MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
87
MANG’ITLAR DAVRIDA DAVLAT TUZUMI VA MA’MURIY-
HARBIY BOSHQARUV
Sh.S.Shodiyeva
Buxoro Davlat universiteti t.f.f.d, (PhD) dotsent
A.A.Toirov
Buxoro Davlat universiteti Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar) yo‘nalishi
talabasi.
Annotatsiya. Buxoro amirligining harbiy boshqaruv tizimi birinchi bor
kompleks yondashuv asosida tahlil qilindi. Harbiy unvonlar, harbiy boshqaruv
idoralari, harbiy rahbarlarning siyosiy tizimdagi o‘rni aniq tarixiy dalillar asosida
yoritildi. Shuningdek, tarixiy tajribani zamonaviy boshqaruv tizimlarida inobatga
olish, o‘quv darsliklar va maxsus kurslar uchun ilmiy asos yaratadi.
Kalit so‘zlar: Amirlik davlat boshqaruvi, qo‘shin boshqaruvi, davlat boshqaruv
idoralari, lavozimlar.
Kirish.
Buxoro – O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixga ega bo‘lgan
madaniy markazlaridan biri bo‘lib, uning siyosiy, ijtimoiy, harbiy va ma’muriy hayoti
tarixshunoslik fanida alohida o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim yo‘nalishlardan biridir.
Buxoro amirligida markaziy va mahalliy boshqaruv.
Buxoro amirligi
tarixiy jihatdan Markaziy Osiyodagi eng yirik va nufuzli davlatlardan biri boʻlib, uning
siyosiy va ma’muriy boshqaruv tizimi koʻp asrlar davomida oʻzining murakkablik
darajasi va mustahkam ierarxiyasi bilan ajralib turgan. Ayniqsa, XVIII asrning ikkinchi
yarmidan boshlab hukmronlik qilgan Mang’itlar sulolasi davrida davlat
boshqaruvining markazlashuvi kuchaydi. Ushbu davrda shakllangan markaziy va
mahalliy boshqaruv organlari davlatning siyosiy barqarorligi va harbiy salohiyatini
ta’minlashda muhim oʻrin tutdi
1
. Buxoro amirligining markaziy boshqaruvi mutlaq
hokimiyat sohibi boʻlgan amir tomonidan amalga oshirilgan. Amir nafaqat dunyoviy,
balki diniy hokimiyat boshlig’i, ya’ni “amir ul-moʻminin” sifatida tan olingan. Davlat
1
Shodiyev J. Buxoro amirligi davlatchiligining rivojlanishi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2010. – B. 45.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
88
hayotiga oid muhim qarorlar Buxoro shahridagi Ark saroyida, shariat qonunlariga
asoslangan tarzda qabul qilingan. U nafaqat dunyoviy, balki diniy hokimiyatni ham oʻz
qoʻlida jamlagan
2
. Podsholik taxtiga koʻtarilish quyidagicha boʻlgan. Hamma vazirlar,
qozi ul-quzzot va muftiylar dorus-saltanatga yig’ilib, shohlikka loyiq odamni oq kigiz
ustiga oʻtaqazib, muftilar kigizning toʻrt burchagidan koʻtarib podsholik taxtiga qoʻyib,
sultonlik tojini boshiga kiygazib, islom bayrog’ini qoʻliga berganlar. Keyin Qur’onni
oldiga qoʻyib aytganlar, “shariat yoʻlidan chiqish mumkin emas, hukmi shariatga mos
kelgan ahkomlarga rioya qilib, iqror va farmobardor boʻlish zarur”, deb ont ichirganlar.
Agar shar’iy hukmlarga, ya’ni Kalomulloh hukmlariga tajovuz etsa, Qur’onga havola
etish joiz boʻlmagay. Diniy shart-sharoitlarni tushuntirib, shoh nomiga shohona
tabl(nog’ora)larga urib, “islom podshosi, amir al-moʻminin sayid amir falon ibn
falonning saltanat davri boʻldi, Olloh uning hukmronligini va sultonligini abadiy
qilsin” deb jar solganlar. Mamlakatning hamma ixtiyori uning qoʻliga oʻtib, hokimlar
tayinlash va ishdan olish ham shohning buyrug’i bilan boʻlgan
3
.
Markaziy boshqaruvdagi asosiy idoralar quyidagilardan iborat boʻlgan:
Amir – oliy hukmdor, harbiy va diniy rahbar;
Qoʻshbegi – bosh vazir, markaziy idoralarni muvofiqlashtiruvchi shaxs;
Otaliq – amirlik davlati suverenitetini qoʻllab-quvvatlovchi maslahatchi;
Devonbegi – moliya va iqtisodiy masalalar uchun mas’ul;
Toʻpchiboshi – harbiy kuchlar boshlig’i;
Qozi ul-quzzot – sud hokimiyatining oliy vakili.
Qoʻshbegi markaziy hokimiyatda amirdan keyingi eng yuqori lavozim
hisoblangan. U barcha boshqaruv idoralarini nazorat qilib, har kuni amirga og’zaki
yoki yozma axborot taqdim etib turgan. Tarixchi va davlat arbobi Mirzo Salimbek
oʻzining mashhur “Tarixi Salimiy” asarida yozishicha, Buxoro amirligida XIX asrda
ikkita qoʻshbegi lavozimi boʻlgan: “
Qoʻshbegiyi bolo”
(Yuqori qoʻshbegi) va
“
Qoʻshbegiyi poyon”
( Quyi qoʻshbegi). Qoʻshbegiyi bolo (Bosh vazir) Arkda, ya’ni
baland qoʻrg’onda yashahgan va saroy ishlarida yetakchi mavqeni egallagan.U
2
Abdurahimova N.A., Isakova M.S. Davlat muassasalari tarixi. – Toshkent: Fan, 2007. – B. 92.
3
Muhammad Ali Baljuvoniy Tarixi nofeiy (Foydali tarix) . T.: Akademiya, 2001.- B. 21
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
89
doimiy ravishda Arkda amir bilan muloqatda boʻlib turgan. Qoʻshbegiyi poyon (Bosh
zakotchi) boʻlsa Ark quyisidagi hovlilardan birida yashab, amirlik hududidagi butun
soliq ishlarini nazorat qilgan. Mamlakatda favqulodda vaziyat yuz bersa yoki urushlar
boshlansa har ikki lavozim birlashtirilib, “
Kulli qoʻshbegi”
(“kull” arabcha soʻz boʻlib,
u “barcha” degan ma’noni bildirgan) lavozimi joriy qilingan. Kulli qoʻshbegi (Ulug’
qoʻshbegi) amirlikdagi butun hukumat ishlarini oʻz qoʻlida toʻplagan va shoshilinch
qarorlar qabul qilgan. Masalan, Turkiston oʻlkasi Xalq Komissarlari Soveti raisi F.
Kolesov Buxoroga hujum qilganida (1918-yil mart) kulli qoʻshbegi lavozimiga
tajribali Usmonbekbiy inoq tayinlangan
4
. Demak, XIX asrda “Qoʻshbegiyi bolo” va
“Qoʻshbegiyi poyon” lavozimlari joriy etilgan boʻlib, favqulodda holatlarda bu
lavozimlar birlashtirilib, “Kulli qoʻshbegi” unvoni berilgan. XVIII asrning oʻrtalariga
kelib qoʻshbegi mansabi yetakchi oʻringa chiqib, u davlat apparatining asosiy boʻg’ini
sifatida barcha boshqaruvning asosiy funksiyalarini oʻz qoʻliga toʻplay boshlagan edi.
Qoʻshbegi mahalliy beklar orqali markaziy davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan
bir qatorda, chet mamlakatlardan keladigan mol-mulklardan olinadigan boj toʻlovlari
ustidan nazoratni amalga oshirgan. Qoʻshbegi lavozimiga davlatning tajribali,
ishbilarmon, siyosatdan kishilaridan tayinlanib, nomzod avval devonbegi mansabida
faoliyat yuritgan boʻlishi lozim boʻlgan. U saroydagi eng yuqori unvon egasi sifatida
davlatda amirdan keyingi oʻrinda turgan. Turklardagi ulug’ vazir yoki Yevropadagi
davlat kansleri singari, qoʻshbegi amirning eng yaqin maslahatchisi va ishonchli kishisi
boʻlgan. Qoʻshbegi bir vaqtning oʻzida amirning shaxsiy muxrini saqlash, boshqa
davlatlar bilan aloqalarni nazorat qilish, shuningdek moliya ishlarini boshqarish kabi
mas’ul vazifalarni ham amalga oshirgan
5
.Buxoro amirligi ma’muriy-hududiy jihatdan
27 ta beklik va 11 ta tumanga boʻlingan. Har bir beklik amir tomonidan tayinlangan
bek tomonidan boshqarilgan. Beklar yuqori tabaqaga mansub, koʻpincha yirik yer
egalari boʻlgan. Ular bevosita amirga boʻysungan va har yili iqtisodiy, siyosiy va
harbiy faoliyat boʻyicha hisobot topshirib turgan. Bekliklar oʻz ichida
amlokdorliklarga boʻlingan. Har bir amlokdorlik esa bir necha qishloqlardan iborat
4
Otamurotova R. Buxoro amirligidagi harbiy mansablar. – Urganch DU, 2015. – B. 17.
5
Shodiyev J. Buxoro amirligi davlatchiligining rivojlanishi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2010. – B. 29.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
90
boʻlib, ular ular mahalliy oqsoqollar, mirshablar, zakotchilar yordamida boshqarilgan
6
.
Amlokdorlik tizimi bekliklarni yanada mahalliy darajada idora etishda muhim vosita
boʻlgan. Mahalliy boshqaruvda quyidagi lavozimlar mavjud boʻlgan:
Bek – beklik boshlig’i;
Amlokdor – yer-mulk va soliq tizimi boshqaruvchisi;
Mirob – suv resurslarini nazorat qiluvchi;
Zakotchi – soliq yig’uvchisi;
Dorug’aboshi – tartib va jamoat xavfsizligi uchun mas’ul.
Buxoro amirligi hukmronligida mahalliy hokimiyat markaziy hokimiyatga
boʻysunar, lekin bekliklar ayrim holatlarda nisbiy mustaqillikka ega boʻlgan. Ayrim
yirik bekliklar, masalan, Samarqand yoki Qarshi beklari strategik ahamiyatga ega
boʻlgan. Bu tizim markazdan yuborilgan farmonlarni mahalliy darajada amalga
oshirishda muhim rol oʻynagan
7
.
Mang’itlar davrida ma’muriy-harbiy boshqaruv mexanizmlari.
Mang’itlar
sulolasining Buxoro amirligi taxtiga chiqishi XVIII asrning ikkinchi yarmiga toʻg’ri
keladi. Bu davrda mamlakat ichki siyosiy beqarorlikdan aziyat chekayotgan edi.
Mahalliy feodallar orasidagi ziddiyatlar, markaziy hokimiyatning zaiflashuvi, iqtisodiy
inqiroz davlat boshqaruv tizimini tubdan qayta koʻrib chiqishni taqozo etgan. Aynan
mana shunday vaziyatda Mang’itlar hokimiyat tepasiga kelib, ma’muriy va harbiy
boshqaruv tizimini markazlashtirishga kirishdilar. XVIII asming ikkinchi yarmiga
kelib amirlik hukmdorlari mavjud siyosiy nizolar va tashqi xavf-xatarni inobatga olgan
holda muntazam qoʻshin tashkil etishga kirishganlar. Buxoro amirligida amir oliy bosh
qoʻmondon boʻlib, unga sarkarda, amirlashkar, dodxoh (qoʻshin boshlig’i), qoʻronbegi,
toʻqsabo, mingboshi kabi oliy toifali harbiy amaldorlar boʻysungan. Bekliklar
hududidagi qoʻshinga beklarning oʻzlari rahbarlik qilgan. Beklarning harbiy tizimdagi
yaqin yordamchilari yasovulboshi boshchiligidagi yasovullar boʻlgan. Yasovulboshi
bekning oʻng qoʻli, eng yaqin va ishonchli yordamchisi, miroxurdan toʻqsabogacha
boʻlgan lavozim hisoblangan. Katta bekliklarda yasovulboshilarning soni ikki nafar
6
Islomov M. O‘zbekiston davlatlari tarixi. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2009. – B. 115.
7
Abdurahimova N.A., Isakova M.S. Davlat muassasalari tarixi. – B. 98.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
91
boʻlib, ular birinchi va ikkinchi yasovulboshi deyilgan. Yasovulboshining yordamchisi
yasovul boʻlib, ularning soni birdan uch nafargacha va yirikroq bekliklarda undan ham
koʻproq boʻlgan. Qoʻshinda ponsadboshi, yuzboshi, ellikboshi, oʻnboshi, miroxur kabi
boʻlinma boshliqlari xizmat qilgan
8
.
Xulosa.
O‘rta Osiyo xonliklaridagi hokimiyat tuzilishi, davlat boshqaruv tizimi
mang‘itlar sulolasi hukumronligi davriga kelib takomillasha bordi. Jamiyatning barcha
sohalari markazlashgan boshqaruv tizimiga bo‘ysundirilib, davlat boshqaruvi amirning
cheklanmagan hukmronligi qo‘li ostida mujassamlashdi. Harbiy unvon va mansab
egalari va ularning vazifalari, faoliyati ma’lum ma’noda XIX asr oxirlaridan boshlab
zamonaviy tartibga o‘ta boshladi. Harbiy amaldorlikning ko‘pincha nasldan naslga
o‘tib turishi harbiy xizmatga bo‘lgan munosabatga salbiy ta’sir etardi. Umuman,
amirlikdagi harbiy amaldorlarning hashamati yuqori bo‘lib, siyosiy va harbiy bilimlari,
ilmiy salohiyati, uquvi zamon talablaridan ancha orqada edi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Abdurahimova N.A., Isakova M.S. Davlat muassasalari tarixi. – Toshkent: Fan,
2007. – B. 92.98.
2. Shodiyev J. Buxoro amirligi davlatchiligining rivojlanishi. – Toshkent: O‘qituvchi,
2010. – B. 29.45.
3. Muhammad Ali Baljuvoniy Tarixi nofeiy (Foydali tarix) . T.: Akademiya, 2001.- B.
21
4. Otamurotova R. Buxoro amirligidagi harbiy mansablar. – Urganch DU, 2015. – B.
17.
5. Islomov M. O‘zbekiston davlatlari tarixi. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2009. –
B. 115.
6. Zamonov A, Egamberdiyev A. Buxoro amirligi tarixi (XVIII asr o‘rtalari - XIX asr
o‘rtalari): uslubiy qo‘llanma.-T.: Tamaddun, 2022.- B.116
8
Zamonov A, Egamberdiyev A. Buxoro amirligi tarixi (XVIII asr o‘rtalari - XIX asr o‘rtalari): uslubiy qo‘llanma.-T.:
Tamaddun, 2022.- B.116