MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
319
XULQI VA TARBIYASIDA NUQSONI BOʻLGAN BOLALAR BILAN
ISHLASHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Usmonova Shoxista Kurganovna
Toshkent shahri Olmazor tumani 16- maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya : Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib
topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahmiyatga ega. Inson
tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch –
ijtimoiy omillar yoki boshqacharoq qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari,
hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi va o’zgarishidir.
Kalit so’zlar: tarbiya, shakilanish, shaxs,xususiyat, aloqa, krizis
KIRISH
Ma’lumki, tarbiya uzluksiz jarayon bo’lib, u inson dunyoga kelishidan to
umrining oxirigacha davom etadi. Bu jarayon davomida atrof-muhitdagi voqe –
hodisalar shaxsga salbiy yoki ijobiy ta’sir etishi mumkin va bu uning shaxsiy
fazilatlarining shakllanish darajasini belgilab beradi. Bu esa ta’lim sohasi oldidagi
eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammoning yuzaga kelishi
sabablarini chuqur tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, tug’ilgan bolaning uni dunyoga
keltirgan shaxslarning kimligi, ikkinchidan u qanday ijtimoiy muhitda tug’ilib
voyaga yetib, ulg’ayotganligiga e’tibor qaratish lozim. Ko’pchilikning fikriga ko’ra,
oxirgi paytlarda “tarbiyasi og’ir” bolalar bilan bog’liq muammolarning tez-tez
uchrab turishi va ular soning keskin oshganligi tasdiqlanmoqda. Shuningdek, bu
muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog’lash mumkin, ya’ni hozirgi vaqtda
axborot oqimining yuqoriligi ( uzluksiz televizor ko’rish, kompyuterda xar hil
o’yinlar o’ynash, internet tizimidagi norasmiy saytlar orqali har xil nomaqbul
axborotlarni o’zlashtirish ) yoki kattalarning e’tibori, oiladagi iqtisod va hokazolar.
Amerikalik amaliyotchi pedagoglar tomonidan pedagogik xizmat doirasida bola
tarbiyasidagi salbiy o’zgarishlarning oldini olishda eng avvalo bolaga ta’sir
ko’rsatish lozimligini ta’kidlashgan. Buning uchun bolaning o’zini o’zgartirishga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
320
tayyorlash,ya’ni: tashqi muhit ta’siridan sarosimaga tushmaslik; turli xil
qiyinchiliklarni yengib o’tishga o’rgatish lozim.
Olimlarning fikricha bolada mavjud noto’g’ri salbiy o’zgarishlarni ruhiy
rivojlanishning me’yor darajasiga yetkazish orqali tarbiyasidagi qiyinchiliklarni
yo’qotishga erishish mumkin. Shunday ekan, insonning psixik taraqqiyotida va
shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal
qiluvchi ahmiyatga ega. Inson tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib
topishiga ta’sir qiladigan kuch – ijtimoiy omillar yoki boshqacharoq qilib aytganda,
jamiyat ishlab chiqarish kuchlari, hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi
va o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir
qiluvchi kuchli omil – inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga
berilishidir. Ma’lumki odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy
tomonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan berilmaydi deb izoh
beriladi. Lekin, shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, real hayotda
ko’pincha insonning xarakter xususiyatidagi salbiy og’ishlar uning nasliy tarkibi
bilan bog’liq ekanligiga amin bo’lamiz.
Boladagi salbiy illatlarni oldini olishda va bartaraf etishda quyidagilarga
e’tibor qaratish lozim:
Har bir yosh davrni o’ziga xos psixologik rivojlanish darajalarini aniqlab
olish lozim;
Bolani tarbiyasidagi sodir bo’layotgan salbiy o’zgarishlarni o’rganib
chiqish kerak;
“Tarbiyasi
og’ir”
bolalarning
psixologik
rivojlanishini
me’yorlashtirishga yo’naltirilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Shunga
amal qilgan holda:
Maktab hududida ko’cha-ko’yda, o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar
va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Bolaga bo’sh vaqtidan unimli foydalanish yo’llarini o’rgatib borish va
uni nazorat
qilish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
321
Ijtimoiy foydali mehnat turlaridan unimli foydalanish;
Bolaning qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda to’g’araklarga
qatnashtirish;
Ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlari, yutuqlari, shu yutuqlarga
erishish uchun kurashlari kabilarga e’tibor qaratish;
Barcha darslarda o’sh tarbiyasi og’ir bolani iloji boricha bir daqiqa ham
nazardan qoldirmaslik. Ota-onalarni psixologik bilimlardan xabardor bo’lishini
ta’minlash;
Maktabda o’tkaziladigan turli tadbirlar: har-xil kechalarda, o’z
tengdoshlari davrasida, o’rtoqlari orasida unga so’z navbatini berish, ularda faol
bo’lishini ta’minlash;
Gazeta, radio, televideniya va jurnallardan to’g’ri foydalanishni
o’rgatish;
Rag’batlantirish metodlarini ishlatib ko’rish. Lozim topilganda olgan
baholarga yarim ball, bir ball qo’shish, yutuqlarinisinfda, maktabda me’yorida
ta’kidlab qo’yish lozim. Agar bola tartibsiz, intizomsiz davraga o’ralashib kirib
qolgan bo’lsa, uni tezlik bilan o’sha davradan ajratib olib, so’ng o’sha tarbiyasi og’ir
bolani “yaxshi” va “a’lo” baholarga o’qiydigan intizomli o’quvchilarga biriktirib
qo’yish kerak.
Mamlakatimizda
mustaqillikka
erishgandan
buyon
jamiyatimizda
kelajagimiz bunyodkori bo’lgan yoshlarga nisbatan bo’lgan e’tibor ancha kuchayadi.
Ayniqsa xalq ta’limi sohasida jiddiy o’zgarishlar bo’lmoqda. Bugungi kunda
o’quvchilar tarbiyasidagi ijobiy o’zgarishlarni har damda sezish mumkin.
O’zbekistonni butun jahon tan olayotgan bir paytda yosh avlodni to’g’ri tarbiyalash
muhim omillardan biri bo’lib hisoblanmoqda. “Kelajakka qanday yoshlar kerak?
Ularni qanday tarbiyalash lozim?” degan savollar hozirgi kunda har bir jonkuyar
pedagogni tashvishga solib kelmoqda. Bola maktab ostonasiga qadam qo’ygunga
qadar oiladagi olti, yetti yillik hayoti mobaynida oila birinchi darajali tarbiyachi
ekanligini ham nazarda tutish lozim.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
322
Bolalar narsa va hodisalarning mohiyatiga o’zlaricha baho beradilar. Ular
ezgulik mezonini intilishlari mo’ljalini dastavval ota-onalari hayoti tarziga qarab
belgilaydi. Yaxshi tarbiya berib yaxshi kishilarni kamol totirgan oilalardagi sofdillik,
samimiylik, bir-biriga hurmat, bolalarda ham shu fazilatlarni kamol topishiga sabab
bo’ladi. Ahil oilada bolaning xulq-atvori me’yorlari to’g’risidagi tasavvuri ota-
onalarning hulqi bilan uyg’un bo’lsa farzandlarini oqilona so’rab – tergab tursalar bu
uydan tarbiyasiz bola chiqishi mumkin emas. Harqalay haqiqat, mehr-oqibat, adolat
tushunchalari, ichi qoralik, loqaydlik, ma’naviy zaiflik, insoniy munosabatlardagi
qashoqlik, ahloqiy nopoklik hukm surgan oilalarda o’sgan bolalarning tarbiyasi
ko’pincha izdan chiqadi. Bola yaxshilik va yomonlikka, haq va nohaqlikka nisbatan
juda sezgir bo’ladi. Agar katta yoshdagi odam nohaqlikka xato deb tushinish mumkin
bo’lsa, bola hayotning barcha murakkabliklarini hali tushinmaydi.
Afsuski, katta yoshdagilarning hammasi ham bolani ruhiy kechinmalari
to’g’risidagi tasavvurlarga ega bo’lmaydi. Ruhiy holat insonning biron – bir tarzda
ta’sir etuvchi xattiharakatlariga berilgan chuqur shaxsiy emotsional bahodir.
Bolaga nohaqlik qattiq ta’sir qiladi. Bola qo’pol baqiriqda ham, mazax
qilishda ham, yo’l-yo’lakay aytilgan tanbehda ham, kattalarning bolaga
e’tiborsizligida ham nohaqlik ko’radi. Nohaqlik haqorat bo’lib tuyuladi, uning izzat
nafsiga tegadi, g’azabini qo’zg’aydi, uning qalbida aktiv(nafrat) va passiv(g’iybat va
ko’ra olmaslik) norozilikning turli tuman formalarini keltirib chiqaradi. Katta
yoshdagi odamni yengilgina hayajonlantirgan narsa, bolada katta kulfatning manbai
bo’lishi mumkin.
Ota-onaning yengil-yelpi mehnatni oqlab, oson pul toppish yo’llarini bolalar
oldida maqtab gapirishlari, otaning o’z hamkorini mazax qilib, maqtanib aytgan
gaplari bolaga axloqsizlik darajasini ochib beradi. “Tarbiyasi og’ir“ va uzluksiz
bo’lsagina ijobiy samara beradi. Odatda tartibsiz, intizomsiz, ishyoqmas, o’qishda
qoloq va no’noq o’quvchilar “tarbiyasi og’ir” bola hisoblanadi. Tajribalardan
ma’lumki, bolalar xarakter jihatdan xar hil bo’ladilar. Bunday bolalarning ayrimlari
anomal xulq-atvorli, ba’zilari sotsial va bir qismi “tarbiyasi og’ir” bo’lishi mumkin.
Axloq normalariga, jamiyat talablariga javob bermaydigan xulq-atvorli bolalar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
323
asotsial xulq-atvorli bolalar deb ataladi. Anomal xulq atvor va harakat bola
miyasining kasalligi bilan bog’liq bo’ladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar – bular tarbiyada
e’tibordan chetda qolgan, o’z xoliga tashlab qo’yilgan bolalardir. Ular qayerdadir,
qachonlardir, kimlarningdir tomonidan yo’l qo’yilgan xatolar, tarbiyalashda ularga
individual yondasha bilmaslik oqibatida paydo bo’ladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar
murakkab tushuncha. Ularning har birida “tarbiyasi og’ir” boshqa bolalarga
o’xshamagan, o’zigagina xos alohida individual xususiyatidir. O’z sababi, o’z
xususiyati, o’zining normadan chetga chiqishi, o’zining tarbiya yo’li bo’ladi.
XULOSA
Boshqacha aytganda, normal ta’lim-tarbiya jarayonida chetda qolgan
o’quvchilar, o’rtoqlari bilan normal munosabat o’rnata olmagan, qalb tug’yonlarini
oshkor etishning tog’ri usullarini topa bilmagan bolalar “tarbiyasi og’ir” bolalar
turiga kiradi. Bunday bolalarni o’z vaqtida payqab, ular bilan yaxshi ish olib
borilmasa, ularga jamoatchilik ta’sirini o’tkazilmasa, noxush ko’ngilsiz voqealar
sodir bo’lishi mumkin. Demak, “tarbiyasi og’ir” degan ibora o’ta salbiy ma’noni
bildirmaydi. U yomon buzilgan, ishonchsiz bola emas. “Tarbiyasi og’ir” bolaga
alohida munosabat, e’tibor va individual yondashuv zarur. Har qanday kasalni
vaqtida davolagan maqul. E’tiborsiz qoldirilgan mayda-chuyda narsadan katta
baxtsizlikka duchor bo’lish ehtimoli tug’iladi. Bolani “tarbiyasi og’ir” holatga olib
boruvchi yagona sabab yo’q. Shuningdek ularni axloqsizlik illatlaridan sog’aytirib,
mo’minqobil qilib qo’yadigan yagona shifobaxsh vosita ham yo’q. Lekin shunisi
ham aniq-ki, jamoatchilik nazoratining bo’shlig’i tufayli og’irlashgan noqulay shart-
sharoitlar, tarbiya ishlarida yuzakilikka yo’l qo’yish o’smir hayotida salbiy
oqibatlarga olib keladi.Tarbiya inson uchun kurash demakdir. Bolaning qanday
bo’lishi – bu shaxsiy ish bo’lmay, balki jamoatchilikni qiziqtirgan muammodir bolani
tarbiyalaganda, u qilgan gunohining mohiyatini yaxshi anglamasligi oqibatida nima
bilan tugashini hali tasavvur qila bilmasligini hisobga olish ham muhim. U chinakam
mard yigit bilan do’st, chin o’rtoq qilishni orzu qiladi. Yanglishib yoki adashib
yomonlar ta’siriga tushib qolganda esa unga darhol tog’ri yo’l ko’rsatilsa, har
tomonlama maqsadga muvofiq bo’ladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
324
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1. Komilova N.G’. “Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi” o’quv
qo’llanma.Toshkent-2007 105 b
2. Tadjiyeva S.N. Sabirova.A.D. “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish” Kurs o’tkazish
uchun xrestomatiya. Toshkent-2009 320 b
3. G.S.Tursunbayeva, G.M.Duschanova, J.S.Sadinov "Botanika" Toshkent 2020.
4.Q. X. Xaydarov, Q. X. Xojimatov. O’zbekiston o‘simlilari. Toshkent 1992.