Authors

  • Roza Shomurodova
  • Nafisa Rahmonova

Author Biographies

  • Roza Shomurodova

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1-bosqich talabasi

  • Nafisa Rahmonova

    Oʻqituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117018

Keywords:

Mahmud Koshg‘ariy Devonu Lug‘otit-turk turkiy tillar tilshunoslik tarixiy lug‘at.

Abstract

Ushbu maqolada XI asr turkiy dunyo ilm-fanining yirik namoyandasi Mahmud Koshg‘ariy va uning “Devonu Lug‘otit-turk” asari keng yoritiladi. Asarning yaratilish maqsadi, tilshunoslikdagi ahamiyati, tuzilishi, til va madaniyat uchun tutgan o‘rni ilmiy asosda tahlil qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_Май –2025

316

MAHMUD KOSHGʻARIYNING “DEVONU LUGʻOTIT TURK”

ASARI

Roza Shomurodova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Oʻzbek

tili va adabiyoti yoʻnalishi 1-bosqich talabasi

Oʻqituvchi: Nafisa Rahmonova

Annotatsiya. Ushbu maqolada XI asr turkiy dunyo ilm-fanining yirik

namoyandasi Mahmud Koshg‘ariy va uning “Devonu Lug‘otit-turk” asari keng

yoritiladi. Asarning yaratilish maqsadi, tilshunoslikdagi ahamiyati, tuzilishi, til va

madaniyat uchun tutgan o‘rni ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Kalit soʻzlari. Mahmud Koshg‘ariy, Devonu Lug‘otit-turk, turkiy tillar,

tilshunoslik, tarixiy lug‘at.

Kirish.

Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Koshgʻariy (Mahmud al-

Koshgʻariy, Mahmud Koshgʻariy, Koshgʻariy, yaʼni Koshgʻarlik Mahmud; 1028-

yoki 1029-yil Issiqkoʻl janubi-sharqidagi Barsxon shahrida tugʻilgan — 1101- yoki

1126-yilda Koshgʻar yaqinida — Oʻpalda vafot etgani taxmin qilinadi) — turkiy

tilshunos olim, filolog.

Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“

(1072—1074) muallifi, turkshunoslik ilmining asoschisi. „Devonu lugʻotit turk“da

turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan

boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi.

Asarning oʻzida keltirilgan maʼlumotga koʻra, 1075—1094-yillarda asarning

toʻrt nashrini tayyorlagan. Asarning ilk nusxasi yoʻqolgan. 1266-yilda koʻchirilgan

qoʻlyozma nusxasi esa saqlanib qolgan. Asarda Koshgʻariy shunday deb yozadi:

„Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli soʻzlar, sajʼlar, maqollar,

qoʻshiqlar, rajaz va vasl deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim. ... Men

isteʼmoldagi soʻzlarnigina berdim, isteʼmoldan chiqqanlarini tashladim. ... Soʻngra


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_Май –2025

317

men har bir qabilaga mansub soʻzlarning yasalish xususiyatlarini va qanday

qoʻllanishini qisqacha izoqlab koʻrsatish uchun alohida yoʻl tutdim. Bu misol

tariqasida turklarning tilida qoʻllanilib kelgan sheʼrlaridan, shodlik va motam

kunlarida qoʻllanadigan hikmatli soʻzlaridan, maqollaridan keltirdim.“

„Devonu lugʻati-t-turk“ („Turkiy tillar devoni“) asarini muallif xalifa Abul

Qosim Abdulloh ibn Muhammad al-Muqtadiy bi-Amrillohga tuhfa qilgan.

„Devonu lugʻotit turk“ asarining arabcha matni 1915—1917-yillarda uch

jildda Istanbulda, mukammal oʻzbekcha sharhli tarjimasi S. M. Mutallibov tomonidan

amalga oshirildi va 1960—1963-yillarda Toshkentda chop etilgan. 6727 ta lugʻat

maqolasida turkiy urugʻ, qabilalarning tili, adabiyoti, tarixi, urf-odatlari boʻyicha

noyob maʼlumotlar jamlangan. Kitob hijriy 466-yili yozilgan, bizga hijriy 664-yili

kotib Muhammad binni Abu Bakr Damashqiy koʻchirgan qoʻlyozma yetib kelgan.

„Devonu lugʻat at-turk“ asarining usmonli turkcha 1939—1941-yillarda B.Atali,

inglizcha 1982—1985-yillarda R.Dankoff bilan J.Kelli, uygʻurchasi esa 1981—1984-

yillarda bir guruh tarjimonlar tomonidan amalga oshirilib, chop ettirilgan.

Ushbu asar muqaddima va lugʻat qismdan iborat boʻlib, Markaziy Osiyo

xalqlari madaniy hayotida alohida oʻrinni egallaydi. Chunki, olim asarga dunyo

xaritasini ham ilova qiladi va Kichik Osiyodan to Xitoy hududlarigacha choʻzilib

ketgan hududlarda yashagan turkiy xalqlar tarixi, geografiyasi, etnogenezi, urf-

odatlari, turmush tarzi va madaniyati toʻgʻrisida gʻoyatda qimmatli maʼlumotlarni

beradi. Asarda turkiy qavm-urugʻlar: qipchoq, oʻgʻuz, yamak, boshqirt, basmil, qay,

yaboku, tatar, qirgʻiz, chigil, yagʻmo, tuxsi, igroq, jaru, jamil, uygʻur, tangut,

tabgʻochlardan tashqari fors, arab, xitoy va rus xalqlari haqida ham maʼlumotlar bor.

Shunisi muhimki, „Devonu lugʻotit turk“ shaharlarda soʻgʻd-turk ikki tilliligi rasmiy

holat boʻlganligi Mahmud Koshgʻariyning asarida ham qayd etilgan.

“Devonu Lug‘otit-turk” — nafaqat lug‘at, balki tilshunoslik, etnografiya,

tarix, adabiyot va madaniyat borasida ham noyob manba hisoblanadi. Bu asar orqali

biz XI asrdagi turkiy xalqlarning hayot tarzi, urf-odatlari, dunyoqarashi va adabiy

merosini bilib olamiz. Shuningdek, Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillarni arab tilidan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_Май –2025

318

kam emasligini ilmiy asosda ko‘rsatgan. U o‘z asarida turkiy so‘zlarning yasalishi,

grammatikasi, sinonimiya va frazeologiyasiga oid ko‘plab misollar keltiradi.

“Devonu Lug‘otit-turk” — turkiy tillar bo‘yicha yozilgan birinchi

ensiklopedik lug‘at bo‘lib, u quyidagi jihatlari bilan ahamiyatlidir: asarda 7500 dan

ortiq turkiy so‘z va ularning arab tilidagi izohi keltirilgan. Turkiy tillarning fonetik,

morfologik va sintaktik xususiyatlari haqida ma’lumotlar mavjud. Ko‘plab she’riy

parchalar, maqollar, topishmoqlar, urf-odatlar, geografik va tarixiy ma’lumotlar ham

keltirilgan. Har bir so‘z misollar bilan, she’riy namunalar yordamida izohlanadi. Asar

tarkibida dunyodagi birinchi turkiy til xaritasi ham mavjud. Bu lug‘at o‘z davrining

til holati, turkiy qabilalar va ularning yashash hududlari haqida noyob tarixiy

ma’lumotlar beradi.

Xulosa.

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu Lug‘otit-turk” asari — o‘zbek va

umuman turkiy xalqlar uchun bebaho ilmiy va madaniy merosdir. Bu asar orqali

turkiy tillarning qadimiyligi, adabiy salohiyati va boyligi isbotlangan. Bugungi kunda

ham ushbu asar tilshunoslar, tarixchilar va madaniyatshunoslar tomonidan chuqur

o‘rganilmoqda va qadrlanmoqda. U faqat ilmiy asar emas, balki milliy iftixor

timsolidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Mahmud Koshg‘ariy. Devonu Lug‘otit-turk — nashrlar asosida.

2.

G‘afurov Q. Turkiy tillar tarixi. — Toshkent: O‘zbekiston, 2008.

3.

Muhammadjonov A. O‘zbek tili tarixi. — Toshkent: Fan, 2012.

4.

Karamatov A. Mahmud Koshg‘ariy — buyuk tilshunos. — Toshkent:

O‘qituvchi, 1997.

5.

www.ziyouz.uz

— O‘zbek madaniy merosi va adabiyoti portali.

6.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Koshg%CA%BBariy

7.

“Koshgʻariy”. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston

milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. 2006.