Authors

  • MAVLONOVA ZULAYHO ALLAMUROD QIZI

Author Biography

  • MAVLONOVA ZULAYHO ALLAMUROD QIZI

    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117290

Keywords:

Yoshlar ilm-fan taʼlim tizimi zamonaviy metodlar qiziqish innovatsiya.

Abstract

Ushbu maqolada yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va zamonaviy taʼlim tizimining bu jarayondagi roli tahlil qilinadi. Ilm-fanga bo‘lgan qiziqish nafaqat shaxsning shaxsiy rivojlanishiga, balki jamiyatning innovatsion rivojlanishiga ham ta'sir etadi. Zamonaviy taʼlim tizimi, o‘quvchilarning ilmiy kimaoliyatini rag‘batlantirish va ularning qiziqishini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada zamonaviy taʼlim metodlari, o‘quvchilarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish usullari va ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ta'siri ko‘rib chiqiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_Май –2025

91

YOSHLARNING ILM-FANGA BO’LGAN QIZIQISHI VA

ZAMONAVIY TAʼLIM TIZIMI

MAVLONOVA ZULAYHO ALLAMUROD QIZI

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini

oshirish va zamonaviy taʼlim tizimining bu jarayondagi roli tahlil qilinadi. Ilm-fanga

bo‘lgan qiziqish nafaqat shaxsning shaxsiy rivojlanishiga, balki jamiyatning

innovatsion rivojlanishiga ham ta'sir etadi. Zamonaviy taʼlim tizimi, o‘quvchilarning

ilmiy kimaoliyatini rag‘batlantirish va ularning qiziqishini oshirishda muhim

ahamiyatga ega. Maqolada zamonaviy taʼlim metodlari, o‘quvchilarning ilm-fanga

bo‘lgan qiziqishini oshirish usullari va ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga

ta'siri ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar: Yoshlar, ilm-fan, taʼlim tizimi, zamonaviy metodlar, qiziqish,

innovatsiya.

Kirish

Yoshlar – jamiyatning eng faol va ijodiy qismi bo‘lib, ularning ilm-fanga

bo‘lgan qiziqishi kelajakda mamlakatning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.

Bugungi kunda zamonaviy taʼlim tizimi yoshlarni ilm-fanga yo‘naltirishda va

ularning qiziqishini oshirishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Ilm-fanga bo‘lgan

qiziqishni oshirish nafaqat o‘quv jarayonida, balki turli tadbirlar, loyihalar va ilmiy

izlanishlar orqali amalga oshiriladi. Ushbu maqolada yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan

qiziqishini oshirishda zamonaviy taʼlim tizimining ahamiyati ko‘rib chiqiladi.

Asosiy qism

Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga

qaratilgan innovatsion rivojlanish yo ’liga o’tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta.

Milliy taraqqiyotimizning yangi davrida xalqmizda yangicha dunyoqarashni

shakllantirish, ayniqsa, yoshlarni milliy yuksalish g’oyasi atrofida birlashtirish, ularni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_Май –2025

92

ilm-fan yutuqlari hamda raqamli texnologiyalar bilan qurollantirish orqali kuchli

fuqarolik jamiyatini shakllantirishda dastur-ul amal bo’lib xizmat qiladi.

Zamonaviy taʼlim tizimi o‘quvchilarga bilim berishdan tashqari, ularning ilm-

fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga ham qaratilgan. Bu tizimda quyidagi asosiy

jihatlar muhim ahamiyatga ega:

• Innovatsion metodlar: Taʼlim jarayonida interaktiv va innovatsion

metodlardan foydalanish o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlaydi. Guruhli

muhokamalar, loyiha asosida o‘qitish va tajriba o‘tkazish kabi usullar yoshlarning

bilim olish jarayonida qiziqishini oshiradi.

• Axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi: Zamonaviy texnologiyalar

yordamida o‘quvchilarga keng ko‘lamli ma'lumotlarga erishish imkoniyati yaratiladi.

Onlayn platformalar, virtual laboratoriyalar va interaktiv dasturlar yoshlarni ilm-

fanga jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi.

• Ilmiy tadqiqotlar va loyihalar: O‘quvchilarni ilmiy tadqiqotlar va loyihalarda

ishtirok etishga rag‘batlantirish ularning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini

rivojlantiradi. Bu jarayon ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshiradi va yoshlarni

innovatsion g‘oyalar bilan tanishtiradi.

Yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun zamonaviy taʼlim

tizimida bir nechta usullar qo‘llanilishi mumkin:

• Muloqotga asoslangan taʼlim: O‘quvchilarni faol muloqotga jalb qilish,

ularning fikrlarini erkin ifoda etishiga yordam beradi. Bu usul orqali yoshlar bir-

biridan o‘rganadilar va ilmiy muhokamalarda ishtirok etadilar.

• Amaliy tajriba: O‘quvchilarga amaliy tajribalar o‘tqazish orqali nazariy

bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratiladi. Bu jarayon yoshlarning

qiziqishini oshiradi va ilm-fanga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytiradi.

• Ilmiy-tadqiqot faoliyati: O‘quvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish,

ularning mustaqil fikrlash va analitik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bu jarayonda

mentorlik va rahbarlik qilish ham muhimdir.

Yoshlarning

ilm-fanga

bo‘lgan qiziqishi ularning kelajakdagi

muvaffaqiyatlariga bevosita ta'sir qiladi. Ilm-fan sohasida faoliyat yurituvchi yoshlar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_Май –2025

93

innovatsion g‘oyalar yaratishda, yangi texnologiyalarni ishlab chiqishda va

jamiyatning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Ularning qiziqishi va bilimlari

kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shtiradi. Hozirgi kunda

O‘zbekistonda 1500 mingdan ziyod 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar turli xil ixtirolari

uchun patentlar olgan. Bu ko‘rsatkich faqatgina O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim

muassasalari

miqyosidagi

statistik

ma’lumotlar

bo‘lib,

aslida

yosh

ixtirochilarimizning soni bundan-da ko‘pligi quvontiradi. Aynan shunday yoshlarni

qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2019 yildan boshlab, yosh olimlar, talabalar, umuman

tashabbuskor fuqarolar «Innovatsion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni bilan

taqdirlanadilar. Joriy yilning 1 aprelidan 30 aprelgacha ko‘krak nishoni bilan

taqdirlashga oid davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik sub’ektlari

taqdim etayotgan dastlabki takliflar tuman va shahar hokimliklarida tuzilgan

komissiyalar tomonidan qabul qilinmoqda. Tadqiqotlar bilan, tadqiqotlarni amalga

tatbiq qilish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarning e’tirof etilishi yurtimizda ilm-fan

bilan shug‘ullanish qay darajada nufuzli ekanini anglatadi.

Xulosa

Yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi zamonaviy taʼlim tizimining

ajralmas qismidir. Innovatsion metodlar, axborot texnologiyalaridan foydalanish va

ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish orqali o‘quvchilarning qiziqishini oshirish mumkin. Bu

jarayon nafaqat shaxsiy rivojlanishga, balki jamiyatning innovatsion rivojlanishiga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_Май –2025

94

ham xizmat qiladi. Kelajakda muvaffaqiyatli yosh avlodni tarbiyalash uchun

zamonaviy taʼlim tizimini rivojlantirish zarur. Koʻhna Xitoy mutafakkiri

Konfutsiy: “Agar rejangiz bir yillikboʻlsa, sholi eking, oʻn yillik boʻlsa, daraxt eking,

yuz yillik boʻlsa – bolalaringizga taʼlim bering”, deya bejiz taʼkidlamagan. Kelajakda

kutilgan “hosil”ni yigʻish uchun Oʻzbekistonimizda hozirdan keng imkoniyatlar

yaratilyapti, yoshlarni ilm-u maʼrifatga ragʻbatlantirish, ilm egalarini qadrlashga

qaratilgan tizim shakllantirilyapti.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari", Yoshlar nashriyot uyi Toshkent-2019,

55-bet.

2. Shuxrat Sattorov, "Biz g'alaba qozonamiz","Bilim va intellektual salohiyat"

nashriyoti 2018

3.https://mininnovation.uz/oz/news/2322https://xs.uz/uz/post/alisher-sadullaev-

yoshlar-uchinchi-renessans-drajverlari-bolaoladimi

4. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni ilm-fan va oliy ta'lim

sohasini rivojlantirish bo'yicha belgilangan vazifalar ijrosiga bag'ishlangan

yig'ilishdagi nutqidan. https://kun.uz/uz/news/2019/05/28

5. PF-6097 sonli "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash

to'g'risida"gi prezident farmoni. https://lex.uz/docs/-5073447

6. "O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni.

https://www.lex.uz/ru/docs/-4545884

7. "Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo'llab-

quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston

Respublikasi Prezidenti qarori. https://lex.uz/docs/-4571490