Authors

  • Nurmatov Xusan Jabborovich
  • Eraliyev Muzaffar Usmonovich
  • Alovboyeva Yodgora Shodiyarovna

Author Biographies

  • Nurmatov Xusan Jabborovich

    Sirdaryo viloyati Xovos tumani 8-maktab psixologi

  • Eraliyev Muzaffar Usmonovich

    Sirdaryo viloyati Xovos tumani 10-maktab psixologi

  • Alovboyeva Yodgora Shodiyarovna

    Sirdaryo viloyati Xovos tumani 18-maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117022

Keywords:

Psixologiyani o’rganish prinsiplari individ psixofiziologik funksiya sababiylik printsip sinchkovlik va muntazamlik printsipi.

Abstract

Bolalar psixologiyasini o’rganish qonunyatlari , hozirgi bolalarni qanday bilish usullari , har bir yosh davrini o’ziga xos holatlari va bolalar bilan to’g’ri munosabat o’rnatish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_Май –2025

292

BOLALAR PSIXOLOGIYASINI O’RGANISH TAMOYILLARI

Nurmatov Xusan Jabborovich

Sirdaryo viloyati Xovos tumani 8-maktab psixologi

Eraliyev Muzaffar Usmonovich

Sirdaryo viloyati Xovos tumani 10-maktab psixologi

Alovboyeva Yodgora Shodiyarovna

Sirdaryo viloyati Xovos tumani 18-maktab psixologi

Anotatsiya : Bolalar psixologiyasini o’rganish qonunyatlari , hozirgi

bolalarni qanday bilish usullari , har bir yosh davrini o’ziga xos holatlari va bolalar

bilan to’g’ri munosabat o’rnatish.

Kalit so’zlar: Psixologiyani o’rganish prinsiplari, individ, psixofiziologik

funksiya, sababiylik printsip, sinchkovlik va muntazamlik printsipi.

Bolalar psixologiyasi — yosh davrlari psixologiyasi fanining

bo‘limlaridan biridir. Yosh psixologiyasi, shu jumladan, bolalar psixologiyasining

psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlardan farqi shundaki, u psixik hodisalaming

o‘zini emas, balki rivojlanishi va yosh bilan bog‘liq ravishda o‘zgarishini tadqiq etadi.

Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muhim muammolari quyidagilardan

iborat:

1.

a) turli psixofiziologik funksiyalaming yoshga oid me’yorlarini

2.

ilmiy jihatdan asoslab berish;

3.

b) individ, shaxsning yetuklik mezonlari va namunalarini aniqlash;

4.

c) hayotning turli bosqichlarida insonning real va potentsial

5.

imkoniyatlari qanday bo‘lishini aniqlash;

6.

d) inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi

7.

taraqqiyotida qanday rol o‘ynashini tushunish va ilmiy bashorat qilish.

8.

Ushbu muammolami hal etish uchun inson hayotining har bir bosqichida

— bolalik, o‘spirinlik, yetuklik va qarilikda uning psixikasida ro‘y bergan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_Май –2025

293

o‘zgarishlami chuqur o‘rganish talab etiladi. Albatta, ular o‘rtasida muayyan farqlar

mavjud. O ‘rtadagi farq ulaming maqsadlari, konseptual apparati, metodologiyasi va

ular doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarda yaqqol namoyon bo ladi.

Fundamental—nazariy tadqiqotlarning asosiy maqsadi amaliyot uchun bo‘lgan

ahamiyatidan qa’ti nazar, psixik hodisalar haqidagi bilimlarni kengaytirib borishdan

iborat. Amaliy psixologiya esa kundalik hayot bilan bog‘liq konkret muammolami

hal etishga qaratilgan tadqiqotlarni o‘tkazadi. Fundamental tadqiqotlarda tadqiqotchi

shaxsining ta’sirisiz ham ilmiy metod o‘z vazifalarini bajaradi. Ammo amaliy

psixologiyada psixolog shaxsi metodning ajralmas qismi boiib hisoblanadi. Nazariy

izlanishlarda qo‘llanayotgan metodlarning ishonchliligi, validligi, reprezentativligi

muhim ahamiyat kasb etsa, amaliy psixologiyada bular asosiy rolni o‘ynamaydi.

Shunga qaramay, bola psixik taraqqiyotiga xos qonuniyatlar va nazariy bilimlami

egallabgina haqiqiy professional mutaxassis-psixolog, tarbiyachi bo‘lib yetishish

mumkin. L.F.Obuxova o‘rinli ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi sohasidagi

nazariy vazifalar hal etilgandan keyin ilmiy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish

imkoniyatlari ham kengaytirildi.

9.

Bola psixikasini o‘iganishda tadqiqotchi bir qator pritnsiplar —

qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo‘ladi. Bu printsiplar quyidagilardan

iborat:

10.

Ob’ektivlik prinsipi tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ularning talqinini

aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan, mashg‘ulot davomida bola oynadan

tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma’lumot bo‘lib

hisolanadi. Lekin “bola e’tiborsiz” deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o‘zi

bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi misolda ham

bola oynaga qarab tuigan esa-da, tarbiyachi so‘zlariga katta e’tibor berayotgan

bo‘lishi mumkin.

11.

Sababiylik printsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlarning hosil

bo‘lishini ta’minlovchi barcha shart-sharoit va omillami imkon qadar o‘rganishni

talab qiladi. Masalan, mashg‘ulot davomida bola tez-tez oyna tarafga qarayotgan

bo‘lsa, bu hodisaning iloji boricha ko‘proq sabablarini aniqlashga urinish kerak:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_Май –2025

294

ko’chadagi biron narsa bola e’tiborini o‘ziga tortdimi, mashg‘ulotda bola charchab

qoldimi, qilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi va hokazo.

12.

Sinchkovlik va muntazamlik printsipi bola psixikasi shakllanishi

jarayonini, bunda psixolog va pedagoglar ta’sirini sinchkovlik bilan kuzatib borishni

talab qiladi.Ushbu printsipga muvofiq oldindan:

13.

a) tadqiqot joyi va vaqti aniqlanishi kerak;

14.

b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim;

15.

c) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida o‘tkazilishini

16.

belgilash zarur.

17.

Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya’ni

qandaydir sub’ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni

bevaqt tugatish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda ob’ektivlik printsipi

buzilgan bo‘ladi. Bolani o‘rganish ikki asosiy shaklda: “ko‘ndalangiga kesim” va

“uzunasiga kesim” metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga oshiriladi.

18.

Tadqiqot ko‘ndalangiga kesim shaklida o‘tkazilganda turii yoshdagi

bolalar guruhlarida muayyan psixologik jarayon, holat yoki xususiyat o‘rganiladi va

har xil yosh bosqichidagi bolalar ustidan olib borilgan tadqiqot natijalari o‘zaro

solishtiriladi. Masalan, D.B.Elkonin kichik, o‘rta va katta maktabgacha yoshdagi

bolalaming syujetli-rolli o‘yinlariga xos xususiyatlarni o‘rganib, o‘zaro solishtirib

bolalar o‘yinlari taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko‘ndalangiga

kesim shaklidagi tadqiqotda asosiy e’tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farqlarga

qaratishi kerak. Farq qanchalik kichik bo‘lsa, psixolog tadqiqotchi bola psixikasi va

shaxsidagi muhim o‘zgarishlami payqash uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo’ladi.

19.

Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida o‘tkazilganda bir yoki bir necha

bolaning muayyan vaqt oraligidagi hayoti o‘rganiladi. Tadqiqotchi uzluksiz ravishda

bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o‘tishda bola psixikasi va hulq-atvorida ro‘y

beruvchi o‘zgarishlami aniqlab boradi.

20.

Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida to‘plagan bilim

va tajribalami o‘zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan

iborat. Yosh individ psixik taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega bo‘lgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_Май –2025

295

bosqichi. Psixik taraqqiyotning har bir bosqichida individda muayyan fiziologik va

psixologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Odatda psixologiyada xronologik va psixologik

yosh ajratiladi. Xronologik yosh inson tug‘ilgandan boshlab necha yosh yashaganini

ifodalaydi. Psixologik yosh esa inson psixik rivojlanishi darajasini aks ettirib,

ko‘pincha aqliy

21.

yosh deb ataladi. Aqliy yosh turli yoshdagi odamlar uchun mo‘ljallangan

maxsus test topshiriqlari orqali aniqlanadi. Aqliy yoshning xronologik yoshga nisbati

bola psixik taraqqiyotining o‘ziga xos ko‘rsatkichi — intellektual rivojlanish

koeffitsientini hosil qiladi, bu koeffitsient ingliz tilidan olingan qisqartma IQ harflari

orqali belgilanadi. Bularda albatta bolalar psixologiyasini bilish katta ahamiyat kasb

etadi.

FOYDALANILDAN ADABIYOTLAR.

1. “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” Toshkent, “O’zbekiston”

2000 yil.

2. Jumaboev M “O’zbek bolalar adabiyoti”,Toshkent ”O’zbekiston” 2002 y, 21b.

3. Maxmudov Y.F, Xudoyqulov X.J. “Milliy g’urur-ma’naviy komillik mezoni”.T,

Dizayn-Press 2011.327b.

4. To‘raqulov E. „Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta’lim-tarbiya haqida". T.,

„O‘qituvchi", 1992, 39-b

5. "Qadimiy hikmatlar", T., F. G‘ulom nomidagi Adabiyot nashriyoti, 1987,

6. Rahimova R. “Tarbiyachiga 1001 maslahat”., Toshkent.,2007 yil

7. Sodiqova Sh. “Maktabgacha pedagogika” Toshkentyuyu., 2013 yil

8. Z. Nishonova , G. Alimova “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi ” T

oshkent 2002