MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
346
MAVZU: INTERNET ZO`RVONLIGI-KIBERBULINGNING OLDINI
OLISH BO`YICHA HUQUQIY JAVOBGARLIKNI KUCHAYTIRISH VA
TASHKILIY-TEXNIK YECHIMLAR
Sunnatullayev Akbar Alisher o’g’li
Ichki ishlar Vazirligi Akademiyasi kursanti
Annotatsiya: Zamonaviy inson hayotini internet, ijtimoiy tarmoqlarsiz
tasavvur qilib bo`lmaydi. Ammo internet savodxonligining yetishmasligi
fuqarolarning turli jinoyatlar xususan, internet zo`ravonligi (kiberbulling) qurboniga
aylanishiga sabab bo`layotganligini inkor etib bo`lmaydi.
Kalit so‘zlar: Kiberbulling, raqamli savodxonlik, elektron pochta, injtimoiy
tarmoq,ota-ona kuzatuvi.
Аннотация: Современную жизнь человека невозможно представить
без интернета и социальных сетей. Однако отсутствие цифровой
грамотности становится причиной того, что граждане всё чаще становятся
жертвами различных преступлений, в частности, интернет-насилия
(кибербуллинга). Невозможно отрицать тот факт, что кибербуллинг
представляет серьёзную угрозу для пользователей интернета, особенно среди
молодёжи и детей, и требует особого внимания со стороны общества и
родителей.
Ключевые слова: кибербуллинг, цифровая грамотность, электронная
почта, социальные сети, родительский контроль.
Annotation: It is impossible to imagine modern human life without the
internet and social networks. However, the lack of digital literacy has increasingly
led to individuals becoming victims of various crimes, particularly internet violence
(cyberbullying). It is undeniable that cyberbullying poses a serious threat to internet
users, especially among children and teenagers, and requires special attention from
society and parents.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
347
Keywords: cyberbullying, digital literacy, email, social network, parental
supervision.
Hozirgi kunda fuqarolar ayniqsa yoshlar orasida internet zo’ravonligidan
jabrlanganlar soni ko`payib bormoqda.Shu bilan birga bunday holatlar insonda kuchli
psixologik bosim, ruhiy zo`riqish va hattoki o`z joniga qasd qilish kabi salbiy holatlar
vujudga kelishiga sabab bo`lmoqda.
Mazkur holatlarga quyidagilar sabab bo`lmoqda:
- so`nggi yillarda internet tarmog`idan foydalangan holda o`ldirish yoki
zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitish, ijtimoiy tarmoqlar,messenjerlarda shilqimlik qilish(
ayniqsa ayollarga nisbatan) holatlari keng tarqalmoqda. Tajribalar shuni ko`rsatadiki,
xorijiy davlatlar xususan Hindistonda bunday harakatlar uchun hatto jinoiy
javobgarlik
belgilangan.Masalan,
Hindiston
jinoyat
kodeksining
507
-
moddasidada
shaxsni internet orqali qo'rqitish uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
Bundan tashqari Hindiston Jinoyat kodeksi 354D va 509-moddalarida
internet,
elektron pochta yoki boshqa elektron aloqa shakllaridan foydalanib
har qanday so'z,
tovush yoki imo-ishora orqali
ayolning
sha`niga tajovuz qilganlik, Ayolning onlayn
faolligini elektron pochta, xabar almashish ilovalari kabi turli xil aloqa usullari orqali
kuzatib
borish
uchun
jinoiy
javobgarlik
belgilangan.(
https://blog.ipleaders.in/overview-of-concept-of-cyber-bullying-in-india/)
Biroq,
amaldagi qonunchiligimizda bu holatlar uchun javobgarlik nazarda tutilmagan.
- hozirda O`zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 30 milliondan
oshgan.Ammo,fuqarolarda internet savodxonligi,shuningdek internet tarmoqlar va
messenjerlardan xavfsiz foydalanish bo`yicha bilim va amaliy ko`nikmalar yetarli
emas. Bunga sabab maktab va oliy talim muassalarida o`quvchi va talabalarga bu
sohaga oid bilimlar berilmayapti.Jumladan, 2014-yilda BMTning Bola huquqlari
boʻyicha qoʻmitasi aʼzo hukumatlarga raqamli savodxonlikni milliy maktab oʻquv
dasturlariga kiritishni tavsiya qilgan( https://connectsafely.org/un-bringing-child-
rights-into-the-digital-age/). Ammo, mamlakatimizda raqamli savodxonlik maktab
ta`lim dasturiga kiritilmagan. Bu esa fuqarolarni osongina internet zo`ravonligi
qurboniga aylanishida asosiy omillardan biri bo`lmoqda.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
348
- tajribalar shuni ko`rsatadiki, mamlakatimizda internet zo`ravonligidan
jabrlanganlar aksariyat hollarda bu haqida kimga yoki qaysi tashkilotga murojaat
qilishni bilishmaydi. Bu esa internet zo`ravonligining huquqni muhofaza qiluvchi
organlar e`tiboridan chetda qolishiga sabab bo`lmoqda. Rivojlangan xorijiy
davlatlarda bu muammoni hal etish bo`yicha bir qator chora-tadbirlar yo`lga
qo`yilgan. Xususan, axborot texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi davlatlardan
biri bo`lgan Hindistonda Kiberbulling muammosini hal qilish uchun turli Ishonch
telefonlari o'rnatilgan.Internet zo`ravonligidan aziyat chekkan har qanday yoshdagi
fuqaro bu ishonch telefonlariga murojaat qilishi mumkin.Ishonch telefoniga kelib
tushgan murojaatlar zudlik bilan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
yuboriladi.
Yuqoridagilarni e`tiborga olib quyidagilar taklif etiladi:
Qonunchilikni takomillashtirish:
a) Internet jahon axborot tarmog`idan foydalanib o‘ldirish yoki zo‘rlik
ishlatish bilan qo‘rqitish, agar bu harakat amalga oshirilishidan xavfsirash uchun
yetarli asoslar mavjud bo‘lsa jinoiy javobgarlik belgilash.(Jinoyat kodeksi 112-
moddasi 1-qismiga qo`shimcha sifatida)
b) Internet axborot tarmog`idan foydalanib shahvoniy shilqimlik qilganlik
uchun ma`muriy javobgarlik belgilash.(Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks
41-1-moddasiga qo`shimcha sifatida)
Amaliy chora-tadbirlar:
a) internet zo`ravonligiga uchragan shaxslar murojaat qilishlarini uchun
ishonch telefoni va prevcybuling.uz saytini jorish etish lozim. Ushbu sayt va ishonch
telefoniga kelib tushgan shikoyatlar zudlik bilan tegishli idoralarga yuborilishini
shuningdek, aholiga ishonch telefon va saytga qanday hollarda va qay tartibda
murojaat qilish tartibi haqida OAV jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va televideniya
orqali ma`lum qilish.
b)Internet zo`ravonligi jabrlanuvchilarining aksariyat qismini yoshlar tashkil
etishini inobatga olib maktablarda yuqori sinfdan ( 5-sinfdan) “ Tarbiya darsligi”
o`quv fani tarkibida Raqamli savodxonlik jumladan,ijtimoiy tarmoqlar va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
349
messenjerlardan xavfsiz foydalanish, maxfiylik sozlamalari va parollarni himoya
qilish, shuningdek internet zo`ravonligidan qanday himoyalanish bo`yicha asosiy
bilimlarni berishni yo`lga qo`yish.
e) Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, aksariyat hollarda internet zo`ravonligiga
uchragan bolalar bu haqida ota-onalariga xabar berishdan qo`rqishadi. Bu esa ota-
onalarning farzandlariga nisbatan bo`layotgan tahdidlardan bexabar qolishlariga
sabab bo`ladi.Bunga barham berish uchun bir qator xorijiy kompaniyalar ota-ona
nazorati mobil dasturlarini yaratishgan.( “
”, “Rethink”).Biroq bu ilovalardan
o`zbek tilida foydalanib bo`lmaydi. Ota-onalar uchun farzandlarining ijtimoiy
tarmoqlardagi faoliyatlarini kuzatish maqsadida maxsus milliy mobil ilova yaratish
lozim. Bu ilova ota-onalarning kuzatuvi yordamida farzandlarining internet
zo`ravonligidan jabrlanishlarini oldini oladi:
Ushbu ilovada quyidagi imkoniyatlar mavjud bo`ladi:
-
ota-onalar har qanday zo`ravonlik harakatlardan xabardor bo'lishlari
uchun farzandlarining SMS, qo'ng'iroqlar va elektron pochta xabarlarini kuzatish;
-
O'z joniga qasd qilishga undash va boshqa zo`ravonlik haqidagi har
qanday xabar kelsa ota-ona ogohlantirishlar yuborish;
-
Ota-ona tomonidan farzandining smartfonidagi keraksiz ilovalar va veb-
saytlarni bloklash;
-
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklashga qaratilgan vaqt
chegaralarini belgilash(masalan, 22:00dan 6:00gacha Instagram yoki Telegram
ilovalariga kirishni taqiqlash)
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1.
The United Nations Committee on the Rights of the Child. (2014).
General
comment No. 25 on children’s rights in relation to the digital environment
. BMT.
https://connectsafely.org/un-bringing-child-rights-into-the-digital-age/
2.
iPleaders Blog. (2020).
Overview of Concept of Cyber Bullying in India
.
https://blog.ipleaders.in/overview-of-concept-of-cyber-bullying-in-india/
3.
Hindiston Jinoyat kodeksi (Indian Penal Code):
o
Modda 507: Anonim tahdid orqali qo‘rqitish.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
350
o
Modda 354D: Ayolni onlayn quvib yurish (stalking).
o
Modda 509: Ayolning sha’niga daxl qiluvchi imo-ishora yoki so‘zlar.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi. (1994). [O'zR JK].
5.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi. (1995).
[O'zR
MJtK].
6.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi. (2023).
Raqamli
xavfsizlik
va
savodxonlik
bo‘yicha
yo‘riqnoma
.
7.
ConnectSafely.
(2022).
Parent's
Guide
to
Cyberbullying
.
URL: https://connectsafely.org/cyberbullying/
8.
Qustodio.
(2024).
Parental
Control
App
Features
.