Authors

  • Otabek Botirov

Author Biography

  • Otabek Botirov

    Farg‘ona viloyati Rishton tumani MMTB 6- umumiy o‘rta ta’lim maktabi amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117282

Abstract

Ushbu maqolada sinfda yuzaga keladigan to‘qnashuvlarning sabablari, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri hamda ularni oldini olish va samarali hal etish yo‘llari yoritilgan. Murosaga kelish va konstruktiv muloqot orqali ijobiy sinf muhitini shakllantirish yo‘nalishidagi amaliy usullar, xususan, “Win-Win” strategiyasi, faol tinglash va mediatorlik yondashuvlari tahlil qilingan. Maqolada shuningdek o‘quvchilarda murosaga kelish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi trening mashg‘ulotlari, rolli o‘yinlar va guruhli ishlash metodlari bayon etilgan. Pedagoglarga mo‘ljallangan ushbu material sinfdagi ijtimoiy-psixologik muvozanatni ta’minlash, o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

113

SINFDA TO’QNASHUVLARNING OLDINI OLISH VA MUROSAGA

KELISHNING AHAMIYATI

Farg‘ona viloyati Rishton tumani MMTB 6- umumiy o‘rta ta’lim maktabi

amaliyotchi psixologi Otabek Botirov

Annotatsiya: Ushbu maqolada sinfda yuzaga keladigan to‘qnashuvlarning

sabablari, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri hamda ularni oldini olish va samarali hal

etish yo‘llari yoritilgan. Murosaga kelish va konstruktiv muloqot orqali ijobiy sinf

muhitini shakllantirish yo‘nalishidagi amaliy usullar, xususan, “Win-Win”

strategiyasi, faol tinglash va mediatorlik yondashuvlari tahlil qilingan. Maqolada

shuningdek o‘quvchilarda murosaga kelish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat

qiluvchi trening mashg‘ulotlari, rolli o‘yinlar va guruhli ishlash metodlari bayon

etilgan. Pedagoglarga mo‘ljallangan ushbu material sinfdagi ijtimoiy-psixologik

muvozanatni ta’minlash, o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishini qo‘llab-

quvvatlashda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning nafaqat bilim olish, balki ijtimoiy

muhitda muloqot qilish, fikr almashish va hamkorlikda ishlash kabi muhim

ko‘nikmalarni ham rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Biroq, sinf ichidagi o‘zaro

munosabatlar jarayonida turli fikrlar, xarakterlar va ehtiyojlarning to‘qnashuvi

oqibatida nizolar yuzaga kelishi tabiiy holdir. Bu esa ta’lim samaradorligini

pasaytirishi, o‘quvchilar o‘rtasida salbiy muhit paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Shunday holatlarda konfliktlarni vaqtida aniqlash, ularni oldini olish va murosaga

kelish usullarini o‘rgatish pedagogik faoliyatning muhim yo‘nalishlaridan biriga

aylanadi.

To‘qnashuvlarning mohiyati va sabablari

To‘qnashuv (konflikt) – bu ikki yoki undan ortiq tomonlar o‘rtasida fikr,

manfaat, ehtiyoj yoki qadriyatlar to‘qnashuvi natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy-

psixologik holatdir. Sinfdagi to‘qnashuvlarning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

114

Shaxslararo farqlar:

O‘quvchilarning xarakterlari, dunyoqarashi,

tarbiyasi va qiziqishlari turlicha bo‘lgani uchun, ba’zan bir-birini tushunmaslik

holatlari paydo bo‘ladi.

Noto‘g‘ri yoki yetarli bo‘lmagan kommunikatsiya:

O‘z fikrini aniq

yetkazmaslik, noto‘g‘ri talqin qilish yoki e’tiborsizlik ko‘plab tushunmovchiliklarga

olib keladi.

Raqobat:

Baholash tizimi, o‘qituvchining munosabati yoki liderlik uchun

kurash o‘quvchilar orasida raqobatni kuchaytiradi.

E'tiborsizlik va empatiya yetishmasligi:

Boshqalarning holatini

tushunmaslik, o‘z fikrini ustun qo‘yish ham nizolarga sabab bo‘ladi.

Murosaga kelish va nizolarni hal etish strategiyalari

Pedagog o‘z sinfida ijobiy ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish uchun

konfliktologik ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, ya’ni nizolarni aniqlash, baholash va ularni

hal qilishda vositachilik qila olishi zarur. Quyida to‘qnashuvlarni hal etishning

samarali usullari keltirilgan:

1.

Faol tinglash

– o‘quvchilarning har ikki tomonini diqqat bilan tinglab,

ularning fikr va his-tuyg‘ularini e’tiborga olish.

2.

"Men" tili

– da’vo aralashmagan, ochiq va tinch ohangda muammoni

ifoda etish (masalan, “Sen doimo shovqin qilasan” o‘rniga – “Men siz gapirganda

e’tibor bermaslikka xafa bo‘laman”).

3.

"Win-Win" (g‘olib-g‘olib) strategiyasi

– nizoning har ikki tomoniga

mos tushadigan yechimni izlab topish.

4.

Mediatorlik (vositachilik)

– o‘qituvchi yoki uchinchi tomon nizoni hal

qilishda yordamchi bo‘lib qatnashadi.

5.

Guruh mashg‘ulotlari va rolli o‘yinlar

– o‘quvchilarni amaliy

vaziyatlarga tayyorlash, o‘zaro anglashuvni kuchaytirish.

O‘quvchilarda murosaga kelish ko‘nikmalarini shakllantirish

Murosaga kelish – bu tug‘ma emas, balki o‘rganiladigan va doimiy

rivojlantiriladigan ijtimoiy ko‘nikmadir. Maktabda o‘quvchilar bu borada quyidagicha

rivojlantiriladi:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

115

Samarali muloqot bo‘yicha treninglar

– sinf ichida ijobiy muloqotni

shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar.

Bahs va munozaralar

– o‘z fikrini himoya qilish va boshqalarning nuqtai

nazarini anglash imkonini beradi.

Ijtimoiy loyihalar

– jamoaviy ish orqali hamkorlik, mas’uliyat va murosa

ko‘nikmalari rivojlanadi.

Refleksiya va tahlil

– har bir nizodan keyin o‘quvchilar o‘z xatti-

harakatlarini tahlil qilishga o‘rgatiladi.

Xulosa

Sinfda to‘qnashuvlarning oldini olish va murosaga kelish ko‘nikmalarini

shakllantirish – zamonaviy ta’limning ajralmas qismidir. Bu nafaqat ijobiy sinf

muhitini yaratadi, balki o‘quvchilarning hayotdagi boshqa ijtimoiy vaziyatlarda ham

muvaffaqiyatli harakat qilishiga zamin yaratadi. O‘qituvchi sifatida biz nizolarni

jazolash bilan emas, balki o‘rgatish, tushuntirish va murosaga yo‘naltirish orqali hal

qilishimiz zarur. Ana shunda maktab haqiqiy ijtimoiy muvozanat va tarbiya maktabiga

aylanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Fisher, R., Ury, W. & Patton, B. (2011).

Getting to Yes: Negotiating Agreement

Without Giving In

. Penguin Books.

2.

Johnson, D. W., & Johnson, R. T. (2002).

Conflict Resolution and Peer

Mediation Programs in Elementary and Secondary Schools: A Review of the Research

.

3.

Qodirov M. (2018).

Ijtimoiy muloqot va konfliktlarni hal etish

. Toshkent.

4.

Ibragimov J. (2015).

Kommunikatsiya: O‘zaro munosabatlarning psixologiyasi

.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (2020).

Murosaga kelish va

nizolarni hal etish bo‘yicha metodik qo‘llanma

.