MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_Май –2025
302
O’QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH ISHLARINI
TASHKILLASHTIRISH
Bog'ibekova Mavluda Adilbek qizi
Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal'a tumani 66-maktab psixologi
Kenjayeva Sevara Shanazarovna
Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 22-umumta'lim maktabi
Anotatsiya: Maktab o’quvchilarini kasb-hunarga yo’naltirishda samarador
usullarni qo’llashda, natijaviylikka erishishda, to’g’ri kasb tanlashga
ko’maklashishda loyihaviy ishdan foydalanish.
Kalit so’zlar: Loyiha, loyihaviy ish, kasb, kasb tanlash, kasb-hunarga
yo’naltirish, shaxs, kasblar forumi, chilangar, remontchi,tadbirkor, motiv,
motivatsiya.
Kasb-hunarga yo’naltirishdan maqsad o’sib kelayotgan yosh avlodni ongli
ravishda kasb tanlashga tayyorlashdir. Ularni kasb hunarga yo’naltirish orqali,
bo’lajak kasbiy qarorlarni shakllantirish, kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun
kasb –hunarga yo’naltirish ishlariga mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim
sifatida qarash lozim. Bu tizim orqali har bir o’quvchi shaxsini kasbga yo’naltirishda
individual xusuyatlarni ham xalq xo’jaligi manfaatlari nuqtai nazardan mehnat
reurslarini to’laqonli ta’minlash zaruratini hisobga olish kerak. Lekin bugungi kunda
umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarni kasbga yo’naltirishning ilmiy amaliy
tizimi yetarlicha ishlab chiqilmagan, ilmiy pedagogik asoslari talab darajasida
yaratilmagan. Bundan tashqari hozirgi kun talablari asosidagi tezkor yangiliklar,
zamonaviy
texnologik
o’quv
qo’llanmalar,
dars
ishlanmalari,
, kasb tanlash mezon va me’yorining
belgilanganligi, kasb tanlash bo’yicha tezkor aloqning o’rnatilmaganligi kabi
muammolar dolzarb masalardan biridir. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya borasida
ilgarilab borilayotgan islohatlarni pedagogik va axborot texnologiyalarisiz tasavvur
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_Май –2025
303
qilib bo’lmaydi. Inson omilini inobatga olgan holda manashu ikkita texnologiya
ta’lim tarbiya samaradorligi omiliga aylanib ulgurdi. Jamiyatimizda fan va texnika
texnologiyalar rivojlanishi ta’sirida bo’layotgan o’zgarishlar ta’lim tarbiyaga bo’lgan
talabi o’zini ta’sirini ko’rsatmoqda. Mehnat ta’limini yo’nalishlaridan biri
xisoblanmish kasb tanlash va ularni kasbga yo’naltirish kunning dolzarb
masalalaridan hisoblanadi. Ishlab chiqarish va turli kasblardagi jarayonlar bilan
o’quvchilarni tanishtirish imkoniyatlari juda kattadir. O’quvchilar o’zlari ota-
onalariga yo shu ish bilan shug’ullanuvchilarning ishlarida yordam beradilar va
yashash joyi atrofidagi mashinalari ishlarini ko’radilar. sShu kasbga oid dastlabki
ma’lumot bilan tanishadilar. Kasb tanlash uchun o’quvchi o’z imkoniyatlarini
baholay olish ko’nikmasiga, ya’ni qiziqishi mos kasblar bo’yicha ma’lumotga ega
bo’lishi, bu kasblarning imkoniyatlari, kelajagi haqida axborot va yangiliklardan
xabardor bo’lishi zarur. Maktablarda o’quvchi yoshlarni kasb –hunarga yo’naltirish
bu ularni qiziqishlari va moyilliklari, layoqatlari hamda qobilyatlariga mos holda
kasb-hunar tanlashlariga ko’maklashish bilan bir qatorda o’smirlarni kasbiy o’zligini
anglash va hayot yo’lini tanlashda maslaxat beruvchi omil sifatida qaralishi nazarda
tutilgan. Bu to’g’risida bir qancha hukumat qarorlari qabul qilingan. Hukumat
qarorlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan o’quvchilarning kasbiy qiziqishi va
layoqatini shakllantirishda, ularni ta’limning keyingi turiga to’gri jalb qilish uchun
kasbga yo’naltirishda qo’llaniladigan o’quv –metodik qo’llanmalar, ilmiy –uslubiy
tavsiyalar, me’yoriy hujjatlar, jamiyatda qadimdan mavjud bo’lgan hamda
yangilanib, o’zgarib borayotgan kasblar haqidagi ma’lumotlarni ta’lim-tarbiya
jarayoniga zamon bilan hamnafas yetkazish samaradorligiga bog’liqdir.
O’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini samarali tashkil
etishda, ushbu jarayonni ta’lim muassasalarida amalga oshiruvchi o’qituvchilar,
pedogog hodimlar hamda aholi o’rtasida(mahalla, ota-onalar) profilaktika ishlarini
olib borish maqsadida hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bularning zamirida
o’quvchi yoshlarni kasbiy qobilyati va layoqatini aniqlash asosida ularni kasbiy
qarorlarini shakllantirishga qaratilgan yaxlit faoliyat jarayonida ta’limning keyingi
turi va bosqichiga to’g’ri yo’naltirish yotadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_Май –2025
304
O’quvchilarni kasbiy qarorlarini shakllantirish - bu o’quvchi-yoshlarga
o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotga malakali mutaxassislar ko’magida
kasbga bo’lgan layoqatiga ishonch hosil qilish, kasbiy vazifalarni qo’llay olish
tajribasini hosil qilish, kasbiy madaniyat sifatlari (kasbiy idrok, kasbiy bilimdonlik,
kasbiy tafakkur, kasbiy salohiyat va hakozalar)ni tarbiyalashga yo’naltirilgan izchil,
tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan pedagogik faoliyat
jarayonidir. Chunki, o’quvchilarni kasb hunarga to’g’ri yo’nalganligini tashkil etish
murakkab, uzoq muddatli dialektik jarayon bo’lib,uning metodik jihatdan to’g’ri
tashkil etilishi ko’zlangan maqsadga erishish muvaffaqqiyatini kafolatlaydi. Mavjud
obektiv va subektiv omillardan unumli faydolana olish ham o’quvchilarga kasb-
hunarni to’g’ri tanlashlariga xissa qo’shadi. O’quvchi-yoshlar o’ratasida kasb-
hunarga to’g’ri yo’naltirishni tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuv o’z
mohiyatiga ko’ra texnologik bo’lishi lozim. Chunki muayyan faoliyatga nisbatan
texnologik yondashuv ushbu faoliyatning yaxlit jarayoni to’g’risida oldindan
to’laqonli ma’lumotga ega bo’lish imkoniyatini beradi. Minglab kasblar olamidan
o’quvchi tanlagan kasbiy qarori bo’yicha turli vaziyatlarni oqilona baholash asosida
faoliyat mazmuniga ma’lum o’zgarishlar, yangiliklar kiritib, tarbiyalanuvchilarga
mavjud bo’lgan kasbiy sifatlarni hisobga olish va ularni boyitish xususida qat’iy
fikrga ega bo’lishi, kasb-hunarga yo’nalganligini samaradorligini muhim omillari
bo’la oladi. Kasb-hunarga yo’naltirishni tashkil etishga nisbatan texnologik
yondashuv-bu o’qvchi oshlar tomonidan o’zlashtirilagan nazariy amaliy ko’nikma
, ularga faol kasbiy yo’naltirishni tashkil etish tajribasini yuzaga
keltirish hamda kasbiy qobiliyat va layoqatlari asosida kasbiy qarorlarni
rivojlantirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonida amaliyotchi psixolog va kasb-
hunarga yo’naltiruvchilar uchun kasb-hunarga yo’naltirishni tashkil etishda
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish majmui bo’lib xizmat
qiladi. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni shakllantirishda hamma uchun zarur bo‘lgan
umumiy qobiliyatlar [masalan, ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyat] yoki juda ko‘p kasblar
va faoliyat turlari uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar [tashkilotchilik qobiliyatlari] ayrim
kasblar yoki nisbatan tor doiradagi kasblar uchun muhim hisoblangan maxsus
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_Май –2025
305
qobiliyatlar hisobga olinadi. Masalan elektromexanik releni sozlovchi kishining
qo‘llarida sezuvchanlik juda yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak, bir xil ohangdagi
qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan bardoshlilik, transport vositalarini haydovchi kishi uchun
zarur, chizmalarga karab murakkab buyumlar tayyorlaydigan kishilar uchun esa
jismlarning fazodagi holatini tasavvur qila olish qobiliyati yaxshi rivojlangan
bo‘lmog‘i kerak. Har qanday kasbda ham umumiy va maxsus qobiliyatlar birga
qo‘shilib kelgan taqdirdagina ishning muvaffaqiyati ta’minlanishi mumkin.Xo‘sh,
agar kishida tanlangan kasb uchun zarur qobiliyatlarning hammasi bo‘lmasachi?
Bunday holda ikki yo‘l bo‘lishi mumkin: yo tanlangan kasbni o‘zgartirish yoxud
yetishmayotgan yoki kam namoyon bo‘lgan qobiliyatlar o‘rnini qoplash yo‘llarini
qidirib ko‘rish kerak bo‘ladi. Masalan: Xotirada kamchilik bo‘lsa, muntazam ravishda
har xil yozuvlar olib borish, kartoteka tuzish va boshqa shunga o‘xshash tadbirlar
bilan o‘sha yetishmovchilik o‘rnini qoplash mumkin. Jismning fazodagi tasvirini
tasavvur etishdagi kamchiliklarni to‘ldirish uchun hajmli modellardan foydalaniladi
va hokazo. Qobiliyatning bo‘sh rivojlanishi o‘rnini qoplash bu odatdagi va zarur
hodisa bo‘lib, agar kishi o‘z ishi sohasida chindan ham yuksak mahoratni egallashi
kerak bo‘lsa, qo‘shimcha mashg‘ulotlar uning hayotida katta o‘rinni egallashi kerak.
Maktabda olib boriladigan faol o‘quv faoliyati sizning har biringizga o‘z aqliy
qobiliyatingizni va eng avvalo tafakkur tiniqligini, mantiqan to‘g‘ri fikrlashni,
tafakkurning mustaqil va original bo‘lishini, topqirlikni, chuqur mulohaza qilishni,
aqliy teranlik va o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishni rivojlantirish imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI.
1. O’zbekiston Respublikasi Tashxis markazi “O’quvchilarni kasb-hunarga
yo’naltirish” o’quv qo’llanmasi
2.Toshimov R. G'oziev Ye. G'. “Zamonaviy individual va guruhiy psixologiya”.
Toshkent, ”Universitet” 1999y.
3. Ye.G'oziev, SH.V.Azizova “Tashkiliy psixologiya” Toshkent-1999y.
4. M.Rajabov “Eksperemental psixologiya metodlari to'plami”.
5.M.G.Davletshin . Yosh davrlari va pedogogik psixologiya. T.2004
6.V.Karimova. Oila psixologiyasi.T.2007