MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
455
SANOAT TURIZMIDA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING
TURISTIK KO’RINISHI VA
YANGI TURIZM TRENDI
Kimyo International Univercity in Tashkent
Saydaliyev Muzaffar Qahramon o’g’li
Shokirov Fahriddin Furqat oʻgʻli
ORCID ID : 0009 0009 1647 3367
ORCID ID : 0009-0007-7647-4412
muzaffarsaydaliyev12@gmail.com
Anotatsiya: Mazkur maqolada sanoat turizmining ishlab chiqarish
korxonalaridagi turistik ko’rinishi , sanoat turizmning umumiy turizmdagi o’rni ,
Sanoat turizmida ishlab chiqarish korxonalarining turistik ko’rinishi , sanoat turizmi
sohasidagi yangi yo‘nalishlar va uning rivojlanish istiqbollari haqida batafsil tahlil
olib boradi. Sanoat turizmi – ishlab chiqarish jarayonlari, tarixiy sanoat ob'ektlari va
faoliyatdagi ishlab chiqarish korxonalarini o‘rganish orqali turistik tajriba yaratishga
qaratilgan turizm turi bo‘lib, so‘nggi yillarda yangi trendlarga ega bo‘lmoqda.
Maqolada sanoat turizmining asosiy tushunchalari va xususiyatlari, uning tarixiy va
zamonaviy sanoat ob'ektlaridagi turistik ko‘rinishlari tahlil qilinadi. Shuningdek,
ishlab chiqarish korxonalari va sanoat inshoatlarining turistik jihatdan qanday
rivojlanayotgani, bu sohaning iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlarga ta’siri muhokama
qilinadi. Maqolada sanoat turizmining mahalliy va global miqyosda qanday
rivojlanayotganligi, yangi texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarning sanoat
turizmiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, bu sohaning kelajakdagi istiqbollari
o‘rganiladi.Shuningdek, maqolada sanoat turizmining mahalliy iqtisodiyotdagi o‘rni,
turizmning bu turidan foyda olish imkoniyatlari, yangi turistik tajribalar yaratish va
innovatsion yondashuvlarni amalga oshirishning ahamiyati ko‘rsatiladi. Ushbu tahlil
sanoat turizmi bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar, turistlar va yangi yo‘nalishlar
haqida batafsil ma’lumot olishni istaganlar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
456
qiladi. Maqolada taqdim etilgan ma'lumotlar sanoat turizmining kelajagi va uning
yangi trendlari haqida chuqurroq tushuncha olishni xohlaganlar uchun foydali
bo‘ladi.
Kalit soʻzlar : turizm, sanoat turizmi, ishlab chiqarish korxonalari, iqtisodiyot,
texnologiyalar, zavodga ekskursiya, sanoat turizm tarixi, investitsiya
Аннотация: В данной статье подробно анализируются туристические
аспекты промышленных предприятий, место промышленного туризма в общем
туристическом секторе, а также новые направления в области промышленного
туризма и перспективы его развития. Промышленный туризм представляет
собой вид туризма, ориентированный на создание туристического опыта через
изучение производственных процессов, исторических промышленных объектов
и функционирующих производственных предприятий, который в последние годы
приобрел новые тенденции. В статье рассматриваются основные понятия и
особенности промышленного туризма, а также туристические аспекты
исторических и современных промышленных объектов. Также анализируется,
как развиваются производственные предприятия и промышленные сооружения
с точки зрения туризма, и обсуждается их влияние на экономические и
культурные изменения. В статье рассматривается развитие промышленного
туризма как на местном, так и на глобальном уровнях, вклад новых технологий
и инновационных подходов в развитие промышленного туризма, а также
перспективы этой отрасли.Кроме того, в статье уделяется внимание месту
промышленного туризма в местной экономике, возможностям извлечения
выгоды из этого вида туризма, созданию новых туристических опытов и
важности внедрения инновационных подходов в эту сферу. Этот анализ
служит ценным источником информации для специалистов в области
промышленного туризма, туристов и тех, кто заинтересован в новых
направлениях. Представленные в статье данные помогут более глубоко понять
будущее промышленного туризма и его новые тенденции.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
457
Ключевые слова : Туризм, промышленный туризм, производственные
предприятия, экономика, технологии, экскурсия на завод, история
промышленного туризма, инвестиции.
Abstract : This article provides a detailed analysis of the tourist aspects of
industrial enterprises, the place of industrial tourism within the broader tourism
sector, as well as new trends in industrial tourism and its development prospects.
Industrial tourism is a type of tourism aimed at creating a tourist experience by
studying production processes, historical industrial sites, and operating production
enterprises, which has gained new trends in recent years. The article examines the key
concepts and features of industrial tourism, as well as the tourist aspects of historical
and modern industrial objects. It also analyzes how production enterprises and
industrial facilities are developing from a tourism perspective, and discusses their
impact on economic and cultural changes. Furthermore, the article explores the
development of industrial tourism both locally and globally, the contribution of new
technologies and innovative approaches to the development of industrial tourism, and
the prospects for this sector.In addition, the article focuses on the role of industrial
tourism in the local economy, opportunities to benefit from this type of tourism, the
creation of new tourist experiences, and the importance of implementing innovative
approaches in this field. This analysis serves as a valuable resource for specialists in
the field of industrial tourism, tourists, and those interested in exploring new trends.
The information presented in the article will help readers gain a deeper understanding
of the future of industrial tourism and its emerging trends.
Keywords : Tourism, industrial tourism, manufacturing enterprises, economy,
technologies, factory tour, history of industrial tourism, investments.
Kirish qismi
“Turizm — bu ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy hodisa bo‘lib, odamlarning
odatiy yashash joyidan boshqa mamlakat yoki hududlarga shaxsiy yoki ish yuzasidan
harakatlanishini bildiradi.” https://www.unwto.org/glossary-tourism-terms
“Sanoat turizmi — mehnat, innovatsiya va ishlab chiqarish tarixini bevosita
joyida his qilish imkoniyatini beradi.” https://www.erih.net/
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
458
Sanoat turizmi – bu sayyohlarning zavod, fabrika, kon, elektr stansiyalari kabi
ishlab chiqarish ob’ektlariga tashrif buyurib, u yerdagi ish jarayoni bilan tanishishi va
sanoatning rivojlanishi haqida ma’lumot olishi mumkin bo‘lgan turizm yo‘nalishidir.
Bu turizm turi sanoatning tarixi, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari va innovatsion
texnologiyalarni ommaga tanishtirishga xizmat qiladi.“Sanoat turizmi 19-asrda paydo
bo‘lgan bo‘lib, zavodlarga tashrif buyurish elitalar va muhandislar orasida mashhur
bo‘lgan.” https://www.erih.net/what-is-erih/industrialheritage.Sanoat turizmi uzoq
tarixga ega bo‘lib, uning ildizlari sanoat inqilobi davriga borib taqaladi. Odamlar
doimo texnologik taraqqiyot va ishlab chiqarish jarayonlariga qiziqib kelgan. Dastlabki
sanoat turizmi shakllari 18–19-asrlarda Yevropada paydo bo‘lib, bu davrda sanoat
inqilobi natijasida zavod va fabrikalar qurila boshlagan edi.Sanoat turizmning oʻzining
rivojlanish davrlari bor bular- 18-19 asr : sanoat inqilobi davri,20-asr: sanoat sayyohligi
va ta’limiy ekskursiyalar,21-asr: sanoat turizmining rivojlanishi kabi davrlarni oʻz
ichiga oladi.
Sanoat turizm asosan –
1. Ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish,2. Tarixiy sanoat ob’ektlarini
o‘rganish,3. Sanoat merosi va uning turizmga ta’siri,4. Texnologik innovatsiyalar va
ekologik muammolar,5. Sanoat turizmining iqtisodiy va ijtimoiy ta’siri, Sanoat turizmi
nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarini tushunish, balki iqtisodiyot, tarix, texnologiya va
ekologiya kabi muhim sohalarni ham o‘rganishga imkon yaratadi. Shu sababli, u
turizmning innovatsion va istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Sanoat turizmi dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan. Ushbu davlatlarda sayyohlar uchun zavod, fabrikalar, texnologik markazlar
va tarixiy sanoat ob’ektlariga ekskursiyalar tashkil qilinadi.Bular – Germaniya, AQSh,
Yaponiya, Janubiy Korea,Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiyada
rivojlangan.“Sanoat merosi yo‘li tezda muvaffaqiyatli namuna bo‘ldi. Boshqa Yevropa
mintaqalari o‘zlarining sobiq sanoat hududlarida ushbu modelni takrorlashga harakat
qilishdi.” The Sustainability of Industrial Heritage Tourism Far from the Axes of
Economic
Development
in
Europe:
Two
Case
Studies.https://doi.org/10.3390/su13031077.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
459
Vazirlar Mahkamasining “Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda
mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo‘shimcha
choratadbirlar
to‘g‘risida”gi
[582-sonli]
qarori
qabul
qilindi.https://www.lex.uz/uz/docs/7114983.Qaror bilan 2025-yil 1-yanvardan boshlab
turizmning quyidagi yangi turi joriy qilinadi:mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari
bilan tanishishni nazarda tutuvchi sanoat turizmi;sanoat turizmi bo‘yicha — Iqtisodiyot
va moliya vazirligi hamda
Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi masʼul boʻladi.»Turizm
toʻgʻrisida»gi Qonun: 2019-yil 18-iyulda qabul qilingan ushbu qonun turizm
sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi va turistik faoliyat subyektlarining huquq va
majburiyatlarini
belgilaydi.
Manu
shu
qonun
umumiydir.https://www.invest.gov.uz/uz/news/.2025-yil
1-yanvardan
boshlab
O‘zbekistonda sanoat, geologiya, ilmiy, harbiy va davlat-boshqaruv turizmi kabi yangi
turizm turlari joriy qilinadi. Bu orqali sanoat korxonalariga tashriflar tashkil etilishi
ko‘zda tutilgan.https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/02/turizm/.
Sanoat turizmi bo‘yicha aniq global statistik ma’lumotlar mavjud emas, chunki
ko‘plab mamlakatlarda bu turizm turi alohida statistik ko‘rsatkich sifatida
koʻriladi.Lekin ayrim davlatlarda bir muncha statistikalarga qoʻshiladi.Masalan
Rossiyada
2024-yilda
umumiy
2
millionga
yaqin
sayyohlar
tashrif
buyurgan.Germaniyada ham bunday statistikalar qoʻshilib turadi.
Sanoat turizmi haqida maqola yozishdan asosiy maqsad ushbu turizm turi
haqida tushuncha berish, uning ahamiyatini ochib berish va rivojlanish istiqbollarini
tahlil qilishdir. Quyida maqola yozishning asosiy maqsadlari keltirilgan:1. Sanoat
turizmi tushunchasini ochib berish ; 2. Uning ahamiyati va foydalarini yoritish ; 3.
Sanoat turizmining rivojlangan davlatlardagi tajribasini o‘rganish ; 4. O‘zbekistonda
sanoat turizmini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish ; 5. Ilmiy va tadqiqot
maqsadlarida foydalanish kiradi.
Metodologiya
Ushbu maqola sanoat turizmida ishlab chiqarish korxonalarining turistik
ko‘rinishini va yangi turizm trendlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, tadqiqot quyidagi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
460
usullari yani tahlil ,sintez va swot tahlildan foydalanilgan holda amalga oshirildi.
SWOT tahlil — bu kuchli tomonlar (Strengths), zaif tomonlar (Weaknesses),
imkoniyatlar (Opportunities) va tahdidlar (Threats) ni aniqlash orqali strategik tahlil
qilish.
Kuchli tomonlar (Strengths):
O‘zbekiston hududida ko‘plab ishlab chiqarish obyektlari mavjud va ular
turlicha sanoat turlarini qamrab oladi.Ayrim korxonalar tarixiy, madaniy va texnologik
ahamiyatga ega (masalan, Chirchiq elektrokimyo zavodi,Toshkentvino,Texnopark,
Navoiy konlari).
Mahalliy va xorijiy turistlarga sanoat texnologiyalari va ishlab chiqarish
jarayonlarini bevosita ko‘rsatish imkoniyati mavjud.Sanoat tarixini hikoya qilish orqali
turizm mahsulotlarini yanada qiziqarli va noyob qilish mumkin.
Mahalliy va xorijiy turistlarga sanoat texnologiyalari va ishlab chiqarish
jarayonlarini bevosita ko‘rsatish imkoniyati mavjud.Sanoat tarixini hikoya qilish orqali
turizm mahsulotlarini yanada qiziqarli va noyob qilish mumkin.
Zaif tomonlar (Weaknesses):
Aksariyat sanoat korxonalari turistlar uchun moslashtirilmagan, maxsus
infratuzilma va xizmatlar mavjud emas.Turizm xavfsizligi talablariga to‘liq javob
bermaydigan
obyektlar
bor
(masalan,
yuqori
xavfli
kimyoviy
ishlab
chiqarish).Korxonalarda ekskursiyalarni tashkil etish uchun malakali gidlar va maxsus
yo‘riqnoma tizimi yetishmaydi.Sanoat turizmi bo‘yicha marketing va reklama ishlari
deyarli yo‘q yoki yetarlicha rivojlanmagan.
Imkoniyatlar (Opportunities):
Yangi sanoat-turizm marshrutlarini yaratish, masalan, «Texnologik
sayohatlar», «Kon turizmi» kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish imkoniyati
mavjud.Xorijiy va mahalliy investorlar ishtirokida sanoat obyektlarini turizmga
moslashtirish loyihalarini amalga oshirish mumkin.Ta'lim-turizm loyihalari orqali
maktab va universitet o‘quvchilari uchun o‘quv ekskursiyalarini tashkil qilish
mumkin.Ekologik toza va xavfsiz sanoat obyektlari asosida innovatsion turizm
mahsulotlarini ishlab chiqish imkoniyati mavjud.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
461
Tahdidlar (Threats):
Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar yoki texnik nosozliklar turistlar
uchun xavf tug‘dirishi mumkin.Atrof-muhitga zarar yetkazilishi ekologik
muammolarni keltirib chiqarishi va turizm obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin.Korxona xodimlari va mahalliy aholining sanoat turizmiga nisbatan salbiy
munosabatda bo‘lish ehtimoli mavjud.Global iqtisodiy inqirozlar yoki siyosiy
o‘zgarishlar sanoat turizmining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Asosiy qismi
O‘zbekistonning sanoat salohiyati, tog‘-kon va metallurgiya sanoatining
rivojlanishi, Muruntov koni va Navoiy kon-metallurgiya kombinati haqida umumiy
ma’lumotlar berilgan. https://uzbekistan.travel/uz/v/sanoat-turizmi/.
Sanoat turizmining mazmuni va zamonaviy yondashuvlar
Sanoat turizmi (industrial tourism) — bu turizmning muqobil shakllaridan biri
bo‘lib, u orqali sayyohlar zavodlar, fabrikalar, konlar, energiya ishlab chiqarish
inshootlari, gidrotexnika qurilmalari kabi sanoat obyektlariga tashrif buyurib, ishlab
chiqarish jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ladilar. Ushbu turizm turi ilk
bor XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropada sanoat inqilobi davrida shakllana
boshlagan bo‘lib, dastlabki sanoat obyektlari — to‘qimachilik fabrikalari, konlar va
bug‘ dvigatelli mexanizmlar ishlatiladigan sexlar aholi orasida katta qiziqish
uyg‘otgan. Bugungi kunda sanoat turizmi turizmning yangi trendiga aylangan bo‘lib,
u madaniy-ma’rifiy, texnikaviy, ilmiy va iqtisodiy yo‘nalishlarni o‘zida
uyg‘unlashtirgan. Bu turizm shakli orqali: Mahalliy va xorijiy turistlar ishlab chiqarish
jarayonining barcha bosqichlari — xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan yo‘l
bilan tanishadilar; Korxona brendi va ishonchi mustahkamlanadi, shu orqali ichki
bozorda ham, eksport salohiyatida ham ijobiy o‘sish kuzatiladi; Yoshlar va talabalarda
texnikaviy fanlarga, muhandislikka va ishlab chiqarishga qiziqish ortadi; Jamiyat bilan
ochiq muloqot shakllanadi, ayniqsa ekologik va xavfsizlik masalalariga doir shaffoflik
ortadi.Sanoat turizmi rivojlangan davlatlarda muhim iqtisodiy segmentga aylangan.
Masalan, Germaniyada “Route der Industriekultur” (Sanoat madaniyati yo‘li) loyihasi
doirasida yuzlab sanoat obyektlari sayyohlar uchun ochilgan. Yaponiyada Toyota,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
462
Nissan, Honda kabi avtomobil ishlab chiqaruvchilarning sexlari sayyohlar uchun
maxsus turistik yo‘nalishlar sifatida tashkillashtirilgan. AQShda esa NASA va Boeing
ishlab chiqarish markazlariga tashriflar orqali texnologik turizm rivoj topgan.
Zamonaviy sanoat turizmida quyidagi yondashuvlar muhim o‘rin
egallaydi:
1.
Tajriba asosidagi turizm (experiential tourism) — turistlar faqat
kuzatuvchi emas, balki ishlab chiqarishning ayrim bosqichlarida ishtirokchi sifatida
qatnashadi (masalan, o‘z ichimligini ishlab chiqarish, dizayn yaratish, 3D bosma bilan
mahsulot tayyorlash).
2.
Ma’rifiy turizm (edutourism) — sanoat obyekti atrofida o‘quv markazlari,
muzeylar, laboratoriyalar tashkil qilinib, bu yerda ekskursiyalar, amaliy mashg‘ulotlar,
master-klasslar o‘tkaziladi.
3.
Barqaror sanoat turizmi (sustainable industrial tourism) — ekologik
xavfsizlik, chiqindisiz texnologiyalar, qayta ishlash jarayonlarini yoritib berish orqali
ijtimoiy mas’uliyatli brendlar targ‘ib qilinadi.
4.
Madaniy va merosga asoslangan turizm — tarixiy zavodlar, eski konlar,
muzeylashtirilgan sanoat infratuzilmalari orqali milliy texnik merosni asrab qolish va
targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Sanoat turizmi, ayniqsa, post-industriyal bosqichga o‘tgan yoki konversiya
jarayonini boshdan kechirayotgan hududlar uchun iqtisodiy qayta tiklanish yo‘li
sifatida qaralmoqda. Ishlab chiqarish qisqarib borayotgan sanoat markazlarida sobiq
zavod binolari zamonaviy turizm, biznes va ijodiy inkubatorlarga aylantirilmoqda. Bu
esa hududda yangi ish o‘rinlari yaratib, mahalliy aholi uchun qo‘shimcha daromad
manbai bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda ham sanoat turizmining muhimligi endilikda anglanmoqda.
Ayniqsa, turizm sohasida diversifikatsiya siyosatining yo‘lga qo‘yilishi, “mahalliy
brend” konsepsiyasini ilgari surish va texnoparklar sonining ortib borishi ushbu turizm
turi uchun mustahkam asos yaratmoqda.
Ishlab chiqarish korxonalarining turistik ko‘rinishga aylanishi :
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
463
Bugungi global turizmda tajriba va bilim asosidagi sayohatlar tobora
ommalashib bormoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ishlab chiqarish
korxonalarining oddiy ishlab chiqaruvchidan tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli
maskanga aylanishi tabiiy jarayon bo‘lib qolmoqda. Chunki zamonaviy sayyoh faqat
tabiat yoki tarixiy obidalarni ko‘rishni emas, balki biror mahsulot qanday ishlab
chiqarilishini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, jarayon ishtirokchisiga aylanishni xohlaydi.
Ko‘plab davlatlar buni allaqachon anglab yetgan. Masalan, Yaponiyada Toyota
kompaniyasining zavodiga tashrif buyurish sayyohlar uchun maxsus ekskursiyalar
shaklida tashkil etiladi. Bu yerda mehmonlar avtomobil yig‘ish liniyalarini ko‘ribgina
qolmay, virtual simulyatorlar orqali o‘zlari mashina yig‘ishga ham urinishadi. Yoki
Germaniyada joylashgan BMW Welt markazida faqat zavod emas, balki avtomobil
madaniyatiga oid muzey, tajriba markazi, hatto bolalar uchun mini-laboratoriyalar ham
mavjud.Shuningdek, ishlab chiqarish joylarining turistik ko‘rinishga aylanishi hudud
rivojiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Masalan, qishloq yoki chekka tumanlarda joylashgan
zavodlar sayyohlarni jalb qilsa, u yerda transport, xizmat ko‘rsatish, ovqatlanish,
mehmonxona kabi sohalar ham rivojlanadi. Bu nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy
natijalarga ham olib keladi — yangi ish o‘rinlari yaratiladi, mahalliy aholi turizm
jarayonlariga jalb etiladi.Dunyo bo‘yicha sanoat korxonalarining turizm obyektiga
aylanishi tobora tizimli tus olmoqda. Xususan, rivojlangan davlatlarda bu yondashuv
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Masalan, Fransiyada “Route des Vins” (Sharob
yo‘li) bo‘ylab joylashgan vino zavodlari har yili millionlab sayyohlarni jalb qiladi. Har
bir vino korxonasi o‘z hududida muzey, degustatsiya markazi, restoran va ko‘rgazma
zallarini tashkil etgan. Bunda turist nafaqat mahsulotni tatib ko‘radi, balki uning ishlab
chiqarilishi, saqlanishi, brendlashuvi bilan ham tanishadi. Bu “turizm orqali savdo”
yondashuvi sanoat korxonalarining barqaror daromad manbaiga aylanishiga xizmat
qilmoqda. Italiyada, ayniqsa Florensiya va Turin atrofida joylashgan charm, ipak va
dizayn mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ustaxonalar va sexlar turistik marshrutlarga
kiritilgan. Sayyohlar bu yerda qo‘lda ishlab chiqarish sirlarini, tarixiy ustaxonalar
faoliyatini ko‘rib, amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadilar. AQShda esa NASA, Boeing
va Coca-Cola kabi brendlar o‘z ishlab chiqarish markazlariga ekskursiyalar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
464
uyushtiradi. Masalan, Coca-Cola kompaniyasining Atlanta shahridagi “World of Coca-
Cola” markazi yiliga 1 milliondan ortiq mehmonni qabul qiladi. Janubiy Koreya va
Xitoyda esa yuqori texnologiyalarga asoslangan zavodlar turistik vohalarga aylangan.
Samsung, LG, Huawei singari kompaniyalar ishlab chiqarish liniyalarini nafaqat
mahalliy, balki xorijiy turistlar uchun ham ochgan. Bu zavodlarda virtual real voqelik
(VR), interaktiv ekranlar va multimedia gidlar yordamida sayohat tajribasi taklif
etiladi.
Markaziy Osiyo tajribasi. Markaziy Osiyoda bu yo‘nalish endi shakllanmoqda.
Qozog‘istonda Temirtau va Qarag‘anda shaharlarida joylashgan metallurgiya
zavodlari, ko‘mir konlari va energetika inshootlari turizm uchun moslashtirilgan.
Masalan, “Kazakhmys” kompaniyasi o‘zining mis qazib olish konlarida ko‘rgazmali
ekskursiyalar tashkil qilgan. Bu ekskursiyalar talabalarga, sanoat mutaxassislariga va
sayyohlik guruhlariga mo‘ljallangan. Qirg‘izistonda esa Issiqko‘l viloyatida
joylashgan qadoqlash, baliqchilik va to‘qimachilik korxonalari asosida lokal turizm
marshrutlari yaratilgan. Qolaversa, tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq sanoat
obyektlari ekologik turizm bilan uyg‘unlashtirilmoqda.
O‘zbekiston tajribasi
O‘zbekistonda esa sanoat turizmi rivoji endi boshlanayotgan bo‘lsa-da,
istiqboli yuqori yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Respublikamizda mavjud konlar,
energetika tizimi, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati va kimyo
tarmoqlari kuchli baza sifatida xizmat qilishi mumkin. Misol uchun: Navoiy kon-
metallurgiya kombinati (NKMK) va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK)
nafaqat texnologik jihatdan zamonaviy, balki tarixiy va iqtisodiy ahamiyatga
ega.Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati hududida sanoat turizmi yo‘nalishidagi
infratuzilma obyektlari o‘rganilib, sayyohlar uchun oltin qazib olish konida tog‘
jinslarini portlatish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish imkoniyati yaratilishi
rejalashtirilgan.https://kun.uz/37831513.
Agar bu obyektlar sayyohlar uchun ochiq maydonga aylantirilsa, nafaqat ichki,
balki xorijiy texnikaviy turizm ham rivojlanadi. UzAuto Motors zavodi — Markaziy
Osiyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, u yerda avtomobil ishlab
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
465
chiqarish jarayoni, robotlashtirilgan liniyalar, sinov laboratoriyalari turistlar uchun
katta qiziqish uyg‘otadi. Angren IES, Sirdaryodagi GRES va Yangi-Angrendagi
issiqlik elektr stansiyasi energetika sanoatining texnikaviy tajribalari orqali zamonaviy
“energetik turizm” yo‘nalishiga asos bo‘la oladi. Yangiyo‘l, Chirchiq, Bekobod va
Ohangaron shaharlarida joylashgan kimyo, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoati
korxonalari o‘z yo‘nalishida mahalliy sayyohlar uchun o‘quviy va ko‘rgazmali
ekskursiyalar markaziga aylanishi mumkin.O'zbekistonning koʻplab hududlarida bu
turizm rivojlanmoqda.Namangan viloyatida kichik sanoat zonalari tashkil etilib, sanoat
turizmi yo‘nalishi rivojlantirilmoqda. Bu tajriba boshqa viloyatlar uchun namuna
bo‘lishi
mumkin.https://yuz.uz/uz/news/sanoat-turizmi---namangan-butun-
dunyogaturizmning-yangi-yonalishini-taqdim-etdi. Shuningdek, O‘zbekistonda sanoat
korxonalariga yondosh «Industrial heritage tourism» — sanoat merosi turizmi ham
rivojlantirilishi mumkin. Masalan, eski temiryo‘l deposi, sobiq zavod binolari, GES
inshootlari rekonstruksiya qilinib, madaniy obyekt yoki muzeyga aylantiriladi. Bu
model aynan Germaniya va Angliyada muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.
Yangi trend sifatida sanoat turizmining istiqbollari
Bugungi globallashuv davrida insonlar nafaqat dam olish, balki bilim olish,
yangiliklarni o‘rganish va o‘z tajribasini boyitishni ham istashmoqda. Aynan shu
ehtiyoj sanoat turizmining yangi trend sifatida shakllanishiga turtki bo‘ldi. An’anaviy
turizm turlaridan farqli ravishda, sanoat turizmi sayyohlarga zavod va fabrikalarning
haqiqiy ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘rish, texnologik yangiliklar bilan tanishish va
hatto ayrim hollarda bu jarayonlarda ishtirok etish imkonini beradi. Dunyo miqyosida,
ayniqsa Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH kabi sanoati rivojlangan
davlatlarda sanoat turizmi nafaqat iqtisodiy foyda, balki ta’limiy ahamiyat kasb
etmoqda. Masalan, Yaponiyaning Toyota kompaniyasining muzeylari va ishlab
chiqarish liniyalari har yili minglab sayyohlarni jalb etadi. Bu orqali brend imidji
kuchaytiriladi, yosh avlodga ilhom beriladi va tashqi dunyoga texnologik kuch
namoyon qilinadi. O‘zbekistonda esa ushbu yo‘nalish endigina shakllanmoqda. Ammo
mavjud imkoniyatlar va sanoat salohiyatidan kelib chiqib aytish mumkinki, bu sohaga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
466
bo‘lgan qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Navoiy va Olmaliqdagi tog‘-kon
kombinati, Chirchiqdagi elektrotexnika zavodlari, Toshkent texnoparki yoki
Yangihayot sanoat zonasi kabi obyektlar sanoat turizmi uchun nihoyatda mosdir.
Ushbu obyektlar atrofida axborot markazlari, kutubxonalar, ishlab chiqarish tarixi
bilan tanishtiruvchi ekskursiyalar tashkil etilishi sayyohlar oqimini oshirishga xizmat
qiladi. Bundan tashqari, sanoat turizmi orqali yoshlar real ishlab chiqarish muhiti bilan
tanishadi, kasbga bo‘lgan qiziqishi ortadi, oliy ta’lim muassasalari va ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanadi. Ayniqsa, “dual ta’lim”
tizimini qo‘llab-quvvatlashda sanoat turizmi muhim vosita bo‘lishi mumkin. Yaqin
istiqbolda O‘zbekiston sanoat turizmini rivojlantirish orqali nafaqat iqtisodiy
daromadga erishadi, balki milliy brendni targ‘ib qilish, innovatsion tafakkurni
shakllantirish va xorijiy sarmoyadorlarni jalb etishda ham muhim qadam qo‘yadi. Bu
yo‘nalishdagi strategik reja va infratuzilma rivoji sanoat turizmini yangi bosqichga olib
chiqadi. Shuningdek, sanoat turizmi hozirgi kunda zamonaviy turizmning kross-
sektorial shakliga aylanmoqda. Ya’ni u nafaqat ishlab chiqarish sohasi bilan, balki
ta’lim, madaniyat, ekologiya va texnologiyalar bilan ham chambarchas bog‘liq
bo‘lmoqda. Masalan, ekologik jihatdan toza texnologiyalarni qo‘llagan korxonalar
«yashil turizm» yo‘nalishida ham xizmat ko‘rsata oladi. Bunday tajribalar
Yevropaning ayrim mamlakatlarida keng qo‘llanmoqda. Shu tarzda sanoat obyektlari
nafaqat ishlab chiqarish markazi, balki o‘quv, innovatsion va hatto rekreatsion
maskanga aylanmoqda. Markaziy Osiyoda sanoat turizmining rivojlanishi mintaqaviy
hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Masalan, Qozog‘istonda Karaganda
konchiligi bo‘yicha ekskursiyalar, Qirg‘izistonda to‘qimachilik fabrikalari va
gidroelektr stansiyalariga tashriflar ommalashmoqda. O‘zbekiston esa geoiqtisodiy
joylashuvi va boy sanoat infratuzilmasi bilan mintaqadagi yetakchi markazga aylanishi
mumkin. Shu maqsadda sanoat muzeylari, texnoparklarda ochiq eshiklar kunlari va
sanoat festivallarini tashkil etish orqali turizmning bu turini keng ommalashtirish
mumkin. Davlat siyosatida ham sanoat turizmini qo‘llabquvvatlashga alohida e’tibor
qaratilmoqda. 2024-yilda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Turizm qo‘mitasi
va Ta’lim vazirligi o‘rtasida sanoat-innovatsion ekskursiyalarni tashkil etish bo‘yicha
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
467
memorandumlar imzolandi. Ushbu tashabbuslar orqali maktab va kollej o‘quvchilari,
oliy ta’lim muassasalari talabalari sanoat korxonalariga ekskursiyalar orqali amaliy
bilimga ega bo‘lish imkoniga ega bo‘lmoqda. Yaqin kelajakda raqamlashtirish, sun’iy
intellekt va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari sanoat turizmini yanada
jozibador qiladi. Masalan, kelajakda sanoat ob’ektlariga virtual ekskursiyalar, AR
(augmented reality) texnologiyasi yordamida interaktiv ko‘rgazmalar tashkil etilishi
kutilmoqda. Bu esa turizm tajribasini yangi darajaga olib chiqadi.
Geoturizm, geologik turizm, kon turizmi va ishlab chiqarish turizmining sanoat
turizmi bilan bogʻliqligi
Turizmning zamonaviy shakllari tobora ko‘proq ixtisoslashayotgan bir paytda,
sanoat turizmi bilan chambarchas bog‘liq yo‘nalishlar – geoturizm, geologik turizm,
kon turizmi va ishlab chiqarish turizmi alohida e’tiborga loyiq. Ularning har biri o‘ziga
xos xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, mazmunan va maqsadan kelib chiqib sanoat turizmi
bilan bir yo‘nalishda harakatlanadi. Aynan shu uyg‘unlik sanoat turizmining
imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Geoturizm
– bu sayyohlarni tabiiy geologik shakllanishlar, landshaftlar, tog‘
tizmalari, vodiylar, g‘orlar va boshqa yer qatlamlari bilan tanishtirishga qaratilgan
turizm turi bo‘lib, u ko‘pincha madaniy va ilmiy maqsadlarga xizmat qiladi. Geoturizm
sanoat turizmi bilan ayniqsa kon sanoati joylashgan hududlarda kesishadi. Masalan,
tog‘-kon hududlaridagi eski karerlar, qazilma maydonlari va geologik ekspozitsiyalar
geoturizm ob’ektlari bo‘lishi bilan birga, sanoat turizmi marshruti sifatida ham
ishlatiladi. Bunday joylarda geologik bilim berish bilan birga, sanoat jarayonlarini ham
ko‘rsatish mumkin.
Geologik turizm
esa geoturizmning yanada ilmiyroq yo‘nalishi bo‘lib, u
asosan geologiya sohasi vakillari, talaba va tadqiqotchilarni qamrab oladi. Bu turizmda
sayyohlar yer qatlamlari, minerallar, tog‘ jinslari va vulkanik faoliyat bilan
tanishishadi. Aynan ushbu tur turli kon va qazib olish sanoati bilan uzviy bog‘langan.
Geologik obyektlarni o‘rganish orqali kon sanoati qanday rivojlanganini, yer resurslari
qanday topilishini va ishlatilishini tushunish imkonini beradi. Shu sababli, geologik
turizm sanoat turizmi uchun ilmiy-ma’lumotli asos bo‘lib xizmat qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
468
Kon turizmi
esa sanoat turizmining to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlaridan biridir.
Bu turda sayyohlar sobiq yoki faol konlar, yer osti shaxtalari, qazilma boyliklar
omborlari va ularni qayta ishlash korxonalariga tashrif buyurishadi. Masalan,
O‘zbekistondagi Navoiy konmetallurgiya kombinati (NKMK) va Olmaliq kon-
metallurgiya kombinati (OKMK) atrofidagi sanoat hududlari kon turizmini
rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega. Bunday obyektlarga tashrif nafaqat
sayyohlar uchun qiziqarli, balki yoshlar uchun kasb tanlashda muhim rol o‘ynashi
mumkin.
Ishlab chiqarish turizmi
esa sanoat turizmi ichida eng ommalashayotgan
turlardan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishda sayyohlar turli ishlab chiqarish korxonalari
– avtomobil zavodlari, oziq-ovqat fabrikalari, to‘qimachilik kombinatlari, texnologik
parklar va boshqa obyektlarga tashrif buyurishadi. Ishlab chiqarish jarayonini bevosita
ko‘rish, mahsulot yaratilish bosqichlarini kuzatish va hatto ayrim hollarda o‘zlari
ishtirok etishlari sayyohlarda katta taassurot qoldiradi. Ishlab chiqarish turizmi
iqtisodiy-ma’naviy ta’lim vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Umuman olganda,
yuqoridagi turizm turlarining barchasi sanoat turizmining tarkibiy qismi yoki unga
yaqin yo‘nalishlar hisoblanadi. Ularni birgalikda
rivojlantirish orqali sayyohlarga yanada boy, kompleks, ma’lumotli va
interaktiv tajriba taqdim etish mumkin bo‘ladi. Ayniqsa, O‘zbekiston kabi geologik
boyliklarga va sanoat salohiyatiga ega mamlakatda ushbu yo‘nalishlarning
integratsiyalashgan rivoji turizm sohasining yangi bosqichiga olib chiqishi
mumkin.Xulosa qilib aytganda, sanoat turizmi — bu faqatgina yangi turistik yo‘nalish
emas, balki jamiyat, iqtisodiyot va ta’limni birlashtiruvchi strategik sektor. U
O‘zbekistonni dunyo turizm xaritasida o‘ziga xos, innovatsion markazga aylantirishga
xizmat qilishi mumkin.
Natijalar va xulosalar
O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda sanoat turizmining shakllanishi va
rivojlanishi global turizm yo‘nalishlari bilan uyg‘un holda kechmoqda. Tadqiqotlar
asosida aniqlanishicha, sanoat turizmi nafaqat iqtisodiy foyda keltiradigan, balki
madaniy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan turizm sohasi sifatida qaralmoqda. Bu
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
469
yo‘nalish orqali mahalliy va xorijiy sayyohlar mamlakatdagi yirik ishlab chiqarish
korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, sanoat salohiyatiga real baho bera
olishadi. O‘zbekistonda bu borada ilk qadamlar qo‘yilgan bo‘lsada, hali ishga
solinmagan salohiyatlar juda katta. Ayniqsa, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati,
Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Toshkentdagi texnoparklar, to‘qimachilik
fabrikalari, avtomobil zavodlari sanoat turizmi uchun katta imkoniyatlarga ega. Sanoat
hududlarida yaratilgan infratuzilma, ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish
tizimi sayyohlar e’tiborini tortishi bilan birga, yoshlar uchun ham amaliy o‘quv
maydoniga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, sanoat turizmi boshqa ixtisoslashgan
yo‘nalishlar bilan — masalan, geoturizm, kon turizmi, geologik va ishlab chiqarish
turizmi bilan uzviy bog‘liqligi tufayli keng ko‘lamli turistik mahsulotlar yaratishga
imkon beradi. Ayniqsa, tog‘-kon sanoati rivojlangan hududlarda bunday yondashuvlar
ekologik, geologik va sanoat madaniyatini birlashtirgan kompleks turizm formatlarini
shakllantirishga xizmat qiladi.Xulosa qilib aytganda, sanoat turizmining istiqbollari
juda keng. Bu sohaning rivoji quyidagi yo‘nalishlar orqali kuchaytirilishi mumkin;
Mavjud sanoat obyektlarini turistik ob’yektlar sifatida tanitish va rasmiylashtirish;
Sanoat korxonalari ishtirokida ta’limiy-ekskursiya dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
Turizm, sanoat va ta’lim sohalari o‘rtasida ko‘prik bo‘luvchi dasturlarni ishlab chiqish;
Hududiy brend sifatida sanoat turizmini targ‘ib qilish;
Xalqaro tajribalarni o‘rganish va mintaqaviy hamkorlik doirasida yangi
loyihalarni amalga oshirish. Shuningdek, sanoat turizmi O‘zbekistonning xalqaro
imidjini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ichki va tashqi turizmni jonlantirish,
yoshlarni texnika va ishlab chiqarishga qiziqtirish kabi ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy
foydalarni ham taqdim etadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki,
to‘g‘ri yo‘naltirilgan sanoat turizmi nafaqat sanoat tarmoqlari uchun, balki butun
mamlakat iqtisodiyoti uchun strategik kuchga aylanishi mumkin. Shuningdek, tahlillar
shuni ko‘rsatadiki, sanoat turizmining rivojlanishi nafaqat iqtisodiy foyda, balki
ijtimoiy va madaniy jihatdan ham muhim natijalarga olib keladi. Jumladan: Mahalliy
hamjamiyatlar faollashadi: sanoat obyektlariga tashrif buyuradigan sayyohlar mahalliy
aholining qo‘shimcha xizmatlar (gidlik, transport, ovqatlanish, suvenirlar) orqali
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
470
daromad olishiga imkon beradi. Bu ayniqsa, ishlab chiqarish hududlarida yashovchilar
uchun yangi daromad manbai bo‘lishi mumkin. Sanoat merosining saqlanishiga xizmat
qiladi: Ko‘plab eski ishlab chiqarish obyektlari tarixiy va texnik meros sifatida turizm
obyektlariga aylantirilmoqda. Bu esa sanoat madaniyatining yo‘qolib ketishining
oldini oladi. O‘zbekiston misolida bu sobiq zavodlar, elektr stansiyalari va konlardan
foydalanish orqali amalga oshirilmoqda. Yoshlar va talabalarda motivatsiya oshadi:
sanoat obyektlariga ekskursiyalar o‘tkazilishi ularning texnik sohalarga
qiziqishini kuchaytiradi, real ishlab chiqarish jarayonini ko‘rish orqali kasbga
yo‘naltirish samarador bo‘ladi. Ayniqsa, turizm, muhandislik va texnologiya sohasida
o‘qiyotgan talabalar uchun bu katta tajriba maktabi bo‘la oladi. Ichki turizmda yangi
segment paydo bo‘ladi: Sanoat turizmi klassik sayohatlardan farqli o‘laroq, yangi
auditoriyani — fan, texnologiya, ishlab chiqarish bilan qiziqadigan kishilarni qamrab
oladi. Bu esa O‘zbekiston turizm tarmog‘ini diversifikatsiya qilishda muhim omil
bo‘lib xizmat qiladi. Barqaror turizm modeli shakllanadi:
Sanoat turizmi ko‘pincha mavjud infratuzilma (yo‘llar, korxonalar, binolar)
bazasida quriladi. Bu esa ekologik barqarorlik, kam xarajat va tez natijaga erishish
imkonini beradi. Yashil energiya ishlatilayotgan zavodlar esa ekologik turizm bilan
ham uyg‘unlashadi. Natijaviy jihatdan qaralganda, sanoat turizmi — bu faqat
ekskursiya emas, balki kompleks ijtimoiyiqtisodiy vosita. U milliy brend yaratish,
xalqaro turizm bozorida yangi imidj shakllantirish, va eng muhimi, texnologik
taraqqiyotga hurmat uyg‘otishning samarali usuli hisoblanadi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
1.https://kun.uz/37831513. 2.https://uzbekistan.travel/uz/v/sanoat-turizmi/
3.https://yuz.uz/uz/news/sanoat-turizmi---namangan-butun-dunyoga-turizmning-
yangiyonalishini-taqdim-etdi 4.https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/02/turizm/
5.https://yuz.uz/uz/news/navoiyda-geoturizm-va-sanoat-turizmi-rivojlantiriladi
6.https://doi.org/10.3390/su13031077
7.https://www.unwto.org/glossary-tourism-
terms
8.https://www.erih.net/ 9.https://www.erih.net/what-is-erih/industrial-heritage.Sanoat
10.http://www.lex.uz/uz/docs/-7114983.Qaror 11.http://www.invest.gov.uz/uz/news/.