Authors

  • Ma’murova Maftunaxon Maqsud qizi
  • Ro’zimurodov Ilyos Azamat o’g’li

Author Biographies

  • Ma’murova Maftunaxon Maqsud qizi

    Xalqaro Nordik Universiteti
    Musiqa ta’limi kafedrasi 3-kurs talabasi 

  • Ro’zimurodov Ilyos Azamat o’g’li

    ilmiy rahbar: Xalqaro Nordik Universiteti
    Musiqa ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117175

Keywords:

Fortepiano ijrosi kognitiv ijobiy samaradorlik nazariy ilmiy izlanishlar tahlil.

Abstract

Mazkur maqolada fortepiaono ijrosi va musiqaning inson organizmiga kognitiv ijobiy samaradorligi, olim va mutafakkirlarning nazariy ilmiy izlanish va tadqiqotlari tahlili keltirib o‘tilgan. 


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

302

FORTEPIANO IJROSI VA MUSIQANING INSON ORGANIZMIGA

IJOBIY TA’SIRI

Xalqaro Nordik Universiteti

Musiqa ta’limi kafedrasi 3-kurs talabasi

Ma’murova Maftunaxon Maqsud qizi

ilmiy rahbar: Xalqaro Nordik Universiteti

Musiqa ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Ro‘zimurodov Ilyos Azamat o‘g‘li

Annotatsiya. Mazkur maqolada fortepiaono ijrosi va musiqaning inson

organizmiga kognitiv ijobiy samaradorligi, olim va mutafakkirlarning nazariy ilmiy

izlanish va tadqiqotlari tahlili keltirib o‘tilgan.

Tayanch iboralar. Fortepiano ijrosi, kognitiv ijobiy samaradorlik, nazariy

ilmiy izlanishlar, tahlil.

Аннотация. В статье представлен анализ положительного

когнитивного воздействия игры на фортепиано и музыки на организм человек а

также теоретические научные исследования и изыскания ученых и мыслителей.

Ключевые

фразы.

Фортепианное

исполнение,

когнитивная

положительная эффективность, теоретические научные исследования, анализ.

Annotation. The article presents an analysis of the positive cognitive impact of

playing the piano and music on the human div, as well as theoretical scientific

research and studies by scientists and thinkers.

Key phrases. Piano performance, cognitive positive efficacy, theoretical

scientific research, analysis.

Kirish

Fortepiano ijrosi – bu ajoyib va ko‘p qirrali mahorat bo‘lib, u insonning

o‘z his tuyg‘ularini, ijodkorligini va aql-idrokini musiqa orqali ifoda etish imkonini

beradigan vosita demakdir. Ushbu faoliyat kognitiv, jismoniy va hissiy jihatdan keng

ko‘lamli imtiyozlarni taqdim etish bilan birga insonga quvonch va qoniqish keltiradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

303

Fortepiano bu nafaqat cholg‘u asbobi balki ijodkorlik va shaxsiy rivojlanish va o‘sish

uchun poydevordir.

Fortepiano ijrosi:

- Diqqatni oshiradi, uni bir joyga jamlashda xizmat qiladi

- Xotirani charxlaydi

- Miyya faoliyati samaradorligini oshiradi

- Irodani mustaxkamlaydi.

- Intizomni shakllantiradi

- Emotsional ruhiy holatni muvozanatga keltiradi.

- Tasavvurni oshiradi

- Tafakkurni kengaytiradi.

Fortepiano ijrosi insonning nafaqat musiqiy iste’dodini, balki umumiy

intellektual va emotsional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan juda katta vosita

hisoblanadi. Fortepiano - mukammal va universal cholg‘u asbobi hisoblanib, undagi

ijro mobaynida inson miyyasining ikkala yarim shari baravariga faol ishlaydi. Bu esa

miyaning umumiy ishlash samaradorligini keskin oshiradi. Fortepiano ijrosi bir

vaqtning o‘zida ko‘plab vazifalarni bajarishni talab qiladi. Uning natijasida diqqat va

xotirani kuchayib boradi va inson aqliy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Fortepiano

chalish nozik va aniqlikni talab qilganligi sababli, qo‘l harakatlari koordinatsiyasini

yaxshilaydi, motorik harakatlarni muvofiqlashtiradi.

Musiqaviy ritm va tuzilma, matematik va til tizimlariga o‘xshash bo‘lib, bu

sohalardagi ko‘nikmalarni ham rivojlantiradi. Tadqiqotlarga ko‘ra fortepiano ijrosi

bilan muntazam shug‘ullanuvchi bolalarda matematika fani va tillarni o‘rganish

boshqa bolalarga nisbatan osonroq va tezroq kechadi. Boshqa bolalarga nisbatan

o‘zlashtirishlari yuqoriroq bo‘ladi.

Fortepiano ijrosi nafaqat inson miya faoliyatiga balki uning psixoemotsional

holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa orqali inson ichki kechinmalarini so‘zsiz

ifoda eta olishi mumkin. Fortepiano ijro etish yoki musiqa tinglash (ayniqsa mumtoz

musiqalar) inson organizmidagi kortizol ya’ni stress gormonini pasaytiradi va

tinchlanishiga yordam beradi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha musiqiy terapiya depressiya,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

304

ruhiy tushkunlik, tashvish va havotir holatlarini еngillashtirishda samarali vosita

hisoblanadi.

Fortepiano ijrosi insonning ijtimoiy ya’ni shaxs sifatida rivojlanishida ham

ijobiy o‘rin egallaydi. O‘zini ifoda eta olish, o‘z-o‘zini anglash, nazorat qila olish

ko‘nikmalarini oshiradi. Muntazam ravishda shug‘ullanishlar, mehnat natijasida

insonda intizom va sabr jadal shakllanadi. Turli xildagi sahnaviy chiqishlar orqali

o‘ziga ishonch shakllanadi. Ijrochilik mahorati albatta inson temperamenti va xarakteri

bilan uzviy bog‘liq. Shundan kelib chiqib u individual ham demakdir.

Mashhur polyak pianinochisi Ignasiy Paderevskiy, o‘zining ajoyib pianinochilik

yutuqlarining siri nimada ekanligi haqidagi savolga «Bir foiz talant, to‘qqiz foiz omad

va 90 foiz mehnat» deb javob beradi.

Fortepiano turli madaniyatlar va musiqiy an’analarda chuqur ildiz otgan

asbobdir. Fortepiano ijrosini o‘rganish insonni turli davrlar va madaniyatlarning boy

musiqa merosi va repertuari bilan tanishtiradi. Bular insonda an’analarni qadrlashni,

madaniy tushuncha va musiqiy didni kengaytirishni o‘rgatadi.

Fortepiano ijrosi ijodkorlikni oshiradi. Ijrochi ijro mobaynida musiqani o‘z

hayolotida tasavvur qilishni, musiqiy tasvir yaratishni o‘rganadi. Uning dunyoqarashi

yanada kengayishni, nozik did egasini shakllantirishni boshlaydi.

Musiqa har bir xalqning madaniy merosi bo‘lib, insoniyat tarixida qadim

zamonlardan beri mavjud.

Musiqa

— bu tovushlar, ritm, ohang (melodiya), tembr va

garmoniyaning muayyan tizim asosida tashkil topgan san’at turidir. Musiqa

insonlarning his-tuyg‘ulari, kechinmalari, kayfiyati va fikrlarini ifoda etish va uzatish

vositasi sifatida xizmat qiladi.

Musiqa - falsafa va ilm fan olimlari nazdida

.

Musiqaning qalbga, ruhiyatga, kayfiyatga va eng asosiysi inson organizmiga

ijobiy ta’siri masalalari borasida, o‘rta asr sharq buyuk mutafakkirlaridan bo‘lmish

bobolarimiz

Abu Nasr Farobiyning «Musiqa haqida katta kitob», Abu Ali ibn

Sinoning «Kitob ash-shifo», «Kitob an-najot», «Donishnoma»

kabi asarlarining

musiqa haqidagi bo‘limlari,

Abdurahmon Jomiyning «Risolai musiqa»

kitoblari

bunga yaqqol misol va dalil bo‘la oladi. Qadimiy ta’limotlarga tayanadigan bo‘lsak


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

305

zardushtiylarning muqaddas kitobi

«Avesto»,

Pifagorning «Evritmiya», Arastuning

«Mimesis»

ta’limotlari ham shular jumlasidandir. Ular musiqaning inson ongi, ruhi,

qalbi, shaxsi, umuman olganda jamiyat rivojiga ulkan ta’sirini ta’kidlab o‘tishgan.

Masalan,

Aflotun

«Davlatning qudrati unda qanday musiqa, qaysi lad va qay ritmda

yangrayotganligigiga

to‘g‘ridan-to‘g‘ri

bog‘liq»,

degan.

Olimlarning musiqa haqidagi fikrlari turli davrlar va ilmiy sohalarga qarab

farqlanadi.

Abu Ali Ibn Sino musiqani tabobatda ishlatgan. U musiqa inson

kayfiyatiga va sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aytgan. Tib ilmida musiqani

davolovchi usul sifatida qo‘llash mumkinligini ta’kidlagan. Nazariy nuqtai nazardan

Ibn Sino musiqani matematika bilan tenglashtirgan, matematik bilimlar toifasiga

kiritgan. U musiqani tovushlarni o‘rganuvchi, ularning mutanosib jo‘rligi natijasida

kuy hosil bo‘luvchi fan deb qaragan. U musiqa sonlarga tegishli va ular bilan uzviy

bog‘liqdir deb bilgan. Ibn Sino tarixda birinchi bo‘lib musiqaga faqat matematik fan

deb emas, balki jamiyatshunoslik, psixologiya, poetika, etika va fiziologiya nuqtai

nazaridan ham qarab, musiqa tarixiga puxta ilmiy tayanchni asoslagan.

Abu Nasr Farobiy

U

«

Musiqa haqida katta kitob» asarini yozgan va

musiqani inson ruhiyatiga chuqur ta’sir qiluvchi ilm deb hisoblagan. Uning fikricha,

musiqa inson ruhini poklaydi, uni ma’naviy yuksaltiradi va ichki uyg‘unlikni

ta’minlaydi

Pifagor

Pifagor musiqani matematik qonuniyatlar bilan bog‘lagan. U

«

musical harmony»

ya’ni musiqa garmoniyasini raqamlar va nisbatlar orqali tushuntirgan.

Unga ko‘ra,

musiqiy tovushlar va kosmik uyg‘unlik o‘rtasida aloqa bor — bu g‘oya “kosmik

musiqasi” (musica universalis) deb ataladi.

Zamonaviy

ilmiy

yondashuvlar

asosida

musiqaga

oid

fikrlar

Psixologiya va nevrologiya

Zamonaviy tadqiqotlar musiqaning inson miyasida

dofamin, serotonin kabi

«

baxt gormonlari» ishlab chiqarilishiga yordam berishini

aniqlagan.

Musiqa stressni kamaytiradi, xotirani yaxshilaydi, diqqatni jamlashga

yordam beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

306

Musiqa terapiyasi

Bu yo‘nalishda musiqa ruhiy kasalliklar, depressiya,

Altsgeymer kabi holatlarni davolashda ishlatiladi.

Musiqa yordamida autizmga

chalingan bolalarda ijtimoiy faollikni oshirish mumkinligi aniqlangan.

Ta’limdagi o‘rni

Tadqiqotlarga ko‘ra, musiqa bilan shug‘ullanuvchi

o‘quvchilarning mantiqiy va matematik tafakkuri kuchliroq bo‘ladi.

Musiqa til

o‘rganishda ham yordam berishi mumkin, ayniqsa ritm va eshitish orqali eslab

qolishda.

Fortepiano ijrosi va musiqaning inson organizmiga ta’siri ko‘p qirrali va chuqur

mazmunga ega bo‘lib, u insonning nafaqat estetik didini shakllantiradi, balki jismoniy

va ruhiy salomatligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Musiqaning, ayniqsa fortepiano

kabi klassik cholg‘ularning inson psixologiyasi va fiziologiyasiga ta’siri bo‘yicha olib

borilgan ilmiy izlanishlar, musiqaning stressni kamaytirish, qon bosimini

normallashtirish, yurak urish ritmini muvozanatlashtirish va hatto immun tizimini

mustahkamlashda yordam berishini ko‘rsatmoqda. Fortepiano chalish insonning

tafakkur qilish qobiliyatini, xotirani, mantiqiy fikrlashni, motorik harakatlarni

muvofiqlashtirishni va ijodiy salohiyatni rivojlantiradi. Bu jarayon, ayniqsa bolalar va

o‘smirlar uchun muhim bo‘lib, ularning intellektual va emotsional rivojlanishida katta

ahamiyat kasb etadi. Fortepiano chalishni o‘rganish insonda mehnatsevarlik, sabr-

toqat, maqsadga erishish yo‘lida qat’iyatlilik kabi ijobiy fazilatlarni shakllantiradi.

Shuningdek, fortepiano musiqasining tinglovchilarga ko‘rsatadigan ta’siri ham alohida

e’tiborga loyiq. Klassik fortepiano asarlarini tinglash inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi, taskin beradi, ruhiy bosimni kamaytiradi, charchoqni еngillashtiradi va

ijobiy hissiyotlar uyg‘otadi. Bu holat, ayniqsa zamonaviy hayotning tezkorligi, stress

va asabiylik sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, fortepiano ijrosi

orqali inson o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifoda eta oladi, ichki dunyosini boyitadi va o‘z-

o‘zini anglashga harakat qiladi. Bu esa shaxsiy rivojlanish, o‘ziga bo‘lgan ishonch va

ijtimoiy faollik darajasining oshishiga olib keladi. Umuman olganda, fortepiano ijrosi

va uning musiqasi inson hayotida beqiyos ahamiyat kasb etadi. U inson salomatligini

mustahkamlash, ma’naviyatini boyitish, ruhiy holatini barqarorlashtirish va ijodiy

salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Shu sababli,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

307

fortepiano san’atiga yosh avlodni keng jalb etish, musiqiy ta’limni rivojlantirish va

ushbu yo‘nalishda chuqur ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirish zamonaviy jamiyat

uchun muhim vazifalardan biridir.

FOYDALANGAN ADABIOTLAR:

1.

Musiqa psixologiyasi R.G‘.Qodirov. Musiqa” nashryoti Toshkent 2005.

2.

Музикалная психология В.И.Петрушин М.1997

3.

Teplov B.M. Musiqiy qobiliyatlar psixologiyasi

4.

Karimov S. O‘zbek musiqasi: tarix va taraqqiyot. – Toshkent: Fan va

texnologiya, 2010.

5.

www.ziyo.net

6.

www.google.com

Most read articles by the same author(s)