlarini

yangilash va marketing asoslarini kuchaytirish bu sohadagi asosiy yo‘nalishlar

bo‘lishi lozim.

Infratuzilma borasida ayrim yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, mamlakat

bo‘yicha sport bazalari, stadionlar, tibbiy va reabilitatsiya markazlarining teng

taqsimlanmaganligi futbolni ommalashtirish jarayoniga to‘sqinlik qilmoqda.

Viloyatlarda zamonaviy sport maktablari va trening markazlarini ko‘paytirish,

mavjud infratuzilmani kapital ta’mirlash orqali yuqori sifatli tayyorgarlik muhitini

yaratish zarur.

Yoshlar futboli esa so‘nggi yillarda nisbatan ijobiy sur’atda rivojlanmoqda.

Ko‘plab futbol akademiyalari ochilgan, murabbiylar malakasini oshirish kurslari joriy

etilgan, xalqaro yoshlar turnirlarida ishtirok etish holatlari ko‘paymoqda. Shu bilan

birga, bu tizimda nazorat va monitoring jarayonlarini kuchaytirish, iste’dodlarni erta

aniqlash, murabbiylar faoliyatini baholash tizimini joriy qilish orqali natijadorlikni

oshirish mumkin.

Xalqaro hamkorlik masalasi hali to‘liq rivojlanmagan. Yevropa, Osiyo va

boshqa mintaqalardagi ilg‘or futbol klublari bilan hamkorlik aloqalari sust,

futbolchilar va murabbiylarning xorijiy tajriba almashinuvida ishtiroki cheklangan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–9_Май –2025

65

Shu sababli, O‘zbekiston futboli uchun xalqaro menejment modelini o‘rganish, chet

ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, FIFA va

AFC grantlari orqali innovatsion dasturlarni olib kirish muhim ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston futbolida menejmentni tubdan

takomillashtirish uchun quyidagi amaliy choralar muhimdir:

1.

Strategik boshqaruv modelini joriy qilish

– uzoq muddatli

rejalashtirish, indikatorlar va monitoring tizimini shakllantirish.

2.

Moliyaviy shaffoflikni ta’minlash

– klublar byudjetining ochiqligini

nazorat qilish, xususiy sarmoyalarni jalb qilish.

3.

Professional kadrlash tizimini yo‘lga qo‘yish

– sport menejerlari,

moliyachilar, PR-mutaxassislar tayyorlash.

4.

Yoshlar futbolini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash

– seleksiya,

akademiyalar, maktab futboli tarmoqlarini kengaytirish.

5.

Xalqaro aloqalarni mustahkamlash

– xorijiy tajribalarni mahalliy

sharoitga moslashtirish orqali boshqaruvda sifatli yangilanishga erishish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Shavkat Mirziyoyev.

Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot va ma’rifat yo‘lida.

Toshkent: O‘zbekiston, 2021. (Prezident ma’ruzasi asosida)

2.

Karimov, B. B. (2022). “O‘zbekistonda futbolning rivojlanish istiqbollari va

menejmentda zamonaviy yondashuvlar.”

Global ilmiy-amaliy tadqiqotlar jurnali

,

2(5), 45–50.

3.

Abdikamalov, A., & Edenbayev, A. (2023). “O‘zbekistonda futbolni

boshqarishda zamonaviy menejment tamoyillari.”

Educational Insight

, 3(2), 68–74.

4.

Bozorov, K., & Nazirov, B. (2022). “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston

futbolining rivojlanish dinamikasi.”

International Bulletin of Applied Science and

Technology

, 6(4), 112–118.

5.

Hasanov, O. (2021).

Sport menejmenti asoslari

. Toshkent: O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi nashriyoti.

6.

Smith, A. & Stewart, B. (2015).

Introduction to Sport Management

. New

York: Routledge.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–9_Май –2025

66

7.

Hoye, R., Smith, A., Nicholson, M., & Stewart, B. (2018).

Sport

Management: Principles and Applications

(5th ed.). London: Routledge.

8.

Mamatqulov, S. (2020). “Futbol klublarida boshqaruv samaradorligini

oshirishning yo‘llari.”

Oliy ta’lim va innovatsiyalar jurnali

, 1(3), 99–104.

9.

FIFA. (2022).

Global Football Report: Development and Strategy

. Zurich:

Fédération Internationale de Football Association.

Most read articles by the same author(s)