Authors

  • Ravshanova Zulfiya Rahmatali qizi
  • Muhammedova X

Author Biographies

  • Ravshanova Zulfiya Rahmatali qizi

    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

    1-bosqich talabasi

  • Muhammedova X

    Ilmiy rahbar: PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117538

Keywords:

tarjima madaniyat madaniyatlararo tafovut tarjima strategiyalari madaniy birlik lingvistik ekvivalent.

Abstract

Ushbu maqolada tarjima faoliyatida madaniyatlararo tafovutlarning o‘rni, ularning tarjima sifatiga ta’siri, madaniy birliklarning o‘ziga xosligi va ularni tarjima qilishdagi asosiy yondashuvlar ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Amaliy misollar asosida tarjimada uchraydigan madaniy tafovutlar aniqlanadi hamda tarjimada bunday xatolarni oldini olish tushuntiriladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

325

MADANIYATLAR ARO FARQLAR VA ULARNING TARJIMA

JARAYONIGA TA’SIRI

Ravshanova Zulfiya Rahmatali qizi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

1-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar

: PhD

Muhammedova X.,

Kalit so‘zlar

: tarjima, madaniyat, madaniyatlararo tafovut, tarjima

strategiyalari, madaniy birlik, lingvistik ekvivalent.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tarjima faoliyatida madaniyatlararo

tafovutlarning o‘rni, ularning tarjima sifatiga ta’siri, madaniy birliklarning o‘ziga

xosligi va ularni tarjima qilishdagi asosiy yondashuvlar ilmiy-nazariy asosda tahlil

qilinadi. Amaliy misollar asosida tarjimada uchraydigan madaniy tafovutlar

aniqlanadi hamda tarjimada bunday xatolarni oldini olish tushuntiriladi.

Tarjima – nafaqat ikki til, balki ikki millat o‘rtasidagi muloqotni tashkil

etadigan jarayon bo‘lib, har ikki tilning madaniyatini tushunishni talab qiladi.

Madaniyat, til bilan birga, har bir xalqqa xos bo‘lgan turmush, urf-odatlar, qadriyatlar,

dunyoqarash, diniy e’tiqodlar va turmush tarzini o‘zida aks ettiradi. Tarjimon, albatta,

nafaqat tildagi lug‘aviy birliklarni, balki madaniyatlarni ham mukammal bilishi zarur.

Sababi madaniyatlararo tafovutlar, ayniqsa, tarjima jarayonida muhim rol o‘ynaydi,

chunki bu tafovutlar so‘zlar, iboralar, nutq uslubi va kommunikativ yondashuvlarga

ta’sir ko‘rsatadi.

Tarjimada uchraydigan madaniyatlararo tafovutlar bir nechta guruhga

bo‘linadi. Quyida ulardan ba’zilariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:

1. Leksik tafovutlar – bu til birikmalarining boshqa madaniyatlarda mavjud

bo‘lmagan ma’nolarni o‘z ichiga olishi. Masalan, “Thanksgiving” ingliz tilida bayram

bo‘lib, o‘zbek madaniyatida unga to‘g‘ri keladigan soʻz yoʻq. Yana biri “Black

Friday” – bu jumlaga o‘zbek tilida “Chegirmalar kuni” deb izoh berish kerak.

2.Pragmatik tafovutlar – bu turli xalqlarda nutq odatlari, muloqot uslublari va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

326

adabiyotiga doir farqlarni anglatadi. Masalan, ingliz tilidagi “You” so‘zi rasmiy va

norasmiy vaziyatlarda ishlatilishi mumkin. O‘zbek tilida esa “sen” va “siz” so‘zlari

mavjud bo‘lib, ularning ishlatilishi muloqotning kontekstiga qarab farqlanadi.

Rasmiy murojaatlarda “siz” soʻzi qoʻllaniladi.

3.Idiyomalar va maxsus iboralar bir madaniyatga xos bo‘lgan so‘z

birikmalaridir. Masalan, ingliz tilidagi “It’s raining cats and dogs” iborasi so‘zma-

so‘z tarjima qilinganda “mushuklar va itlar yog‘ayapti” degan ma’noni beradi. Ammo

bu ibora aslida “kuchli yomg‘ir yog‘ayapti” degan ma’noni anglatadi.

Tarjimonning madaniy kompetensiyasi uning tilga oid bilimlaridan tashqari,

boshqa madaniyatlarni tushunish darajasini ham anglatadi. Tarjimon, tilni o‘rganish

bilan birga, o‘zbek va ingliz xalqlari madaniyati o‘rtasidagi farqlarni bilishi lozim.

Agar tarjimon madaniy tafovutlarni hisobga olmasa, tarjima yaroqsiz bo‘lishi yoki asl

ma’nosi oʻzgarib qolishi mumkin. Tarjimonning madaniy bilimi yuqori bo‘lsa, u

ma’lum bir madaniyatga xos iboralarni to‘g‘ri va goʻzal tarzda boshqa tilda aks

ettirishi mumkin.

Tarjimada madaniyatlararo tafovutlarni yengib o‘tishning bir necha usullari

mavjud:

1. Ekvalent tanlash – tarjimon ma’lum bir madaniyatga xos iborani boshqa

tilga mos keladigan ekvivalent bilan almashtirishi mumkin. Masalan, ingliz tilidagi

“fast food” so‘zini o‘zbek tilida “tez tayyorlanadigan ovqat” deb tarjima qilish

mumkin.

2. Izohli tarjima – agar tarjimada ekvivalentni topish qiyin bo‘lsa, tarjimon

izohli tarjima usulidan foydalanadi. Masalan, “Halloween” bayrami o‘zbek

madaniyatida mavjud emas, shuning uchun bu iborani izoh bilan tarjima qilish zarur.

3. Transliteratsiya – madaniyatga xos atamalarni fonetik tarzda o‘zbek tiliga

o‘zgartirish. Misol uchun, “Sherlock Holmes” nomi inglizcha shaklida saqlanadi,

chunki bu nom o‘zbek tilida keng tarqalgan va tanilgan.

Madaniyatlararo tafovutlarning amaliy misollariga to‘xtalsak, quyidagi

holatlar ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

327

• “Black Friday” – ingliz tilida katta chegirmalar kuni sifatida ma’lum bo‘lgan

bu bayram o‘zbek madaniyatida mavjud emas. Tarjimada “Chegirmalar kuni” deb

izohlash zarur.

• “Sherlock Holmes” – bu nomni tarjima qilmasdan, asliyatni saqlab qolish

lozim, chunki bu nom ingliz madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi.

• “Ramadan” – bu bizning madaniyatimizga kiritilgan bayram nomi bo‘lib,

uni tarjima qilmaslik zarur. Shuningdek, bu davrda o‘zbeklar o‘zining diniy

an’analariga muvofiq maxsus so‘zlar va iboralardan foydalanadi.

Shu sababli tarjima jarayonida madaniy tafovutlarni faqat aniqlabgina

qolmay, balki ularga mos tarzda yondashish zarur bo‘ladi. Aynan shunday vaziyatda

zamonaviy tarjimon qanday kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerakligi masalasi

dolzarb bo‘lib chiqadi.

Globallashuv ta’sirida bugungi kunda tarjima faoliyati yanada keng ko‘lamli

va murakkab tus olmoqda. Endi tarjima faqat til vositasi bo‘lib qolmasdan, turli

madaniyatlar orasidagi muloqotni ta’minlaydigan vosita sifatida ham e’tirof

etilmoqda. Shu bois tarjimonlar nafaqat lingvistik bilimlarga, balki boshqa

xalqlarning turmush tarzi, an’analari, qadriyatlari va ijtimoiy qadriyatlarini tushunish

ko‘nikmasiga ham ega bo‘lishi lozim. Har bir til o‘z madaniyati, tarixi va xalq

ruhiyatini aks ettirgani uchun tarjimon bu omillarni chuqur tahlil qila olishi va ularni

tarjimada inobatga olishi kerak.

Bugungi kun tarjimoni ikki til o‘rtasida emas, ikki madaniyat o‘rtasida

vositachilik qiluvchi shaxs sifatida qaralmoqda. Shu sababli tarjimon intermadaniy

kompetensiya, ya’ni boshqa madaniyatlarni tushunish, ularga nisbatan sezgirlik bilan

yondashish, kontekstual tahlil qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. Masalan,

ingliz tilida keng tarqalgan bir ibora yoki atama o‘zbek tilida mavjud bo‘lmasligi

mumkin, va uni to‘g‘ri talqin qilish uchun tarjimon shu iboraning madaniy asosini

tushunishi kerak bo‘ladi. Bunday holatda izohli tarjima, kontekstual tahlil yoki

ekvivalent topish kabi usullardan foydalanish tarjimaning sifatini oshiradi.

Xulosa qilib aytsak, madaniyatlararo tafovutlarni hisobga olish tarjima

jarayonida muhim ahamiyatga ega. Tarjimon faqat lug‘aviy bilimlarga ega


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

328

bo‘lmasdan, balki madaniyatlarni chuqur tushunishi lozim. Madaniy tafovutlarni

tahlil qilish va ularni yengib o‘tish usullari orqali tarjimon sifatli va to‘g‘ri tarjima

taqdim etishi mumkin. Tarjimonning madaniy kompetensiyasi yuqori bo‘lsa, u

xalqaro miqyosda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

:

1. Nida, A. (1964). Toward a Science of Translating. Brill Archive.

2. Baker, M. (2011). In Other Words: A Coursebook on Translation. Routledge.

3. Bassnett, S. (2002). Translation Studies. Routledge.

4. Хожиматов, М. (2017). Tarjima nazariyasi asoslari. Toshkent: O‘qituvchi.

5. https://www.researchgate.net

Most read articles by the same author(s)