Authors

  • Meylimurodov Eldor Elyor o’g’li

Author Biography

  • Meylimurodov Eldor Elyor o’g’li

    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich  kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117747

Abstract

Ushbu maqola mavzusining dolzarbligi shundaki, tadqiqot ishida jazoni ijro etish muassasalarining davlat organlari va nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr va mulohazalar, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va kamchiliklar, muammolar, ularning o’ziga xos xususiyatlari, jazoni ijro etish muassasalarining davlat organlari va nodavlat- notijorat tashkilotlar bilan hamkorligini ta’minlash yuzasidan ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribasi, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarining hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan nazariy va amaliy muammolarning yеchimlariga qaratilgan taklif  hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

436

JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARINING DAVLAT

ORGANLARI VA NODAVLAT-NOTIJORAT TASHKILOTLAR BILAN

HAMKORLIGINI TUSHUNCHASI VA ASOSIY XUSUSIYATLARI

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich kursanti

Meylimurodov Eldor Elyor o’g’li

ANNOTATSIYA: Ushbu maqola mavzusining dolzarbligi shundaki, tadqiqot

ishida jazoni ijro etish muassasalarining davlat organlari va nodavlat-notijorat

tashkilotlar bilan hamkorlik tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr va mulohazalar,

bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va kamchiliklar, muammolar,

ularning o’ziga xos xususiyatlari, jazoni ijro etish muassasalarining davlat organlari

va nodavlat- notijorat tashkilotlar bilan hamkorligini ta’minlash yuzasidan ilg’or

xorijiy mamlakatlar tajribasi, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarining

hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan nazariy va amaliy muammolarning

yеchimlariga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.

ANNOTATION: The article of the research topic of the graduate thesis is that

the research work includes opinions and comments on improving the cooperation of

penal institutions with state bodies and non-governmental organizations, the measures

and shortcomings, problems, their specific features, the implementation of punishment

in this regard. The experience of advanced foreign countries in ensuring the

cooperation of correctional institutions with state bodies and non-governmental

organizations, as well as proposals and recommendations aimed at solving theoretical

and practical problems arising in the process of cooperation of penal institutions were

developed.

Dunyoning barcha rivojlangan davlatlarida fuqarolarning huquqlari,

erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan birga jinoyatchilikka qarshi

kurash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, g’ayriijtimoiy xulq-atvorga ega bo’lgan

shaxslarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish hamda ushbu toifadagi shaxslarning

xulq-atvorini ijobiy tomonga o’zgartirish bilan bog’liq masalalarga alohida e’tibor


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

437

qaratiladi. Har qanday tashkilot, korxona, muassasa o’zining zimmasiga yuklatilgan

vazifalarni to’laqonli bajarishi uchun va ish samaradorligini oshirish hamda

kengaytirish uchun boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan

holda amalga oshiradi. Jumladan, jazoni ijro etish muassasalari tomonidan amalga

oshirilayotgan har bir hamkorlik muassasa faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yishda

va muassasadagi mavjud muammolarni hal etishda muhim hisoblanadi. Jazoni ijro

etish muassasalari tomonidan bir qator davlat organlari bilan hamkorlik aloqalari

yo’lga qo’yilgan bo’lib, ushbu hamkorlik har bir jazoni ijro etish muassasalarini

xususiyatidan kelib chiqqan holda zaruratga qarab doimiy ravishda amalga oshirilib

kelinadi. Jazoni ijro etish muassasalari bilan boshqa sohaviy xizmatlarning

hamkorligidagi o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi

1

: birgina

favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari bilan hamkorlik aloqalariga to’xtalib

o’tadigan bo’lsak, muassasa joylashgan hududdagi har bir xonadon, korxona, tashkilot

va muassasada yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat o‘rnatish,

bu borada axborot almashish, mahallalardagi yong‘inga qarshi suv havzalarining

holati, o‘t o‘chirish vositalari, ko‘cha va o‘tish yo‘llari, aloqa tarmoqlarining

mavjudligi va sozligini nazorat qilish, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etishdagi

hamkorlik, hududdagi ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va aholi o‘rtasida yong‘in

xavfsizligini

ta’minlash

bo‘yicha

suhbatlar

va boshqa tashkiliy tadbirlar o‘tkazish, shuningdek o‘tkaziladigan «Yong‘in

xavfsizligi» oylarida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash kabi masalalarda

hamkorlik qiladi.

Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning huquqlarini ta’minlash,

mahkumlarning haq-huquqlari poymol etilishi, qiynoq yoki boshqa turdagi inson qadr-

qimmatini kamsituvchi harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularga yaratilgan

sharoitlarni o‘rganish maqsadida 2020 yil davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari

bo‘yicha vakili (Ombudsman) va jamoatchilik vakillari tomonidan 46 ta muassasalarda

hamkorlikda monitoring tashriflari amalga oshirildi. Shuningdek, qator yillar

1

Qodirov Q.B. O’zbekistonda penitensiar muassasalar faoliyati tarixi. Monografiya. Toshkent. Ichki ishlar

vazirligi Akademiyasi. 2023-B. 104.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

438

davomida respublika penitensiar muassasalariga Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi,

Yevropa Ittifoqi delegatsiyalari, turli mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari

vakillari, bir qancha xorijiy axborot agentliklarining muxbirlari tomonidan tashriflar

amalga oshirilgan. “Markaziy Osiyo turmalarida sog‘liqni saqlash” loyihasi doirasida

“Xalqaro turma islohoti” nodavlat tashkiloti bilan yaqindan hamkorliklar olib borildi.

Mazkur tashkilot bosh kotibi, Buyuk Britaniya parlamentining Lordlar palatasi a’zosi,

baronessa Vivyen Stern10, BMTning Din va vijdon erkinligi bo‘yicha Maxsus

ma’ruzachisi Ahmad Shahid, Germaniya jamiyatining qamoqxonalar bo‘yicha

ekspertlari O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurganlar.

2

Jazoni ijro etish muassasalarining boshqa davlat organlari va nodavlat-notijorat

tashkilotlari bilan hamkorligining ahamiyati shundaki, aynan jazoni ijro etish

muassasalarida jazo muddatini o’tayotgan mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalari

hamkorlik olib borayotgan tashkilotlarning va bevosita jazoni ijro etish muassasasining

o’zining tashabbusi bilan mahkumlarni ish bilan ta’minlash masalasi ularni ijtimoiy

foydali mehnatga jalb etish orqali jazo muddatini o’tab bo’lgandan keyin ozodlikka

chiqib xalqqa foydasi tegadigan kasb egasi bo’lishini ta’minlash, mahkumlarning

sog’ligi holati yuzasidan olib borilishi kerak bo’lgan tadbirlarni amalga oshirish,

mahkumlarni ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqa masalalar yuzasidan

qilinayotgan ishlarning samaradorligini oshirish va ko’lamini kengaytirishdan

iboratligi bilan ahamiyatlidir. Har bir jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini

o’tayotgan mahkumlarni qonunga itoatkor ruhda tarbiyalash, sodir etilgan jinoyatdan

chin ko’ngildan pushaymon bo’lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan

hamkorlikning yo’lga qo’yilishi o’z navbatida, amalda samarali natijalarga erishishga

asos bo’lib xizmat qiladi. Mahkumlarni to’g’ri yo’lga solishning eng asosiy va samarali

usuli sifatida tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarning hamkor tashkilotlar bilan

hamkorlikda amalga oshirilishini ko’rsatishimiz mumkin. Bunday tashkilotlar va

ularning vakillari jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Ichki ishlar bo’limlari

vakillari; prokuratura organlari vakillari; sud organlari vakillari; soliq bo’limi vakillari;

diniy tashkilotlar vakillari; yoshlar bo’yicha tashkilotlar vakillari; madaniyat

2

Sattorov A. El-yurt osoyishtaligi generallari.T. “NISO POLIGRAF”. 2021.- B. 242.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

439

va ma’naviyat bo’limlari vakillari; bank bo’limi vakillari; hokimiyat vakillari;

kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limlari va boshqalar.

Mahkumlarning tarbiyalanish jarayonidagi eng muhim omil bu mahkumlarning ongiga

ta’sir etib, ularning ruhiyatidagi o’zgarishlarni o’rganib, tahlil etish orqali ularga ijobiy

ta’sir ko’rsatishdir. Bu ishlarni amalga oshirishda bevosita mutaxassis psixologlarning

ishtiroki muhim sanaladi. Joylardagi jazoni ijro etish muassasalarida mutaxassis

psixologlar bilan “Psixologik marafon ” tadbirlari o’tkazilib, ularda bir qancha

psixologik treninglar tashkil etilib kelinmoqda. Ushbu trening mashg’ulotlarida bir

qancha turli mavzulardagi suhbatlar tashkil etilib buning natijasida mahkumlardagi

mavjud bo’lgan va yuzaga kelishi kutilayotgan salbiy holatlarning ro’y berishidan

oldin ularning ruhiyatida ta’sir ko’rsatib, ulardagi salbiy holatlarni bartaraf etish

bo’yicha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu tadbirlarda ruhiy holatida

o’zgarishlar kuzatilgan mahkumlar bilan alohida ishlar olib borilib, bunday toifadagi

mahkumlardan psixologik testlar olinib, test natijalari bo’yicha ular bilan suhbatlar

tashkil etib yuzaga kelgan ruhiy holatdagi bo’shliqlarni, o’zgarishlarni to’ldirish bilan

bog’liq yo’nalishlarda harakatlar amalga oshirilmoqda. Bunday psixologik tadbirlarni

va trening mashg’ulotlarini o’tkazish natijasida mahkumlarning ruhiy holatlari

yaxshilanib, tushkunlikka tushish, affekt, stress, depressiya holatlarining oldi olinadi,

shuningdek, ruhiy holati buzilishi bilan bog’liq bo’lgan o’ziga-o’zi tan jarohati

yеtkazishi holatlarining kamayishiga erishiladi.

Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o’tayotgan har qanday yoshdagi

mahkumlarni ma’naviy dunyosini boyitish, ularda hayotga bo’lgan qiziqish hissini

shakllantirish, kelgusidagi amalga oshirishi mumkin bo’lgan turli xil faoliyat

yo’nalishlari bo’yicha intilishlarini kengaytirish, sog’lom raqobat muhitini

shakllantirish orqali o’ziga bo’lgan ishonchini oshirish maqsadida jazoni ijro etish

muassasalarining hamkor tashkilotlari qatorida bo’lgan Yoshlar ishlari agentligi va

Respublika Ma’naviyat markazlari bilan hamkorlikda “Kitobxonlik kechalari”,

“Zakovat” intellektual o’yinlari tashkil etilib kelinmoqda. Jazoni ijro etish

muassasalarida hamkor tashkilotlar ishtirokida o’tkaziladigan tadbirlar davomida

mahkumlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligi oshib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

440

bormoqda. Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o’tayotgan mahkumlarning

bandligi ta’minlanib, ularning huquqiy, diniy, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy bilimlarining

oshirilishiga erishilmoqda. Jazoni ijro etish muassasalarida hamkor tashkilotlar bilan

o’tkaziladigan tadbirlar mahkumlarda Vatanga sadoqat hissini uyg’otish, qonunga

itoatkorlik ruhida tarbiyalash, ularda sodir etgan jinoyatidan pushaymonlik hissini

uyg’otishga xizmat qilmoqda.

Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o’tayotgan mahkumlarning

mavjud bo’lgan muammolarini hal etish, ularni qiziqtirgan savollarga o’z vaqtida va

tushunarli tarzda javob olishlarini ta’minlash maqsadida mahkumlar bilan sayyor

qabullar tashkil etilib kelinmoqda. Sayyor qabullarni tashkil etishda quyidagilarga

alohida e’tibor qaratiladi: Sayyor qabullarda mahkumlarning murojaatlari hal

etilganligi, sayyor qabullar davomida qanday mazmundagi eng ko’p murojaatlar kelib

tushganligi tahlil etilib, tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda, sohaviy xizmatlar

tomonidan o’zining yo’nalishlari bo’yicha murojaatlarning kamayishi bo’yicha tegishli

choralarning ko’rilishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ya’ni IIBlar, prokuratura,

adliya, sud organlari bilan hamkorlikda mahkumlarning mavjud muammolarini

o’rganib borilishi, uchrashuvga kelgan mahkumlarning yaqin qarindoshlari va oila

a’zolari ishtirokida ham sayyor qabullarni tashkil etib, muammolarni hal etib borish.

Har bir o’tkazilgan sayyor qabullar tahlil etilib, murojaatlar davomida eng ko’p

qilinayotgan murojaatlar bo’yicha muammolarni bartaraf etish maqsadida mahkumlar

bilan tegishli huquqiy-profilaktik tadbirlar o’tkazilishi yo’lga qo’yilgan. Jumladan,

koloniyalarda o’tkazilgan sayyor qabullar davomida mahkumlardan kelib tushadigan

murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat xodimlari tomonidan koloniyada jazo muddatini

o’tayotgan mahkumlar bilan targ’ibot-tashviqot ishlari yo’lga qo’yilgan. Bundan

tashqari, koloniyada jazo muddatini o’tayotgan mahkumlar bilan prokuratura, sud,

adliya bo’limi vakillari bilan hamkorlikda o’tkazilgan uchrashuvlar natijasida

mahkumlar tomonidan beriladigan savollarga tushunarli tarzda javob berish orqali

mahkumlarning muammolari tezda hal bo’lishiga erishib kelinmoqda.

Koloniyada jazo muddatini o’tayotgan mahkumlar bilan sayyor qabullar

o’tkazilishi natijasida mahkumlarning huquqiy bilimlari oshirilishiga erishilishiga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

441

shuningdek, mahkumlar va ularning oila a’zolari tomonidan yuqori turuvchi organlarga

murojaatlar soni kamayishiga erishiladi. Jazoni ijro etish muassasalari tomonidan

“Hunarmand uyushmasi” va “Kasb –hunarga o’rgatish ” markazlari bilan hamkorlikda

jazo muddatini o’tayotgan mahkumlarni, ayniqsa yoshlarni mehnat bozorida talab

yuqori bo’lgan kasb-hunarga o’rgatish choralarini ko’rish bo’yicha joylardagi jazoni

ijro etish muassasalarida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda, bunda

mahkumlarni qiziqishi va layoqatidan kelib chiqqan holda birinchi navbatda ozod

etilishiga qisqa muddat qolganlarni kasb-hunarga ega bo’lishlarini ta’minlash,

mahkumlarni jazo muddatlaridan kelib chiqqan holda, kamida 3 ta kasb-hunarga

o’rgatish choralarini ko’rish.

Jazoni ijro etish muassasalarida “Hunarmand uyushmasi” bilan hamkorlikda

Usta-shogird maktabi faoliyati yo’lga qo’yilib, ushbu maktabda: metalldan buyumlar

yasash;

yog’och

o’ymakorligi;

gul

bosilgan

gazlamalar

va chokli buyumlar tayyorlash; mualliflik mebellarini tayyorlash; milliy poyabzal

tayyorlash; novdalardan buyumlar (Ratang) to’qish; hajmli va shaklli qoliplarda

quyilgan buyumlar tayyorlash; miniatyura, rangtasvir, naqqoshlik va bo’yoqli naqshlar

tayyorlash kabi yo’nalishlarda mahkumlarni kasb-hunarga o’rgatish bo’yicha ishlar

amalga oshirilib kelinmoqda. Kasb-hunarga o’rgatish markazlari tomonidan:

avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash; elektragaz payvandchi; elektrik

mantyor;

duradgorlik

kabi

yo’nalishlarda

mahkumlarni

kasb-hunarga o’rgatish ishlari yo’lga qo’yilib kelinmoqda. Jazoni ijro etish

muassasalarida jazo muddatini o’tab ozodlikka chiqqan shaxslarni ijtimoiy hayotga

moslashtirish, ularning kelgusida o’z yo’lini topishlari uchun ko’maklashish

maqsadida hokimiyat huzuridagi Ijtimoiy-moslashtirish markazlari,

IIOlari

huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya xizmatlari, kambag’allikni qisqartirish va

bandlikka ko’maklashish bo’limlari va yoshlar ishlari agentligining hududiy

bo’linmalari bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu tashkilotlarga

mahkum ozod etilishidan 3 oy oldin hamda ozod etilgandan so’ng 10 kundan

kechiktirmasdan belgilangan shu muddatlar davomida xabarnomalar yuboriladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

442

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1.

Jazolarni ijro etish faoliyatini tashkil etish

:

Ma’ruzalar kursi / J.S. Muxtorov, R.N.

Raxmanov, D.M. Usmonov va boshq. Mas’ulmuharrir I. Ismailov. – T.: O‘zbekiston

Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017.

2.Xalilov D.A.

Ozodlikdan mahrum etish jazosini o’tab bo’lgan fuqarolarning ijtimoiy

moslashuvi. Eurasian Journal Of Law, Finance And Applied S Ciences.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7057278

3.Tadjibaeva D.A.

Ichki ishlar organlari jazoni ijro еtish xizmati. Darslik. – Т.:

O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2022. – B. 342-343.

4.Narmatov N.S.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi «Qo'riqlash» birlashmasining yuridik

shaxs sifatidagi faoliyatini huquqiy tartibga solish: Yurid. fanlar nomzodi ..

dissertatsiyasi. – Toshkent: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2002. – B.45

5.Yuldashev M

. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini tashkil yetishda

xorij tajribasi. Oliy sud axborotnomasi, 2009 yil 2-son

6.Yuldashev M.Sh

. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini tashkil etish.

O’quv qo’llanma. Toshkent.2010-B.59.

7.Vetoshkin S.A

. Penitensiarnaya pedagogika v teorii i praktike. M.: KnoRus, 2019. S.

B 43-56

8.Pulatov. Yu.S, Inog’amov Sh.

Differensiayalash// Qonun himoyasida.- 2002.-№ 6.-

B. 30-32.

9.Yuldashev. M.Sh, Samandarov D.I.

Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo

ijrosini tashkil etishda inson huquqlarini ta’minlash va takomillashtirish// Nukus,

2008.-B. 287-290.

10.Sattorov A.

El-yurt osoyishtaligi generallari.T. “NISO POLIGRAF”. 2021.- B. 242.

11.Ismailov I

. Uyushgan jinoiy tuzilmalar faoliyatining oldini olishni nazariy va

tashkiliy-huquqiy ta'minlash: Yurid. fan. d-ri ... dis. ¬– Toshkent, 2006. – B. 199.

12.

Jinoyat ijroiya kodeksiga sharhlar. Mas’ul muharrir:yu.f.d., prof. M.H.

Rustamboev. – T.: TDYuI nashriyoti, 2007. – B.192

13.Qodirov.Q.B.

O’zbekistonda penitensiar muassasalar faoliyati tarixi. Monografiya.

Toshkent. Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi. 2023.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

443

14.Qodirov Q.B, Tatarnikov M.D

. O’zbekiston xalqi xizmatida. O’zbekiston

Respublikasi Ichki ishlar vazirligi. T. 2021- B.369.

15.Казанцев В.Н.

Социалная работа в ИУ Швейцарии и РФ// Человек

преступление и наказание- 2001.№ 3-С.43.

16.Баранов Ю. В

. Стадии ресоциализatsiи осуждённых в свете новых

социальноантропологических воззрений и социальной философии. СПб.:

издательство Р. Асланова Юридический центр Пресс, 2006. С. 19

17.Рыбак М. С.

Ресоциализatsiя осуждённых к лишению свободы: проблемы

теории и практики. 2-е изд., испр. и доп. Саратов: издательство ГОУВПО

Саратовская государственная академия права, 2004. С. 34