MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
135
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI ILM-FAN VA
MAORIFINING KADRLAR TAYYORLASHDAGI O’RNI
Norov Odiljon Murodulloyevich
Osiyo xalqaro universiteti
Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi magistranti
Annotatsiya.
Zamonaviy harbiy kadrlarni tayyorlash alohida e`tibor va
texnologiyalarni talab etadigan jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonda o`tmishdagi
buyuk bobolarimizning qarashlari, taktika va ilmiy salohiyatini qo`llash muhimdir.
Ushbu maqolada Amir Temur va Temuriylar davri ilm-fan va harb ishining bugungi
harbiy kadrlarni tayyorlashdagi ahamiyati muhokama etiladi.
Kalit so‘zlar:
Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Zafarnoma, Temur tuzuklari,
metod.
KIRISH
Amir Temur inson salohiyati, komil inson g‘oyasini rivojlantirishga alohida
ahamiyat beradi. U o‘z Tuzuklarida qayd etadikim, «Tajribamda ko‘rilgankim, ongi
qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan
yaxshiroqdir», degan so‘zlari bugungi, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish
sharoitida tadbirkorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishda dasturil amal bo‘lmog‘i
kerak.
Amir Temurning davlatni idora qilishida vazirlar, olimlar va tadbirkor-
ishbilarmonlarning roli katta bo‘lgan. Shuning uchun ham ularni tanlashga alohida
e’tibor bergan. Ular sadoqatli, axloqli, adolatli, tinchliksevar va tashabbuskor
bo‘lishlari lozim edi.
«Tuzukka ko‘ra, vazirlar to‘rt sifatga ega bo‘lishi shart bo‘lgan: toza naslilik
va ulug‘vorlik, aqlu- farosatlilik, sipo va odmi, raiyat ahlining holidan xabardor
bo‘lish va ularga g‘amxo‘rlik qilish, sabru-bardoshli, xushmuomalali bo‘lish. Amir
Temurning bunday ibratli o‘gitlari mustaqil mamlakatimizning boshqarish tizimida,
kadrlar tanlash, ularni o‘z o‘rniga qo‘yishda alohida ahamiyatga ega.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
136
Mustaqillikka erishgan mamlakatimiz komil insonni shakllantirish, mamlakat
kishilarining salomatligi, jismoniy baquvvatliligiga, mustaqillikka munosabati kabi
yo‘nalishlarni shakllantirishda ham Temur va temuriylar ma’naviyatining o‘rni
kattadir. Amir Temur davrida oila va nikoh masalalari davlat ahamiyatga ega ekanligi
qayd etilgan. Shuning uchun ham Amir Temur o‘z tuzuklarida shunday ko‘rsatadi:
«O‘g‘illarim, nabiralarim va qarindoshlarimni uylantirmoq tashvishida kelin
izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin
bo‘lmishning nasl- nasabini, yetti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sihat -
salomatligini, jismoniy kamolotini aniqladim. Kelin bo‘lmishning nasl- nasabi,
odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan bog‘liq barcha qusurlardan holi
bo‘lsagina el-yurtga katta to‘y-tomosha berib kelin tushirdim.»
ADABIYOTLAR SHARHI
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ilmiy, madaniy sohalardagi islohotlar
natijasida dunyoga mashhur allomalarimiz ma’naviy merosini, shuningdek, diniy-
irfoniy, tasavvufiy ta’limotlari tadqiqiga alohida e’ti- bor qaratilmoqda. “Biz
ajdodlarimizning donishmandlik an’analariga amal qilib, ularning g‘oyalarini teran
anglagan holda, qat’iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi
qiyofasini shakllantirish yo‘li-dan bormoqdamiz” [1. B. 244]. Bu borada Amir Temur
va temuriylar davrida ilmfan taraqqiyoti ijtimoiy-falsafiy omillari mohiyatini bugungi
kun nuqtai nazari- dan ilmiy-nazariy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish va ilmiy
asoslangan mezon va mexanizmlarini ishlab chiqish ob’ektiv zaruratga aylanmoqda.
Ikkinchi Renessans davri nomi bilan mashhur bo‘lgan XIV–XV asrlarda Markaziy
Osiyoda davlatchilik, ilm-fan va madaniyatning yuksalishi Amir Temur va temuriylar
davriga to‘g‘ri keladi. Ushbu davr ilm-fan va madaniyatning rivoj- lanishiga asos
sifatida IX–XII asrlardagi Markaziy Osiyo hududidagi birinchi Renessans davri
yutuqlarini ko‘rsatishimiz mumkin.
Haqiqatdan ham Amir Temur o‘zi boshqargan davlat fuqarolarining sihat-
salomatligi, jismoniy barkamolligi haqida o‘sha davr solnomachilari bir necha bor
o‘z asarlarida ko‘rsatib o‘tganligining guvohimiz. Misol uchun, italiyalik Turjjor
Beltramus de Minjanyalining «Temurlang hayoti» (1416 y.) nomli kitobida (U
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
137
Temurning Turk sultoni Boyazid bilan urushida qatnashgan, Temur urushlarini
kuzatgan shaxs) «Amir Temur odamlari juda ham ko‘rkam, baquvvat odamlar edi.
Ular nasl-nasabiga ko‘ra ham ulug‘vor ko‘rinardi. Ular oddiy xususiyatli, farosatli,
mashhur, yoshiga qarab mansabdor bo‘lgan. Jang qilish tajribasi yuqori bo‘lgan
kishilar edi» yozadi [2].
Amir Temur o‘zi tashkil qilgan buyuk davlat fuqarolarini sihat- salomatligiga
e’tibor bilan qarab, ularning barkamol, sog‘lom, baquvvat, ishbilarmon, jang qilishda
mohir bo‘lishiga alohida e’tibor berib, avlodlar nasl-nasabining buzilishiga ta’sir
etuvchi qusurlardan saqlanishga alohida e’tibor bilan qaradi. U hozirgi davrda jahon
jamoatchiligini tashvishga solayotgan giyohvandlik va ichkilikbozlik kabi illatlarning
kelajak avlodlar uchun zararli oqibatlarini o‘z vaqtida tushungan va bunga qarshi
chora- tadbirlar ko‘rgan.
Amir Temur o‘gitlarida: «O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimga biron
tomchi sharob ichib xotinlariga yaqinlashishini man etdim. Zero, sharobning ta’sirida
bunyodga kelgan farzand nasl-nasabning buzilishiga ta’sir etgay, deb pokiza yo‘lni
tutdim», deb qayd etadi. Amir Temurning bu o‘gitlaridan mustaqil mamlakatimizda
komil inson, sog‘lom avlodni shakllantirishda ibrat olish katta ahamiyatga ega.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Haqiqatdan ham Amir Temur o‘z xalqining ma’naviyatli, e’tiqodli, imonli,
Baquvvat bo‘lishi bu davlatning, xalqning qudratli kuchga egaligini, imonsiz,
e’tiqodsiz xalq hech qachon baxt-saodatga, ma’rifatga erishmasligini qayd etib, o‘z
tuzuklarida keltiradi. «Dilda e’tiqod butun bo‘lsa, aslo naslimiz yo‘qolmagay, tilimiz
unitilmagay, e’tiqod susaysa til emas, imon ham unitilgay», deb yozadi. Temurning
bu ibratli g‘oyalari mamlakatimiz kishilari ongida mustaqillikka e’tiqod tuyg‘usini
shakllantirishda katta ahamiyatga egadir.
Mustaqil mamlakatimiz zamonaviy harbiy kadrlari ongida milliy g‘urur va
vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda Temur va Temuriylar davrida bunyod
etilgan me’morchilik san’ati obidalari alohida ahamiyatga ega. O‘sha davrda qurilgan
me’morchilik binolaridan Go‘ri Amir, Shohi Zinda ansabmli maqbaralari,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
138
Shahrisabzdagi Ko‘k gumbaz masjidi, Ahmad Yassaviy qabri ustida qurilgan binolar,
Registon maydonining shakllanishi, ya’ni Ulug‘bek, Tillakori, Sherdor madrasalari,
ikki yuz o‘n gumbazli Ko‘kaldosh jome masjidi, Qozizoda Rumiy maqbarasi va shu
kabi me’morchilik obidalarining qad ko‘tarishi, Movarounnahrda ilm-fanning,
san’atning nihoyatda rivojlanganligidan dalolat beradigan ashyoviy dalillardir. Temur
o‘zi qurdirgan Oqsaroy peshtoqiga «Qudratimizga shak-shubhang bo‘lsa, biz
qurdirgan binolarga boq», deb yozdirganda, u haq edi. Haqiqatdan ham bu tarixiy
obidalarning qurilganligi 600-700 yil bo‘lishiga qaramasdan salobat to‘kib, nafaqat
bizning ajdodlarimizni, qolaversa dunyo xalqlarini lol qoldirib kelmoqda. Demak,
hozirgi mustaqil mamlakat yoshlarida milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishda bu
me’morchilik san’atining roli kattadir. Biz ziyoldilardan Temuriylar davrida qurilgan
bu me’morchilik san’ati o‘z bag‘rida jumboqlarni mujassamlashtirib turganini yosh
avlod ongiga singdirib, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish shu kunning
asosiy vazifalaridandir.
XULOSA VA MUNOZARA
Xulosa qilib aytganda, Temur va temuriylar davrida yaratilgan ma’naviyat
mustaqil mamlakatimiz harbiy kadrlarini halollik, poklik, vatanparvarlik, imon-
e’tiqod ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Buyuk bobokalonimiz Amir
Temur ma’naviyatining mohiyatini chuqur o‘rganish va uni xalqimiz ongiga
singdirish biz ziyolilarning asosiy burchimiz bo‘lmog‘i kerak.
ADABIYOTLAR RO`YXATI
1.
Mirziyoev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng
oliy bahodir. – Toshkent: O‘zbekiston, 2018. – B. 244.
2.
Turjjor Beltramus de Minjanyalining «Temurlang hayoti» (1416 y.) -
212bet.
3.
Lyusen Keren. Amir Temur saltanati. Toshkent. “O‘zbekiston”. 2018 yil
159-160 betlar.
4.
Abdulaxat Muxammadjonov. Temur va temuriylar saltanati. Toshkent. 1994
yil.
5.
A.Muxammadjonov. Temur va temuriylar saltanati. Toshkent. 1994 yil.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
139
6.
Abdurrazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai bahrayn. II-j., 1-q.
Fors-tojik tilidan tarjima, kirish so‘z va izohli lug‘atlar muallifi A. O‘rinboev.
– Toshkent: O‘zbekiston, 2008. – B. 277.