Authors

  • Azamatova Hulkar.

Author Biography

  • Azamatova Hulkar.

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo`nalishi

    talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117037

Keywords:

temperament temperament tiplari xolerik sangvinik flegmatik melanxolik psixologiya shaxs.

Abstract

Ushbu ishda temperament tushunchasi va uning psixologik jihatlari o‘rganilgan. Temperament tiplari – xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolik tahlil qilinib, har birining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, temperamentning inson faoliyatiga va shaxsiy xususiyatlariga ta’siri yoritilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

197

MAVZU: TEMPERAMENT VA UNING TIPLARI

.

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo`nalishi

talabasi Azamatova Hulkar.

Annotatsiya: Ushbu ishda temperament tushunchasi va uning psixologik

jihatlari o‘rganilgan. Temperament tiplari – xolerik, sangvinik, flegmatik va

melanxolik tahlil qilinib, har birining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, temperamentning inson faoliyatiga va shaxsiy xususiyatlariga ta’siri

yoritilgan.

Abstract:This paper explores the concept of temperament and its

psychological aspects. It analyzes the four main types of temperament – choleric,

sanguine, phlegmatic, and melancholic – highlighting their unique characteristics. The

study also examines how temperament affects human behavior and individual

personality traits.

Аннотация:В данной работе изучается понятие темперамента и его

психологические аспекты. Рассматриваются четыре основных типа

темперамента — холерик, сангвиник, флегматик и меланхолик, описываются их

особенности. Также освещается влияние темперамента на поведение человека

и личностные качества.

Kalit so`zlar: temperament, temperament tiplari, xolerik, sangvinik, flegmatik,

melanxolik, psixologiya, shaxs.

Keywords: Temperament, types of temperament, choleric, sanguine,

phlegmatic, melancholic, psychology, personality.

Ключевые слова:Tемперамент, типы темперамента, холерик,

сангвиник, флегматик, меланхолик, психология, личность.

Temperament-

odamning individual xatti-harakatlarini ifodalab beruvchi

turg`un va tug`ma hisoblanadigan psixofizologik xususiyatlar jamlanmasidir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

198

Temperament tug`ma va shu bilan birga o`zgarmas. Inson qaysi temperamentning

egasi hisoblansa umrining so`ngiga qadar shu temperamentda qoladi.

I.P. Pavlov temperamentni quyidagicha ta’riflaydi:”Har bir ayrim kishining

va shuningdek, har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xarakteristikasidir, har bir

individning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa beradigan nerv sistemasining asosiy

xarakteristikasidir”.

Har

bir

insonning

o`z

temperamenti

bo`ladi.

Lekin

ularning

temperamentlarida bir xususiyatning individual holatda emas, balki tafovutlar bilan

uchrashi kuzatiladi.

Temperamentlarni asosan 4tipga bo`lib kelishgan.

1.

Xolerik

2.

Sangvinik

3.

Melanxolik

4.

Flegmatik.

Xolerik-

temperamentning jizzaki, qiziqqon, chaqqon, beqaror, hissiy

reaksiyaga boyligi bilan ajralib turadi. Ushbu tip juda harakatchan va kata ish

qobiliyatiga ega. Biroq boshlagan ishini oxiriga yetkazmay tezda tashlab qo`yadi.

Xolerik hech qachon bir maromda ishlay olmaydi.

Ushbu temperamentga mansub bolalar serg`ayrat bo`lishadi. Shuningdek

arazchan ,serjahl va tajangligi bilan ko`zga tashlanib turishadi. Xolerik

temperamentiga mansub insonlardagi kayfiyat ancha barqaror va davomli bo`ladi.

Sangvinik-

tirishqoq, ta’sirchan, quvnoq va chaqqon odamlar. Ular tez

moslashuvchan va atrofda bo`lyotgan voqea-hodisalarga reaksiyalari kuchli. Sangvinik

bolalar har qanday ishga qatnashish uchun doimo tayyor bo`lishadi. Lekin qanday tez

boshlagan bo`lishsa, shu ishlarini tezda qaytishlari ham mumkin. Kayfiyatlari esa

o`zgaruvchanligi bilan ajralib turadi.

Melanxolik –

ushbu temperament egalari zaif, yig`loqi, g`amgin va jur’atsiz

odamlar hisoblanishadi. Ular tezda xafa bo`lishadi. Temperamentdagi inson arzimas

qiyinchiliklarga ham bardosh bera olishmaydi va kurashdan voz kechishadi.

Shuningdek, ular o`z mo`min-qobilligi, yuvoshligi bilan va murojaatlarga uyalib,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

199

tortinib javob berishllari bilan ajralib turishadi. Ularning kayfiyatlari barqaror va

boshqa temperamentlarga nisbatan davomiydir.

Flegmatik

– hissiyotning juda sekin va kuchsiz qo`zg`alishi, hamda uzoq

davom etmasligidir. Ularning psixik jarayonlari sust va kuchsiz bo`ladi. Ular

tashabbus ko`rsatishga moyil emaslar. Flegmatikni ko`p hollarda sekin yonuvchi

olovga o`xshatishadi. U uzoq yonuvchi alangadir. Ushbu temperament kishilari tez

javob berish lozim bo`lgan vaqtlarda vaqtni qo`ldan boy berib qo`yishadi.

Xulosa:

Har bir insonda temperament aniq bir holatda uchramasligi ham mumkin.

Masalan, bir shaxsda 70% sangvinik va 30% flegmatik xususiyatlari qo`shilib kelishi

mumkin. Lekin hech kimda temperament nisbati 50/50 nisbatda uchramaydi. Har doim

bir tip o`z ustunligiga ega bo`ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Z.Ibodullayev. “Tibbiyot psixologiyasi”. Darslik, 3-nashr., T.,2019.,

2.

A.V.Petrovskiy, “Umumiy psixologiya”, 1992-yil.

3.

P.V.Ivanov. “Umumiy psixologiya”, 1972-yil.

4.

www.ziyonet.uz