Authors

  • Shermatova Mohira

Author Biography

  • Shermatova Mohira

    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117184

Keywords:

erkin tarbiya ona tili shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv taʼlim texnologiyalari til kompetensiyasi innovatsion metodlar.

Abstract

Mazkur maqolada ona tili taʼlimida erkin tarbiya texnologiyasining nazariy asoslari, pedagogik ahamiyati, uni amaliyotga tadbiq etish jarayonlari va bu boradagi dolzarb muammolar tahlil qilinadi. Muallif zamonaviy innovatsion yondashuvlar orqali ona tili darslarining samaradorligini oshirishda erkin tarbiya texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanish yo‘llarini ochib beradi. Tadqiqot doirasida erkin taʼlim konsepsiyasi asosida o‘tkazilgan sinovlar, dars ishlanmalari, empirik kuzatuvlar asosida xulosa chiqarilgan                           


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

245

ONA TILI TAʼLIMIDA ERKIN TARBIYA TEXNOLOGIYASI BILAN

DARSLARNI TASHKIL ETISH

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

talabasi Shermatova Mohira

Annotatsiya: Mazkur maqolada ona tili taʼlimida erkin tarbiya

texnologiyasining nazariy asoslari, pedagogik ahamiyati, uni amaliyotga tadbiq etish

jarayonlari va bu boradagi dolzarb muammolar tahlil qilinadi. Muallif zamonaviy

innovatsion yondashuvlar orqali ona tili darslarining samaradorligini oshirishda

erkin tarbiya texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanish yo‘llarini ochib beradi.

Tadqiqot doirasida erkin taʼlim konsepsiyasi asosida o‘tkazilgan sinovlar, dars

ishlanmalari, empirik kuzatuvlar asosida xulosa chiqarilgan

Kalit so‘zlar: erkin tarbiya, ona tili, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, taʼlim

texnologiyalari, til kompetensiyasi, innovatsion metodlar.

Ta’lim – jamiyat taraqqiyotining poydevori, inson kamoloti va milliy

taraqqiyotning bosh omilidir. Har qanday xalqning ma’naviy-ma’rifiy darajasi,

tafakkuri va dunyoqarashi ta’lim sifatiga bevosita bog‘liq. Ayniqsa, til va nutq

madaniyati bilan uzviy aloqador bo‘lgan ona tili fani o‘quvchilarning nafaqat

grammatik bilimlari, balki ma’naviy-estetik dunyoqarashi, axloqiy qarashlari va

shaxsiy kamolotini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi.Zamonaviy pedagogik

qarashlar o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan yondashuvni asosiy tamoyil sifatida ilgari

surmoqda. Bunda o‘quvchi passiv bilim oluvchi emas, balki o‘zining qiziqishlari,

ehtiyojlari va ichki potensialiga asoslangan faol subyekt sifatida namoyon bo‘ladi.

An’anaviy ta’lim metodlarining o‘rnini asta-sekin o‘zlashtirishga, izlanishga,

ijodkorlikka yo‘naltirilgan yondashuvlar egallamoqda. Shu bois, ona tili ta’limida ham

erkin tarbiya texnologiyasini joriy etish muhim masalaga aylangan.Erkin tarbiya

g‘oyasi ilk bor Yevropa pedagogikasida o‘z aksini topgan bo‘lib, ayniqsa J.-J. Russo,

J. Dyui, M. Montessori, A.S. Makarenko kabi mashhur pedagoglar ta’limda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

246

insonparvarlik, shaxsga hurmat, mustaqil fikrlash, erkin tanlovga asoslangan

yondashuvni ilgari surganlar. Ularning g‘oyalari bugungi kunda zamonaviy

pedagogikadagi konstruktivistik yondashuvlar bilan uyg‘unlashmoqda. Xususan,

Vygotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” konsepsiyasi, shuningdek, Deweyning

“tajriba orqali o‘rganish” tamoyili erkin tarbiya asoslarini belgilab berdi.O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Ta’lim tizimini sifat jihatdan yangi

bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi qarori, Milliy dastur va Konsepsiyalarda ham

ta’limning innovatsion rivojlanishi, kreativ tafakkurni shakllantirish, zamonaviy

texnologiyalar asosida o‘qitish asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan.

Ayniqsa, ona tili ta’limi mazmunini yangilash, interfaol va ijodiy metodlarni keng joriy

etish, nutqiy faoliyatga asoslangan texnologiyalarni qo‘llash dolzarb vazifalar sirasiga

kiradi.Erkin tarbiya texnologiyasi aynan ana shu ehtiyojlarga javob beradi: u

o‘quvchiga fikrini erkin bayon qilish, tanqidiy mulohaza yuritish, muloqotda faol

ishtirok etish va o‘z shaxsini anglash imkonini beradi. Ushbu texnologiyaning ona tili

darslariga tadbiqi nafaqat til kompetensiyasini shakllantiradi, balki o‘quvchilarda

hayotiy muammolarga real, asosli yondashuvni rivojlantiradi.Bugungi kunda nafaqat

dars mazmuni, balki uning tashkil etilish uslubi ham o‘quvchi shaxsiga ta’sir

ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan, darsni erkin tarbiya asosida loyihalashtirish, o‘quvchi

qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘quv faoliyatini tashkil etish ona tili

fanining insonparvarlik ruhidagi o‘qitilishiga xizmat qiladi. XXI asr – axborot va

texnologiyalar asri bo‘lib, u har bir sohada yangilanishni, o‘zgarishni talab qilmoqda.

Taʼlim tizimi ham bundan mustasno emas. An’anaviy metodlar o‘rnini asta-sekin

zamonaviy pedagogik texnologiyalar egallamoqda. Bugungi o‘quvchidan faqat bilim

emas, balki tafakkur, ijod, tanqidiy yondashuv, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari talab

qilinmoqda.

Ona tili taʼlimi shunchaki grammatika va imlo qoidalarini o‘rgatish bilan

cheklanmasligi kerak. U – o‘quvchini mustaqil fikrlashga, estetik dunyoqarashga,

milliy madaniyatni anglashga undaydigan fan bo‘lishi zarur. Aynan shu nuqtada erkin

tarbiya texnologiyasi o‘zining dolzarb ahamiyatini namoyon etadi. Ushbu texnologiya


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

247

o‘quvchiga shunchaki bilim emas, balki u orqali o‘z shaxsini anglash, fikr bildirish va

nutqiy faollik ko‘rsatish imkonini beradi.

Erkin tarbiya texnologiyasi – bu shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida

qurilgan, bolaning individualligini hurmat qiladigan, uning tabiiy intilishlari va

qiziqishlarini inobatga oladigan taʼlim jarayonidir. Bunda o‘qituvchi yo‘lboshchi,

tashkilotchi va hamkor sifatida ishtirok etadi. Bu yondashuv o‘quvchining erkin

fikrlashini, tashabbuskorligini va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishni ko‘zda

tutadi.

Ona tili darslarida erkin tarbiya texnologiyasining qo‘llanilishi

o‘quvchilarning shaxsiy faolligini oshirish, mustaqil fikrlashini rag‘batlantirish, o‘zini

erkin ifoda etishiga imkon yaratish orqali ta’lim sifatini oshiradi. Bu texnologiyaning

markazida shaxs, uning qiziqishlari, ehtiyojlari, erkin fikri va ijodiy yondashuvi turadi.

Erkin tarbiya texnologiyasi o‘quvchining darsdagi subyektivligini kuchaytiradi, ya’ni

u faqat bilim oluvchi emas, balki bilim yaratishda ishtirok etuvchi subyektga

aylanadi.Yevropa va Amerika pedagogikasida keng ommalashgan erkin ta’lim

yondashuvlari zamirida o‘quvchining o‘zini anglashi, faolligini kuchaytirish, tajriba

orqali o‘rganishga asoslanadi. Jumladan, J. Dyui ta’limni hayotiy ehtiyojlar bilan

bog‘lagan holda, uni “tajriba orqali o‘rganish” (learning by doing) deb ta’riflagan.

Ushbu g‘oyani ona tili darslarida amaliyotga tatbiq etish, ayniqsa matnli ishlov,

munozara, dramatizatsiya, erkin insho yozish, kollejiyum yoki loyiha asosidagi

topshiriqlar orqali amalga oshirish mumkin.

Masalan, 9-sinf ona tili darsida “Fikrni mantiqan asoslash” mavzusini

o‘rganishda o‘quvchilarga ijtimoiy muammolar haqida erkin fikr bildiradigan kichik

maqola yozish topshirig‘i beriladi. Ular shaxsiy fikr bildiradi, turli nuqtayi nazarlarni

solishtiradi va yakuniy xulosani mustaqil chiqaradi. Bu esa o‘quvchilarning analitik va

tanqidiy tafakkurini rivojlantiradi.

Erkin

tarbiya

texnologiyasining

asosiy

afzalliklari:

O‘quvchi faolligini oshiradi: o‘quvchi dars davomida savollar beradi, muhokamalarda

qatnashadi, o‘z nuqtayi nazarini bildiradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

248

Mustaqil fikrlashga undaydi: o‘quvchilar o‘z nuqtayi nazarini mustaqil

shakllantiradi va asoslaydi.

Ijodkorlikni rag‘batlantiradi: adabiy tahlil, erkin insho yozish, sahnalashtirish

orqali ijodiy yondashuv rivojlanadi.

Nutq kompetensiyalarini oshiradi: erkin ifoda qilish, muloqotda qatnashish,

so‘z boyligini kengaytirish ko‘nikmalari shakllanadi.

Ijtimoiylashuvga yordam beradi: o‘quvchilar guruhli ishlarda ishtirok etib,

jamoada muloqot qilishni, hamkorlikni o‘rganadi.

Tadqiqotlar ham bu yondashuv samaradorligini tasdiqlaydi. Masalan,

A. Azizova (2020) olib borgan tajriba-sinov ishlari natijalariga ko‘ra, erkin tarbiya

texnologiyasi asosida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi 35% ga,

muloqot madaniyati 40% ga oshgan. Shuningdek, Toshkent davlat pedagogika

universitetida olib borilgan tadqiqotlarda ham bu texnologiya o‘quvchilar shaxsiy

salohiyatini ochishda muhim omil sifatida e’tirof etilgan [1].Erkin tarbiya

texnologiyasi o‘z ichiga quyidagi metodlarni oladi:“Erkin mikrofonga” asoslangan

usul: o‘quvchilar mavzu bo‘yicha erkin fikr bildiradilar.“Fikrlar yog‘dusi”: muammoni

turli yo‘llar bilan hal qilish taklif qilinadi.“Rol o‘ynash”: adabiy obrazlar, tarixiy

voqealarni sahnalashtirish orqali anglash kuchayadi.Loyiha metodlari: o‘quvchilar

mustaqil izlanadi, adabiyotdan, hayotdan misollar keltiradi va ijodiy materiallar

tayyorlaydi.Shu orqali o‘quvchi o‘z fikrini mantiqan asoslashni, o‘z nuqtayi nazarini

himoya qilishni, bahslashishni, muloqotda madaniyatli bo‘lishni o‘rganadi. Bu esa uni

nafaqat bilimli, balki ijtimoiy faol va ma’naviy yetuk shaxs bo‘lishiga yo‘l ochadi.

Ona tili taʼlimida erkin tarbiya texnologiyasini samarali joriy etish bir

qarashda soddadek tuyulsa-da, amalda qator tizimli muammolar bilan to‘qnash

kelinadi. Bu muammolarni hal etmasdan turib texnologiyaning to‘laqonli samarasiga

erishib bo‘lmaydi. Eng avvalo, mavjud darslik va metodik qo‘llanmalarning mazmuni

ko‘proq bilim berishga yo‘naltirilgan, ya’ni ularning asosiy vazifasi axborot uzatishdir.

Erkin tarbiya esa bu yondashuvdan butunlay farqli bo‘lib, shaxsga yo‘naltirilgan,

muhokama, fikr bildirish va tanqidiy yondashuvni taqozo etadi.Bundan tashqari, ayrim

o‘qituvchilar hali-hanuz erkin dars usullarini qo‘llashga tayyor emas. Ularning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

249

aksariyati an’anaviy o‘quv modeliga tayanadi: “o‘qituvchi aytadi – o‘quvchi eslaydi”.

Bunday yondashuvda o‘quvchining mustaqil fikrlashi, izlanishga bo‘lgan qiziqishi

so‘nadi. Bu pedagogik inertlik nafaqat texnologiyani, balki o‘quvchi shaxsini ham

to‘liq rivojlanishdan cheklaydi.Shuningdek, sinflarda o‘quvchilar sonining ko‘pligi,

moddiy-texnik bazaning yetarli emasligi (ayniqsa, qishloq maktablarida), interaktiv

uslublarni tatbiq etishga to‘sqinlik qilmoqda. Ko‘plab maktablarda loyiha asosida

ishlashga, guruhlarda faoliyat yuritishga moslashtirilgan sinfxonalar mavjud emas. Bu

holatda erkin fikr almashinuvi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yetarli emasligi

aniqlanadi.Yana bir muhim muammo – o‘quvchilarning passivligi. Ilgari faqat “to‘g‘ri

javobni topish”ga odatlangan o‘quvchi endi o‘z fikrini erkin ifoda qilish, munozarada

qatnashish, matnga subyektiv yondashish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishda

qiynaladi. Mazkur muammolarni hal qilish uchun quyidagi yechimlarni taklif qilish

mumkin:O‘qituvchilarning malakasini oshirish. O‘qituvchilarni erkin tarbiya

texnologiyasining mazmuni, afzalliklari va metodik asoslari bilan tanishtirish, ularni

muntazam seminar-treninglar orqali tayyorlash zarur. Bunda, ayniqsa, faol

metodlardan foydalanish ko‘nikmasi shakllantiriladi.O‘quv dasturlarini va darsliklarni

takomillashtirish. Ona tili darsliklari va metodik qo‘llanmalari yangilanishi, unda ochiq

savollar, munozarali mavzular, amaliy topshiriqlar, hayotiy voqealar bilan bog‘liq

topshiriqlarga keng o‘rin berilishi zarur.Texnik bazani yaxshilash. Sinf xonalarini

kichik guruhlarda ishlash, loyiha va rolli o‘yinlar o‘tkazishga moslashtirish, zamonaviy

ta’lim vositalari bilan jihozlash kerak. Internet, vizual taqdimot vositalari, audio-video

materiallar erkin ta’lim uchun samarali platforma yaratadi.O‘quvchilarni faollikka

undash. O‘quvchilarga erkin fikr bildirishga imkon berish, ular o‘zlarini qadrlanishini

his qilishlari uchun psixologik iqlim yaratish muhim. Rag‘batlantirish, baholashning

ochiq, motivatsion shakllarini qo‘llash foydali bo‘ladi. Erkin tarbiya texnologiyasi ona

tili taʼlimida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni joriy etishning eng samarali

vositalaridan biri hisoblanadi. Bu texnologiya o‘quvchini passiv tinglovchidan faol

ishtirokchiga aylantirib, uning shaxsiy fikri, mulohazasi, nuqtayi nazarini ifoda etishga

undaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi,

analitik tafakkuri va muloqot kompetensiyalari shakllanadi. Aynan shu jihatlar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

250

bugungi kunda zamonaviy shaxs tarbiyasida eng muhim mezon sifatida

qaralmoqda.Olib borilgan kuzatuvlar va tajriba-sinov ishlari shuni ko‘rsatadiki, erkin

tarbiya texnologiyasi qo‘llanilgan darslarda o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi,

mavzuga qiziqishi, darsga jalb etilish foizi an’anaviy darslarga nisbatan yuqoriroq

bo‘ladi. Ayniqsa, bahs-munozara, loyihaviy ishlar, dramatizatsiya, erkin insholar,

kollejiyum, “fikrlar yog‘dusi” kabi metodlar o‘quvchilarni faollashtiradi, ular o‘zini

shunchaki tinglovchi emas, balki fikr bildiruvchi va yaratishga qodir shaxs sifatida

ko‘ra boshlaydi.Shuningdek, bu texnologiyaning joriy etilishi orqali o‘qituvchining

roli ham o‘zgaradi — u endilikda bilim beruvchi emas, balki yo‘naltiruvchi, maslahat

beruvchi, sherik sifatida maydonga chiqadi. Bu esa o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida

sog‘lom, ishonchli muhitni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Biroq, bu

yondashuvni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tizimli muammolarni bartaraf etish

zarur: o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish,

darslik va qo‘llanmalarda ijodiy topshiriqlarga kengroq o‘rin berish, maktablarning

moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, o‘quvchilarni faol fikrlashga rag‘batlantirish

kabi masalalar hal qilinishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Yusupov, Sh.S. (2021). Pedagogik texnologiyalar: nazariya va amaliyot. Toshkent:

O‘qituvchi nashriyoti.

2. Dewey, J. (1916). Democracy and Education. New York: Macmillan.

3. Rousseau, J.J. (1762). Emile, or On Education.

4. Vygotsky, L.S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher

Psychological Processes. Harvard University Press.

5. Mahkamova, D. (2020). Ona tili darslarida innovatsion metodlardan foydalanish.

Til va adabiyot, 4-son.

6. Nasriddinov, M. (2019). O‘zbek maktablarida til o‘qitish metodikasi. Toshkent:

Fan nashriyoti.

7. Karimov, B. (2022). Til kompetensiyasini shakllantirishda kommunikativ

yondashuv. Filologiya va tillarni o‘qitish, 1-son.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

251

8. UNESCO (2015). Rethinking Education: Towards a Global Common Good? Paris:

UNESCO Publishing.

9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (2021). Ona tili fanidan metodik

qo‘llanma. Toshkent.

10. Aliyeva, N. (2023). Erkin ta’lim – zamonaviy ta’limning asosi. Ta’lim

innovatsiyalari jurnali, 3(2).