Authors

  • Abdurahmonov Zafar Batirovich
  • Qurbonov Jasurbek Shuxratjonovich

Author Biographies

  • Abdurahmonov Zafar Batirovich

    Bojxona instituti, Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi, katta o‘qituvchi, tel: +998909630306,
    e-mail: ucell1@mail.ru

  • Qurbonov Jasurbek Shuxratjonovich

    Bojxona instituti, Bojxona ishi fakulteti, 2-kurs YuP-123-guruh kursanti tel: +998948280807,
     e-mail: qurbonovjasurbek521@mail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117031

Keywords:

sun’iy intellekt Yaponiya tajribasi texnologik innovatsiyalar robototexnika avtomatlashtirish ma'lumotlar tahlili Turing testi raqamli transformatsiya Yaponiya SI strategiyasi kiberxavfsizlik.

Abstract

Mazkur maqolada Yaponiya davlatining sun’iy intellekt (SI) sohasida erishgan yutuqlari, muammolari va istiqbolli rejalari yoritiladi. Shuningdek, Yaponiyaning sun’iy intellekt sohasidagi tajribasi, texnologik yutuqlari va bu boradagi siyosiy strategiyalari tahlil qilingan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

236

SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI

RIVOJLANISHIDA -

YAPONIYA TAJRIBASI.

Abdurahmonov Zafar Batirovich – Bojxona instituti, Axborot texnologiyalari

va matematika kafedrasi, katta o‘qituvchi, tel: +998909630306,

e-mail: ucell1@mail.ru

Qurbonov Jasurbek Shuxratjonovich – Bojxona instituti, Bojxona ishi

fakulteti, 2-kurs YuP-123-guruh kursanti tel: +998948280807,

e-mail: qurbonovjasurbek521@mail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada Yaponiya davlatining sun’iy intellekt (SI)

sohasida erishgan yutuqlari, muammolari va istiqbolli rejalari yoritiladi. Shuningdek,

Yaponiyaning sun’iy intellekt sohasidagi tajribasi, texnologik yutuqlari va bu boradagi

siyosiy strategiyalari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, Yaponiya tajribasi, texnologik innovatsiyalar,

robototexnika, avtomatlashtirish, ma'lumotlar tahlili, Turing testi, raqamli

transformatsiya, Yaponiya SI strategiyasi, kiberxavfsizlik.

ЯПОНСКИЙ ОПЫТ РАЗВИТИЯ ИСКУССТВЕННОГО

ИНТЕЛЛЕКТА.

Абдураҳмонов Зафар Батырович – Таможенный институт, Кафедра

информационных технологий и математики, старший преподаватель,

тел: +998909630306, e-mail:

ucell1@mail.ru

Курбонов Жасурбек Шухратжонович – Таможенный институт,

факультет таможенного дела, курсант 2 курса группы ЮП-123 тел:

+998948280807, e-mail: qurbonovjasurbek521@mail.com

Аннотация. В статье рассматриваются достижения, проблемы и

планы на будущее правительства Японии в области искусственного интеллекта


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

237

(ИИ). Также был проанализирован опыт Японии в области искусственного

интеллекта, технологические достижения и политические стратегии в этом

направлении.

Ключевые слова: искусственный интеллект, японский опыт,

технологические инновации, робототехника, автоматизация, аналитика

данных, тест Тьюринга, цифровая трансформация, стратегия Японии в

области СИ, кибербезопасность.

THE JAPANESE EXPERIENCE IN THE DEVELOPMENT OF

ARTIFICIAL INTELLIGENCE.

Abduraxmonov Zafar Batyrovich - Customs Institute, Department of

Information Technologies and Mathematic

@mail

s, Senior Lecturer, tel:

+998909630306, e-mail

: ucell1.ru

Kurbonov Jasurbek Shukhratjonovich

– Customs Institute, Faculty of

Customs Affairs, 2nd year cadet of group YuP-123 tel: +9989948280807,

e-mail: qurbonovjasurbek521@mail.com

Abstract: This article examines the achievements, challenges, and future plans

of the Japanese government in the field of artificial intelligence (AI). It also analyzes

Japan's experience, technological achievements, and policy strategies in the field of

AI.

Keywords: Artificial intelligence, Japanese experience, technological

innovation, robotics, automation, data analytics, Turing test, digital transformation,

Japan’s SI strategy, cybersecurity.

Kirish.

Yaponiya texnologik rivojlanishda yetakchi davlatlardan biri sifatida

sun’iy intellektni ishlab chiqish va joriy etishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan.

Mamlakatda SI texnologiyalari sanoat, xizmat ko‘rsatish, tibbiyot, ta’lim va kundalik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

238

hayotda keng qo‘llanilmoqda. Yaponiya hukumati SI strategiyasini ishlab chiqib, uni

amalga oshirish uchun turli dastur va loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu

jumladan, sun’iy intellekt asosida avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari, aqlli

robototexnika va avtomatlashtirilgan transport vositalari faol rivojlantirilmoqda.

Shuningdek, Yaponiya sun’iy intellektni ijtimoiy muammolarni hal qilishda, xususan,

keksayib borayotgan aholining parvarishi va xizmat ko‘rsatishda qo‘llamoqda.

Mamlakatda ilg’or universitetlar va tadqiqot markazlari sun’iy intellekt bo‘yicha ilmiy

izlanishlar olib bormoqda. Shu bilan birga, SI texnologiyalarining ijtimoiy-axloqiy

jihatlari va xavfsizlik muammolari ham dolzarb masala sifatida muhokama

qilinmoqda. Yaponiya tajribasi dunyo miqyosida sun’iy intellektni rivojlantirish va

undan samarali foydalanish yo‘nalishida muhim o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi. Yaponiya

tajribasi sun’iy intellektni rivojlantirishning innovatsion yondashuvlari va ijtimoiy

integratsiya masalalariga doir qimmatli bilim va tajribalarni taqdim etadi.

Asosiy qism.

Sun’iy intellekt (SI) – bugungi kunda dunyo ilm-fani va

texnologiyalarining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Yaponiyada sun’iy

intellekt texnologiyalari rivoji jahon miqyosida e’tirof etilgan va boshqa davlatlarga

o‘rnak

bo‘lib

xizmat

qilmoqda.

Yaponiyada

sun’iy

intellekt

rivoji

XX asrning o‘rtalaridan boshlangan bo‘lib, dastlab robototexnika va avtomatlashtirish

sohasida katta qadamlar tashlangan. Bugungi kunda esa SI texnologiyalari sanoat,

sog’liqni saqlash, transport va xizmat ko‘rsatish sohalariga keng tatbiq etilmoqda.

Yaponiyada sun’iy intellekt rivojini rag‘batlantirish uchun maxsus davlat dasturlari va

strategiyalar ishlab chiqilgan.

Jumladan, 2017 yilda qabul qilingan “Sun’iy intellekt milliy strategiyasi”

mamlakatda SI rivojlanishida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hujjat

hisoblanadi. Yaponiya sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida bir qancha muhim

yutuqlarga erishdi. Robototexnika, tibbiyotda avtomatlashtirilgan diagnostika va aqlli

transport tizimlari kabi sohalarda ilg‘or ishlanmalar amalga oshirilgan. Yaponiyada

sun’iy intellekt AQSh, Yevropa Ittifoqi va Janubiy Koreya kabi davlatlar bilan SI

texnologiyalarini birgalikda ishlab chiqish va tajriba almashish loyihalari asosida

rivojlanmoqda. Yaponiya sun’iy intellekt texnologiyalariga katta e’tibor berib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

239

kelmoqda. O‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab mamlakat robototexnika va

avtomatlashtirish sohasida sezilarli yutuqlarga erishgan. Bugungi kunda Yaponiya

dunyo bo‘ylab robototexnika va avtomatlashtirish yetakchilaridan biri sifatida e’tirof

etiladi. Yaponiya hukumati sun’iy intellekt rivojlanishini milliy siyosat darajasida

qo‘llab-quvvatlaydi.

Xususan, 2017-yilda qabul qilingan “Sun’iy intellekt asosiy strategiyasi”

mamlakatning texnologik rivojlanish yo‘nalishini belgilab berdi. Bu strategiyada inson

resurslarini tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va raqamli infratuzilmani

mustahkamlash asosiy yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatilgan. Yaponiyaning robototexnika

sohasidagi muvaffaqiyatlari dunyo miqyosida e’tirof etilgan. Toyota, Sony va Honda

kabi kompaniyalar robototexnikalarni ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinni egallaydi.

Asimo va Pepper kabi mashhur robotlar inson bilan muloqot qilish va oddiy vazifalarni

bajarish qobiliyatiga ega.

Yaponiya

kompaniyalari

sun’iy

intellekt

texnologiyalaridan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga katta e’tibor

qaratmoqda. Masalan, Toyota kompaniyasi ishlab chiqarish jarayonlarida

avtomatlashtirilgan robotlardan foydalanmoqda. Sony kompaniyasi esa AI tahlil

texnologiyalarini musiqiy kontent yaratishda foydalanib kelmoqda. Yaponiyaning

nufuzli universitetlari, jumladan, Tokio universiteti va Kyushu universiteti, sun’iy

intellekt texnologiyalarini tadqiq qilish va rivojlantirish bo‘yicha yetakchi

markazlardir. Ular raqamli texnologiyalar va robototexnika sohasida yangi

yondashuvlar ishlab chiqilgan.

Hulosa.

Yaponiya jamiyati sun’iy intellekt va robototexnikani qabul qilishda

boshqa mamlakatlardan farq qiladi. Robotlar nafaqat ishlab chiqarishda, balki xizmat

ko‘rsatish va kundalik hayotda ham faol qo‘llanilmoqda. Bu holat SI

texnologiyalarining

ijtimoiy

integratsiyasi

muvaffaqiyatli

kechayotganligini

ko‘rsatadi.

Yaponiya sun’iy intellektni joriy qilishda boshqa mamlakatlar uchun tajriba

maydoni hisoblanadi. Mamlakatning avtomatlashtirish va robototexnika sohasidagi

yutuqlari global miqyosda texnologik rivojlanishga hissa qo‘shmoqda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

240

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA ILMIY MANBALAR:

1.

«Fifth

Generation

Computer

Systems

(FGCS)»

loyihasi.

( https://www.geeksforgeeks.org/fifth-generation-of-computers/)

2. «Prolog and its Applications: A Japanese Perspective» – kitobi, yozuvchi, Fumio

Mizoguchi.

(https://www.ebay.com/itm/364704258479)

3. «ABCI 3.0: Evolution of the leading AI infrastructure in Japan».

Society- 5.0 konsepsiyasi

.

(https://www.researchgate.net/publication/385823118_ABCI_30_Evolution_of_the_l

eading_AI_infrastructure_in_Japan)

4. «The advent of medical artificial intelligence: lessons from the Japanese approach»

– PMC

(

Programmable

Machine

Control

)

.

Journal

of

intensive

care

(https://jintensivecare.biomedcentral.com/articles/10.1186/s40560-020-00452-5)

5. «Japan to develop generative AI to speed scientific discovery» – Nikkei Asia.

(https://asia.nikkei.com/Business/Technology/Japan-to-develop-generative-AI-to-

speed-scientific-discovery)

6. «The Land of the Rising AI: Japan’s AI Development Journey»

(https://www.shinkalabs.com/blog/230718-japan-ai-history)