Authors

  • Mirzaodilova Nigora Avazjon qizi
  • Obidjonova Gulchexra Mamirjon qizi

Author Biographies

  • Mirzaodilova Nigora Avazjon qizi

    Farg‘ona davlat universiteti Tarix                                                                                                                                                               fakulteti 1-bosqich magistranti             

  • Obidjonova Gulchexra Mamirjon qizi

    Mirzaodilovanigora1@gmail.com

    Obidjonovagulchehra5@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117180

Keywords:

soliq majburiyat zakot xiroj ushr xossachi beklik tanobona tagi joy tarozi puli tamaki puli Xudoyorxon.

Abstract

Ushbu maqola orqali Qo‘qon xonligidagi soliqlarning turlari ularning miqdori va soliqlar yukining dehqonlar gardaniga juda og‘ir tushishi, soliq yig‘ishdagi suiistemolliklar, Xudayorxon davridagi yangi soliqlarni joriy etilishi, Qo‘qon xonligining soliq tizimi va boshqa O‘rta Osiyo xonliklaridan farq qilishligini bilib olasiz.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

271

QO’QON XONLIGIDA BA’ZI SOLIQ TURLARI (BUXORO VA XIVA

XONLIGIDAGI SOLIQ TURLARIGA QIYOSIY TAXLIL)

Farg‘ona davlat universiteti Tarix

fakulteti 1-bosqich magistranti

Mirzaodilova Nigora Avazjon qizi,

Obidjonova Gulchexra Mamirjon qizi.

Mirzaodilovanigora1@gmail.com

Obidjonovagulchehra5@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqola orqali Qo‘qon xonligidagi soliqlarning turlari

ularning miqdori va soliqlar yukining dehqonlar gardaniga juda og‘ir tushishi, soliq

yig‘ishdagi suiistemolliklar, Xudayorxon davridagi yangi soliqlarni joriy etilishi,

Qo‘qon xonligining soliq tizimi va boshqa O‘rta Osiyo xonliklaridan farq qilishligini

bilib olasiz.

Kalit so‘zlar: soliq, majburiyat, zakot, xiroj, ushr, xossachi, beklik, tanobona,

tagi joy, tarozi puli, tamaki puli, Xudoyorxon.

O‘rta Osiyoda qadimdan paydo bo‘lib, davlatchilikning yuqori pog‘onasiga

ko‘tarilgan barcha davlatlar yosh O‘zbekiston davlat qurilishining asosini tashkil qiladi.

Boy tariximizni o‘rganishdan asosiy maqsad, ularning davlatchilik siyosatini o‘rganib,

sinalgan tajribalarni yangi zamonga moslab tadbiq etishdir. Davlat qurilishining

poydevorini moliya sohasidag islohatlar tashkil etadi. Moliya sohasida davlatning

daromadini ko‘paytiruvchi soha bu - soliq sohasidir. Tarixdan ham malumki, soliqlar

davlatlarning

asosiy

daromad

manbai

bo‘lgan.

Soliq

sohasida

islohatlar

hukumdorlar

[4:5-6-b]

va aholi o‘rtasidagi munosabatlarni yaqqol ko‘rsatib beradi.

Davlatchilik siyosatida soliq sohasi shunday o‘ringa egaki, agar bu soha shartli tartiblar

asosida shakllantirilsa, adolat mezonlariga, qonun-qoidalariga amal qilinib olib borilsa,

albatta

bu

davlatning

ravnaqi,

kelgusi

taraqiyoti

ta’minlangan

bo‘ladi.

Davlatchiligimizda muhim o‘rin tutgan soliq siyosatining rivojlantirish uchun ham bu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

272

sohadagi izlanishlarni davom ettirish kerak. Chunki bu soha hozirgi kunda jamiyat

hayotida muhim o‘rin egallaganligi bois, biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan mavzu o‘z

dolzarbligiga ega. Xonliklardagi soliq tizimimni o‘rganishda barcha sohalar qatori, bu

yo‘nalishning tarixiy ildizlarni chuqquroq bilish uchun ham tarixiy manbalarning o‘rni

beqiyos. Ushbu yo‘nalishdagi manbalarni to‘rtta guruhga ajratishimiz mumkin. Qo‘qon

xonligi soliq tizimiga oid manbalar to‘liq emas ya‘ni aynan shu mavzuga bag‘ishlab

mahlliy muarrixlar ham, xonlikka tashrif buyurgan xorijiy sayohlar alohida manba

yaratishmagan. Bu haqida Z.N.Xatomovaning “Qo‘qon xonligida soliq tizimi” nomli

disertatsiyasida ham fikrlar yuritiladi

.[4:9-12b]

Qo‘qon xonligi soliq turlari haqida so‘z

yuritar ekanmiz O‘rta Osiyodagi boshqa xonliklardan farq qilmagan, Xudoyorxon

davriga kelganda esa xonlikda boshqa xonliklarda (Buxoro amirligi, Xiva xonligi)

mavjud bo'lmagan yangi soliq turlarini joriy qiladi. Dastlab biz O‘rta Osiyoda mavjud

b‘lgan Qo‘qon va Buxoro xonliklaridagi ayrim soliq turlarining o‘xshash va farqli

jihatlariga to‘xatlmoqchimiz Xonlikda asosiy davlat xazinasini boyitadigan manba bu

aholidan yig‘iladigan soliqlar edi. A.L.Kunining ma’lumotlariga qaraganda Xonlikda

rasmiy soliqlar quydagilardan iborat bo‘lgan: natural xiroj yoki 1/10 soliq, zakot -

tovardan olinadigan savdo solig‘i va hayvonlar hisobidan olinadigan soliq, bozorda

savdogarlardan olinadigan soliq turi, tarozi solig‘i, daryodan o‘tkazib qo‘ygani uchun

soliq, tuz boji va yana maxsus soliqlar ham bo‘lgan

.[3:125-126-b]

X.N.Bobobekov

xonlikdagi soliqlarni ikki turga: xossachi va beklikka bo'lgan. Xossachi- daromad xon

xazinasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tushgan. Beklik – yig‘ilgan soliq beklik xazinasiga tushgan

va beklik uning ma’lum bir qismini xon xazinasiga yuborilgan

[3:126-b].

Xazinaga

barcha soliqlar kelib tushgan. XIX-asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligining

daromadi natura va puldan iborat edi. (Buxoro xonligida ham huddi shunday tartib joriy

etilgan bo‘lib Buxoro xonligida mahsulot ko‘rinishidagi soliq xirmon ko‘tarish payitiga

to‘g‘ri kelgan).Ularning bir qismi viloyat xokimlari qo‘lida saqlangan bo‘lib ular bu

mablag‘lar xisobiga qo‘shin taminotini o‘z bo‘yinlariga olishgan edi, qolgan qismi xon

xazinasiga tushgan. Xudoyorxonning (1805-1875-yy.) so'ngi hukmronlik yillarida xon

xazinasiga har yili 1,5 mln rublga teng soliq tushardi

[7: 5-8-b].

Sholi, bug‘doy, jo‘xori

va boshqa donli ekinlardan g‘allaning 1/5 soliq sifatida olingan. Mevazor bog‘lardan

[1:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

273

37-b],

uzumzor , sabzavot, paxta va boshqa o‘simliklar ekiladigan yerlardan esa uning

satxi maydoniga nisbatan soliq to‘lanardi. Bunday yerlardan olinadigan soliq turi

tanobona deb ataladi, shu bilan birga tanobona solig‘i ekilgan narsalarni e’tiborga olgan

xolda uning miqdori bilan belgilangan. Masalan: X.N.Bobobekov fikriga ko‘ra terak va

qayrog'och ekilgan bir tanob yerdan 50 tiyin, qovun, tarvuz ,bodring, beda, tut, piyoz va

bahorgi sabzi ekilgan bir tanob yerdan bir so‘m, uzumzorlar va mevali daraxtlar ekilgan

bir tanob yerdan ikki so‘mdan soliq olingan

[8:55-78- b].

Shu o‘rinda shuni takidlab

o‘tish joizki Buxoro xonligida ham Tanobona solig‘i mavjud bo‘lib u xonlikdagi boshqa

soliqlar zakot va qo‘sh puli (Buxoro xonligida xirojning bir turi polizlarga bozorning

yaqinligiga qarab olingan) qatorida faqat naqt pul ko‘rinishida olingan. Hosilni

o‘lchashda va soliq miqdorini belgilashda yig‘ib olishda suistemollik qilish hollari tez-

tez bo‘lib turadi. Bu esa aholi uchun og‘ir musibat edi

[3:127-b].

Xonlikda nafaqat

qishloq axolisi balki shahar axolisi ham qishloq dehqonlaridan kam bo‘lmagan holda

soliq to‘lagan. Faqat shahar va qishloqlardan yig‘iladigan soliqlar turi farqli bo‘lgan.

Shaharlardan olinadigan soliqlar undagi hovli uylar soniga, do‘konlar va ayrim

hunarmandlarning maxsulot turlariga nisbatan belgilab yig‘ilgan. Xonlikda hayvon

podasi egasidan ularni sotib olib ketayotganda zakot olingan. Ularning narxidan 1/40

qismini zakot uchun to‘lashlari lozim edi. Buxoro xonligida esa hayvon podasidan

olinadigan zakot miqdori turli yillarda turlicha bo‘lgan. Masalan: 1904-yilga kelib

Buxoro xonligida 5ta yuk tashuvchi tuya hisobidan 1ta qo‘y, 40 bosh qo‘y va echki

podasidan 1ta qo‘y yoki echki. Qo‘y va echkilarning soni 100 tagachga bo‘lsa zakot

miqdori O‘zagarmagan.101 boshdan 201 boshgacha bo‘lsa 2 bosh, undan ham ko‘p

bo‘lsa har 100 boshdan bir boshdan qo‘y yoki echki qo‘shilib borgan. Oltin va

kumushdan ham 40 tilladan 1 tilla soliq sifatida olingan. Shaharlarga biriktirilgan qirg‘iz

va qozoqlarning podasidan ham zakot olingan. Buning uchun ularning ovullariga

zakotchi yuborilgan, podalardagi hayvonlar sanalib har 40 bosh hayvondan bittasi zakot

uchun olingan. Agarda podasidagi hayvon 40 boshga yetmasa va aholining o‘zidagi oltin

va kumush 20 tilladan oshmasa zakot olinmas edi. O‘rta Osiyo xonliklarida, xususan,

Qo‘qon va Buxoro xonliklarida ham har bir savdogar o‘z harvorlarini shahardan

tashqariga chiqarishdan avval nechta tuya, qancha tovar va qayerga yuborilayotganligini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

274

zakotchiga habar qiladi. Zakotchi kelib tovarlarni yuzaki tuyalarni yechmasdan umumiy

bahoni belgilab undan 2,5 % xisobida zakot miqdorini belgilar edi. Buxoro xonligida

bundan farqli o‘laroq bozorga kirish va chiqishda zakot to‘lnagan. Bundan tashqari

Qo‘qon xonligida zakotchi patta yozib berish uchun o‘zining foydasiga xar bir pud

xisobidan bir yil uchun 1 tanga olar edi. Savdogar bu pattani olgandan so'ng bir yil

davomida xonlik hududida ko‘rsatilgan mablag‘i miqdorida boshqa zakot to‘lmasdan

savdo qilishlari mumkin edi. “Qo‘qon tarixi” asrida keltirilishicha Qo‘qon hokimiyati

zakot tushumlarini hisobga olmas edi, barcha yig‘ilgan mablag‘ zakotchida to‘plangan.

U esa o‘z ixtiyori va insofiga qarab xon va bekka ma’lum qismini yuborib turgan.

Zakotchi zimmasida aososan xarbiy qo‘shin taminoti turar edi. Xonlikda xar bir shahar

alohida-alohida zakot to‘lagan. Masalan: Toshkentda har yili 60-80 ming tilla zakot

yig‘ilgan

[3:130-b].

1875-yil 2-oktyabrda maxsus topshiriqlar bilan o‘rta Osiyoga kelgan

katta mansabdor A.L.Kun K.A. Kaufmanga yo‘llagan malumotnomasida bunday deb

yozadi: “Musulmon davlatlarining shariatida xiroj solig‘i terilgan maxsulotning 1/5

qismini, tanob uchun 5-10 tanga, savdo tovarlaridan zakot, 1/40 hajmida hayvonlardan

ham zakot olingan”.

[3:128-b]

Qo‘qon xonligida dehqonchilik sohasidan olingan va

davlat xazinasiga katta daromad keltirgan yirik soliqlardan biri xiroj bo‘lgan. Buxoro

xonligida ham huddi shunday xon xazinasini asosoiy boyituvchi saoliq turi xiroj bo‘lgan.

Z. Choriyev o‘zining asarlaridagi ma’lumotlarida xiroj O‘rta Osiyoda VII-asrda joriy

etilgan bo‘lib, u xosil miqdoridan emas, yer maydoniga qarab olingan deb ta’kidlaydi

[5:

114-b].

Lekin Qo‘qon tarixi bo‘yicha yirik mutaxassislarning fikrlari bundan mustasno.

Ya’ni ular xiroj solig‘ini xosil miqdoridan belgilab olinganligini qayd etishadi. A.

Juvanmardiyev xirojni muvozafa va muqosama turlariga bo‘linishi, xiroji muvozafa

ekinning turi va olinadigan xosilga qarab, xiroji muqosama olingan xosilning miqdori

va yerga qarab belgilanishini aytadi

[6: 16-b].

Bizning fikrimizcha ham xiroj soligi

xosilning miqdoriga qarab olingan,chunki malumotlarning ko‘p qismi aynan shu

xulosaga kelishimizga yordam berdi. Manbalarda go‘za puli

[9: 538-б]

atamasi ham

mavjud bo‘lib, А. Troitskayaning ma’lumotlariga ko‘ra Xudoyorxonning so‘ngi

boshqaruvida paxtadan naqd pul ko‘rinishida olingan soliq turi edi. O‘rta Osiyo

xonliklarida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan to‘g‘ri soliqlardan tashqari xon daromadiga yana


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

275

bir qancha soliqlar ham qo‘shilgan bular haqida keyingi maqolalarimizda to‘xtalib

O‘tamiz.[3:132-b ] Xonlikda soliq yig‘uvchi amaldorlar Buxoro va Xiva xonlilari

amaldorlariga o‘xshash bo‘lgan. Masalan, hokim, amin, oqsoqollar. Xonlikda soliq

to‘lashdan ozod bo‘lgan ma’lum toifalar ham mavjud bo‘lib ularga tabiyki xon va uning

oila a’zolari,yaqinlari, xonlikning siyosiy hayotda yuqori mavqega ega bo‘lgan diniy

ulamolar, davlat xizmatidagi amaldor shaxslar kirgan. Umumiy olib hisoblaganda

Xonlikning bir yillik daromadi 29 166 900 rublga teng bo‘lgan. Ushbu mablag‘larning

hammasi xonning shaxsiy mulki xisoblangan va xon tomonidan sarf etilgan.

Xazinasining asosiy qismi xon va uning oila azolari shaxsiy ehtiyojlari, kiyimkechaklari,

oziq -ovqatlari, viloyatlarga safarga chiqish, to‘y va marosimlari uchun sarf etilgan

bo‘lsa, yana davlat boshqaruvidagi mansabdor shaxslarning maoshlari

[2: 264-б]

uchun,

ularning to‘y va marosimlari uchun alohida mablag'lar ajratilgan. Davlat mudofasi

uchun, qo‘shinlar ta’minoti uchun, horijiy davlatlar bilan aloqlarni mustahkamlash

uchun, sug‘orish inshoatlari, bozorlar, karvonsaroylar, hunarmandlar ustaxonlarini

ta’mirlash uchun, madaniy-ma’rifiy ishlar (maktab,madrsa, majid qurish va ularni

tamirlash) uchun ham xazinadan ko‘plab mablag‘lar ajratilgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Qo‘qon xonligida, soliqlar turi va

ularning miqdorining ko‘pligi xonlik aholisiga juda katta yuk bo‘lganligi, bu ham

yetmaganidek soliq yig‘ishda amaldorlar o‘rtasida suistemoliklarga yo‘l qo‘yilganligi

ham aholi uchun talofatga teng masala edi. Xonlikning soliq tizimni o'rgana turib

Xonlikning iqtisodiy hayotiga doir alohida manba yaratilmaganligi bizni afuslantirdi.

Yuqoridagi ma’lumotlar esa xonlikning siyosiy-madaniy hayotiga bag‘ishlangan asarlar

ichidan shu mavzuga mos bo‘lgan holatlari o‘rganildi. Yuqorida keltirilganidek,

manbalarda xonlikdagi soliqlarning soni turlicha keltirilgan. Bu ma’lumotlarning

ko‘plari Rossiya bosqinidan keyin o‘rtganilganligiga qaragada, ruslar aholining

shevasida boshqacha aytiladigan va rasmiy hujjatlarda aytilgan soliqlarni boshqa-boshqa

soliqlar deb o‘ylagan bo‘lishi mumkin. Izlanishlarimiz davomida ushbu mavzuni yanada

kengroq va to‘laroq o‘rganish kerak degan xulosaga keldik. Chunki shunday

mavzularning keng tartibda chuqur o‘rganilishi hozirgi yangi davlatchilik soliq

siyosatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Xususan, 2019-yil 26-sentyabrdagi PF-5837-son


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

276

“O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomilashtirishi chora tadbirlari

to‘g‘risidagi” farmonga tarixchilar tomonidan munosib javob bo‘lardi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.A. Juvonmardiyev. XVI-XIX asrlarda Farg‘onada yer-suvga doir masalalar. –T.: Fan,

1965. – B 182.

2. N. Rustamova. XVIII-XIX asrlarda Qo‘qon xonligida ijtimoiy iqtisodiy hayot. – J.:

2011. –B 65.

3. X. N. Bobobekov. Qo‘qon tarixi. T.: Fan, 1996. – B. 239.

4. Z. N. Xatamova . Qo‘qon xonligida soliq tizmi. F.: 2022. – B 53.

5. Z. Choriyev. Tarix atamalarining qisaqacha izohli lug‘ati. – T.: Sharq, 1999. – 114-b.

6. Sh. Vohidov. Qo‘qon xonligi tarixi ( xonlik tarixi- manbalarda ) T.: Yangi asr avlodi,

2014. – B 1491.

7. А. Л. Кун. Очерки Кокандского хонства. СПБ., 1876. 69-72-b.

8. Н. Н Патусов О податях и повиностях сушествоваших в бывшем и Кокандском

хонстве в последнне годя правления Худаярхана. Ст. Туркестанске ведомости,

1876. - 87- 93- b.

9. Каталог архива кокандских ханов XIX века около 5000 документов. – M. Наука,

1968. – 582 – с

Most read articles by the same author(s)