MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
168
BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA INTERAKTIV VOSITALAR:
DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI
Sharafiddinova Chinora Erkin qizi
sharafiddinovachinora@gmail.com
Ataxanov Diyorbek Baxtiyor o‘g‘li
Bozorboyeva Sevinchoy Dilshod qizi
sevinchbozorboyeva36@gmail.com
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Biologiya yo‘nalishi 3-bosqich
talabalari
Usmonova Ruzixon Bozorovna
CHDPU Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya: bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim tizimining jadallik bilan
rivojlanib borayotgan sharoitida biologiya fanini o‘qitishga ixtisoslashgan pedagog
kadrlarni tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Biologiya fanining
ilmiy yutuqlari hayotning turli jabhalarida o‘z aksini topmoqda va bu esa mazkur
fandan ta’lim berish sifatiga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Shu sababli, maktab
ta’limida biologik bilimlarning o‘rni va roli kundan-kunga muhimlik kasb etmoqda.
Kalit so‘zlar: biologiya taʼlimi, interaktiv vositalar, zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, dars samaradorligi, ta’lim sifati, raqamli ta’lim, multimedia vositalari,
o‘quvchi faolligi, virtual laboratoriyalar, gamifikatsiya, vizual o‘qitish, interfaol
metodlar, pedagogik innovatsiyalar.
Davlatimiz rahbari “Darsliklarning sifati va mazmunini takomillashtirish,
oʻquvchilarga zamonaviy bilimlarni yetkazish, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda yangi
yondashuvlarni joriy etish zarur” degan fikri har kungidan dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
169
Yosh mutaxassisni tayyorlash jarayonida o‘quvchi o‘qituvchining bevosita
rahbarligida ta’limning mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari asosida organik
olam qonuniyatlari, biologik hodisa va voqealarning mohiyati hamda ularning o‘ziga
xos xususiyatlarini o‘rganadi. Bu jarayonda o‘quvchi nazariy bilimlar bilan birga
amaliy ko‘nikma va malakalarni egallab boradi. Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha,
o‘quv jarayoni — bu o‘quvchining bilish faoliyati bo‘lib, bunda u atrof-muhit
to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirib boradi[2].
Shu jihatdan qaralganda, biologiya ta’limi o‘quvchining faqatgina fanga oid
bilimlarni egallashi emas, balki uning tafakkuri, kuzatuvchanligi va ilmiy-tahliliy
fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi[3]. O‘qituvchi esa bu jarayonda
o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etuvchi va uni boshqaruvchi yetakchi shaxs
sifatida namoyon bo‘ladi. U nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlarga erishish orqali shaxsning har tomonlama kamol topishiga imkon yaratadi.
Tadqiqotlar ko‘rsatmoqda-ki, ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan
o‘qituvchining metodik tayyorgarligi, individual yondashuvi va zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash darajasiga bog‘liq[4]. Shu bois, yosh mutaxassislarni
tayyorlashda nazariy bilimlar bilan bir qatorda metodik kompetensiyalarni
shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim jarayoni — bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ikki tomonlama,
murakkab, ijtimoiy-ma’naviy va aqliy jarayon bo‘lib, u o‘qituvchining kasbiy-
pedagogik faoliyati asosida amalga oshiriladi. Bu faoliyat nafaqat bilim berish, balki
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, muammoli vaziyatlarni hal qilishga, hamkorlikda
ishlashga o‘rgatish vazifasini ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ta’lim jarayoni faqat
ma’lumot yetkazish emas, balki pedagogik jarayonni tahlil qilish, umumlashtirish va
lozim bo‘lsa, uni takomillashtirishni talab etadi[5;6].
Zamonaviy pedagogik yondashuvlarga ko‘ra, o‘qituvchi — o‘quv jarayonining
yagona bilim manbai emas, balki o‘quvchini bilim olishga undovchi, yo‘l ko‘rsatuvchi,
maslahat beruvchi, tahlilchi va motivator sifatida namoyon bo‘ladi [7;8]. Shu nuqtai
nazardan qaralganda, o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish
o‘qituvchining asosiy metodik mahorat ko‘rsatkichlaridan biridir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
170
Bilish faoliyatini shakllantirish o‘quvchining motivatsiyasi, qiziqishi, aqliy
faolligi va mustaqil izlanishga tayyorligiga bevosita bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida,
darsning to‘g‘ri tashkil etilishi, didaktik materiallarning mazmuni, interfaol metodlar
va zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanishi bilan chambarchas bog‘liq. Xususan,
muammoli ta’lim, loyihalash metodikasi, klasterlar, mantiqiy xaritalar, reflektiv
savollar va baholash mezonlarining aniqligi o‘quvchilarni faol bilim egallashga
undaydi [9].
Shuningdek, darsda o‘quvchilarning individual o‘ziga xosliklarini inobatga
olgan holda differensial yondashuv, ta’limiy vazifalarning bosqichma-bosqich
murakkablashuvi, o‘zaro hamkorlikda o‘rganish (kooperativ ta’lim) usullaridan
foydalanish o‘quvchilarning bilish faoliyatini faol tashkil etishga xizmat qiladi[1].
Pedagogik jarayonni samarali boshqarish uchun o‘qituvchi quyidagilarga
e’tibor qaratishi zarur:
darsning maqsad va vazifalarini aniq belgilash;
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish;
bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga yo‘naltirilgan metodikani tanlash;
o‘z faoliyatini muntazam tahlil qilish va rivojlantirish.
Pedagogik faoliyatda doimiy refleksiya — ya’ni o‘z darslarini tahlil qilish,
o‘quvchilarning fikrlarini inobatga olish va ulardan chiqadigan ehtiyojlar asosida
yangicha yondashuvlar ishlab chiqish muhimdir. Bu jarayon o‘qituvchining
professional rivojlanishi va pedagogik innovatsiyalarga ochiqligini belgilaydi.
Biologiya fani maktabda boshqa fanlardan farqli o‘laroq, tabiat hodisalarini
tizimli va tarixiy yondashuv orqali o‘rganishni ta’minlaydi hamda bilimning
chuqurligini oshirishga yordam beradi. Biologiyani o‘qitish jarayonida
o‘quvchilarning dialektik tafakkuri shakllantiriladi, ularga organik dunyoning ilmiy
tasavvuri, hayotning tarixiy rivoji va uning harakat tizimidagi o‘rni, shuningdek,
qarama-qarshi bilim olish usullari tushuntiriladi. Biologiya maktabda tabiatshunoslik
siklining asosiy fanlaridan biri bo‘lib, shaxsning rivojlanishida va shakllanishida
muhim rol o‘ynaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
171
“Keys-stadi” texnologiyasi (inglizcha: case study — “case” — vaziyat,
“study” — o‘rganish)
o‘quvchilarda haqiqiy yoki sun’iy muammoli vaziyatlarni tahlil
qilib, eng samarali yechimlarni topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan
metodikadir. Ushbu texnologiya o‘quvchilarga har qanday mazmundagi vaziyatni
mustaqil o‘rganish va tahlil qilishni o‘rgatadi. Ta’lim jarayonida Keys-stadi
texnologiyasining samaradorligi uning quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishiga
bog‘liq:
1. Individual ravishda vaziyat yechimini izlash;
2. Jamoaviy hamkorlikda muammoni hal qilish.
Individual ish jarayoni quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1. O‘quvchi Keys-stadi texnologiyasining mohiyati va qo‘llash qoidalari bilan
tanishadi;
2. Taqdim etilgan muammoli vaziyat o‘rganiladi;
3. Asosiy va yordamchi masalalar ajratiladi, ularning shakllanishi va
asoslanishi amalga oshiriladi;
4. Tadqiqot metodlari tanlanib, vaziyat chuqur tahlil qilinadi;
5. Muammoning amaliy tomonlari o‘rganiladi;
6. Muammoni hal etish usullari va vositalari aniqlanadi;
7. Topilgan yechimni ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar
belgilab chiqiladi.
Jamoaviy hamkorlik esa quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Guruh a’zolari muammo va uning yechimlari bo‘yicha fikr almashadilar;
2. Yechim variantlari muhokama qilinib, ularning samaradorligi baholanadi;
3. Muammoni yechish uchun aniq dastur ishlab chiqiladi;
4. Muammo yechimi bo‘yicha taqdimot tayyorlanib, unda ishlatiladigan
materiallar tartibga solinadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, biologiya fanini o‘qitishda interaktiv
vositalardan foydalanish darslarning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Keys-
stadi kabi texnologiyalar o‘quvchilarda nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy
tafakkur va muammolarni tahlil qilish ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. Tizimli va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
172
tarixiy yondashuv orqali tabiat hodisalarini o‘rganish, o‘quvchilarning dialektik
fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va biologiyaning ta’lim jarayonidagi ahamiyatini
yanada kuchaytiradi. Shuningdek, individual va jamoaviy ishlash shakllarini uyg‘un
qo‘llash, o‘quvchilarni faol ishtirok etishga rag‘batlantiradi va o‘rganish jarayonini
samarali qiladi. Shu bois, biologiya darslarida interaktiv metod va vositalarni keng
joriy etish ta’lim sifatini yaxshilashda muhim omil hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Klarin, M.V. (1995). Innovatsionnie modeli obucheniya v zarubezhnoi pedagogike.
Moskva: Pedagogika.
2. Qodirov S. (2021). Pedagogik texnologiyalar va innovatsion ta’lim. Toshkent:
O‘zbekiston pedagogika nashriyoti.
3. Karimov B. (2019). Biologiya o‘qitish metodikasi asoslari. Samarqand: SamDU
nashriyoti.
4. To‘xtayev H. (2020). “Zamonaviy biologiya ta’limida o‘qituvchining o‘rni”. Ta’lim
va fan, 3(58), 45–50.
5. Xolmatov Sh. (2018). O‘qituvchining kasbiy kompetentligini rivojlantirish
muammolari. Toshkent: TDPU ilmiy jurnali.
6. Turaev, X. (2021). Ta’lim sifatini oshirishda darsning zamonaviy modeli. //
“Pedagogik ta’lim” ilmiy-amaliy jurnali, №4.
7. Dewey, J. (1938). Experience and Education. New York: Macmillan.
8. Kraevskiy, V.V. (2001). Pedagogika: Uchebnoe posobie dlya studentov
pedagogicheskikh vuzov. Moskva: Akademiya.
9. Usmonboeva, A. (2020). Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan
foydalanish. Toshkent: TDPU.10.