MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
382
O'QUVCHILAR HISSIY SHAKLLANISHIDA MULOQOTNING
O’RNI
Bo’riyeva Aziza Eshmuratovna
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi
73-umumiy maktabi amaliyotchi psixologi
Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish
ko‘p jihatdan o'qituvchi va ota-onaning shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab
o‘tish lozim. Ta’lim jarayonidagi pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan
to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq
keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
Birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik sinf
jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin
pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
Ikkinchidan. har bir o'quvchi bilan o'zaro munosabatni erkin muloqot asosida
tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik
muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib
borish”ga yo‘l ochadi;
Uchinchidan. pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy
normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradoriligini oshiradi,
muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini va
xotiiramligini ta’minlaydi.
Shuningdek O'qituvchi o‘quvchilar, ota-ona va farzandlar bilan bo‘ladigan
muloqot madaniyati o’quvchidagi individual hissiy shakllanishiga ham xizmat qiladi
va bu quyidagi bosqichlarda tashkil qilinadi:
1 O’quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy
xususiyatlarini o‘rganishi: - o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish;
o‘quvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish; o‘qituvchi yo ota-
onaning muloqot madaniyatini to‘g‘ri tashkil etishi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
383
2. Shaxsiy muloqotda ro’y beradigan kamchiliklarni darhol bartaraf
etishi: kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish; har qanday
vaziyatda o'quvchilarga qo‘pollik qilmaslik; O‘quvchi shaxsini mensimaslik kabi
salbiy holatlarni bartaraf etish.
3. O‘qituvchi o‘zi uchun muloqot madaniyatining eng qulay bolgan
uslublarini tanlab olishi: pedagogik faoliyatiga monand yoki oiladagi tarbiya
jarayoniga doir muloqot madaniyati modelini ishlab chiqishi; o‘z-o‘zini kuzatish
bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarini muntazam taqqoslab borishi; muloqotda
milliy ma’naviyatimiz, urf-odat va an’analarimiz imkoniyatlaridan doimiy
foydalanish.
4. Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga
chiqmaslik: har bir o'quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot tizimini
ishlab chiqishi; muloqotning tarbiyaviy ta’sirini va samarasini e’tirof etish; muloqot
madaniyati asosida pedagogik mahoratni namoyish etish.
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o'qituvchilar o'z kasbiy
mahoratlarini oshirish maqsadida o'quvchilar bilan muloqot madaniyatini
shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur. Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni
tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o'qituvchi va o'quvchilarning bevosita
o'zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo'naltiruvchi kuchdir. Bu
o'rinda o'qituvchi quyidagi vaziyatlarni e’tiborga olishni alohida ta’kidlash lozim:
o'qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya qilishi,
bu jarayonda o'qituvchi va o'quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga
qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so'z ohangiga e’tibor, an’anaviy muloqotning
eng yaxshi xususiyatlarini o'zlashtirishi; muloqot asosida sinf jamoasidagi turli
vaziyatlarni qayd etish va hissiy holatlarini bilib olish va hissiy rivojlanishiga yordam
berish mumkun. O'quvchilar xatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy
faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish; o'z muloqot uslubi
natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib
boradi. Zarur so'z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-atvorni vujudga keltiradi. Pedagogik
muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart-sharoitlarini bilib
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
384
olishning o'zi kifoya qilmaydi, o'quvchilar bilan o'zaro muomalaning “ustoz-shogird”
an’analariga xos boshlanishi va o'zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal
qilish bilan muomala obektining diqqatini o'ziga jalb qilishi lozim. Muloqot obekti,
ya’ni o'quvchining diqqatini o'ziga jalb qilish deganda nimani anglash kerak? Buning
ma’nosi o'qituvchi o'zining xushmuomalaligi, madaniyati, go'zal xulqi, muloqotda
o'quvchilar qalbiga yo'l topa olishi bilan o'z mahoratini namoyish qilib, muloqot
madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy-psixologik negizni asos qilib olishidir.
Ko'rsatib o'tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta’sir ko'rsatish uchun,
o'qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-axloqiga,
dilkashligiga, muosharat odobiga alohida talablar qo'yiladi. Ushbu fazilatlar
o'qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan farzandlar o’rtasida muloqot qila
bilishida, o'quvchilar bilan aniq maqsadni ko'zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni
tashkil etishida va ularni boshqara olishida muvaffaqiyatlar garovidir. Muloqot
jarayoni natijasida o’quvchilarda quyidagi hissiy tuyg’ularni shakllantirishga erishish
mumkun.
- Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos bo‘lgan
yuksak ma’naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror e’tiqod, davlatimiz
ideallari, milliy g'oya va istiqlol mafkurasiga sodiqlik vatanparvarlik, fidoyilik
tuyg'ulari shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs;
- Insonlarga samimiy mehr-muhabbat, ularning har qanday ehtiyojlari,
qiziqishlari, xatti-barakatlari motivlarini, xulq-atvorlari tushunish ko'nikmasi va
malakasining shakllangan shaxs;
- jamivatda ro'y berayotgan hodisalar, jahonda ro‘y berayotgan voqealar,
tabiatga, borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo munosabatlarga nisbatan
kuzatuvchanlik, yangilikka, ijodiy izlanishga nisbatan intilish qobiliyatining mavjud
shaxs;
-
Faoliyatning
barcha
jabhalarida
odamlarning
hatti-harakatlari,
munosabatlaridagi xususiyatlami oqilona tushunish, o‘z faoliyatiga nisbatan refleksiv
munosabatni tarkib topgan shaxs;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
385
- Har qanday favqulotda vaziyatlarga, jamiyatda ro‘y berayotgan
yangiliklarga nisbatan hamda ijtimoiy - iqtisodiy o‘zgarishlarga omilkorlik va aql-
idrok bilan munosabatda bo‘lish, o'z oldiga to'g'ri maqsad qo'ya olish, reja tuzish,
bevosita nazorat qilish, boshqarish va o‘z imkoniyatlarini namoyon eta oladigan
shaxs;
- Har qanday faoliyatlarda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhi
munosabatlarda ommaviy harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruvchanlik
qobiliyatini namoyish etadigan shaxs;
Xulosa qilib aytganda bularning barchasiga muloqot jarayonini ma’lum bir
tizim asosida , izchillikda olib borsak albatta erishamiz.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR.
1. E. G'oziyev. Psixologiya. T. «O‘qituvchi» nashriyoti. 2003. (darslik)
2. FAkramova. R.Abdullayeva. Oilaviy hayotni o'rganishga oid psixologik
testlar.T. 2002. Respublika «Oila» markazi.
3. M. Maxsudova. Umumiy psixologiya. (ma’ruzalar matni) Namangan.
4. M. Maxsudova. Muloqot psixologiyasi. (muammoli ma’ruzalar matni).
6. P. S. Ergashev. Muloqot psixologiyasi (ma’ruzalar to‘plami).T. 2003.
ToshDPU.