Authors

  • Toyirova Zarina Shuhrat qizi

Author Biography

  • Toyirova Zarina Shuhrat qizi

    Jondor tumani 17-maktab amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117777

Keywords:

Xulq xulqi og‘ishganlik shaxs psixologiya voyaga yetmagan yoshlar deviant xulq addektiv xulq bezorilik o‘g‘irlik giyohvandlik tajovuzkorlik ijtimoiy faollik.

Abstract

Maqolada xulqi og‘ishganlikning sabablari va uni profilaktika qilishning psixologik yo‘llari haqida so‘z boradi. Shuningdek, maqola mazmunida xulqi og‘ishganlik, deviant xulq, voyaga yetmagan yoshlar, anomiyaga moslashish, xulqi og‘ishganlikni oldini olishning zamonaviy choratadbirlari, psixoprofilaktik, pedagogik ishlar majmui kabilar ham keng yoritilgan. 


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

241

XULQI OG’IR BOLALAR BILAN PSIXOLOGIK PROFILAKTIKA

ISHLARINI AMALGA OSHIRISH MASALALARI

Toyirova Zarina Shuhrat qizi

Jondor tumani 17-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya. Maqolada xulqi og‘ishganlikning sabablari va uni profilaktika

qilishning psixologik yo‘llari haqida so‘z boradi. Shuningdek, maqola mazmunida

xulqi og‘ishganlik, deviant xulq, voyaga yetmagan yoshlar, anomiyaga moslashish,

xulqi og‘ishganlikni oldini olishning zamonaviy choratadbirlari, psixoprofilaktik,

pedagogik ishlar majmui kabilar ham keng yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Xulq, xulqi og‘ishganlik, shaxs, psixologiya, voyaga yetmagan

yoshlar, deviant xulq, addektiv xulq, bezorilik, o‘g‘irlik, giyohvandlik, tajovuzkorlik,

ijtimoiy faollik.

KIRISH

Ma’lumki, inson va uning xulq -atvori, jamiyatdagi o‘rni har doim qator fanlar

uchun qiziq hodisa sanalib kelgan. Qolaversa, har bir davlat va jamiyatning istiqboli,

buguni hamda kelajagi o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning intellektual darajasi bilan

belgilanishi tabiiydir. Biroq, bugungi kunda, inson xulq -atvoriga salbiy ta’sir etuvchi,

uni jamiyat normalaridan uzoqlashtiruvchi shunday omillar mavjudki, ularni erta

bartaraf qilmasdan turib, barkamol yosh avlod haqida gapirish ehtimoldan holi

sanaladi. Xulqi og‘ishganlik keng ma’noda, fanlararo tadqiqotlarning predmeti sanalib,

har bir fanda mazkur muammoni o‘rganishda o‘ziga xos ilmiy yondashuvlar mavjud.

Zamonaviy psixologiyada, xulqi og‘ishganlik tushunchasi “deviant xulq” fenomeni

bilan tavsiflanib, u o‘z mazmunida “o‘z joniga qasd qilish”, “giyohvandlik”,

“boshqalarga nisbatan tajovuzkorlik”, “tobe xulq”, “jinoyatchilik” kabi og‘ishgan xulq

kabilarni ham qamrab oladi deb ta’riflaydi A.T. Akajanova .

Hozirda fanda xulqi og‘ishganlikning paydo bo‘lish sabablarini tushuntiruvchi

bir qancha ilmiy yondoshuvlar, ilmiy konsepsyailar va tamoyillar mavjud. Ana shu

ilmiy yondashuvlar va konsepsiyalarni tizimli o‘rganish shuningdek, mahalliy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

242

psixologiyada mazkur masalada amalga oshirilgan ilmiy ishlar va manbalarni yangicha

mazmunga olib chiqish kabilar o‘ta muhim vazifalardan biri sanaladi. Shu bois ham,

mazkur masalaga oid har qanday ilmiy chora-tadbirlar, o‘ta dolzarb ahamiyatga ega

ishlar turkumidan biri hisoblanadi.

Tadqiqotchi N. Smelzer xulqi og‘ishganlik masalasida shunday deydi: “xulqi

og‘ishganlik – bu jamiyatda o‘rnatilgan me’yorlar va qoidalarga mos kelmaydigan

harakatlar deb tushunish lozim”. Boshqa bir tadqiqotchi Robert Mertonning so‘zlariga

ko‘ra esa, “deviant xulq-atvor” kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri bu, jamiyat

tomonidan ilgari surilgan maqsadlar va ularga erishish vositalari o‘rtasidagi

nomuvofiqlikdir, boshqacha qilib aytganda, odamlar “anomiya” holatiga turli yo‘llar

bilan moslashadilar: konformizm bilan yoki xulq-atvordagi turli xil og‘ishlar bilan.

A.V.Xomich o‘z izlanishlarida xulqi og‘ishganlikni “qamoq yoki boshqa jazoga olib

keladigan me’yordan chetga chiqish” harakati deb ta’riflaydi.

Xulqi

og‘ishganlikka yaqqol misol bu-giyohvandlik vositalaridan

foydalanishdir. Ya’ni yoshlarning giyohvand moddalarga va psixotrop dorilarga

psixologik qaramligi yoki unga tibbiy giyohvandlik, jismoniy qaramlik va hokazo

Deviant xulqli yoshlar va tarbiyasi qiyin bolalar muammosiga to‘xtalib o‘tadigan

bo‘lsak, mazkur tushunchalar 1920-1930-yillarda mutaxassislar e’tiboriga tusha

boshladi. Dastlab, u fan sohasida emas, balki kundalik hayotiy vaziyatlarda ishlatilgan.

Biroq, ushbu muammo bir oz vaqt unutilib, 1950-1960-yillarning boshlarida yana soha

mutaxassislari e’tiborini torta boshlagan. Bu borada birinchi bo‘lib rus psixologi

P.P.Blonskiy tadqiqot olib borgan. Muallif o‘z tadqiqotida deviant xulqli voyaga

yetmagan bolalarni alohida tadqiqot obyekti sifatida o‘rganib chiqqan. Xuddi shunday

izlanishlarni mamlakatimiz psixolog olimlari ijodida ham uchratish mumkin.

Voyaga yetmagan yoshlar orasida xulqi og‘ishganlik masalalari hamda, deviant

xulqli o‘smirlar muammosi O‘zbekistonpsixolog va pedagoglari ishlarida ham o‘ziga

xos tadqiq etilgan. Misol uchun, B.Umarov, G.Abduqahhorova, G.To‘laganova,

N.Kamilova,

N.Dolimova,

U.Qodirov,

G.Abduqahharova,

I.Rahimova,

L.Nigmatullina,B.Shukurov, F.Rajabova kabi psixolog olimlar, xulqi og‘ishganlikning

turlarini turli yoshdagi obyektlarda o‘rganishga muvaffaq bo‘lishgan. Mazkur


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

243

mualliflar guruhining xulosalariga ko‘ra, voyaga yetmagan yoshlar orasida, xulqi

og‘ishganlik paydo bo‘lishini oldini olish asosiy usullari sifatida sport bilan

shug‘ullanish, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish, ularda axborotlar bilan ishlash

ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘z ustida mustaqil ishlash ko‘nimasi kuchaytirishg,

maktabga va o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi oshirish, o‘quv mashg‘ulotlariga bo‘lgan

kognitiv faollikka undash, deviant xulqli o‘smirlarni jamoaviy faoliyatga faol

aralashtirish orqali, uni bartaraf etish mumkinligini ta’kidlab o‘tadilar.

Voyaga yetmaganlar orasida namoyon bo‘luvchi deviant xatti-harakatlarining

asosiy sabablaridan biri bu, oiladagi muhitdir. Bizningcha, oila inson erta

ijtimoiylashishning eng muhim institutlaridan biri hisoblanadi. Bolalar juda muhim

bo‘lgan asosiy qadriyatlarni, me’yorlarni, xatti-harakatlarning hamda stereotiplarini

oiladan o‘rganadi. Va bu orqali ularning emotsional sohasi rivojlana boradi. Agar

ushbu masalada qator tadqiqotchilarning tushunchalariga murojaat qiladigan bo‘lsak,

xulqi og‘ishganlik asosan o‘smir yoshdagi bolalarga xos odatiy xatti-harakatlardir.

Chunki, yoshlar bu harakatlari orqali o‘zlarini ota-onalari, o‘qituvchilari va

tengqurlariga ma’qul ko‘radilar. Ya’ni o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, o‘zlaricha ish tutish,

kattalarni tinglamaslik, yomon insonlarga taqlid qilish, chekish, o‘g‘irlik qilish va

hokazo. Bunday xulqi og‘ishgan xatti-harakatlarga e’tibor bermaslik, o‘z navbatida

o‘smirlarni noto‘g‘ri yo‘lga olib boradi, ularni jinoyat sodir etishga undaydi

shuningdek, ularning ma’naviyatini buzadi va oxir-oqibat ular jamiyatda yoqimsiz, va

nafratli insonlarga aylanadi. Voyaga yetmagan yoshlarda ko‘p narsalarga qiziqish

ortadi yoki biror bir narsaga tez moslashadi, ularning xarakteri boshqa yoshdagi

shaxslarga nisbatan boshqacha bo‘ladi, ular o‘zlarining hayot yo‘llari haqida o‘ylashga

harakat qiladilar, o‘rganishning mazmuni va maqsadini tushunadilar, jamoada o‘z

o‘rnini bilishni xohlaydilar.

S.A.Belichevaning yozishicha, voyaga yetmagan yoshlarning deviant xatti-

harakatlarga berilib ketishining asosiy sababi: bilim darajasining pastligi,

madaniyatning yetarli emasligi, eng muhimi, qiziqishning cheklanganligi, ijtimoiy

foydali mehnatga intilmasligidir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

244

Deviant xulq-atvor ko‘pincha o‘smir yoshlar orasida tez-tez uchraydi. Chunki,

o‘smirlik eng og‘ir davr bo‘lib, har xil noodatiy sodir bo‘ladi va bu davr do‘stlik

me’yorlarini o‘rganish uchun ham, muvaffaqqiyatli davr hisoblanadi. O‘smirlik

yoshiga xos xususiyatlar – bu mustaqillikka intilish boshqalarga bo‘ysunmaslik.

Shuning uchun, ular o‘z kuchini va shaxsining ma’nosini tushunishga intiladilar.

Bunday holatni ya’ni, tushunish imkoniyatlarini maktab ta’limi va mehnat jarayonidagi

ishtirokidan ko‘rish mumkin. Buning sababi shundaki, deviant xulq-atvorga ega

bo‘lgan bolalar o‘zlarining tipik xususiyatlari tufayli, hayotda qiyinchiliklarga duch

kelishadi va ularning aqliy imkoniyati, to‘siq bo‘layotgan muammoni bartaraf etish

yo‘lini topa olmaydi. Bundan tashqari, deviant xulq-atvorga ega bo‘lgan bolalar, o‘zini

hech kimga kerak emasdek his qilishga o‘rganib qoladi, biroq aybni kattalarning

zimmasiga yuklaydi, atrofdagilar bilan tez-tez nizolashib turadilar. Shu bilan birga,

ularda bo‘sh vaqtdan maqsadsiz foydalanish, maktab tartibini saqlamaslik, qonun-

qoidalarni buzish, jinoyatga qo‘l o‘rish kabi harakatlar ham ba’zida uchrab turadi.

Deviant xulq - bu ijtimoiy me’yordan chetga chiqish. U jamiyatda qabul

qilingan me’yorga zid bo‘lgan xatti - harakatlar tizimi sifatida ta’riflanadi. Deviant

xatti-harakatlar ikkita keng toifaga bo‘linadi. Avvalo, bu psixologik salomatlik

me’yoridan og‘ishdir. Ikkinchidan, bu ba’zi ijtimoiy-madaniy me’yorlarni, ayniqsa,

huquqiy normalarni buzuvchi jamiyatga zid faoliyatdir. Shuningdek, deviant xulqli

yoshlar bu – “muntazam ravishda ma’muriy jazo qo‘llanilishiga olib keladigan

huquqbuzarliklarni sodir etishi orqali, misol uchun, ataylab maktabdan, uydan qochishi

yoki maxsus ta’lim muassasalarini muntazam tark etishi, shuningdek, huquqbuzarlik

sodir etishi mumkin bo‘lmagan jinoyatlar belgilariga ega bo‘lishidir”. V.A.Nikitina

deviant xulq-atvorni guruh me’yoridan chetga chiqish, deb hisoblaydi, bu esa mazkur

huquqbuzarliklar uchun alohida profilaktik ishlar hamda qonuniy jazo qo‘llash

kabilarga olib keladi. Hozirgi kunda, ko‘plab tadqiqotchilar deviant xulq-atvor va uni

oldini olish muammosiga katta qiziqish e’tibor bermoqda. Xulqi og‘ishganlikni ilmiy

tadqiq qilish psixologiya, kriminologiya, psixopatologiya, sotsiologiya, pedagogika

kabi fanlarda o‘ziga xos tarzda amalga oshirilib, bundan asosiy maqsad shuki, yoshlar

orasida xulqi og‘ishganlikni erta profilaktika qilishdir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

245

Xulqi og‘ishganlikni profilaktika qilish – bu ijtimoiy muhitning salbiy

omillarining shaxsga ta’sirini erta bartaraf etish va yoshlarda normal hayot tarzini qaror

toptirishga qaratilgan psixologik, ijtimoiypsixologik, pedagogik va tibbiy chora-

tadbirlar majmuidir. Deviant xulq-atvorning oldini olish choralari umumiy va maxsus

turlarga bo‘linadi. Umumiy profilaktik choralar – bu shaxsning ijtimoiylashuv

jarayonini baqaror kechishi uchun psixologik-pedagogik, ijtimoiy-psixologik shart-

sharoitlarni yaratishga qaratilgan, bir qator ogohlantirish tadbirlari majmuidir. Maxsus

profilaktika choralar – bu aniq vazifalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi

bo‘lib, unda giyohvandlik, huquqbuzarlik, bezorilikka moyil bolalar va ular xulqini

profilaktikasini amalga oshirishga doir psixologik targ‘ibot -tashviqot ishlari

turkumidandir.

Tadqiqotchi V.D.Komarning aytishicha, voyaga yetmagan yoshlar orasida

xulqi og‘ishganlikni oldini olish jarayoni, turli ijtimoiy institutlar majmuasi orqali

amalga oshiriladi. Profilaktik tadbirlar bilan qator ijtimoiy muassasalar, masalan, oila,

maktabdan tashqari dam olish maskanlari (sport seksiyalari, to‘garaklar va boshqalar)

shug‘ullanalishlari mumkin[2,39 b.]. Bunday profilaktik ishlardan asosiy maqsad

shuki, voyaga yetmagan yoshlarni jamiyat hayotiga jalb etish, ularning o‘z

ehtiyojlarini qondirish uchun, yangi sharoitlar yaratish shuningdek, qiyin hayotiy

vaziyatlarda ularga professional yordam ko‘rsatishdir.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, xulqi og‘ishganlikni erta bartaraf etish ishlari o‘ziga xos

murakkab vazifa sanalib, ushbu muammo masalaga boshqacha, yangicha ilmiy

yondashuvni talab etadi. Agarda ta’lim tarbiyada bo‘shliq yuzaga kelsa, u holda

yoshlar o‘z vaqtlaridan unumli foydalanish, yuksak maqsadlar sari intilish, kognitiv

faol bo‘lish, jamiyat hayotiga ijtimoiy faol bo‘lish kabi sifatlardani yiroqlashadilar.

Qolayevrsa, yoshlar guruhi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda do‘stlik, hamrohlik,

mehr-oqibatlilik, hurmat va halollik kabi sifatlar o‘z vaqtida shakllantirilsa, shundagina

xulqi og‘ishganlikning oldi olinishi hamda ularni ta’lim muhitiga faol ijtimoiylashtirish

mumkin bo‘ladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

246

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Хомич А.В. Психология девиантного поведения: Учебное пособие. –

ЮжноРоссийский Гуманитарный Институт., - Ростов-на-Дону. – 2006 г. – 140 с.

2.

Блонский П. П. Психология и педагогика. Избранные труды / П. П.

Блонский. – 2-е изд., стер. — Москва : Издательство Юрайт, 2024. – 184 с

3.

Беличева С. А. Характеристика современного состояния проблем

девиантного поведения несовершеннолетних и пути их решения / С. А. Беличева.

– М.: Закон и правопорядок, 2009. – 59 с.

4.

Девиантное поведение детей и подростков. Проблемы и пути их решения.

/ под ред. В. А. Никитина. – М.: Центр, 2010. – 118 с.

5.

Комарь В. Д. Предупреждение и преодоление отклонений в поведении

подростков / В. Д. Комарь // Классный руководитель. – 2008. – №4. – С. 86.