MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
316
FIZIKADA NYUTON HALQASI YORDAMIDA INTERFERENSIYA
HODISASINI REAL VA VIRTUAL HOLDA KUZATISH
Toshpo’latova Roziya
Nomozova Nafisa
DTPI Fizika ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari
Annotatsiya.
Fizika fani eksperimental fan hisoblanadi. Shu sababdan, uning
asosini tajribalar tashkil etadi.
Mazkur maqolada Oliy ta’lim muassalarida fizikadan Nyuton halqasi
yordamida interferensiya hodisasini real va virtual holda kuzatish tajribalarini
bajarishga kompleks yondashuvning uslubiy asoslari tavsiflangan. Fizika fanini
o‘qitishda yangi bo‘lgan real va virtual namoyish tajribalardan foydalanish
usullarining afzalliklari bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
fizika, optika, real laboratoriyalar, virtual laboratoriyalar,
dasturiy pedagogik vositalar.
Kirish.
Fizikada interfrensiya hodisasi yorug‘lik to‘lqinlarining ustma –
usttushib kuchayishi (konstruktiv) yoki so‘nishi (destruktiv) hosil qilish orqali ko‘zga
ko‘rinadigan tasvirlar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Nuton halqalari bu hodisani amaliy ko‘rinishi bo‘lib, u yorug‘likning ichki
qatlamidan aks etishi natijasida yuzaga keladi.
Nyuton halqalari haqida asosiy tushuncha
:
Sferik yuzsga ega bo‘lgan linza
tekis oynaga qo‘yiladi. Ular orasidagi havo qatlamining qalinligi markazdan chetga
tomon ortib boradi. Monoxramatik (bitta to‘lqin uzunligiga ega) yorug‘lik bu havo
qatlamidan aks etganda, natijasida halqasimon tasvirlar hosil bo‘ladi. Halqalar
markazida so‘nish (qora nuqta) yuzaga keladi-bu destruktiv interferinsiyaning
natijasidir.
Real tajriba sharoitida kuzatish
:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
317
Kerakli jihozlar
:
sferik linzalar, tekis oynacha, monoxromatik
yorug‘lik manbai (masalan natriy chirog‘i), mikraskop yoki kattalshtiruvchi linza.
Tajribani bajarilishi
:
yorug‘lik sferik linzaga yo‘naltiriladi va
linza ostida joylashgan oynadan aks etgan nurlar bir biri bilan interferensiyalashadi.
Kuzatiladigan hodisa:
markazda qora nuqta va atrofida muntazam rangsiz
yoki rangli halqalar hosil bo‘ladi (yorug‘lik manbasiga qarab)
1-rasm. Amplituda bo‘linish usuli yordamida tajriba o‘tkazish uchun
asbob-uskunalar tarkibi: 1-lazer; 2-yig‘uvchi linzalari; tirqishli uch o‘lchovli
ekran; 4-Nyuton xalqalari; 5-o‘lchovli ekran; 6- bog‘lovchilar; 7 - optik kursi
1.rasm tahlili
:
Yuqoridagi 1-rasmda Nyuton halqalari yordamida interferensiya hodisasini
real va virtual holatda kuzatish uchun ishlatiladigan optik laboratoriya qurilmasining
sxematik ko‘rinishi keltirilgan. Asboblar va ularning vazifalari quyidagicha:
Lazer — monoxromatik (bir xil to‘lqin uzunligiga ega) yorug‘lik manbai
bo‘lib, interferensiya hodisasini to‘liq amalga oshirish uchun asosiy nur manbai
hisoblanadi.
Yig‘uvchi linza — lazer nurlarini bir nuqtaga yo‘naltirish va kerakli
amplitudani ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Tirishish uchun o‘rta ekran — nurlar yo‘nalishini sozlash va ularni parallel
holatda ushlab turish uchun kerak bo‘ladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
318
Nyuton halqalari — sferik linza va tekis shisha orasida hosil bo‘lgan
interferensiya halqalaridir. Ular yorug‘lik to‘lqinlarining konstruktiv va destruktiv
interferensiyasi natijasida hosil bo‘ladi.
O‘lchovli ekran — hosil bo‘lgan Nyuton halqalarini aniq o‘lchash va ularni
tasvirlash uchun ishlatiladi.
Bog‘lovchi uskunalar — butun tizimni bir-biriga mustahkam bog‘laydi va
optik elementlarning bir tekisda joylashishini ta’minlaydi.
Optik kursi — barcha elementlarni barqaror holatda tutib turadigan asosiy
platforma.
2-rasm tahlili:
Nyuton halqalarining hosil bo‘lish mexanizmi
a) 2-rasmning chap tomonida Nyuton halqalarining hosil bo‘lish prinsipi
sxematik tarzda ifodalangan. Bu yerda sferik yuzaga ega bo‘lgan linza tekis shisha
plastinka ustiga qo‘yilgan. Ularning orasidagi yupqa havo qatlamida interferensiya
hodisasi yuzaga keladi.
Lazer nurlari bu havo qatlamiga tushib, ikki xil sirt — linzaning pastki yuzi
va shisha plastinkaning yuqori yuzasidan qaytadi. Bu ikki nur to‘lqini (masalan, 1 va
1′, 2 va 2′, 3 va 3′) fazada farq qilganligi sababli, ular bir-biri bilan interferensiyaga
kirishadi. Bu interferensiya natijasida konstruktiv (yorqin) va destruktiv (qorong‘i)
halqalar hosil bo‘ladi.
b) 2-rasmning o‘ng tomonida esa real Nyuton halqalari ko‘rinishining
sxematik tasviri keltirilgan. Markazda qorong‘i nuqta mavjud bo‘lib, bu destruktiv
interferensiya natijasidir. Halqalar markazdan tashqariga siljigan sari navbatma-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
319
navbat yorqin va qorong‘i halqalar ko‘rinadi. Har bir halqaning radiusi linza egriligi
va yorug‘lik to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bu hodisa yorug‘likning to‘lqin xossasini amaliy jihatdan isbotlaydi va uni
optik asboblar, shuningdek, nazariy fizika tajribalari uchun muhim metod sifatida
xizmat qiladi.
Virtual sharoitda kuzatish
. (
raqamli simulyatsiya
)
Kompyuter dasturlari (masalan ,PhET,Algodoo,Optics Bench) yordamida
Nyuton halqalarini simulyatsiya qilish mumkin.
Yashil lazer yordamida Nyuton halqalarini kuzatish oddiy va samarali usul
bo‘lib, interferensiya hodisasini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Bu metod
yordamida optik komponentlar sifatini tekshirish, linzaning parametrlarini aniqlash
va to‘lqin uzunligini aniqlash mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
320
https://vlab.amrita.edu/?sub=1&brch=189&sim=335&cnt=7
Rasmdagi eksperiment Nyuton halqalari orqali yorug‘lik to‘lqin uzunligini
aniqlashga bag‘ishlangan bo‘lib, bu optik interferensiya hodisasini real yoki virtual
tarzda o‘rganishda ishlatiladi
1. Asbob va uning qismlari:
Yorug‘lik manbai (Green Light) – yashil rangli monoxromatik yorug‘lik.
Radius of lens – linzaning egrilik radiusi (bu yerda 50 sm).
Mikroskop – halqalarni ko‘rish va o‘lchash uchun.
O‘lchov liniyasi – halqalar diametrini o‘lchash uchun mo‘ljallangan.
2. Jarayon:
Yorug‘lik tekis oynaga joylashtirilgan konveks linza orqali tushiriladi.
Yorug‘lik linza va oyna orasidagi havodan aks etadi.
Aks etgan nurlar interferensiya hosil qilib, Nyuton halqalarini paydo qiladi.
Xulosa
Mazkur ilmiy ishda Nyuton halqalari orqali interferensiya hodisasini real va
virtual shakllarda kuzatish orqali yorug‘likning to‘lqin xossalari o‘rganildi. Bu tajriba
yorug‘lik interferensiyasini chuqur anglash, to‘lqin uzunligini aniqlash hamda
fizikaviy qonuniyatlarning amalda qanday ishlashini ko‘rsatish nuqtai nazaridan juda
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.Nyuton halqalari hodisasi yorug‘lik nurlarining bir-biri
bilan aralashib, kuchayish (konstruktiv) yoki so‘nish (destruktiv) hosil qilishi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
321
natijasida yuzaga keladi. Ushbu interferensiya hodisasi sferik linza va tekis oynaning
to‘g‘ri joylashuvi natijasida paydo bo‘ladi. Halqalar diametrining tartibli o‘zgarishi
va ularning o‘lchami orqali yorug‘likning to‘lqin uzunligi aniqlanadi. Bu orqali
Nyuton halqalari orqali nafaqat interferensiya hodisasini ko‘rish, balki yorug‘likning
asosiy fizik xarakteristikasini aniqlash mumkin bo‘ladi.Tadqiqot davomida real
tajriba sharoitida Nyuton halqalari laboratoriya asbob-uskunalari yordamida
kuzatildi. Tajribada yashil monoxromatik yorug‘lik, radiusi ma’lum bo‘lgan linza,
tekis oyna va mikroskopdan foydalanildi. Tajriba jarayonida hosil bo‘lgan halqalar
mikrometr yordamida o‘lchandi va diametrlari asosida to‘lqin uzunligi hisoblab
chiqildi. Olingan natijalar nazariy qiymatlarga yaqin bo‘lib, tajribaning to‘g‘riligini
tasdiqladi.Bundan tashqari, virtual muhitda ham tajriba modeli maxsus simulyatsion
dastur yordamida amalga oshirildi. Virtual tajribaning afzalligi shundaki, u orqali
fizik hodisalarni ancha qulay, xavfsiz va vizual tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.
O‘quvchilar va tadqiqotchilar uchun bu usul tajribalarni interaktiv o‘rganish,
o‘lchovlarni aniq bajarish hamda parametrlarni osonlik bilan o‘zgartirish imkonini
beradi.Real va virtual tajribalarning taqqoslanishi shuni ko‘rsatadiki, ikkala
yondashuv ham bir-birini to‘ldiradi. Real tajriba orqali fizik hodisaning mohiyatini
his qilish, o‘lchash, xatolik manbalarini aniqlash mumkin bo‘lsa, virtual tajriba orqali
esa bu jarayonlarni mukammal model orqali aniq va tez amalga oshirish mumkin. Bu
esa zamonaviy ta’lim jarayonida har ikki yondashuvning ahamiyatini
ko‘rsatadi.Shuningdek, ushbu tadqiqot natijalari interferensiya hodisasini nafaqat
fizikada, balki texnik sohalarda, masalan, optik nazorat tizimlari, linzalar sifati tahlili,
nazik plyonkalar qalinligini o‘lchash kabi ko‘plab amaliy yo‘nalishlarda qo‘llash
mumkinligini tasdiqladi.Xulosa qilib aytganda, Nyuton halqalari yordamida
interferensiyani kuzatish bo‘yicha olib borilgan bu tadqiqot o‘z oldiga qo‘yilgan
maqsad va vazifalarni to‘liq amalga oshirdi. Real va virtual tajribalar orqali
interferensiya hodisasi tushunarli tarzda yoritildi, yorug‘lik to‘lqin uzunligini
aniqlash amaliyotda mustahkamlandi va fizika fanining muhim bo‘limi — to‘lqin
optikasi bo‘yicha chuqur bilimlar hosil qilindi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
322
[1]
U. Omonqulova, F. To‘raxonov, & Sh. Zamonova, «Fizika o‘qitishda
namoyish tajriba qurilmalarini yasash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish
metodikasi», Tadbirkorlik va Pedagogika. Ilmiy-uslubiy jurnal. ISSN: 2181-2659.
[1/2025]., сс. 100–112, 20 февраль 2025 г. [Онлайн]. Доступно на:
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/68412
[2]
U. Omonqulova и G. Choriyeva, «Umumta’lim maktablarida fizikani
o‘qitishda eksperimental yondashuv», Science and innovation. Aniq va tabiiy
fanlarning rivojlanish istiqbollari” Respublika ilmiy-amaliy anjumani, сс. 322–326, 7
май 2024 г. [Онлайн]. Доступно на:
https://zenodo.org/records/11116073
[3]
«PQ-5032-сон 19.03.2021. Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy
tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida». Просмотрено: 16 март 2025
г. [Онлайн]. Доступно на:
https://lex.uz/uz/docs/-5338558
[4]
U. Omonqulova & F. To‘raxonov, «Fizika fanini real va virtual namoyish
tajribalar asosida o‘qitish», Educational Research in Universal Sciences, сс. 110–117,
25
декабрь
2024
г.
[Онлайн].
Доступно
на:
https://researchweb.uz/index.php/erus/article/view/197
[5]
U. Omonqulova & F. To‘raxonov, «Fizikani namoyish tajribalar yordamida
takomillashtirishning metodik asoslari», Educational Research in Universal Sciences,
сс. 323–329, yil fevral 2024 г. [Онлайн]. Доступно на:
https://zenodo.org/records/10652865
[6]
U. Omonqulova, A. Yo‘ldoshev, и J. Ochilov, «Fizikani o‘qitishda zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning afzalliklari va
kamchiliklari», Journal of universal science research, 12 июль 2024 г. [Онлайн].
Доступно
на:
https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-
[7]
U. Omonqulova, G. Choriyeva, и B. Toshtemirov, «Umumta’lim maktablarida
fizikadan namoyish tajribalarining o‘quv mazmundorligini aniqlash va ularni joriy
etish metodikasi. “Aniq va tabiiy fanlarning rivojlanish istiqbollari», Science and
innovation.
7
май
2024
г.
[Онлайн].
Доступно
на:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
323
[8]
U. Omonqulova, M. Xolmurodov, и D. Hakimov, “Umumta’lim maktablarida
fizika о’qitishda zamоnaviy namоyish tajribalar asоsida takоmillashtirish”, Science
and innovation. Aniq va tabiiy fanlarning rivojlanish istiqbollari” respublika ilmiy-
amaliy anjumani, сс. 529–532, 7 май 2024 г. [Онлайн]. Доступно на:
https://doi.org/10.5281/zenodo.11147306
[9]
F. To‘raxonov, «Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirishning metodik
asoslari.», Pedagogik mahorat ilmiy-nazariy va metodik jurnal, сс. 105–108, 20
декабрь
2021
г.
[Онлайн].
Доступно
на:
https://buxdu.uz/media/jurnallar/Pedagogik%20mahorat%202021%20yil%206-
[10] F.
To‘raxonov,
«Ixtisoslashgan maktablarda fizikaviy jarayonlarni
modellashtirish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minotlar tahlili», Ta’lim va
innovatsion tadqiqotlar xalqaro ilmiy – metodik jurnal, сс. 174–177, 12 февраль 2022
г.
[11] Pardayeva, K., Tursunov, S., & Hasanov, S. (2024). “ATOM FIZIKASI”
FANIDAN TALABALARNING BILISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA
INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Inter education & global study,
(10 (1)), 250-255
[12] Pardayeva K. “Raqamli texnologiyadan foydalanishning tarixi va tajribasi.”
“Aniq va tabiiy fanlarning rivojlanishi istiqbollari” Respublika ilmiy-amaliy
anjumani 2024-yil 7-may. 399-403.
[13] Boymirov Sh., Pardayeva K., Tursunov Sh. “O‘quvchilarda fizika tasavvurlarini
shakllantirishning nazariy asoslari.” Kasb-hunar ta’limi. 2023-yil 1-son. 73-77.
[14] Pardayeva K.Z., Muhammadsapayev M.M. "Fizikadan laboratoriya
mashg‘ulotlarini bajarishda raqamli texnologiyaning afzalliklari". Zamonaviy fizika
va astronomiyaning muammolari, yechimlari, o‘qitish uslublari". Xalqaro ilmiy-
amaliy anjuman. 2025-yil 17-aprel
[15] Pardayeva K.Z., Muhammadsapayev M.M. "Fizika fanini o‘qitishda
multimediya vositalaridan foydalanish". Kasb-hunar ta'limi. Ilmiy-uslubiy, amaliy,
ma'rifiy jurnal. 2025-yil, 3-son
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
324
[16] Pardayeva K.Z. "Umumta'lim maktablarida atom fizikasi bo‘limini o‘qitishda
raqamli texnologiyalarni qo‘llash". Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2025-yil 2-son.