MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
153
INVESTITSIYA RISKLARINING TURLARI
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari
fakulteti 3-kurs talabasi
Abdusalomova Dinora O’tkirjon qizi
Ilmiy rahbar :TDIU Statistika kafedrasi o’qituvchisi
Akbarova Barno
Annotatsiya:
Mazkur maqolada investitsiya faoliyatida uchraydigan asosiy
risk turlari tizimli tarzda o‘rganiladi. Zamonaviy iqtisodiy muhitda investitsion
faoliyat bilan bog‘liq risklarning turlari, ularning kelib chiqish sabablari, iqtisodiy
samaradorlikka ta’siri va ularni kamaytirish strategiyalari tizimli tarzda o‘rganiladi.
Risk tushunchasining nazariy asoslari klassik va zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar
nuqtai nazaridan tahlil qilinib, real amaliyotda uchraydigan investitsion xatarlarga
oid aniq misollar keltiriladi. Xususan, bozor, kredit, likvidlilik, inflyatsiya, siyosiy,
valyuta, operatsion va ijtimoiy-ekologik risklar har tomonlama tavsiflanadi. Risk
tushunchasining iqtisodiy mazmuni, investitsiya jarayoniga ta’siri hamda risklarni
boshqarish usullari xalqaro va mahalliy manbalar asosida ilmiy asosda yoritiladi
Kalit so‘zlar:
Investitsiya, investitsion risklar, risk turlari, iqtisodiy xavf,
risklarni boshqarish, iqtisodiy barqarorlik, moliyaviy strategiya, O‘zbekiston, xavf-
xatar tahlili, kapital investitsiyalar
Kirish
Investitsiya bugungi kunda iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri
hisoblanadi. Mamlakatlar va korxonalar o‘z moliyaviy salohiyatini oshirish, yangi
loyihalarni amalga oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun investitsiyaga
tayanadi. Ammo har qanday investitsiya faoliyati turli xil xavf-xatarlarga duch keladi.
Bu risklar investorlarning moliyaviy resurslarini yo‘qotishiga yoki kutilgan
daromadni ololmasligiga olib kelishi mumkin.Investitsiya risklari turli sabablarga
ko‘ra yuzaga keladi. Ular moliyaviy beqarorlik, iqtisodiy tanazzul, bozor
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
154
noaniqliklari, siyosiy o‘zgarishlar yoki huquqiy muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin. Masalan, valyuta kurslarining o‘zgarishi yoki inflyatsiya ta’siri investitsiya
loyihalarining muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli,
investitsiya risklarini to‘g‘ri baholash va samarali boshqarish investorlar va
tadbirkorlar
uchun
muhim
vazifalardan
biridir.
Investitsiya
risklarini
minimallashtirish uchun bir qator strategiyalar mavjud. Diversifikatsiya qilish,
moliyaviy sug‘urtalash, xedj qilish kabi vositalar risklarni boshqarishning eng
samarali usullari sifatida ko‘riladi. Shu bilan birga, loyihalarni chuqur tahlil qilish,
huquqiy himoya choralarini ko‘rish va bozordagi o‘zgarishlarni kuzatib borish kabi
chora-tadbirlar ham risklarni kamaytirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada
investitsiya risklarining turlari, ular yuzaga kelishining asosiy omillari va ularni
pasaytirish bo‘yicha samarali usullar batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, investitsiya
xavfsizligini ta’minlash va investorlar uchun optimalstrategiyalarni ishlab
chiqishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Mazkur tahlillar orqali investitsiya
risklarini boshqarishning amaliy va nazariy jihatlariga e’tibor qaratiladi. Bu o‘z
navbatida, investorlar va iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchuninvestitsiyalarni
xavfsiz amalga oshirishda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Risklar — bu
kutilgan iqtisodiy natijalarning amalga oshmasligi ehtimolini ifodalaydi. Shuning
uchun investitsiya risklarini aniqlash, baholash va samarali boshqarish dolzarb
masalalardan biridir.
Asosiy qism
Investitsion loyihalarda risklar, ularni tuzilishi va kelib chiqish
sabablari Investitsiyalar ssuda, aktsiyadorlik, tadbirkorlik, pul, tovar, ishlab chiqarish
kapitalidan farq qilgan holda jami risklar majmuini o‘zida mujassam etadi va kapitalni
yo‘qotish, boy berishriskini minimallashtirishni nazarda tutadi. Kapitaldan farq
qilgan holda investitsiyalar ongli ravishda aniq va aniq bo‘lmagan risklar
bilan bog‘lanadi. Investitsiyalar ssudalardan birqancha yo‘nalishlar bo‘yicha farq
qiladi. Birinchidan, ssuda g‘oyasi qaytarishlik asosida imkoni bo‘lgan juda ko‘p
mablag‘lar manbalaridan foydalanishni nazarda tutadi, investitsiyalar esa nisbatan
uzoq davom etadigan vaqt mobaynida qo‘yilgan kapital o‘z egasiga qaytishiga qadar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
155
mablag‘lar oqimini ta'minlash maqsadlarida kapital qo‘yishni bildiradi.
Ikkinchidan, kreditlashda kelishuv tashabbuskori, odatda, qarzdor hisoblanadi,
investitsiyalashda esa tashabbus investordan chiqadi. Uchinchidan, kredit
moliyalashtirishning manbalaridan biri hisoblanadi, investitsiyalar esa muayyan
vaqt davomida aniq jarayonlarga ongli ravishda bog‘lanib, risklarning turlari
ko‘pligi bilan ajralib turadi. Investitsiya kapitalini moliyalashtirish manbalarining
turlicha nisbatlariga qarab risklar majmui ham har xil bo‘ladi. Bank
investitsiyalariga bank, kredit, bozor, foiz va boshqa risklar xos bo‘lsa,
investitsiyalarda risklar diapazoni ancha keng bo‘lishi mumkin. To‘rtinchidan,
kredit kelishuvlarida kreditor yagona, investitsiya jarayonida esa, qoida tarzida,
kreditor ko‘plardan biri hisoblanadi.Iqtisodiyoni modernizatsiyalash sharoitida
risklarni boshqarish bu amaldagi bozor kon'yunkturasiga mos darajada
risklarni minimallashtirish, kreditlash xizmatlari bozorida bank pozitsiyasini
minimum saqlab qolishdir. Shuningdek, riskni boshqarishdagi asosiy yo‘llar bo‘lib
risklarni ajratish, risklarni loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash, moddiy
ta'minotni olish (garov), moliyaviy ta'minotni olish (kafolat yoki kafillik), risklarni
kredit bo‘yicha yuqori foiz stavkasiga ko‘chirish, risklarni venchur kreditlashga
qabul qilish, qarzlar bo‘yicha yo‘qotishlarni qoplash uchun fondlarni shakllantirish
va boshqalar.
Investitsiya riskining asosiy turlari:
Bozor riski.
Bozor riski umumiy iqtisodiy holat, siyosiy voqealar, foiz
stavkalari, valyuta kurslari va tovar narxlarining o‘zgarishi tufayli yuzaga keladi. U
ikki turga bo‘linadi:
Narx riski: aktivlar narxining pasayishi ehtimoli.
Foiz stavkasi riski: obligatsiyalar kabi fiksatsiyalangan daromadli aktivlar
qiymatining o‘zgarishi.
Likvidlilik riski.
Bu investor o‘z aktivlarini tez va minimal yo‘qotish bilan
sotolmaslik ehtimolini bildiradi. Kam likvidli bozorlar investitsiya samaradorligini
pasaytiradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
156
Kredit riski .
Investitsiya obyekti (kompaniya yoki davlat) o‘z qarz
majburiyatlarini bajara olmasligi ehtimoli. Bu, ayniqsa, obligatsiyalarga sarmoya
kiritishda muhim.
Valyuta riski .
Xalqaro investitsiyalarda valyuta kursining o‘zgarishi
daromadni sezilarli darajada pasaytirishi mumkin. Ayniqsa, import-eksportga
yo‘naltirilgan kompaniyalar uchun dolzarb hisoblanadi.
Inflyatsiya riski
.Inflyatsiya darajasining oshishi investitsiyalarning real
qiymatini kamaytiradi. Ayniqsa, fiksatsiyalangan daromadli vositalar (obligatsiyalar)
bunga sezgir.
Politik va tartibga solish riski
.Hukumat siyosatidagi o‘zgarishlar (soliqlar,
eksport/ import cheklovlari, milliylashtirish) investitsiya loyihalariga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi
Operatsion risk.
Bu ichki boshqaruv, texnologik xatoliklar, inson omillari
yoki texnik muammolar tufayli yuzaga keladigan xavflarni o‘z ichiga oladi.
Ekologik va ijtimoiy risklar.
Yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida atrof-
muhitga zarar yetkazuvchi investitsiyalar ko‘proq xavf ostida qolmoqda. ESG
(Environmental, Social, Governance) mezonlari bu risklarni kamaytirishga xizmat
qiladi.
O‘zbekiston sharoitida investitsiya risklari
O‘zbekiston investitsion muhitida asosiy risk omillari sifatida
qonunchilikdagi o‘zgaruvchanlik, valyuta siyosati, bank-moliya tizimidagi islohotlar,
byurokratik to‘siqlar va iqtisodiy turg‘unlik kabilarni qayd etish mumkin. Davlat
investitsiya siyosatining barqarorligi, soliq imtiyozlari va huquqiy kafolatlar risklarni
kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Mahalliy tadqiqotlarda (To‘xtasinov, 2020;
G‘ulomov va boshqalar, 2019) investitsion xavflarni aniqlash va ularni boshqarish
bo‘yicha aniq yondashuvlar taklif etilgan.
Risklarni baholash va boshqarish usullari
. Investitsiya risklarini
boshqarishda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
- Diversifikatsiya
- Hedjing strategiyalari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
157
- Sug‘urtalash
- VaR tahlili
- Stress-testlar
- Davlat tomonidan kafolatlar berish
- Yuridik xavflarni minimallashtirish
Ushbu
usullarni
qo‘llash orqali investorlar yo‘qotish ehtimolini
kamaytirishlari mumkin.
Xulosa
Investitsiya faoliyati har doim ma'lum darajadagi noaniqlik va xavflar bilan
bog‘liq bo‘lib, ularni aniqlash, baholash va samarali boshqarish har qanday investor
yoki iqtisodiy siyosat yurituvchining muhim vazifasidir. Ushbu maqolada investitsion
risklarning asosiy turlari tizimli tarzda tahlil qilindi va ularning iqtisodiy jarayonlarga
ta'siri yoritildi. Xususan, bozor, moliyaviy, siyosiy, valyuta, operatsion va ekologik
risklarning har birining xususiyatlari chuqur tahlil qilindi.Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
O‘zbekiston sharoitida investitsion xavflar global omillar bilan bir qatorda milliy
muhitga xos bo‘lgan xususiyatlarga ham ega. Qonunchilikdagi o‘zgarishlar,
institutsional nomukammallik, infratuzilmaning yetarlicha rivojlanmagani va
byurokratik to‘siqlar kabi omillar mahalliy investorlar uchun qo‘shimcha xavflar
tug‘diradi. Shu bilan birga, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy
liberallashtirish va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash choralarining ta’siri ijobiy
tendensiyalarni yuzaga keltirmoqda.Maqolada ilgari surilgan yondashuvlar asosida
investitsion risklarni baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha bir nechta tavsiyalar
ishlab chiqildi. Jumladan, risklarni diversifikatsiya qilish, moliyaviy vositalardan
foydalanish (hedjing, sug‘urtalash), xavf-xatarni oldindan aniqlovchi ko‘rsatkichlar
joriy etish, zamonaviy texnologiyalar va axborot tizimlaridan foydalanish orqali
samarali boshqaruv mexanizmlarini yaratish lozimligi ta’kidlandi. Shunday qilib,
ushbu maqola investitsiya sohasida faoliyat yuritayotgan iqtisodchilar, siyosatchilar,
bank-moliya xodimlari va tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy jihatdan muhim
ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Keltirilgan ilmiy tahlillar va tavsiyalar kelajakdagi
investitsion strategiyalarni shakllantirishda ishonchli manba bo‘la oladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
158
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1. To‘xtasinov Sh.Sh. (2020). Investitsiyalar va ularni boshqarish asoslari. Toshkent:
O‘zbekiston Milliy universiteti.
2. G‘ulomov S.S., Xodjayev U.S., Qurbonov Sh.K. (2019). Korxona iqtisodiyoti.
3. Toshpo‘latova N.M. (2021). Moliyaviy menejment. TDIU.
4. Bodie Z., Kane A., Marcus A.J. (2021). Investments. McGraw-Hill Education.
5. Fabozzi F.J. (2015). Bond Markets, Analysis, and Strategies. Pearson.
6. Markowitz H.M. (1952). Portfolio Selection. Journal of Finance