Authors

  • Sadillayeva Saida Salimovna

Author Biography

  • Sadillayeva Saida Salimovna

    Jondor tumani 16-maktab amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117776

Keywords:

sport bilim malaka ko’nikma jismoniy tarbiya pedagogika psixologiya insoniy fazilatlar qobiliyat mutaxassis.

Abstract

Ushbu maqola umumta’lim maktablarida o’quvchilarini sifatli va zamon talablariga mos hamda oʻquvchining istak va xohishlaridan kelib chiqqan holda kasbga yoʻnaltirish haqida fikr yuritilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

247

UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA O’QUVCHILARNI KASBGA

YO’NALTIRISH ISHLARINI TIZIMLI TASHKIL ETISH

Sadillayeva Saida Salimovna

Jondor tumani 16-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya: Ushbu maqola umumta’lim maktablarida o’quvchilarini sifatli va

zamon talablariga mos hamda oʻquvchining istak va xohishlaridan kelib chiqqan holda

kasbga yoʻnaltirish haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar: sport, bilim, malaka, ko’nikma, jismoniy tarbiya, pedagogika,

psixologiya, insoniy fazilatlar, qobiliyat, mutaxassis.

KIRISH

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kundanoq barcha sohalarda

yetuk va malakali kadrlarni tayyorlash, ularni ishlab chiqarish, fan, ta’lim va turli

sohalarga yo‘naltirish davlatimizning asosiy maqsadlaridan biri etib belgilandi. Ushbu

buyuk maqsadga erishishda asosiy e’tibor yosh avlodni barkamol, ma’naviy va

jismonan sog‘lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalashga qaratilganligi

sohaning qanchalik muhim ekanligini yana bir karra ko‘rsatib berdi. Birinchi

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan taklif etilgan va Respublikamizda izchil

amalga oshirib borilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bugungi kunda jahon

miqyosida keng e’tirof etilmoqda va o‘zining natijalarini bermoqda. Biroq, qayd

etilgan yutuqlar bilan birga, kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uchun

to‘laqonli xizmat qilmayotgan sohalar ham mavjud. Jumladan, o‘quvchilarning kasbiy

bilim va ko‘nikmalarini dars jarayonida shakllantirishga bir qadar e’tibor

qaratilayotgan bir davrda, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil qilishda tizimlilik,

maqsadga yo‘naltirilganlik yetarlicha o‘z aksini topmay kelmoqda.

P.Xolmatov esa o‘zining ilmiy izlanishlarida o‘quvchilarni kasb-hunarga

yo‘llashda darsdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning ahamiyati kattaligi

haqida fikr yuritib, darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni kasb-

hunarga yo‘llash texnologiyasini tavsiya etgan. Olim ilmiy izlanishda, asosan,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

248

ekskursiya, to‘garak mashg‘ulotlari hamda kasb kechalarining ahamiyatiga o‘z

e’tiborini qaratgan. Respublikamiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan

kelib chiqqan holda qo‘yilgan talablar yosh avlodni kasbga yo‘naltirishning ilmiy va

amaliy muammolari yechimini topishga qaratilgan tadqiqotlar faollashuviga sabab

bo‘ldi.

Bu boradagi tadqiqotlarda yosh avlodni kasb tanlashga tayyorlashning amaliy

yechimini topishga qaratilgan quyidagi

asosiy

yo‘nalishlarini

qayd

etish mumkin:

-

o‘quvchilarni mavjud kasblar bo‘yicha tushuncha olishiga yordam

beruvchi hamda o‘z individual imkoniyatlarini haqqoniy baholay olish ko‘nikmalari

zarur

darajasini

ta’minlovchi

kasbiy

axborotlar

tizimini

yaratish;

- o‘quvchilarning kasb-hunar tanlashiga yordam berish maqsadida shaxsni

o‘rganishning tashxis metodlarini ishlab chiqish;

-

yoshlarga kasbiy maslahatlar berishning nazariy va metodik asoslarini

yaratish;

-

kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatli mayllarini asoslash;

-

umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb tanlashga

yo‘llashning vosita va yo‘llarini aniqlash;

-

bitiruvchi sinf o‘quvchilarini kasb tanlashga erkin yo‘naltirishning

mazmuni, shakl va metodlarini belgilash;

-

O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga

tadbiq etish sharoitida o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashning pedagogik shart-

sharoitlarini aniqlash;

-

alohida olingan hududiy markazlarda yoshlarni kasb tanlashga yo‘llash

ishini boshqarish xususiyatlarini belgilab berish talab etiladi.Biroq, bizgacha mavjud

bo‘lgan tadqiqotlarda muayyan natijalar olingan bo‘lsada, bugungi kunda kasb-hunar

tanlashga yo‘llash ishlarining asosiy maqsadi- har bir o‘quvchining kasb tanlashda

shaxsiy sifatlari, qiziqish, qobiliyat, moyilliklarini uyg‘unlashtirish va jamiyat

talablariga hamda kasb talablariga mos keluvchi sohani ongli ravishda tanlash


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

249

ko‘nikmalarini shakllantirish muammosi hal etilmagan. Mazkur muammoni quyida

yanada kengroq ko‘rishimiz mumkin:

1)

kasb tanlayotgan o‘quvchilarga individual hamda tabaqalashtirilgan

yondoshuv joriy etilmayapti;

2)

ko‘p hollarda olib borilayotgan tadqiqotlarda asosan so‘zlashuv

metodidan foydalanib ish olib borilmoqda;

3)

o‘quvchilarni qiziqtirgan yoki tanlagan kasbining xususiyatlari bilan

bevosita tanishishi uchun keng imkoniyat yaratilmayapti.

4)

umumta’lim maktablarda o‘quvchilarni ma’lum bir kasbga yo‘naltirishda

ma’naviyma’rifiy hamda sport tadbirlaridan foydalanib soha vakillarini jalb qilish,

o‘quvchilarni qiziqtirish kabi ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmagan.

Bir qator olimlarning tajriba-sinov ishlari natijalari shuni ko‘rsatadiki, umumiy

o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini o‘tish vaqtida amaliy harakatlarni

bajarish mobaynida o‘quvchilarning amaliy topshiriqlarni bajarishlari natijasida qaysi

kasblarga nisbatan qiziqishlari, qobiliyatlari va moyilliklari borligini aniqlasa bo‘lar

ekan. O‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘llash ishlarini uyushtirishda sinf

rahbari, maktab psixologi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltiruvchi mutaxassis (o‘qituvchi)

hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Albatta, u o‘z

faoliyatini dastlab Davlat ta’lim standartlari (DTS) asosida olib borishi talab etiladi.

Ushbu hujjatlarda maktabdagi jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari izchil

ta’riflanib, jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish, o‘quvchilarni

jismoniy sifatlarini yanada rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tushunchalar

berish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish jarayonida ularda ko‘nikma va

malakalarni hosil qilish va rivojlantirish ongli tarzda kasb tanlash hamda boshlang‘ich

tushunchalar olishga undashdan iboratligi ta’kidlangan.

-

Respublikamizda bozor munosabatlari qaror topayotgan hamda ishlab

chiqarish infratuzilmasida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan hozirgi sharoitda

ijtimoiy ehtiyoj va talablarga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini

kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularda kasbiy tafakkurni shakllantirish borasida

tashkiliy-pedagogik faoliyatning muvofiqlashtirilmaganligi;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

250

-

umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida kasbiy tafakkurni

shakllantirish bo‘yicha o‘qituvchilar faoliyatini tashkil etishning nazariy va amaliy

asoslari ishlab chiqilmaganligi;

-

o‘quvchilarda kasbiy tafakkurni shakllantirish jarayonlariga tizimli

yondoshuv va milliy hududiy yondoshuvlarning tadbiq etilmaganligi;

-

oila, mahalla, uzluksiz ta’lim tizimi, keng jamoatchilik, tashxis

markazlari, mutasaddi tashkilotlar, ishlab chiqarish korxonalari, Kamolot yoshlar

ijtimoiy harakati bo‘limlari, o‘quv va biznes markazlari o‘rtasidagi o‘quvchilarni kasb-

hunarga yunaltirish yo‘lida o‘zaro hamkorlik faoliyatining keng ko‘lamda

o‘rganilmaganligi;

-

umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining Davlat ta’lim

standartida to‘xtalib o‘tilgan kasb-hunarlar to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega

emasliklari sababli o‘quvchilarni kasbga yo’naltirish bo’yicha to‘laqonli faoliyat

ko‘rsata olmasliklari;

-

o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda ularning individual imkoniyatlari,

qiziqishlari hamda ehtiyojlarining yetarli darajada inobatga olinmayotganligi.

O‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirish sohasida nashr qilingan

adabiyotlar, ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borgan olimlar R.Jo‘rayev,

H.Rashidov, V.Soy, Y.Asadov va boshqalarning ishlarini tahlil qilish natijasida

umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini samarali kasb-hunarga yo‘naltirishning

asosiy bosqichlari quyidagilardan iboratligi ma’lum bo‘ldi.

1.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilariga butun maktab davri

davomida kasbiy axborotlar va kasbiy ma’lumotlarni berib borish. Bunda o‘quvchining

yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mavjud kasblar va bandlik sohalaridagi

mehnat faoliyati sohalarini tushuntirish, kasblar va ularning qo‘llanilishi, har bir

kasbning faoliyat davomida qo‘llanilishining ahamiyati xaqida axborotlar berish.

2.O‘quvchilarni birinchi sinfdan boshlab psixologik-pedagogik tashxis qilish

yordamida ularning qobiliyatlari, imkoniyatlari va qiziqishlarini o‘rganish.

3.Pedagogik-psixologik

tashxis

natijalarini

tahlil

qilish

asosida

o‘quvchilarga zarur maslahatlar berish, ularning psixologik muammolarini korreksiya


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

251

qilish va natijada ularning imkoniyatlari va moyilliklari doirasida to‘g‘ri kasb

tanlashlariga erishish kabilar.

Yuqorida keltirilgan bosqichlardagi ishlarning asosiysi pedagogik-

psixologik tashxis tizimiga tegishlidir. Turli pedagogik-psixologik metodikalarni

qo‘llash yordamida tashxis qilish mobaynida har bir o‘quvchining o‘ziga xos tug‘ma

xususiyatlari, psixofiziologik qobiliyatlari, layoqatlari, imkoniyatlari, qiziqishlari

aniqlanadi. Psixologikpedagogik tashxis doimiy ravishda bosqichma-bosqich olib

boriladi va uning natijalari o‘quvchining har bir yosh davriga mos ravishda tahlil

qilinadi.

O‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirishda pedagogik-psixologik

tashxislash ishlarini amalga oshirish bosqichlari o‘quvchilarni kasb-hunarga samarali

yo‘naltirishda pedagogik-psixologik tashxislash ishlari birinchi navbatda, maktab

psixologlari tomonidan olib boriladi va bunda asosiy prinsiplar sifatida quyidagilarni

etiborga olish talab etiladi:

-

Tashxislash ishlarida ilmiy asoslangan, tajriba-sinovdan o‘tkazilgan

metodikalarni qo‘llash;

-

Tashxislash davrida shaxsning xususiyatlarini etiborga olish va unga

psixologik ziyon etkazmaslik choralarini ko‘rish;

-

Tashxislash natijalarining sir tutilishini ta’minlash va h.k. Kasbga

yo‘naltirish deganda shaxs kasb tanlashda uning qiziqishlari, ayni paytda jamiyatda

shu kasbga bo‘lgan ehtiyoj va shu bilan birga shaxsda shu ehtiyojlarga asoslangan

holda imkoniyatlari darajasini hisobga olib unga kasbiy maslahat, kasbiy adaptatsiya

va psixologik metodikalarni taqdim etish asosida uni u yoki bu kasbga yo‘naltirish va

yordam ko‘rsatish tushuniladi.

Kasbga yo‘naltirishning turli nazariy izohlari orasida hozirgi vaqtda ikkita

eng muhim tushunchani ko‘rsatish mumkin, ular:

-

An’anaviy (diagnostik); - Zamonaviy (rivojlantiruvchi).

Zamonaviy (rivojlantiruvchi) kasbga yo‘naltirish konsepsiyasi shaxsning

o‘z kelajagini aniqlashda faol ishtirokini nazarda tutadi. Bunda asosiy e’tibor

shaxsning turli xil sohalarni egallashi jarayonida undagi rivojlanishni aniqlashga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

252

qaratiladi. Kasbga yo‘naltirish o‘quv-tarbiyaviy ishlarining qismi sifatida ko‘riladi.

Kasb tanlashga tayyorgarlik esa shaxsga jamiyat tomonidan ta’sir etuvchi bir

tarbiyaviy tizim asosida ko‘riladi.Kasbga yo‘naltirish tizimi tushunchasini ko‘rib

chiqish maqsadida ma’lum tushunchalarga aniqlik kiritishimiz lozim. Birinchi

navbatda kasb tushunchasini ko‘rib chiqamiz. Ushbu atamani aniqlashda E.A.Klimov

to‘rt yondoshuvdan foydalangan. Ular quyidagilar:

1)

Inson o‘z mehnat funksiyalarini bajaradigan muhit;

2)

Aniq bir sohada ish olib boradigan insonlar hamjamiyati;

3)

Tayyorgarlik, ya’ni barcha bilim, ko‘nikma va malakalari yordamida

shaxsning aniq bir mehnat funksiyalarini bajara olishi;

4)

O‘z kasbining mutaxassisi, professional, ya’ni vaqt bo‘yicha taqsimlangan

mehnat funksiyalarini bajarish jarayoni kabilar.

Yoshlarni kasbga yo‘naltirish jarayonida turli xil metodlardan foydalanilishi

mumkin, ular:

-

axborotli – dasturlar, bukletlar, reklama, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va

h.k.;

-

turli xil tashkilot va muassasalarga ekskursiyalar uyushtirish – bevosita u

yerga borib, ularda ish jarayoni, tartibi va ish yuritiladigan soha bilan tanishish;

-

kasbga oid filmlar, multimedialar va videoroliklar ko‘rsatish;

-

dars jarayonida yoki ma’lum bir ajratilgan to‘garaklar, mashg’ulotlar

davomida o‘quvchi-yoshlarni kasblar olami bilan tanishtirish maqsadida ularga shu

mavzuga oid filmlar, multimedialar va videoroliklar qo‘yib berish;

-

mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, kasbga yo‘naltirish va u

bilan bevosita ish yuritadigan mutaxassislar, korxona va tashkilotlarning vakillari bilan

uchrashuvlar;

-

kasbga yo‘naltirish kursidan maxsus darslar o‘tkazish, kasbga

yo‘naltiruvchi pedagog, konsultant va psixologlarni jalb qilgan holda yoshlarga kasbga

oid ma’lumotlar taqdim etish, ularda shaxsiy qiziqishlarini savol-javob, test va boshqa

turli yo‘llar bilan aniqlab, ularga to‘g‘ri yo‘l ko’rsatish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

253

XULOSA

Psixologlar tomonidan shunday fikr yuritiladi ya’ni, birinchi navbatda,

biror bir o‘zi uchun muhim bo‘lgan, shaxsiy tanloviga nisbatan bir qaror qabul

qilishidan avval, o‘ziga quloq solishi lozim. Soha hamda mavzuni o‘rganish davomida

kasbga yo‘naltirish tushunchasi shaxs va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tizimi

sifatida ko‘rib chiqildi. Bunday o‘zaro bog‘liqlikning natijasi shaxsning kasbiy o‘zini

o‘zi anglashida ko‘rinishi ma’lum bo‘ldi. Ushbu yondoshuvning o‘ziga xosligi, u

shaxsning kasbiy o‘z o‘zini anglashi uning o‘ziga nisbatan kelajakdagi kasbiy

faoliyatining sub’yekti sifatida shakllanishini o‘rganadigan jarayon bo‘lib, bozor

iqtisodiyoti sharoitida u shaxsning kasbini o‘zgartirishi, hayotga va boshqa kasbga

moslashuviga tayyorlash jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kasbga yo‘naltirish ishlarining eng

samaradorli shakllari qo‘llanilgan hollarda ham, barcha o‘quvchi-yoshlar ongli

ravishda kasb tanlashadi deb bo‘lmaydi, shuning uchun kasb tanlashga tayyorgarlik

darajasini o‘rgangan holda ma’lum bir guruhlarini imkon qadar ertaroq aniqlash lozim.

Qaror qabul qilish darajasi bo‘yicha o‘quvchi-yoshlarni guruhlarga bo‘lish kasb

tanlashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni aniqlash va baholashdan

boshlanadi. Tushunchaga aniqlik kiritish uchun guruhlarning quyidagi taqsimotini

ko‘rishimiz mumkin:

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.Xankeldiev, Sh. X., & Xasanov, Sh. (2021). Osobennosti metodiki podgotovki

yuno‘x bokserov na predsorevnovatelnom etape. InNauka segodnya: problemo‘ i puti

resheniya(pp. 93-94).

2.Shoxjaxon, X. (2022, October). HARAKATGA O‘RGATISHNING

USLUBIY TAMOYILLARI. InE Conference Zone (pp. 39-51).

3.Shoxjaxon, X. (2022, October). TA'LIM JARAYONIDA HARAKATGA

O‘RGATISHNING METODLARI VA ETAPLARI. InE Conference Zone(pp. 19-31).

4.Xankeldiev, Sh. X., & Xasanov, Sh. (2021). Aktsentirovannaya fizicheskaya

podgotovlennost yuno‘x bokserov na nachalnom etape obucheniya. InNAUKA

SEGODNYa: ISTORIYa I SOVREMENNOST(pp. 41-43).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

254

5.Valievich, D. S., & Iqbolakhan, A. (2022, November). PEDAGOGICAL

PRINCIPLES OF IMPROVING PHYSICAL FITNESS OF GENERAL

EDUCATION

SCHOOL STUDENTS (IN THE EXAMPLE OF PRIMARY CLASSES). In E

Conference

Zone (pp. 1-13).

6.Jalolov, S., & Abduraxmonov, S. (2022). Evaluation of the development of older

school children on health tests. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary

Research Journal, 12(5), 927-930. International Conference on Developments in

EducationHosted from Delhi, Indiahttps: econferencezone.org 23rdNov.202273| P a

g e

7.Jalolov, S., & Ilyasova, M. (2022). Resistant to the development of physical

education in the lessons. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research

Journal, 12(5), 870-874.

8.Haydaraliev, X., & Malikov, I. (2022, June). LOADING AND ITS NORM IN

PHYSICAL EDUCATION LESSONS. InE Conference Zone(pp. 60-63).

9.Haidaraliev, H., & Nizamova, S. (2022). AGE-RELATED FEATURES OF

MOTOR QUALITIES IN YOUNGER SCHOOLCHILDREN.Academicia Globe:

Inderscience Research,3(05), 94-100.

10.Xaydaraliev, X. X. (2022). TEXNOLOGIYa KOMPETENTNOSTNOGO

PODXODA DLYa SOVERShENSTVOVANIYa ANTIKORRUPTsIONNOGO

MO‘ShLENIYa STUDENTOV.World scientific research journal,2(2), 202-210.