Authors

  • Tubetbayeva Uldanay Bazarbayevna

Author Biography

  • Tubetbayeva Uldanay Bazarbayevna

    Qoraqalpog’iston Respublikasi  Ellikqal’a tuymani             

    19-umumiy o’rta talim maktabi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117008

Keywords:

Internetga qaramlik onlayn o‘yinlar ta’lim jarayoni ijtimoiy tarmoqlar internetdan oqilona foydalanish

Abstract

Ushbu maqolada internetga qaramlik muammosi o’quvchilar orasida keng tarqalganligi tahlil qilinadi. Internetning zamonaviy hayotdagi roli va uning o‘quvchilar hayotiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Maqola, internetning ijtimoiy, ruhiy va jismoniy salomatlikka, shuningdek, ta’limga bo‘lgan salbiy ta’sirini yoritadi. Internetga qaramlikning salbiy oqibatlari, uning o‘quvchilarning akademik faoliyatiga, ruhiy holatiga va ijtimoiy rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qilishda psixologik, pedagogik va ijtimoiy nuqtai nazardan yondashiladi. Shuningdek, internetga qaramlikni aniqlash usullari, masalan, so‘rovnomalar, testlar, o‘quvchilarning internetdagi faoliyatini kuzatish va ijtimoiy-psixologik alomatlar orqali qaramlikning erta bosqichda aniqlanishi mumkinligi ta’kidlanadi. Internetga qaramlikni bartaraf etishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va muammolar, shuningdek, internetdan oqilona foydalanish, vaqtni boshqarish, sog‘lom qiziqishlarni rivojlantirish zarurligi ko‘rsatilgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_Май –2025

370

O’QUVCHILARDA INTERNETGA QARAMLIK HOLATLARINI

ANIQLASH VA UNI BARTARAF ETISH USULLARI

Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tuymani

19-umumiy o’rta talim maktabi psixologi

Tubetbayeva Uldanay Bazarbayevna

Anotatsiya: Ushbu maqolada internetga qaramlik muammosi o’quvchilar

orasida keng tarqalganligi tahlil qilinadi. Internetning zamonaviy hayotdagi roli va

uning o‘quvchilar hayotiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Maqola, internetning ijtimoiy,

ruhiy va jismoniy salomatlikka, shuningdek, ta’limga bo‘lgan salbiy ta’sirini yoritadi.

Internetga qaramlikning salbiy oqibatlari, uning o‘quvchilarning akademik

faoliyatiga, ruhiy holatiga va ijtimoiy rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil

qilishda psixologik, pedagogik va ijtimoiy nuqtai nazardan yondashiladi. Shuningdek,

internetga qaramlikni aniqlash usullari, masalan, so‘rovnomalar, testlar,

o‘quvchilarning internetdagi faoliyatini kuzatish va ijtimoiy-psixologik alomatlar

orqali qaramlikning erta bosqichda aniqlanishi mumkinligi ta’kidlanadi. Internetga

qaramlikni bartaraf etishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va muammolar,

shuningdek, internetdan oqilona foydalanish, vaqtni boshqarish, sog‘lom

qiziqishlarni rivojlantirish zarurligi ko‘rsatilgan

Kalit so‘zlar: Internetga qaramlik, onlayn o‘yinlar, ta’lim jarayoni, ijtimoiy

tarmoqlar, internetdan oqilona foydalanish

Biz yashab turgan yangi dunyoda texnologiyalar misli ko‘rilmagan darajada

rivojlanmoqda va kompyuterlar oddiy, hatto zarur narsalarga aylandi. O‘quvchilar,

ishchilar va turli sohalarda faoliyat yuritayotgan odamlar internetning cheksiz

imkoniyatlaridan foydalanadilar: axborot olish, o‘qish, ish yuritish, muloqot qilish,

dam olish, o‘yinlar o‘ynash va boshqa ko‘plab faoliyatlar. Internetning qulayligi

bizga dunyo bilan bog‘lanish, yangiliklarni tezda o‘rganish, zamonaviy bilimlarni

olish va har xil sohalarda o‘zimizni rivojlantirish imkonini beradi.Internetning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_Май –2025

371

afzalliklari haqida hamma biladi, aksariyat odamlar undan nafaqat ma’lumot qidirish,

balki virtual olamga haqiqatdan qochish uchun ham foydalanadilar. Virtual borliq -

bu inson tomonidan kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan

dunyo. Virtual reallikning so‘ngi texnologiyalari sizga xayoliy dunyoga to‘liq

sho‘ng‘ish uchun ko‘zoynak va dubulg‘a yaratishga imkon beradi. Ular sizga haqiqiy

hayotdan butunlay uzoqlashishga imkon beradi.

Ammo internetga qaramlik, ayniqsa yoshlar orasida tobora keng tarqalib

bormoqda. O‘quvchilar internetni nafaqat o‘qish, balki vaqt o‘tkazish, ijtimoiy

tarmoqlarda do‘stlari bilan muloqot qilish va o‘yinlar o‘ynash uchun ham

foydalanadilar.

Biroq,

internetga

bo‘lgan

qaramlikning

o‘sishi

o‘quvchilarninnternetning barcha bu foydalari bilan bir qatorda, uning haddan

tashqari ishlatilishi ham salbiy oqibatlarga olib kelishi g ta’lim jarayoniga, ijtimoiy

rivojlanishiga, ruhiy va jismoniy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

David Shapira internetga qaramlikni yoshlar orasida aniqlashga qaratilgan

tadqiqotlar olib borgan. Uning fikricha, internetga qaramlik asosan yoshlar orasida,

ayniqsa, 14-18 yoshli o‘quvchilar orasida keng tarqalgan. Shapira o‘z tadqiqotida

internetdan foydalanishning yoshlar uchun ijtimoiy va psixologik salbiy ta’sirlarini

aniqlagan. Uning fikriga ko‘ra, o‘quvchilar internetga qaram bo‘lishganida, ular

o‘zlarining ta’lim yutuqlarini kamaytiradilar va hayotga bo‘lgan umidlarini

yo‘qotadilar[6]. Bunga ko‘ra J.B. Egamberdiyev o‘z maqolasida shunday deb yozadi.

Onlayn o‘yinlarga qaramlik - bu zamonaviy texnologiyalar rivoji natijasida keng

tarqalgan psixologik muammo bo‘lib, odamlar video yoki kompyuter o‘yinlariga

kuchli bog‘lanib qolish holatidir. Bu qaramlik insonning kundalik hayotiga,

munosabatlariga, o‘qishiga va sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin[1, 90-bet].

Internetning o‘quvchilarga ta’siri, ayniqsa 7-9-sinf o‘quvchilari orasida tobora

kuchayib bormoqda. Yoshlar internetni o‘qish va ma’lumot olish uchun emas, balki

vaqt o‘tkazish, o‘yinlar o‘ynash, ijtimoiy tarmoqlarda do‘stlari bilan muloqot qilish

kabi faoliyatlarda ko‘proq ishlatadilar. Bu esa ularning akademik faoliyatiga, ruhiy

va jismoniy salomatligiga, ijtimoiy hayotiga va o‘zini tutishiga salbiy ta’sir

ko‘rsatishi mumkin. Shu bois, internetga qaramlikni aniqlash va uni bartaraf etish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_Май –2025

372

uchun bir qancha usullar ishlab chiqilgan. Ammo bularni amalga oshirishda ko‘plab

qiyinchiliklar mavjud.

Internetga

qaramlikni

aniqlashning

bir

qancha

usullari

mavjud.

O‘quvchilarning internetdan foydalanish odatlarini o‘rganish va ularning ta’lim

faoliyatiga ta’sirini tahlil qilish, qaramlikni erta aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.

1. So‘rovnomalar va Testlar: Psixologlar va pedagoglar internetga qaramlikni

aniqlash uchun turli so‘rovnomalar va testlar o‘tkazishadi. Masalan, Young‘s Internet

Addiction Test (IAT) – bu internetdan ortiqcha foydalanishni aniqlashga yordam

beruvchi mashhur testdir. Testda o‘quvchilarga internetdan foydalanish vaqtiga,

uning kundalik hayotga va ta’limga ta’siriga oid savollar beriladi. So‘rovnomalar

o‘quvchilarni psixologik nuqtai nazardan tekshirish imkonini beradi va ular internetga

qaramlikni aniqlashda asos bo‘lishi mumkin.

2. O‘quvchilarning Internetdagi Faoliyatini Kuzatish: O‘quvchilarning

internetda qancha vaqt sarflashlari va qaysi faoliyatlarga ko‘proq vaqt ajratishlari

tahlil qilinadi. Masalan, ba’zi o‘quvchilar ko‘proq vaqtni video o‘yinlar o‘ynashga,

boshqalari ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazishga yoki video ko‘rishga sarflashadi.

3. Ijtimoiy va Psixologik Belgilar: Internetga qaramlikning ba’zi ijtimoiy va

psixologik alomatlari mavjud. O‘quvchi internetga kirishdan oldin va undan

foydalanish jarayonida asabiylashishi yoki xavotirga tushishi mumkin. Bu kabi

o‘zgarishlar, ayniqsa, internetda ko‘p vaqt o‘tkazgan o‘quvchilarda kuzatiladi.

Shuningdek, ular doimiy ravishda internetga kirishga intilishadi va real hayotdagi

muloqotdan voz kechishlari mumkin. Shu o‘rinda J.B. Egamberdiyev o‘z maqolasida

quydagicha ta’kidlaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘yinlarga haddan

tashqari berilish yoshlarning kundalik hayotiga, o‘qish samaradorligiga va oilaviy

munosabatlariga sezilarli darajada salbiy ta’sir qiladi. Shuningdek, onlayn o‘yinlarga

qaramlikning asosiy alomatlari - vaqtni nazorat qila olmaslik, sog‘liq muammolari va

ijtimoiy izolyatsiya holatlari aniqlanganligi haqida so‘z yuritadi[1, 87-bet].

Mazkur xavflarning oldini olish maqsadida quyidagi tavsiyalarga e’tibor

qaratish zarur: - farzandingiz tarmoqdan foydalanmoqchi bo‘lganida uni nazoratdan

chetda qoldirmang; - farzandingiz ongiga yuqoriga sanab o‘tilgan xavfli jihatlardan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_Май –2025

373

himoyalanish odatlarini singdirib boring; - farzandingizning tarmoqqa birinchi

qadamlaridanoq, Internetda faqatgina «yaxshi» emas, balki «yomon» axborotlarni

ham uchratishi mumkinligini tushuntiring; - farzandingizga tarmoqqa kirishda

ro‘yxatdan o‘tish qoidalarini, ya’ni shaxsiy ma’lumotlarni berish mumkin emasligini

tushuntiring; - Internetdan biror manbani saqlab olishda e’tibor qaratish zarur bo‘lgan

qoidalarni tushuntiring; - farzandingizga tarmoqda ham haqiqiy hayotdagi kabi tartib-

intizom qoidalarini unutmaslik zarurligini ta’kidlang; - farzandingizning Internetdan

foydalanishida «ota-ona nazorati» dasturlaridan foydalaning va cheklovlarni

o‘rnating; - har kuni farzandingiz muloqotlarini kuzatib borishni o‘zingizga odat

qiling; - farzandingiz va o‘zingizning kompyuter savodxonligingizni muntazam

rivojlantirib boring; - O‘z bilimlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Internet xavfsizligi

sizning bu boradagi bilim va malakangizga ham bog‘liq ekanligini unutmang. Xulosa

qilib aytganda, yoshlarni fan-texnika yutuqlari bilan tanishtirib borish zarur, ammo

salbiy oqibatlarni ham hisobga olgan holda, doimiy nazorat va tushuntirish ishlarining

ular ongiga singdirib borilishi maqsadga

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki internetga qaramlik – bu nafaqat

o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga, balki ularning ijtimoiy, ruhiy va jismoniy holatiga

ham salbiy ta'sir ko‘rsatadigan jiddiy muammoga aylangan. Bugungi kunda internet

resurslari va onlayn platformalar o‘quvchilarning kundalik hayotining ajralmas

qismiga aylangan. Internet orqali bilim olish, o‘yinlar o‘ynash, ijtimoiy tarmoqlarda

vaqt o‘tkazish va boshqa faoliyatlarni amalga oshirish o‘quvchilar uchun keng

imkoniyatlar yaratadi, ammo bu imkoniyatlar, ayniqsa, haddan tashqari

foydalanganda, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Internetga qaramlikning

oldini olish va bartaraf etish, ayniqsa, yoshlar orasida, jamiyatning barcha

a’zolarining faolligini talab qiladi. O‘quvchilarda internetga qaramlikni aniqlash va

unga qarshi samarali choralar ko‘rish uchun, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamiyatning

barcha a’zolari birgalikda ishlashlari zarur. O‘qituvchilar internetdan oqilona

foydalanish, vaqtni samarali boshqarish va sog‘lom qiziqishlarni rivojlantirishda

o‘quvchilarga yordam berishlari kerak. Bu jarayonni amalga oshirishda pedagogik va

psixologik yondashuvlar juda muhim rol o‘ynaydi. Psixologik nuqtai nazardan,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_Май –2025

374

o‘quvchilarga internetga qaramlikning salbiy ta’sirlarini tushuntirish, ularning

psixologik holatini kuzatish va zarur bo‘lganda psixologik yordam ko‘rsatish zarur.

Ota-onalar ham internetdan oqilona foydalanish madaniyatini o‘rnatishda

o‘quvchilarga katta yordam bera oladi. Ular o‘z farzandlarining internetdan

foydalanish vaqtini va kontentini nazorat qilishlari, shuningdek, o‘quvchilarning

haqiqiy dunyo bilan bog‘lanishini ta'minlash uchun oilaviy faoliyatlarga vaqt

ajratishlari lozim.

O‘quvchilarni internetga qaramlikdan saqlashning samarali usullari, shu bilan

birga, zamonaviy texnologiyalarni oqilona tarzda ishlatishni rivojlantirish bo‘yicha

ta’lim dasturlarini joriy etish talab etiladi. Shu bilan birga, davlat va maktab tizimlari

tomonidan internetga qaramlikni oldini olish bo‘yicha ta’lim va targ‘ibot dasturlarini

ishlab chiqish zarur. Bu dasturlar o‘quvchilarga onlayn o‘yinlarga, ijtimoiy

tarmoqlarga yoki boshqa virtual muhitlarga bo‘lgan qaramlikni kamaytirishga

qaratilgan bo‘lishi kerak. Jamiyatda sog‘lom internet foydalanish madaniyatini

shakllantirish uchun, yoshlar va o‘quvchilarni faqat o‘quv dasturlari bilan cheklanib

qolmasdan, ularning ijtimoiy va psixologik holatiga ta’sir ko‘rsatadigan kompleks

dasturlarni amalga oshirish muhimdir. Natijada, internetga qaramlikni oldini olish va

unga qarshi samarali choralar ko‘rish, faqatgina o‘quvchilarni emas, balki ularning

atrofidagi barcha shaxslarni – ota-onalar, o‘qituvchilar, pedagoglar, psixologlar va

jamiyatni birlashtirgan umumiy harakatni talab qiladi. Bu, yoshlarni haqiqiy dunyoga

yanada chuqurroq bog‘lash va ular o‘z vaqtlarini oqilona va samarali tarzda

boshqarishga o‘rgatishning eng yaxshi usulidir

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Egamberdiyev J. B. Onlayn internet o‘yinlariga qaramlikning turli xil ko‘rinishlari

// Inter education & global study. – 2024. – Т. 10, № 1. – Б. 87-94.

2. Xakimova N. B. Internetga qaramlik muammosini o‘rganish // Zamonaviy

psixologiya, pedagogikada fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va

yechimlar. – Тошкент: Tashkent Medical Academy, 2023. – Т. 4. – Б. 859-864.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_Май –2025

375

3. Sorokina A. B.

Интернет в жизни современных детей и подростков:

проблема и ресурс // Современная зарубежная психология. – 2015. – Т. 4, № 1.

– С. 45-64.

4. Nishonova Z.T., Alimova G.Q. “Bolalar psixologiyasi va o’qitish metodikasi”. – T.,

2006.

5. G’oziev E.G’., Samarova Sh.R. Bolalar psixologiyasi. – T.: “Mumtoz so`z” , 2012. –

150 b