MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
262
ABDULLA AVLONIYNING “TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ”
ASARIDA TA’LIMIY AXLOQIY MASALALAR
Qosimova Gulzoda
DTPI Pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi
Xoliyorova Madina
Pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabasi
E-mail:
Annotatsiya: Ushbu maqolada ma’rifatparvar mutafakkir Abdulla Avloniy
tomonidan yozilgan “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida ilgari surilgan ta’limiy va
axloqiy g‘oyalarning mohiyati tahlil etiladi. Maqolada asarning o‘zbek maktabchiligi
va tarbiya tizimida tutgan o‘rni, undagi axloqiy fazilatlarni shakllantirishga
qaratilgan pand-nasihatlar, milliy va insoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligi yoritiladi.
Shuningdek, Avloniy tomonidan ilgari surilgan axloqiy normalarning bugungi kunda
dolzarbligi va zamonaviy pedagogik jarayonga integratsiyalash imkoniyatlari
muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari “Turkiy Guliston” asarining nafaqat adabiy,
balki amaliy-pedagogik qiymatini ham ochib beradi.
Kalit so‘zlar: Abdulla Avloniy, Turkiy Guliston, vijdon, axloqiy tarbiya,
halollik, insoniylik, ma’naviyat, zamonaviy ta’lim, pedagogika, milliy qadriyatlar
.
Aннотация:
В
данной
статье
рассматривается
сущность
просветительских и нравственно-воспитательных идей, изложенных в
произведении выдающегося мыслителя-просветителя Абдуллы Авлони —
«Турецкий гулистан или этик». В статье освещается значение данного труда в
истории узбекской школьной педагогики и системы воспитания, акцентируется
внимание на наставлениях, направленных на формирование нравственных
качеств, а также их гармония с национальными и общечеловеческими
ценностями. Особое внимание уделяется актуальности выдвинутых Авлони
нравственных норм в условиях современного образовательного процесса и
возможностям их интеграции в педагогическую практику. Результаты
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
263
исследования раскрывают не только литературную, но и практическо-
педагогическую ценность произведения «Турецкий Гулистан».
Ключевые слова. Абдуллы Авлони, «Турецкий Гулистан». совесть,
нравственное воспитание, честность, человечность, духовность, современное
образование, педагогика, национальные ценности.
Abstrakt: This article analyzes the essence of the educational and moral ideas
put forward by the enlightened thinker Abdulla Avloni in his work “Turkiy Guliston or
Ethics.” The paper explores the significance of this work in the context of Uzbek
pedagogy and moral education, emphasizing the advice aimed at fostering ethical
qualities and its harmony with both national and universal values. Moreover, the
article discusses the relevance of Avloni’s ethical principles in today’s educational
landscape and their potential integration into modern pedagogical practices. The
findings of the study reveal that “Turkiy Guliston” holds not only literary but also
practical-pedagogical value.
Key words
:
Abdulla Avloni, Turkiy Gulistan, conscience, moral education,
honesty, humanity, spirituality, modern education, pedagogy, national values.
KIRISH
XX asr boshlarida O‘zbekiston ijtimoiy-ma’naviy hayotida yuzaga kelgan
jadidchilik harakati, xalqni ilm-ma’rifatga chorlab, ta’lim-tarbiyani zamonaviy asosda
rivojlantirishga qaratilgan edi. Ushbu harakatning yetakchi namoyandalaridan biri
bo‘lgan Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari orqali yosh
avlodni axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ularni milliy va umuminsoniy
qadriyatlar asosida shakllantirishga alohida e’tibor qaratdi.
Mazkur asar, o‘zbek adabiyotidagi dastlabki didaktik asarlardan biri bo‘lib,
unda ta’lim va tarbiya masalalari keng yoritilgan. Avloniy ta’limni millatning
yuksalishi va taraqqiyotining poydevori deb hisoblagan. Shuningdek, u tarbiyani
insonning ma’naviy poklanishi va jamiyatdagi o‘rnini belgilovchi asosiy omil sifatida
ta’riflaydi.
ADABIYOTLAR
TAHLILI VA METODOLOGIYA
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
264
"Turkiy guliston yoxud axloq" – Avdulla Avloniy tomonidan yozilgan va ilk
bor 1913-yilda nashr etilgan muhim ma’naviy-tarbiyaviy asarlardan biridir. Ushbu
kitob Turkiston jadidchilik harakatining yetuk namunalaridan bo‘lib, unda xalqni ilm-
ma’rifatga chorlash, axloqiy tarbiya berish, jamiyatni johillik va qoloqlikdan chiqarish
g‘oyalari adolat, mehnatsevarlik, sabr-toqat kbi fazilatlarni targ‘ib qiladi
Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridagi
vijdon
mavzusini
chuqur falsafiy va tarbiyaviy asosda tahlil qiladi. Asarda vijdon insonning ichki ruhiy
kuchi, axloqiy amallarni baholovchi ichki mezon sifatida tasvirlanadi. Bu fikr bugungi
ta’limda shaxsning axloqiy ongini shakllantirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga
ega.
Avloniyning talqinicha, vijdon insonni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi ichki “oyina”
bo‘lib, har bir inson o‘z xatti-harakatini ushbu oyina orqali baholay olishi kerak. Bu
fikr zamonaviy pedagogikada o‘zini refleksiya qilish, axloqiy o‘z-o‘zini nazorat qilish
kompetensiyalariga mos tushadi.
Vijdon orqali inson:
Yaxshi-yomonni farqlaydi,
Halollik va insoflik bilan yashaydi,
O‘z xatolarini tan oladi,
Atrofidagilarni emas, avvalo o‘zini tarbiyalaydi.
Avloniyning vijdon haqidagi talqini yosh avlodni nafaqat bilimli, balki insoniy
fazilatlar bilan komillikka yetaklovchi, yuqori axloqiy ongga ega bo‘lgan shaxs sifatida
tarbiyalashda dolzarb metodik asos vazifasini bajaradi. Yana shuni aytishimiz
mumkinki bu asarda ota-onaga hurmat qilish, ustozlarni qadrlash, do‘stlik va birodarlik
munosabatlariga rioya qilish haqida so‘z yuritadi. Odobsizlik, yolg‘onchilik,
hasadgo‘ylik kabi illatlar jamiyatning inqiroziga olib kelishini tushuntiradi. Yoshlarni
Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash muhimligini ta’kidlaydi. Turkiston xalqlari
taraqqiy etishi uchun bilimli va vatanparvar yoshlar kerakligini aytadi.
Abdulla Avloniy tomonidan ilgari surilgan vijdon konsepsiyasi bugungi
ta’limda shaxsiy mas’uliyat, axloqiy muvozanat va ichki nazoratni rivojlantirishda o‘ta
dolzarb hisoblanadi. Uning ta’kidlashicha, inson o‘z harakatlarini baholashda tashqi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
265
qonun-qoidagacha emas, avvalo ichki hissiyot va vijdon mezoniga tayanmog‘i lozim.
Bu g‘oya zamonaviy pedagogikada axloqiy tarbiyaning markaziga aylanishi lozim.
MUHOKAMA
Muhokama jarayonida shuni alohida qayd etish zarurki, Avloniyning qarashlari
hozirgi kunda o‘quvchilarda o‘zini anglash, o‘z harakatlariga tanqidiy yondashish va
mustaqil fikrlashni rivojlantirishda xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa, bugungi
globallashuv davrida axloqiy mezonlar va qadriyatlar buzilayotgan bir paytda, vijdon
tarbiyasi orqali shaxsning ruhiy-axloqiy immunitetini mustahkamlash ta’limning
asosiy vazifasiga aylanishi kerak.
Shuningdek, muhokama davomida Avloniy asaridagi axloqiy g‘oyalarning
nafaqat tarixiy, balki amaliy-pedagogik qiymati borligi, ularni darslik va o‘quv
dasturlariga integratsiya qilish zarurati muhokama etilishi mumkin. Chunki bu asar
orqali yoshlar qalbiga milliy g‘urur, adolat, insoflik va halollik singari fazilatlar chuqur
singdirilishi mumkin.
NATIJA
Abdulla Avloniy tomonidan yozilgan “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari
yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Asarda ilgari surilgan vijdon, halollik, adolat, xolislik kabi g‘oyalar nafaqat o‘z davri,
balki bugungi ta’lim-tarbiya tizimi uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot
shuni ko‘rsatadiki, bu asar maktab ta’limiga integratsiya qilinsa, o‘quvchilarning
axloqiy ongini shakllantirishda samarali vositaga aylanishi mumkin.
XULOSA
Abdulla Avloniy asarida ilgari surilgan axloqiy g‘oyalar bugungi ta’limda ham
dolzarb ahamiyatga ega. “Turkiy Guliston” yoshlarda vijdon, halollik va insoniylikni
shakllantirishda muhim manbadir. Ushbu asarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish
ma’naviy tarbiyada yuqori samaradorlik beradi.
ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
1.
Avloniy, A. (1913). Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent: Matbaai Turkiston.
2.
Maqsudov U. B. Q., Qosimova G. E. Q. TALABALARDA MEDIA
SAVODXONLIKNI OSHIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI //Oriental
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
266
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2022. – Т. 2. – №.
11. – С. 988-995
3.
Qurbonovich M. U. B. TALABALARDA MEDIA SAVODXONLIKNI
OSHIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. – 2022
4.
Rahmonov, I. (2010). Jadidchilik harakati va uning tarbiyaviy g‘oyalari.
Toshkent: Ma’naviyat.
5.
Rasulov, A. (2015). Ma’rifatparvarlik va milliy taraqqiyot. Samarqand:
Zarafshon nashriyoti.
6.
Usmonov, Q. (2005). Jadidlar tafakkurida ta’lim va tarbiya masalalari.
Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.
7.
Vohidov, S. (2007). Avloniy va jadidchilik harakati. Toshkent: Sharq.
8.
Xudoyberganov, A. (2020). O‘zbek adabiyotida jadidchilik an’analari.
Toshkent: Istiqlol.
9.
Yo‘ldoshev, M. (2018). O‘zbek jadidchiligining ma’rifiy merosi. Toshkent: Fan
va texnologiya.