Authors

  • Abdijalilova Madina G'ofur qizi

Author Biography

  • Abdijalilova Madina G'ofur qizi

    Muallif: IIV zaxirasidagi mayor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117780

Keywords:

Provokativ viktimlik viktimologiya voyaga yetmaganlar viktimologik profilaktika ijtimoiy-psixologik omillar kiberviktimlik.

Abstract

Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar orasida provokativ viktimlik muammosi kriminologik va viktimologik nuqtai nazardan chuqur va har tomonlama tahlil qilingan. Maqolada provokativ viktimlikning nazariy-metodologik asoslari, voyaga yetmaganlar orasida uning namoyon bo'lish shakllari, xalqaro tajriba va muammoni bartaraf etish yo'llariga oid ilmiy asoslangan tavsiyalar bayon etilgan. Tadqiqot natijasida voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining oldini olish va kamaytirish bo'yicha kompleks tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

210

VOYAGA YETMAGANLAR VIKTIMOLOGIYASINING DOLZARB

MUAMMOLARI: PROVOKATIV VIKTIMLIKNING KRIMINOLOGIK VA

VIKTIMOLOGIK TAHLILI

Muallif: IIV zaxirasidagi mayor

Abdijalilova Madina G'ofur qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar orasida provokativ

viktimlik muammosi kriminologik va viktimologik nuqtai nazardan chuqur va har

tomonlama tahlil qilingan. Maqolada provokativ viktimlikning nazariy-metodologik

asoslari, voyaga yetmaganlar orasida uning namoyon bo'lish shakllari, xalqaro tajriba

va muammoni bartaraf etish yo'llariga oid ilmiy asoslangan tavsiyalar bayon etilgan.

Tadqiqot natijasida voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining oldini olish va

kamaytirish bo'yicha kompleks tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Provokativ viktimlik, viktimologiya, voyaga yetmaganlar,

viktimologik profilaktika, ijtimoiy-psixologik omillar, kiberviktimlik.

KIRISH

Bugungi kunda voyaga yetmagan shaxslarning jinoyatchilik qurboniga

aylanishi, ayniqsa, ularning o‘z xatti-harakatlari, ijtimoiy muhitga moslashishdagi

qiyinchiliklari yoki tashqi ta'sirlarga nisbatan javob reaksiyasi natijasida yuzaga

keladigan provokativ viktimlik holatlari alohida e’tiborni talab qilmoqda.

Viktimologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, voyaga yetmaganlar ko‘pincha

o‘zlarining psixologik yetuk emasligi, tajribasizliklari, emotsional beqarorligi yoki

noto‘g‘ri ijtimoiy-psixologik muhitda tarbiyalanganliklari sababli o‘zlari jinoyat sodir

etilishiga sababchi bo‘ladigan vaziyatlarga tushib qoladilar. Ushbu holat esa

provokativ viktimlik tushunchasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, jinoyatchi va qurbon

o‘rtasidagi murakkab munosabatlar tizimini chuqur tahlil qilishni taqozo etadi.

Viktimologiya - jinoyatlarning qurbonlari to'g'risidagi fan sifatida

kriminologiyaning muhim va ajralmas tarkibiy qismidir. Viktimologiya jinoyat


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

211

qurbonining nafaqat viktimlashuv jarayonini, balki, viktimga xos muayyan xulq-atvor

xususiyatining jinoyat sodir etilishiga bevosita va bilvosita ta’sirini ham tadqiq etadi.

Bunday xususiyatlarga, provokativ, passiv, aktiv kabi viktimga xos xulq-atvor

formalari kiradi.

Provokativ viktimlik jinoyat sodir etilishida qurbon tomonidan ko'rsatiladigan

faol yoki nofaol harakatlar orqali jinoyat sodir etilishini turtki beruvchi murakkab

ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida tavsiflanadi. Provokativ viktimlik hodisasining

jamiyatga zarari juda katta bo'lib, u nafaqat voyaga yetmaganlarga, balki butun

jamiyatga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu hodisa voyaga yetmaganlarning jismoniy va ruhiy

salomatligiga putur yetkazishi, ularning ijtimoiylashuv jarayoniga to'sqinlik qilishi,

kelgusida jinoyat sodir etish ehtimolini oshirishi, jamiyatda zo'ravonlik va jinoyatchilik

darajasining ortishiga sababchi bo'lishi mumkin. Shu jihatdan, voyaga yetmaganlar

provokativ viktimligini o'rganish va unga qarshi kurashish mexanizmlarini

takomillashtirish davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan biridir.

PROVOKATIV VIKTIMLIKNING NAZARIY ASOSLARI

Provokativ viktimlik tushunchasi ilk bor nemis kriminologi Gans von Gentig

tomonidan o‘rganilgan. U o‘zining “The Criminal and His Victim: Studies in the

Sociobiology of Crime” (1948) nomli asarida jinoyatni sodir etishda qurbonning faol

roli mavjud bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, “qurbon-jinoyatchi” (victim-offender)

o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga diqqat qaratgan. Aynan u viktimologiyada

subyektiv faoliyat konsepsiyasini asoslab berdi va jinoyatlarda ayrim jabrlanuvchilar

tomonidan provokatsion harakatlar jinoyatchining xatti-harakatiga bevosita turtki

bo‘lishini ilgari surgan.

1

Keyinchalik kriminolog Benjamin Mendelson 1947 yilda jabrlanuvchilarning

xulq-atvoriga asoslangan klassifikatsiyasini taklif etib, "aybdor qurbon" (victim with

guilt) tushunchasini kiritgan. U provokativ viktimlikni jinoyatni boshlovchi, uni

rag‘batlantiruvchi yoki jinoyatchining harakatini asoslashi mumkin bo‘lgan xatti-

1

Von Hentig, H. (1948). The Criminal and His Victim: Studies in the Sociobiology of Crime. New Haven: Yale University

Press.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

212

harakatlar bilan bog‘lagan. Mendelsohn bu asosda viktimologiyani mustaqil fan

sifatida shakllantirishga harakat qilgan.

2

Shu nuqtai nazardan, provokativ viktimlik tizimli ravishda quyidagi turlarga

bo'linadi:

1.

Faol provokativ viktimlik

- qurbon jinoyat sodir etilishiga bevosita sabab

bo'luvchi harakatlarni sodir etadi (masalan, tajovuzkor xulq, haqorat, jismoniy

zo'ravonlik, mojarolarni keltirib chiqaruvchi harakatlar).

2.

Passiv provokativ viktimlik

- qurbon jinoyatchiga qarshilik

ko'rsatmasdan, o'zini himoya qilmasdan, jinoyat sodir etilishiga imkon yaratadi va shu

orqali jinoyatchi uchun qulay sharoit yaratadi.

3.

Ongli provokativ viktimlik

- qurbon o'z harakatlarining oqibatlarini

to'liq anglagan holda jinoyat sodir etilishiga yordam beradi va bunday xatti-

harakatlarning potensial xavfini tushunadi. Huquqshunos professorlar Rustambayev

M.T, va Niyozova S.S. ongli ravishda dalolat qiluvchi viktim tipiga mos

jabrlanuvchilarning xulq-atvorini tavsiflashda, jinoiy abortni misol tariqasida

ko'rsatishgan.

3

4.

Ongsiz provokativ viktimlik

- qurbon o'z harakatlarining jinoyat sodir

etilishiga olib kelishini anglamasdan yoki to'liq baholamasdan harakat qiladi va bu

holat aksariyat voyaga yetmaganlar orasida keng tarqalgan.

Voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining o'ziga xos xususiyatlari mavjud

bo'lib, ular quyidagi omillar bilan chambarchas bog'liq:

1.

Yosh va psixologik xususiyatlar

- voyaga yetmaganlarning tajribasizligi,

emotsional beqarorligi, o'z harakatlarining oqibatlarini to'liq anglash qobiliyatining

shakllanmaganligi va impulsiv xulq-atvor modellari.

2.

Ijtimoiy muhit ta'siri

- tengdoshlar ta'siri, oilaviy sharoit, ijtimoiy

nazoratning sustligi, noto'g'ri tarbiya va madaniy qadriyatlar.

2

Mendelsohn, B.

(1963). The Origin of the Doctrine of Victimology. Excerpta Criminologica.

3

Rustambayev M.T., Niyozova S.S. Viktimologiya.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

213

3.

Axborot-kommunikatsiya vositalari ta'siri

- media, internet va ijtimoiy

tarmoqlar orqali zo'ravonlik va deviant xulq-atvorning bevosita yoki bilvosita targ'ib

qilinishi, virtualizatsiya jarayonining kuchayishi.

Voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro va milliy

huquqiy hujjatlar tahlili viktimologik jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. BMTning

1989 yildagi Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyasining 19-moddasida "Ishtirokchi

davlatlar bolani ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki bola g'amxo'rligini amalga oshiruvchi

har qanday shaxs qaramog'ida bo'lgan vaqtda jismoniy yoki psixologik zo'ravonlikning

barcha shakllaridan himoya qilish uchun barcha zarur qonunchilik, ma'muriy, ijtimoiy

va ta'lim choralarini ko'radilar" deb ko'rsatilgan (BMT, "Bola huquqlari to'g'risidagi

konvensiya", 1989 yil, 19-modda).

O‘zbekiston Respublikasi

qonunchilikda voyaga yetmaganlar huquqlarini

himoya qilish bo'yicha bir qator huquqiy kafolatlar mavjud. Xususan,

O‘zbekiston

Respublikasi “

Voyaga

yetmaganlar

o‘rtasida

nazoratsizlik

va

huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”

gi Qonuni

, “Bola huquqlarining

kafolatlari to‘g‘risida”

gi Qonuni

, “Ta’lim to‘g‘risida”

gi Qonuni

.

Shu bilan

birga,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-

son qarori

bilan bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil

etildi. Ma’lumot uchun: ushbu markazlarning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchi-

yoshlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, turli xil zo‘ravonlik

ko‘rinishlarining oldini olish, suisidal holatlarga moyilligi bo‘lgan o‘quvchilarni

barvaqt aniqlash va ularga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Bundan

tashqari,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi

339-son qarori

bilan voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilarini tayinlash

tartibi joriy etilgan.

4

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VOYAGA YETMAGANLAR

PROVOKATIV VIKTIMLIGINING KRIMINOLOGIK TAHLILI

Voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining namoyon bo'lish shakllari

4

https://bolalarvakili.uz/uz/publications/lectures/9


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

214

O'zbekiston sharoitida voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining quyidagi

spetsifik namoyon bo'lish shakllari kuzatiladi:

1.

Tajovuzkor xulq-atvor

- jismoniy zo'ravonlik, haqoratlash, qo'rqitish

orqali jinoyat sodir etilishiga sabab bo'lish, nizolarni keskinlashtirish va kuchaytirishga

qaratilgan harakatlar.

2.

Moddiy manfaat ko'rish maqsadidagi xatti-harakatlar

- o'g'rilik,

firibgarlik yoki boshqa moddiy manfaat ko'rish maqsadida jinoyatchiga sharoit

yaratish, boyliklarni namoyish qilish, o'z mol-mulki to'g'risida ehtiyotsiz ma'lumotlar

berish.

3.

Giyohvand moddalar iste'moliga aloqador xatti-harakatlar

-

giyohvand modda sotib olish yoki iste'mol qilish bilan bog'liq harakatlar, giyohvand

moddalarni sotib olish uchun ijtimoiy aloqalar o'rnatish.

4.

Jinsiy xarakterdagi harakatlar

- jinsiy ma'nodagi provokativ xulq-

atvor, noto'g'ri tanishuvlar, axloqsiz taklif va harakatlar, jinsiy tajovuzlarga imkon

yaratuvchi vaziyatlarda o'zini xavfga qo'yish.

5.

Internetdagi xavfli harakatlar

- ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy

ma'lumotlarni oshkor qilish, begonalar bilan muloqot, xavfli kontentlarni tarqatish,

onlayn provokativ xulq-atvorlar.

Zamonaviy raqamli jamiyatda voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining

yangi shakllari va namoyon bo'lish xususiyatlari paydo bo'lmoqda. Raqamli muhitda

voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining quyidagi o'ziga xos xususiyatlari

namoyon bo'lmoqda:

1.

Ijtimoiy tarmoqlardagi provokativ xulq-atvor

- voyaga yetmaganlar

ko'pincha Instagram, TikTok, Telegram va boshqa platformalarda shaxsiy

ma'lumotlarni ehtiyotsiz ravishda oshkor qilish, begonalar bilan xavfli muloqotga

kirishish, provokativ foto va videolarni joylash orqali o'zlarini xavfga qo'yishadi.

2.

Onlayn grooming

(internet orqali aldov yo‘li bilan yaqinlashish) - voyaga

yetmaganlar internetda tanishuv saytlari, ijtimoiy tarmoqlar va o'yin platformalari

orqali jinoyatchilar bilan aloqa o'rnatishi, ularning ishonchini qozongan shaxslar bilan

real hayotda uchrashuvga rozilik berishi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

215

3.

Kiber-bulling

provokatsiyasi

-

voyaga

yetmaganlar

o'rtasida

virtualizatsiya jarayonining kuchayishi, ular tomonidan kiberhujumlar va kiber-bulling

provokatsiya qilinishi.

4.

Xavfli

onlayn

mazmundagi

kontentlarni

izlash

-

voyaga

yetmaganlarning qiziqish tufayli pornografik materiallar, ekstremistik g'oyalar,

zo'ravonlikni targ'ib qiluvchi kontentlarni ongli ravishda izlashi.

5.

Shaxsiy ma'lumotlarning xavfli tarzda oshkor qilinishi

- voyaga

yetmaganlar tomonidan o'z joylashuvi, manzili, telefon raqami kabi shaxsiy

ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda ochiq oshkor qilish.

VOYAGA YETMAGANLAR PROVOKATIV VIKTIMLIGINING

SABABLARI VA OMILLARI

Voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining shakllanishiga quyidagi

psixologik va fiziologik omillar ta'sir ko'rsatadi:

Emotsional rivojlanishdagi muammolar va nobarqarorlik;

Agressiv xulq-atvor modellari va tajovuzkorlik;

Stress va depressiya holatlari, ruhiy qiynalishlar;

Diqqat yetishmasligi sindromlari va impulsiv xatti-harakatlar;

Boshqa psixologik omillar va shaxsiy xususiyatlar.

Fiziologik jihatdan esa, o'smirlik davridagi gormonlar muvozanatining

o'zgarishi, jismoniy rivojlanish va psixofiziologik o'zgarishlar provokativ xulq-

atvorning shakllanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

Voyaga yetmaganlar provokativ viktimligiga ta'sir ko'rsatuvchi ijtimoiy-

madaniy omillar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

1.

Oilaviy munosabatlar

- ota-ona nazoratining sustligi, oilaviy nizolar,

noto'liq oila, deviant xulq-atvor namunalari, oilada zo'ravonlik holatlari, ota-

onalarning tarbiya jarayonida salbiy namuna ko'rsatishi.

2.

Ta'lim muhiti

- maktab va ta'lim muassasalarida nazoratning

yetishmasligi, tengdoshlar bilan munosabatlardagi muammolar, bulling hodisalari,

maktabda xavfsizlik choralarining yetarli emasligi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

216

3.

Ijtimoiy muhit

- yashash joyidagi kriminal vaziyat, yomon muhitning

ta'siri, noto'g'ri ijtimoiylashuv jarayoni, ijtimoiy nazoratning sustligi.

4.

Ommaviy madaniyat

- zo'ravonlik va deviant xulq-atvorni targ'ib

qiluvchi media kontentlar, kinofilmlar, videoo'yinlar, musiqa va umuman ommaviy

madaniyatning salbiy ta'siri.

O'zbek jamiyatiga xos milliy-madaniy omillar ham voyaga yetmaganlar

provokativ viktimligining shakllanishiga ta'sir etuvchi o'ziga xos xususiyatlarni

belgilaydi, jumladan an'anaviy oilaviy qadriyatlar, mahalla instituti, ta'lim tizimining

xususiyatlari.

Voyaga yetmaganlar provokativ viktimligiga ta'sir ko'rsatuvchi huquqiy

omillar quyidagilar bilan chambarchas bog'liq:

1.

Huquqiy savodxonlik darajasi

- voyaga yetmaganlarning o'z huquqlari

va majburiyatlarini bilmasliklari, huquqiy ongning yetarli darajada shakllanmaganligi.

2.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati

- profilaktika ishlarining

samaradorligi, voyaga yetmaganlar bilan ishlash mexanizmlarining mukammalligi.

3.

Qonunchilik bazasi

- voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish

mexanizmlarining mukammalligi, huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid qonunchilik

normalarining samaradorligi.

VOYAGA YETMAGANLAR PROVOKATIV VIKTIMLIGINING

OLDINI OLISH YO'LLARI

Viktimologik profilaktika - bu jinoyat qurboni bo'lish ehtimolini kamaytirishga

qaratilgan ko'p qirrali va kompleks chora-tadbirlar tizimidan iborat. Voyaga

yetmaganlar provokativ viktimligining oldini olish bo'yicha quyidagi kompleks

viktimologik profilaktika choralari taklif etiladi:

1.

Umumiy viktimologik profilaktika

- voyaga yetmaganlar o'rtasida

huquqiy savodxonlikni oshirish, ommaviy axborot vositalari orqali ma'rifiy tadbirlarni

kuchaytirish, viktimlik holatlari to'g'risida axborot kampaniyalarini tashkil etish.

2.

Guruhiy viktimologik profilaktika

- xavf guruhiga mansub voyaga

yetmaganlar bilan maxsus ishlash, ularga psixologik yordam ko'rsatish, maxsus trening

va dasturlarni ishlab chiqish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

217

3.

Individual viktimologik profilaktika

- har bir voyaga yetmagan bilan

yakka tartibda ishlash, individual profilaktika dasturlarini ishlab chiqish,

psixodiagnostika va psixokorrektsiya.

Voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining oldini olishda ijtimoiy-

psixologik choralar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu choralar quyidagilarni o'z ichiga

oladi:

1.

Psixologik maslahat xizmatlari

- voyaga yetmaganlarga psixologik

yordam ko'rsatish, ularda ijobiy xulq-atvor ko'nikmalarini shakllantirish, stress va

konfliktlarni boshqarish ko'nikmalarini rivojlantirish.

2.

Ijtimoiy moslashuv dasturlari

- risk guruhiga mansub voyaga

yetmaganlarni ijtimoiy hayotga moslashtirishga qaratilgan maxsus dasturlar, ijtimoiy

ko'nikmalarni rivojlantirish treninglari.

3.

Oilaviy maslahat dasturlari

- ota-onalar uchun maslahatlar, oilaviy

munosabatlarni yaxshilash choralari, otalar va onalarning tarbiya jarayonidagi rolini

kuchaytirish.

Voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining oldini olish uchun huquqiy

choralar quyidagi kompleks tadbirlarni o'z ichiga oladi:

1.

Qonunchilik bazasini takomillashtirish

- voyaga yetmaganlarning

huquqlarini himoya qilishga

qaratilgan qonunchilikni mukammallashtirish,

viktimologik ta'limni qonunchilik darajasida joriy etish.

2.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini kuchaytirish

-

voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo'yicha maxsus bo'linmalar faoliyatini

takomillashtirish, profilaktika inspektorlarini maxsus tayyorlash.

3.

Javobgarlikni kuchaytirish

- voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar

uchun javobgarlikni kuchaytirish, jazo tayinlashda jinoyat qurbonining provokativ

xulq-atvorini baholash mexanizmlarini takomillashtirish.

Ta'lim tizimi voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining oldini olishda

muhim rol o'ynaydi. Ta'lim muassasalarida viktimologik bilimlarni integratsiya qilish

bo'yicha quyidagi kompleks choralar taklif etiladi:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

218

1.

Viktimologik tarbiya tizimini yaratish

– maktablarda maxsus "Xavfsiz

xulq-atvor asoslari" kursini joriy etish. Bu kurs o'quvchilarni 4-ta asosiy komponentga

asoslangan bo'lishi mumkin:

o

Xavfsiz xulq-atvor ko'nikmalari;

o

Provokativ viktimlikdan saqlanish;

o

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik;

o

O'z-o'zini himoya qilish va yordam so'rash ko'nikmalari.

2.

Maktab o'quv dasturlariga viktimologik komponentni integratsiya

qilish

– mavjud fanlar doirasida viktimologik bilimlarni o'rgatish:

o

Huquq asoslari fanida viktimologiya bo'limini joriy etish;

o

Informatika fanida internet xavfsizligi mavzularini kuchaytirish;

o

Biologiya va sog'lom turmush tarzi darslarida provokativ xulq-atvorning

salbiy oqibatlari haqida ma'lumot berish;

o

Adabiyot darslarida adabiy asarlar tahlili jarayonida provokativ xulq-

atvor va uning oqibatlarini muhokama qilish.

3.

Maktab psixologik xizmatini kuchaytirish

:

o

Har bir maktabda professional psixologlar faoliyatini yo'lga qo'yish;

o

Psixologlarni viktimologiya sohasida maxsus tayyorlash;

o

Xavf guruhiga kiruvchi o'quvchilar bilan individual ishlash tizimini

yaratish;

o

Psixologik diagnostika va korrektsiya usullarini takomillashtirish.

o

XALQARO TAJRIBA VA UNING O'ZBEKISTON SHAROITIDA

QO'LLANILISHI

Rivojlangan mamlakatlarda voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining

oldini olish bo'yicha qator samarali va innovatsion dasturlar ishlab chiqilgan va

amaliyotga joriy etilgan:

1.

AQSh tajribasi

- "Bullying Prevention Program" dasturi orqali

maktablarda zo'ravonlikni kamaytirish va voyaga yetmaganlar o'rtasida ijobiy muloqot


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

219

ko'nikmalarini shakllantirish, "Safe Schools Initiative" loyihasi orqali ta'lim

muassasalarida xavfsiz va qulay muhitni yaratish.

2.

Germaniya tajribasi

- "FAUSTLOS" dasturi orqali voyaga

yetmaganlarda nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish ko'nikmalarini shakllantirish,

huquqiy ta'limni joriy etish orqali viktimlikni kamaytirish.

3.

Yaponiya tajribasi

- "School Counseling System" dasturi orqali har bir

maktabda professional psixologlar xizmatini joriy etish, oila va maktab hamkorligini

mustahkamlash orqali provokativ viktimlikni oldini olish.

4.

Shvetsiya tajribasi

- "Family Support Program" orqali risk guruhiga

mansub oilalarga yordam ko'rsatish, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish

bo'yicha ombudsman institutini joriy etish.

O'zbekiston sharoitida rivojlangan mamlakatlar tajribasini qo'llash quyidagi

ustuvor yo'nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:

1.

Ta'lim muassasalarida psixologik xizmatni takomillashtirish

- har bir

maktabda professional psixologlar faoliyatini kuchaytirish, ularni zamonaviy metodika

va texnikalar bilan ta'minlash, maktab psixologlari va ijtimoiy pedagoglarning

malakasini oshirish.

2.

Oila va mahallalarda profilaktika ishlarini kuchaytirish

- mahalla

faollari, ota-onalar va voyaga yetmaganlar uchun maxsus o'quv dasturlarini joriy etish,

"Oila maktabi" loyihasini kengaytirish, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlarining

rolini kuchaytirish.

3.

Huquqiy savodxonlikni oshirish

- voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqiy

ta'limni kuchaytirish, maktab dasturlariga viktimologik ta'lim elementlarini kiritish,

huquqiy madaniyatni tarbiyalash.

4.

Psixologik-ijtimoiy dasturlarni joriy etish

- xavf guruhiga mansub

voyaga yetmaganlar uchun maxsus psixologik-ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish,

nizolarni hal qilish ko'nikmalarini shakllantirish, stress va xavfli vaziyatlarni

boshqarish treninglarini o'tkazish.

VOYAGA YETMAGANLAR PROVOKATIV VIKTIMLIGINING

JAMIYATGA ZARARI VA KELAJAK PROGNOZI


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

220

Voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining jamiyatga ko'p qirrali salbiy

ta'siri mavjud bo'lib, bu quyidagilarda namoyon bo'ladi:

1.

Ijtimoiy zarar

- voyaga yetmaganlarning to'laqonli ijtimoiylashuvi

jarayoniga to'sqinlik, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikka salbiy ta'sir, yoshlar o'rtasida

deviant xulq-atvor modellarining tarqalishi.

2.

Iqtisodiy zarar

- viktimlik holatlarini bartaraf etish uchun sarflanadigan

davlat mablag'lari, provokativ viktimlik natijasida jinoyat qurboni bo'lgan voyaga

yetmaganlarni davolash, reabilitatsiya qilish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar

xarajatlari.

3.

Psixologik zarar

- voyaga yetmaganlarda psixologik travma, depressiya,

o'z joniga qasd qilish xavfi, psixosomatik kasalliklar, ruhiy rivojlanishdagi

muammolar.

4.

Demografik zarar

- voyaga yetmaganlarning jismoniy va ruhiy

sog'lig'iga salbiy ta'sir, millat genofondiga zarar, demografik ko'rsatkichlarga salbiy

ta'sir.

Voyaga yetmaganlar provokativ viktimligini oldini olishga qaratilgan

kompleks chora-tadbirlar ko'rilmasa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:

1.

Jinoyatchilik darajasining oshishi

- voyaga yetmaganlarga qarshi

jinoyatlar sonining ko'payishi, ularning og'irlashishi, latent jinoyatchilik darajasining

ortishi.

2.

Yoshlar o'rtasida deviant xulq-atvorning kuchayishi

- giyohvandlik,

alkogolizm, axloqsizlik kabi hodisalarning keng tarqalishi.

3.

Jamiyatda zo'ravonlik darajasining oshishi

- yoshlar o'rtasida

zo'ravonlik va tajovuzkorlik darajasining ortishi, bulling va kiber-bulling

hodisalarining kuchayishi.

4.

Voyaga yetmaganlarning psixofizik rivojlanishiga salbiy ta'sir

-

yoshlar o'rtasida psixologik muammolarning ko'payishi, virtualizatsiya jarayonining

kuchayishi, realliq bilan virtual dunyo o'rtasidagi chegara yo'qolishi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

221

Shu sabali, viktimologik profilaktikaning ilg'or xalqaro tajribalarini milliy

xususiyatlarni hisobga olgan holda joriy etish, huquqiy savodxonlikni oshirish, oila

instituti rolini kuchaytirish, maktablarda psixologik xizmatni takomillashtirish va

boshqa kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi.

XULOSA

Voyaga yetmaganlar provokativ viktimligini o'rganish bo'yicha olib borilgan

kompleks tadqiqot natijasida quyidagi ilmiy asoslangan xulosalarga kelindi:

1.

Provokativ viktimlik - bu qurbonning o'z xulq-atvori orqali jinoyat sodir

etilishiga yordam beruvchi yoki uni yengillashtiruvchi murakkab ijtimoiy-huquqiy

holatdir. Voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining o'ziga xos xususiyatlari

ularning yosh, psixologik va ijtimoiy xususiyatlari bilan bevosita belgilanadi.

2.

Voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining asosiy sabablari

psixologik, ijtimoiy-madaniy va huquqiy omillar bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ular

kompleks yondashuvni va ko'p qirrali strategiyani talab qiladi.

3.

Zamonaviy axborot texnologiyalari kontekstida voyaga yetmaganlar

provokativ viktimligining yangi shakllari paydo bo'lmoqda. Internet muhitida

provokativ xulq-atvor elementlari aniqlangan holatlar sezilarli qismni tashkil etib, bu

zamonaviy jamiyatda raqamli xavfsizlik masalalariga alohida e'tibor qaratish zaruratini

ko'rsatadi.

4.

Voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining oldini olish uchun

viktimologik profilaktika, ijtimoiy-psixologik va huquqiy choralarni o'z ichiga olgan

kompleks yondashuvni kuchaytirish zarur. Ta'lim muassasalarida viktimologik

bilimlarni maktab o'quv dasturlariga integratsiya qilish orqali provokativ viktimlik

darajasini sezilarli kamaytirish mumkin.

5.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasini O'zbekiston sharoitida qo'llash orqali

voyaga yetmaganlar provokativ viktimligini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.

6.

Voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining jamiyatga zarari juda katta

bo'lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va demografik zararlarni o'z ichiga oladi.

Tadqiqot natijalariga asoslanib, quyidagi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

222

1.

O'zbekiston

Respublikasining

"Voyaga

yetmaganlar

o‘rtasida

nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonuniga voyaga

yetmaganlar provokativ viktimligining oldini olish bo'yicha maxsus normalarni

kiritish.

2.

Ta'lim muassasalarida viktimologik profilaktika dasturlarini joriy etish va

ularni muntazam ravishda yangilab borish, maktab psixologlari va ijtimoiy

pedagoglarning malakasini oshirish.

3.

Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish uchun

maxsus o'quv dasturlarini ishlab chiqish, "Huquqiy savodxonlik" kursini maktab

dasturiga kiritish, internet xavfsizligi bo'yicha maxsus trening dasturlarini ishlab

chiqish.

4.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini voyaga yetmaganlar

provokativ viktimligini aniqlash va unga qarshi kurashish bo'yicha maxsus tayyorlash,

ushbu yo'nalishda mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

5.

Xavf guruhiga mansub voyaga yetmaganlar uchun individual psixologik-

ijtimoiy yordam dasturlarini ishlab chiqish, ularga muntazam ravishda psixologik

maslahatlar berish.

6.

Ota-onalar va pedagoglar uchun voyaga yetmaganlar provokativ

viktimligining oldini olish bo'yicha maxsus qo'llanmalar va treninglar ishlab chiqish,

oila institutining rolini kuchaytirish.

7.

Raqamli kontekstda voyaga yetmaganlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha

maxsus dasturlar ishlab chiqish, internet xavfsizligi bo'yicha savodxonlikni oshirish,

"Xavfsiz internet" platformasini yaratish va rivojlantirish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1.

Von Hentig H. The Criminal and His Victim: Studies in the Sociology of Crime.

-- New Haven: Yale University Press, 1948. -- P. 303-312.

2.

Mendelsohn B. The Origin of the Doctrine of Victimology // Excerpta

Criminologica. -- 1963. -- Vol. 3. -- P. 95-104.

3.

Rustambayev M. Niyozova S. Viktimologiya: Darslik. -- Toshkent: TDYU,

2021..


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

223

4.

O'zbekiston Respublikasining "Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va

huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonuni. 2010 yil 29 sentyabr. //

O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2010 yil, №39, 341-modda.

5.

O'zbekiston Respublikasining "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi

Qonuni. 2008 yil 7 yanvar. // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2008

yil, №1-2, 1-modda.

6.

BMT, "Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya", 1989 yil.