MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
98
BUTUN JAHON VA O'ZBEKISTON REPUBLIKASI IQTISODIDA
LOYIHA MENEJMENTINING TUTGAN O'RNI VA UNI
RIVOJLANTIRISHGA BO'LGAN TALABLAR
Nasrullayev Feruz Mengliyevich
– Qarshi davlat texnika universiteti
“Biznes va boshqaruv” kafedrasi assistenti, mustаqil izlаnuvchi,
E mail:
Anotatsiya.
Mazkur maqola zamonaviy sohalardan biri bo’lgan Project
Management ya’ni loyiha menejmentining nazariy asoslari, uning jahon
iqtisodiyotidagi o‘rni, ilg‘or davlatlar tajribasi hamda raqamli transformatsiya
sharoitida bu sohaning rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida loyiha menejmentining tutgan o’rnini loyiha
menejmenti tamoyillarini joriy etish zarurati va imkoniyatlari ham ochib berishga
qaratilgan. Hozirgi davrda mamlakatlar iqtisodiyotining jadal rivojlanishi davrida
yangidan yangi sohalarning vujudga kelishi va ularning boshqaruv shakllarinig
o’zgarish jarayonlarida loyiha boshqaruvi va uning mutaxassislariga bo’lgan talab
tobora ortib bormoqda. Maqolada iqtisod, sanaoat sihlab chiqarish sohalarida
loyiha menejmentining ahamiyatliligi muallif tomonidan turli yondashuvlar bilan
ko’rib chqiqilgan. Buning asosida xususan O‘zbekiston Respublikasida Project
Management ning katta ahamiyatliligi va dolzarbligi asoslangan.
Kalit so’zlar.
Loyiha, boshqaruv, tashkilot, sanoat, menejment, ishlab
chiqarish, iqtisod.
Kirish.
Bugungi globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida
loyihalarni samarali boshqarish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan biriga
aylanmoqda. Xususan, so‘nggi o‘n yilliklarda jahon miqyosida infratuzilma,
energetika, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash hamda ta’lim sohalarida yirik
hajmdagi loyihalarning amalga oshirilishi loyiha menejmentining iqtisodiy
samaradorligini yana bir bor tasdiqladi. Maqolaning dolzarbligi shundan iboratki,
bugungi kunda xalqaro iqtisodiy muhit tobora murakkablashib borayotgan bir paytda,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
99
samarali loyiha boshqaruvi nafaqat individual korxonalar, balki butun mamlakatlar
darajasida raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari,
barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida ham loyiha menejmenti muhim
vosita sifatida e’tirof etilmoqda.
Zamonaviy dunyoda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot ko‘plab yangi
yondashuvlarni, jumladan, samarali loyiha boshqaruvini talab qilmoqda. Xususan,
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yirik
infratuzilma loyihalari, raqamli iqtisodiyotga o‘tish va xususiy sektorni
rag‘batlantirish tashabbuslari natijasida loyiha boshqaruviga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli
darajada ortmoqda. Loyiha boshqaruvi — bu belgilangan maqsadlarga erishish
yo‘lida vaqt, byudjet, resurs va sifat omillarini uyg‘unlashtirib, tizimli yondashuv
asosida boshqaruvni tashkil etish jarayonidir. Bugungi kunda ushbu yondashuv
nafaqat yirik korxonalar va davlat tashkilotlarida, balki kichik biznes subyektlari,
startaplar va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida ham tobora dolzarb tus
olmoqda. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda loyiha boshqaruvi bo‘yicha xalqaro
standartlarga
asoslangan
yondashuvlar
joriy
qilinmoqda,
xorijiy
tajriba
o‘rganilmoqda, malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda va tegishli qonunchilik
bazasi shakllantirilmoqda. Bu jarayonlar iqtisodiy samaradorlikni oshirish,
investitsion muhitni yaxshilash hamda ijtimoiy loyihalarning natijadorligini
ta’minlashga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-
iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5120-sonli farmoni [1] ham yuqorida yuritilgan
fikrlarning yaqqol misoli bo’la oladi. Bundan tashqari 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-
sonli qaror [2] bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi tashkil etilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Loyiha
boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi tashkil etilishi, mamlakatimizda
sohaning rivojlanishi tashqi hamdo’st mamlakatlardan orttda qolmasdan
ildamlayotganini aks ettiradi.
Adabiyotlar tahlili.
Loyiha menejmenti, umumiy maqsadlarga
erishish uchun resurslar, vaqt, va moliyaviy mablag‘larni samarali boshqarish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
100
jarayonidir. Bu soha haqidagi ilmiy adabiyotlar ko‘plab yondashuvlarni o‘z ichiga
oladi. Kerzner Harold ”Loyiha boshqaruvi: rejalashtirish, jadvallash va nazorat
qilishga tizimli yondashuv” (2017) nomli kitobida [3] loyiha menejmentining tizimli
yondashuvini ta'kidlaydi, unda loyiha boshqaruvining har bir bosqichi - boshlanish,
rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish - alohida strategik ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, loyiha menejmentining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun
muvofiqlik, vaqt va resurslarni boshqarishning ahamiyati ko‘rsatilgan. Ralf Müller va
Rodney Turner (2010)[4] xalqaro tajribalarga tayanib, loyiha menejmentining
iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi o‘rnini o‘rganishdi. Ular, shuningdek,
loyihalarning strategik ahamiyatini va iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasini
ko‘rsatganlar. Ularning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli loyihalar
ko‘pincha milliy iqtisodiyotlar uchun ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, chunki ular
innovatsiyalarni joriy qilish, ish o‘rinlarini yaratish va ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga olib keladi. Risklarni boshqarish loyihalarning
muvaffaqiyatini ta'minlashda muhim omil hisoblanadi. David Hillson [5]
(2009)
loyiha menejmentining risklarni aniqlash va boshqarish jarayonlarini tahlil qilgan.
Uning fikriga ko‘ra, loyihalarning samarali boshqarilishi risklarni oldindan aniqlash
va minimallashtirishga yordam beradi, bu esa loyiha mablag‘larining samarali
ishlatilishiga undaydi.
Yurtimizda O.Mamanazarov, A.Nazirov, D.Inoyatovalar loyiha boshqarish
asoslari va metodologiyasini tahlil qilishgan [6] bo’lsa, A.Hasan loyiha boshqaruvida
yangi startap, loyihalar kabi tushunchalarni o‘rganib, ularning o‘ziga xos
xususiyatlari va amaliy tomonlarini ko‘rib chiqqan [7]. Adabiyotlar tahlili shuni
ko‘rsatadiki, loyiha menejmenti iqtisodiy samaradorlikni oshirish, risklarni
boshqarish, innovatsiyalarni joriy qilish va iqtisodiy o‘sishga ta'sir ko‘rsatish bilan
bog‘liq muhim rol o‘ynaydi. Loyiha menejmenti samarali boshqarilganida, iqtisodiy
o‘sish va rivojlanishga sezilarli darajada hissa qo‘shadi. Shu sababli, loyiha
menejmentining iqtisodiyotdagi o‘rni jahon iqtisodiyoti uchun juda muhim
ahamiyatga ega.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
101
Tadqiqot metdologiyasi.
Mazkur olib borilgan tadqiqot nishoni
bo’lgan masalani o’rganish uchun tahlil va sintez, qiyosiy tahlil, ikkilamchi manbalar
tahlili, nazariy modellashtirish hamda tarixiy yondashuv usullari qo‘llanilgan. Tahlil
va sintez asosida muammoning nazariy qismi chuqur o’rganilgan. Qiyosiy tahlilda
iqtisodiyot sohasidagi loyiha menejmentining turli kontsepstiya va tajribalari
taqqoslangan va umumlashtirilgan. Ikkilamchi ma’lumotlar tahlili orqali ilgari
mavjud manbalardan ma’lumotlar to’plandi va batafsil o’rganib mulohaza qilindi.
Nazariy modellashtirish asosida iqtisodiyot sohasida loyiha menejmenti va uning
rivojlanish jarayoni ochib berilgan. Tarixiy tahlil yordamida tadqiqotning tarixiy
aspektlariga e’tibor qaratilgan, muammoning tarixiy asoslari o’rganilib tahlil
qilingan. Tizimli yondashuv asosi orqali o’rganilayotgan masala, hodisalar o’zaro
aloqadorlik darajasi o’rganilib muammo bir tizim sifatida shakllantirildi.
Natijalar va muhokama.
Loyiha boshqaruvi (Project Management) – bu
muayyan muddat, budjet va resurslar doirasida aniq maqsadlarga erishishga
yo‘naltirilgan faoliyatni rejalashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish tizimidir.
Xalqaro amaliyotda loyiha boshqaruvi PMI (Project Management Institute), IPMA
(International Project Management Association) va PRINCE2 kabi yondashuvlar
orqali tartibga solinadi. Ular loyiha hayotiy tsiklini quyidagi asosiy bosqichga
ajratadi:
Loyihani boshlash (initiation)
– loyiha maqsadi va asosiy manfaatdor
tomonlar aniqlanadi.
Rejalashtirish (planning)
– loyiha ish rejasi, byudjeti, vaqt jadvali,
xavflarni boshqarish rejasi tuziladi.
Ishga tushirish (execution)
– amaliy ishlar boshlanadi va resurslar
safarbar qilinadi.
Monitoring va nazorat (monitoring & controlling)
– loyihaning
borishi ustidan nazorat o‘rnatiladi.
Yakunlash (closure)
– loyiha yakunlanadi, natijalar baholanadi va
xulosalar chiqariladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
102
Ushbu yondashuvlar yordamida tashkilotlar o‘z resurslarini oqilona
boshqarish, risklarni kamaytirish va yuqori natijalarga erishishga muvaffaq bo‘ladi.
1950-yillarda,
Project Management Institute (PMI)
tashkil topdi. Bu tashkilot
loyiha menejmentining standartlarini yaratish va ularni kengaytirish uchun muhim
asos bo'ldi. PMI loyiha menejmentining professional tizimini shakllantirishga yordam
berdi. 1950-1960-yillarda AQShda korporatsiyalar o'zining yirik loyihalarini
boshqarish uchun ilmiy va tizimli yondashuvni ishlab chiqa boshladilar. Bu davrda,
kritik yo'l usuli (Critical Path Method, CPM)
va
Resurslarni boshqarish
usullari
ishlab chiqildi.
PMBOK (Project Management Body of Knowledge)
– 1987-yilda
PMI tomonidan ishlab chiqilgan PMBOK, loyiha menejmenti bo'yicha barcha asosiy
tushunchalar, metodologiyalar, standartlar va yaxlit tizimni taqdim etdi. Bu standart
keyinchalik xalqaro miqyosda keng tarqaldi va loyiha menejmentining professional
tizimini shakllantirdi. Shu davrda loyihalar yanada murakkablashdi va ko'plab yangi
metodologiyalar va vositalar kiritildi. Masalan,
PRINCE2
(Projects IN Controlled
Environments), 1989-yilda Britaniya hukumati tomonidan ishlab chiqilgan loyiha
boshqaruvi metodologiyasi, o'zining qat'iy strukturalangan va moslashuvchan
yondashuvi bilan ommalashdi. 2000-yillarga kelib, loyiha menejmenti butun dunyo
bo'ylab global miqyosda professional tizim sifatida qabul qilindi. Xalqaro
kompaniyalar va tashkilotlar o'z loyihalarini yanada samarali boshqarish uchun global
standartlarga asoslanishga intildilar. Shu davrda,
Agile
metodologiyasi (ya'ni, tezkor
va moslashuvchan loyiha boshqaruvi) dasturiy ta'minot ishlab chiqarishda
muvaffaqiyatli
qo'llanila
boshladi
va
loyihalarni
boshqarishning
yangi
paradigmalarini shakllantirdi. Agile metodologiyasi o'zining samaradorligi va
tezkorlik nuqtai nazaridan juda mashhur bo'lib ketdi, ayniqsa IT sohasida.
Lean
Project Management
(Yoqilma Boshqaruvi) va
Six Sigma
kabi metodologiyalar
ham keng tarqaldi, ular ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida jarayonlarni
yaxshilash va isrofgarchilikni kamaytirish uchun ishlatiladi. 2010-yillar davomida,
loyiha menejmentining yondashuvlari yanada rivojlanib, raqamli texnologiyalar va
ma'lumotlarni boshqarishning yangi vositalarini kiritish boshlandi.
Big Data
,
sun'iy
intellekt
(AI) va
blokcheyn
kabi texnologiyalar loyiha menejmentini yanada
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
103
samarali qilish imkonini yaratdi. Shu bilan birga, global biznes va xalqaro hamkorlik
kuchaygan sari, loyiha menejmenti
hibrid metodologiyalar
(masalan, Agile va
Waterfall metodologiyalarining kombinatsiyasi) va yanada moslashuvchan
yondashuvlarni talab qilmoqda.
Zamonaviy iqtisodiyotda loyiha boshqaruvi texnologiyalari kompaniyalar,
davlat tashkilotlari, ta’lim muassasalari va notijorat sektorlar uchun ham universal
vositaga
aylangan.
Ayniqsa,
murakkab
infratuzilma
loyihalari,
raqamli
texnologiyalarga asoslangan tizimlar, ijtimoiy xizmatlar va startaplar doirasida loyiha
boshqaruvi yondashuvlarisiz barqaror muvaffaqiyatga erishish qiyin. Jahon
miqyosida amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma, energetika, transport,
texnologiya va raqamli iqtisodiyotga oid loyihalar global iqtisodiy o‘sishga katta
ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, Xitoyning "Bir kamar – bir yo‘l" tashabbusi,
AQSHning texnologik startap loyihalari yoki Yevropa Ittifoqining yashil
energetikaga oid dasturlari – barchasi loyiha menejmenti vositasida muvaffaqiyatli
boshqarilmoqda. Xalqaro moliyaviy institutlar – Jahon banki, Xalqaro valyuta
jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki kabi tashkilotlar turli davlatlarda iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirishda loyiha menejmentini asosiy instrument sifatida
qo‘llaydi. Bu institutlar tomonidan mablag‘ ajratiladigan har bir loyiha aniq
rejalashtirilgan, monitoring va audit tizimlari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. XXI
asrning eng muhim xususiyatlaridan biri bu – iqtisodiyotning raqamli texnologiyalar
asosida tubdan o‘zgarishidir. Bu esa o‘z o‘rnida raqamli transformatsiya jarayonlarini
rivojlanishiga turtki bo’ldi. Raqamli transformatsiya — bu texnologik vositalar orqali
ish jarayonlarini optimallashtirish, tezlashtirish va samaradorlikni oshirish
jarayonidir. Bu jarayon, ayniqsa, loyiha menejmenti sohasiga katta ta’sir
ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda deyarli har bir loyiha raqamli vositalar yordamida
rejalashtiriladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Raqamli texnologiyalarning loyiha
menejmentiga ta’sirini bir qancha platform ava sohalar misolida ifodalashimiz
mumkin. Bulutli platformalar (Cloud-based systems) – Google Workspace,
Microsoft Teams, Asana, Trello kabi vositalar yordamida jamoaviy ishlash, hujjatlar
bilan ishlash, muddatlarni nazorat qilish imkoniyati yaratilmoqda. Sun’iy intellekt
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
104
(AI) – loyiha risklarini prognozlash, resurslarni optimallashtirish va avtomatik
qarorlar qabul qilishda ishlatilmoqda.
Raqamli transformatsiya nafaqat loyihalarni boshqarish usullarini, balki loyiha
menejerining rolini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Endilikda loyiha menejeri faqatgina
rejalashtiruvchi emas, balki raqamli vositalarni puxta biladigan, texnologik
tafakkurga ega strategik rahbar bo‘lishi zarur. Dunyo miqyosida bu borada
"Digital
Project Manager"
degan yangi kasb paydo bo‘lmoqda. Bunday mutaxassislar
raqamli vositalarni o‘zlashtirgan holda jamoalar bilan masofaviy ishlash, tez
o‘zgarayotgan vaziyatlarga moslashish va tezkor qarorlar qabul qilishda muhim rol
o‘ynaydi. Raqamli transformatsiyaning tez sur’atlar bilan rivojlanayotgani sababli
loyiha menejmenti sohasi doimiy yangilanib bormoqda. Shu bois, zamonaviy
iqtisodiyotda loyiha boshqaruvining raqamli versiyasi — bu nafaqat qulaylik, balki
zaruratga aylangan. Ayniqsa, pandemiya davridagi masofaviy boshqaruv tajribasi bu
boradagi o‘zgarishlarni yanada tezlashtirdi.
Dunyo mamlakatlari orasida loyiha menejmenti eng yuqori darajada
rivojlangan davlatlar – AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Janubiy
Koreyadir. Ushbu mamlakatlarda loyiha boshqaruvi milliy siyosat darajasida qo‘llab-
quvvatlanadi, malakali mutaxassislar tayyorlanadi va xalqaro standartlarga
asoslangan metodologiyalar qo‘llaniladi. AQSHda PMI (Project Management
Institute) tashkiloti orqali loyiha menejmenti fan sifatida chuqur rivojlangan. Har yili
minglab mutaxassislar PMP sertifikatiga ega bo‘ladi. IT, mudofaa, sog‘liqni saqlash
va qurilish sohalarida loyiha boshqaruvi asosiy ish uslubi hisoblanadi. Masalan,
NASA, Google, Amazon kabi korporatsiyalar o‘z loyihalarini qat’iy bosqichlarda,
zamonaviy vositalar yordamida boshqaradi. Germaniyada loyiha menejmenti sanoat
va infratuzilma loyihalarida yuqori darajada ishlatiladi. Siemens, Volkswagen, Bosch
kabi yirik kompaniyalar ishlab chiqarish zanjirini loyihalar asosida optimallashtiradi.
Shuningdek, "Agile", "Scrum" kabi zamonaviy uslublar ham keng tarqalgan. Xitoyda
davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik asosida ulkan loyihalar amalga
oshirilmoqda. "Bir kamar – bir yo‘l" loyihasi yuzlab mamlakatlarda infratuzilma,
portlar, temir yo‘llar, elektr stansiyalarini qurish orqali Xitoyning global
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
105
iqtisodiyotdagi ta’sirini oshirmoqda. Janubiy Koreyada loyiha menejmenti yuqori
texnologiyalar va innovatsiyalar asosida rivojlangan. Samsung, LG, Hyundai kabi
kompaniyalar raqamli transformatsiyaga asoslangan loyiha boshqaruvi tizimlarini
qo‘llaydi. Bunda har bir loyiha texnologik yangilik, eksport salohiyati va iqtisodiy
o‘sishga xizmat qilishi kerak. Shuni ham ta’kidlash joizki Afrika, Lotin Amerikasi va
Markaziy Osiyo davlatlarida loyiha menejmenti hali to‘liq shakllanmagan. Biroq
xalqaro moliyaviy institutlar yordamida amalga oshirilayotgan ijtimoiy va
infratuzilmaviy loyihalar orqali bu sohaga qiziqish ortib bormoqda. O‘zbekiston ham
bu borada faol qadamlar tashlamoqda – davlat dasturlari, raqamli iqtisodiyot va
energetika sohasida loyiha asosida boshqaruv keng joriy etilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng iqtisodiyotni modernizatsiya qilish,
infratuzilmani rivojlantirish va turli ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish
yo‘lida keng qamrovli tashabbuslarni ilgari surdi. Ayniqsa, 2017 yildan keyin
boshlangan
"Harakatlar strategiyasi"
, keyinchalik esa
"Yangi O‘zbekiston"
taraqqiyot strategiyasi
doirasida turli yirik investitsion, sanoat, qishloq xo‘jaligi,
raqamlashtirish va ijtimoiy sohalarga oid loyihalar amalga oshirila boshlandi. Bu esa
zamonaviy loyiha boshqaruvi tizimlariga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirdi. Bugungi
kunda quyidagi sohalarda loyiha boshqaruvi yondashuvlari faol qo‘llanilmoqda:
Infratuzilma va qurilish
: Yirik transport yo‘llari, metropoliten
tarmoqlari, suv ta’minoti va elektr energetikasi loyihalari xalqaro moliya institutlari
ishtirokida amalga oshirilmoqda. Bunda loyiha boshqaruvi vositalari – byudjet
nazorati, loyiha jadvallari, risk tahlili – keng tatbiq etilmoqda.
Axborot texnologiyalari
: Raqamli iqtisodiyotga o‘tish, e-hukumat,
“Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali”, “Raqamli davlat xizmatlari
platformasi”, “HUMO milliy to‘lov tizimi” kabi loyihalarda zamonaviy PM
yondashuvlari, shu jumladan,
Agile
,
Scrum
metodologiyalari tatbiq etila boshladi.
Davlat
boshqaruvi
:
Davlat
dasturlarining
amalga
oshirilishi
monitoringi uchun maxsus tizimlar –
"Monitoring markazlari"
,
"Loyihalarni
boshqarish ofislari (PMO)"
tashkil etildi. Ular orqali muhim ijtimoiy-iqtisodiy
loyihalar natijalari nazoratga olinmoqda.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
106
Xususiy sektor va startaplar
: O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan
ko‘plab IT kompaniyalar, kichik biznes subyektlari va startaplar o‘z loyihalarini
boshqarishda xalqaro standartlarga tayangan holda ishlamoqda. Ayniqsa,
Texnoparklar, IT-park rezidentlari, venchur fondlar bu borada muhim rol
o‘ynamoqda.
Shuningdek, loyiha boshqaruvi sohasida
kadrlar tayyorlash
borasida ham
muayyan siljishlar kuzatilmoqda. Toshkentdagi bir qator oliy ta’lim muassasalari
(TDIU, TATU, Westminster, Turin universiteti va boshqalar)da loyiha boshqaruvi
fanlari kiritilgan. PMI asosida sertifikatlash tizimlari (masalan, PMP – Project
Management Professional) asta-sekin joriy etilmoqda. Biroq, ushbu sohada
shakllangan ekotizim hali mukammal emas, me’yoriy-huquqiy asoslar va
professional mutaxassislar yetishmovchiligi kabi kamchiliklarga duch kelishimiz
mumkin. O‘zbekiston iqtisodiyotida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan chuqur
strukturaviy islohotlar, xususan, yirik investitsiyaviy loyihalar, davlat-xususiy
sheriklik (DXSh), innovatsion va raqamli texnologiyalarning joriy etilishi loyiha
boshqaruviga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli darajada oshirmoqda. Talab nafaqat yirik
davlat sektorida, balki xususiy biznes, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro
hamkorlik loyihalarida ham tobora kuchaymoqda. Endi birma bir talab omillarini
sanab o’tsak:
Investitsiya loyihalarining ko‘payishi
: O‘zbekiston global moliyaviy
institutlar (Jahон banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki) bilan
hamkorlikda yuzlab million dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda. Bu esa xalqaro
talab va standartlarga mos loyiha boshqaruvini taqozo etadi.
Davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik DXSh modelining
joriy etilishi
: Energetika, sog‘liqni saqlash, ta’lim va infratuzilma kabi sohalarda
davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik shakllarining rivojlanishi natijasida har
ikki tomon uchun aniq boshqaruv mexanizmlari va monitoring tizimlariga ehtiyoj
ortmoqda.
Raqamli iqtisodiyotning kengayishi
: Raqamli platformalar, mobil
ilovalar, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili kabi texnologiyalarni joriy etishda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
107
iterativ va moslashuvchan (Agile) loyiha boshqaruvi metodologiyalari zarur bo‘lib
qolmoqda.
Davlat strategiyalarining natijaviyligi
: “Yangi O‘zbekiston – 2030”
strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar – ijtimoiy himoya, ekologiya, yoshlar
siyosati kabi sohalarda samarali loyiha boshqaruvi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘z navbatida sohani rivojlantirish maqasadida bir qancha yo‘nalishlarda
ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston hukumati loyihalarni boshqarishda barqaror
rivojlanish va ekologik barqarorlik tamoyillarini joriy etish bo‘yicha bir qator chora-
tadbirlar ishlab chiqdi. Bu, ayniqsa, infratuzilma va qurilish loyihalarida ekologik va
iqtisodiy jihatdan barqaror yondoshuvlarni ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi
kunda xalqaro standartlar (PMP, PRINCE2, IPMA)dan foydalanilmoqda, biroq
O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan milliy metodologiyalar ishlab chiqish dolzarb
masalalardan biri hisoblanmoqda. Bu esa o‘z navbatida “Milliy loyiha boshqaruvi
standartlari”ni ishlab chiqish tashabbusini rag’batlantiradi. Respublikada kadrlar
salohiyatini oshirish maqsadida loyiha boshqaruvi bo’yicha maxsus o‘quv kurslari,
xalqaro sertifikatlarga tayyorlov dasturlari (masalan, PMP yoki Agile Scrum Master)
kengaytirilib, oliy ta’lim tizimida amaliyotga yo‘naltirilgan fanlar soni
ko‘paytirilmoqda. Shuningdek, ba’zi universitetlarda loyiha boshqaruvi fanlari joriy
qilingan, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishga intilayotgan mutaxassislar soni ham
ortib bormoqda. PMO (Loyihalarni boshqarish ofislari) bir nechta davlat organlarida
faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar va dunyoning yetakchi
kompaniyalari bilan hamkorlikda loyiha boshqaruvi metodologiyalarini o‘rganish va
qo‘llash borasida bir qator loyihalarni amalga oshirdi. O‘zbekiston hukumati xalqaro
loyiha boshqaruvi assotsiatsiyalari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida o‘z
xodimlarini va mutaxassislarini xalqaro sertifikatlar olishga yo‘naltirmoqda. Xususan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2023 yildagi PF-76-son “Ma’muriy
islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni [8] sanab o’tilgan tashkiliy
muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etishga katta zamin yaratdi. Farmonda
raqamli texnologiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, soha, tarmoq va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
108
hududlarni raqamli transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari, xalqaro
sertifikatga ega bo’lgan davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining
xodimlariga qo’shimcha ravishda ustamalar belgilanishi xususida chora tadbirlar
belgilab o’tilgan. Shular bilan birga kichik va o‘rta biznes yo’nalishi ham e’tibordan
chetda qolmadi. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish maqsadida loyiha boshqaruvi
metodlarini kengaytirish va qo‘llash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqildi. Bu orqali
kichik bizneslarni samarali boshqarish, resurslarni optimallashtirish va operatsion
samaradorlikni oshirish mumkin bo‘ladi. Muammolarni o‘rganish maqsadida olib
borilgan tadqiqotlardan so‘ng ma’lum takliflarga to‘xtaladigan bo‘lsak, quyidagilarga
e’tibor qaratsak sohaning rivojlanish tendensiyasini yanada barqarorlashtiradi.
Oliygohlarda loyiha boshqaruvi yo‘nalishlarini amaliyotga yaqinlashtirish, kasb-
hunar markazlarida qisqa muddatli kurslar tashkil etish zarur. Shuningdek, xalqaro
tajribaga ega instruktorlar jalb qilinishi lozim. O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan
loyiha boshqaruvi standartlarini ishlab chiqish, PMO faoliyatini qonuniy asosda
tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlar ishlab chiqilishi kerak. Loyiha boshqaruvi
uchun mo‘ljallangan zamonaviy dasturiy vositalar (Microsoft Project, Jira, Trello,
Asana)ni ommalashtirish, davlat organlarida yagona elektron monitoring tizimi
yaratish lozim. Har bir yirik loyiha uchun alohida risk boshqaruvi rejasi ishlab
chiqilishi, loyiha davomida bosqichma-bosqich monitoring tizimi yo‘lga qo‘yilishi
kerak. Loyiha muvaffaqiyatini nafaqat iqtisodiy, balki ekologik va ijtimoiy ta’sir
ko‘rsatkichlari asosida baholash tizimi yo‘lga qo‘yilishi lozim.
Xulosa
Loyiha menejmenti bugungi kunda nafaqat alohida
tashkilotlar, balki butun mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotida muhim strategik vosita
sifatida qaralmoqda. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, samarali loyiha
boshqaruvi mavjud bo‘lgan davlatlar iqtisodiy o‘sishda, investitsiya jalb qilishda va
raqobatbardoshlikni oshirishda ancha ilg‘ordir. AQSH, Germaniya, Xitoy, Janubiy
Koreya kabi mamlakatlarda loyiha menejmenti professional va tizimli yondashuv
asosida amalga oshiriladi. Zamonaviy iqtisodiyotda loyiha menejerlari shunchaki
ijrochi emas, balki strategik fikrlovchi, texnologik yetakchi va jamoa boshqaruvchisi
sifatida ko‘rilmoqda. Ayniqsa, raqamli transformatsiya sharoitida bu rol yanada
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
109
murakkablashib, sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar, onlayn platformalar va
boshqa innovatsiyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib bormoqda.Xulosa qilib
aytganda, O‘zbekistonda loyiha boshqaruvi sohasining rivojlanishi davlatning
strategik islohotlari, iqtisodiy liberallashtirish jarayonlari va xalqaro hamkorlik
siyosati bilan bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda mamlakatimizda yirik infratuzilma
loyihalari, raqamli transformatsiya tashabbuslari va startap ekotizimlarining
kengayishi bilan loyiha boshqaruvi yondashuvlariga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada
ortmoqda. Shu bilan birga, tizimda mutaxassislar yetishmasligi, zamonaviy
metodologiyalarni to‘liq joriy etmaslik, raqamli boshqaruv vositalarining
cheklanganligi kabi muammolar mavjud. Bularni bartaraf etish uchun esa tizimli
yondashuv, milliy qonunchilikni takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish
hamda xalqaro tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish muhim ahamiyatga ega.
Kelgusida O‘zbekistonda loyiha boshqaruvining to‘liq va mukammal tizimga
aylanishi mamlakat iqtisodiyotining samaradorligi, investitsion muhitning
jozibadorligi va ijtimoiy loyihalarning natijadorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu
borada davlat, biznes va ta’lim sohasining yaqin hamkorligi muhim omil bo‘lib
xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR RO‘YXATI
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “O‘zbekiston
Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF–5120-sonli farmoni
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, №PQ-3150, 27 iyul 2017 yil
3
Kerzner, H. (2017) Project Management: A Systems Approach to Planning,
Scheduling, and Controlling. 12th Edition, Wiley, Hoboken.
4
Müller, R., & Turner, R. (2010). Leadership Competency Profiles of Successful
Project Managers. International Journal of Project Management
5
Managing Risk in Projects (Fundamentals of Project Management) by David
Hillson
6
Mamanazarov O.Sh., Nazirov A.X., Inoyatova D.Sh. Loyiha boshqaruvi. –
Toshkent, 2019.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
110
7
A.Hasan. Project management yoki loyihalar bosh- qaruvi. – Toshkent, 2022.
8
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2023 yildagi PF-76-son
farmoni
9
Project Management Institute (PMI).
PMBOK® Guide – A Guide to the Project
Management Body of Knowledge
, 7th Edition, 2021.
10
“Harakatlar strategiyasi 2017–2021 yillar uchun” – Prezident.uz.
11
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni: “Yangi O‘zbekiston – 2030”
strategiyasi, 2023 yil.
12
– Loyiha boshqaruvi instituti rasmiy sayti.
13
lex.uz
- O‘zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy huquqiy ma'lumotlar
portali.