MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
192
MOBIL ILOVALAR ORQALI MASOFAVIY TA’LIMNI
RIVOJLANTIRISH
Rustamov Hakim
Buxoro davlat pedagogika instituti, matematika va informatika kafedrasi
dotsenti, pedagogika fanlari falsafa doktori
Shodiyeva Muborak
Osiyo Xalqaro universiteti, umumtexnik fanlar kafedrasi,
I bosqich magistranti
Qahhorova Maftuna
Buxoro davlat pedagogika instituti, matematika va informatika kafedrasi
o’qituvchi
Annotatsiya: Masofaviy ta’lim so‘nggi yillarda butun dunyoda keng
tarqalgan ta’lim shakllaridan biriga aylanib borayotganligi e’tirof etilib, mobil
ilovalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etayotganligi ta’lim sifatini oshirish,
o‘quv jarayonini interaktiv qilish hamda o‘quvchilarga qulaylik yaratish imkonini
berayotganligi ta’kidlanmoqda. Mobil texnologiyalar ta’lim jarayoniga innovatsion
yondashuvlarni joriy etish bilan birga, o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligini
oshirishga ham xizmat qilmoqda. Masofaviy ta’lim jarayonida o‘quv materiallarini
yetkazish, bilimlarni mustahkamlash va baholash jarayonini avtomatlashtirishda
mobil ilovalar muhim rol o‘ynamoqda.
Mobil ilovalar orqali masofaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarga istalgan joy va
vaqtda ta’lim olish imkonini berish natijasida, nafaqat an’anaviy darslarni raqamli
muhitga moslashtirish, balki o‘qitish jarayonini butunlay yangi darajaga olib chiqish
imkoniyatini taqdim etmoqda. Masofaviy ta’limning asosiy afzalliklari sifatida
o‘quvchilarning
mustaqil
o‘rganish
imkoniyati,
ta’lim
jarayonining
moslashuvchanligi va joy hamda vaqt bo‘yicha cheklovlarning kamayishi qayd etiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarga o‘z tezligida o‘rganish imkonini berishi va individual
yondashuvni ta’minlashi ham uning muhim jihatlaridandir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
193
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida mobil texnologiyalarning roli, ularning
afzallik va kamchiliklari hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari batafsil tahlil
qilinadi.
Kalit so‘zlar: masofaviy ta’lim, mobil ilovalar, onlayn o‘qitish, raqamli
texnologiyalar, innovatsiya, ta’lim sifati, internet, interaktiv o‘qitish, zamonaviy
ta’lim, platformalar.
Аннотация: Признано, что дистанционное обучение стало одной из
самых распространенных форм образования во всем мире в последние годы, и
подчеркивается, что все большую значимость приобретает использование
мобильных приложений, позволяющих повысить качество образования, сделать
процесс обучения интерактивным и создать удобства для обучающихся.
Мобильные технологии привносят инновационные подходы в образовательный
процесс, а также помогают повысить эффективность обучения студентов.
Мобильные приложения играют важную роль в предоставлении учебных
материалов, закреплении знаний и автоматизации процесса оценки в
дистанционном обучении.
Система дистанционного обучения с помощью мобильных приложений,
позволяющая учащимся учиться в любом месте и в любое время, дает
возможность не только адаптировать традиционные уроки к цифровой среде,
но и вывести процесс обучения на совершенно новый уровень. Основными
преимуществами
дистанционного
обучения
являются
возможность
самостоятельного обучения студентов, гибкость образовательного процесса,
снижение ограничений по месту и времени. Другим важным аспектом является
то, что он позволяет студентам учиться в своем собственном темпе и
обеспечивает индивидуальный подход.
В статье дается подробный анализ роли мобильных технологий в
образовательном процессе, их преимуществ и недостатков, а также
направлений дальнейшего развития.
Abstract: It is recognized that distance learning has become one of the most
widespread forms of education in recent years, and it is emphasized that the use of
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
194
mobile applications is gaining importance, allowing to improve the quality of
education, make the learning process interactive and create convenience for students.
Mobile technologies, along with introducing innovative approaches to the educational
process, also serve to increase the efficiency of students' learning. Mobile applications
play an important role in delivering educational materials, consolidating knowledge
and automating the assessment process in the process of distance learning.
The distance learning system through mobile applications, as a result of which
students can receive education at any place and time, not only adapts traditional
lessons to the digital environment, but also provides an opportunity to take the learning
process to a completely new level. The main advantages of distance learning are the
ability of students to learn independently, the flexibility of the educational process, and
the reduction of restrictions on place and time. It also allows students to learn at their
own pace and provides an individual approach.
This article provides a detailed analysis of the role of mobile technologies in
the educational process, their advantages and disadvantages, and future development
directions.
Keywords: distance learning, mobile applications, online learning, digital
technologies, innovation, quality of education, internet, interactive learning, modern
education, platforms.
So‘nggi yillarda axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida ta’lim
sohasi ham sezilarli darajada ijobiy o‘zgarishlarga duch kelmoqda. An’anaviy ta’lim
shakllaridan tashqari, masofaviy ta’lim tobora ommalashib, turli darajadagi
o‘quvchilarga zamonaviy bilim olish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Masofaviy
ta’lim texnologiyalari yordamida ta’lim oluvchilar istalgan joydan bilim olishlari,
ta’lim jarayonida faol ishtirok etishlari va o‘zlashtirish samaradorligini oshirishlari
mumkin[2].
Masofaviy ta’limning rivojlanishida mobil texnologiyalarning roli va o’rni
beqiyos bo’lib, asosan smartfon va planshetlar orqali ta’lim olish osonlashib bormoqda.
Ushbu qurilmalar yordamida o‘quvchilar onlayn darslarga qatnashish, interfaol
topshiriqlar bajarish va elektron ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniga ega
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
195
bo‘lmoqdalar. Shu sababli, mobil ilovalar orqali ta’lim olish texnologik yutuqlarning
eng samarali yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi bilan birga mobil ilovalar ta'lim tizimida
muhim oʻrin egallab bormoqda. Ushbu ilovalar nafaqat an'anaviy ta'lim usullarini
takomillashtirishda, balki yangi metodik yondashuvlarni joriy etishda ham asosiy
vosita sifatida xizmat qilmoqda[4].
Mobil ilovalarning ta'limga keltirgan asosiy innovatsiyalar va afzalliklarini
quyidagicha keng ko'lamda ko'rib chiqish mumkin:
Mobil ilovalarning eng muhim jihatlaridan biri – bu band odamlar va uzoq
hududlarda yashovchi talabalar uchun ta'lim olish imkoniyatini yaratishi. Masalan, ish
joyida qat'iy grafikda ishlaydigan shaxslar, shuningdek, qishloq yoki chekka
hududlarda yashovchi o'quvchilar uchun mobil ilovalar orqali darslarni istalgan vaqtda
o'tish, materiallarni ko'rib chiqish va topshiriqlarni bajarish imkoniyati mavjud. Bu esa
ta'limni demokratizatsiya qilishga, ya'ni har qanday ijtimoiy tabaqadagi odamlar uchun
bilim olishni qulaylashtirishga xizmat qiladi.
Mobil ilovalar orqali ta'lim jarayoni faolroq, qiziqarli va samaraliroq bo’lishi
natijasida ta’lim samaradorligi ta’minlanadi. Masalan: Videodarslar, animatsion
tushuntirishlar, interaktiv testlar va virtual laboratoriyalar o'quvchilarning bilimlarni
yaxshiroq o'zlashtirishiga yordam beradi. Bundan tashqari, avtomatik baholash
tizimlari orqali o'quvchilar o'z bilim darajasini tezda aniqlashlari va zaif tomonlarini
bartaraf etishlari mumkin[2].
Har bir insonning bilim olish tezligi va uslubi har xil bo'ladi. Mobil ilovalar
shaxsiy ehtiyojlarga moslashuvchan ta'limni ta'minlash imkoniyatini beradi.
O'quvchilar o'zlariga qulay bo'lgan tempda darslarni o'tishlari, kerakli mavzularga
ko'proq vaqt ajratishlari yoki tushunmovchiliklarga duch kelgan paytda qayta ko'rib
chiqishlari mumkin. Bu esa an'anaviy sinf darslarida mavjud bo'lmagan individual
yondashuvni amalga oshiradi[5].
Mobil ilovalar yordamida o'qituvchilar o'quvchilarning bilim darajasini va
darslarda qatnashishini avtomatik ravishda kuzatishlari ham ta’lim samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi. Misol uchun, topshiriqlarni topshirish muddatlari, testlardagi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
196
natijalar, faollik darajasi kabi ko'rsatkichlar asosida har bir talabaning rivojlanishini
tahlil qilish mumkin. Bu esa pedagoglarga har bir o'quvchi bilan alohida ishlash
imkoniyatini beradi.
Mobil ilovalar orqali o'qituvchilar va o'quvchilar videoaloqa platformalari
(Zoom, Google Meet, Microsoft Teams) yordamida real vaqt rejimida dars o'tishlari
mumkin. Bu an'anaviy sinf muhitini virtual shaklda takrorlash imkoniyatini beradi.
Darsliklar, maqolalar, ilmiy ishlar va multimedia materiallari mobil ilovalarga
yuklangan holda, o'quvchilar ularga istalgan vaqtda kirishlari mumkin. Bu xususiyat
ayniqsa kitoblar va qo'llanmalarga kirish imkoniyati cheklangan hududlarda
yashovchilar uchun foydalidir[3].
Mobil ilovalarda testlar, viktorinalar va interaktiv savollar orqali
o'quvchilarning bilim darajasi muntazam ravishda tekshirilishi ta’lim sifatini va
ta’labalar ma’sulyatini oshiradi. Ba'zi ilovalarda sun'iy intellekt yordamida javoblarni
tahlil qilish va individual tavsiyalar berish imkoniyati talabalarni yanada ko’proq
mustaqil mustaqil ishlashga undaydi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, mobil ilovalar ta'lim sohasida yangi
imkoniyatlar ochib, bilim olishni qulay, samarali va qiziqarli qilmoqda. Biroq, internet
infratuzilmasini yaxshilash, sifatli elektron resurslar ishlab chiqish va o'quvchilarning
mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarini oshirish kabi muammolar hal etilishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Abdurahmonov, A., & Xolmirzayev, B. Mobil ta’lim ilovalarining rivojlanish
tendensiyalari. Zamonaviy Ta’lim Texnologiyalari, . 2023. 12(4), 45-58.
2.Karimov, S., & Yusupova, M. Masofaviy ta’limda gamifikatsiyaning
o‘rni. Pedagogika va Innovatsiyalar, 2022. 7(2), 112-125.
3.Smith, J., & Brown, L. The Impact of Mobile Learning Apps on Student
Engagement. Journal
of
Educational
Technology,
2021.
39(3),
78-92.
4.To‘xtayeva, N., & Qodirov, F. O‘zbekistonda raqamli ta’limni rivojlantirish:
muammolar va yechimlar. Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali, 2020. 15(1), 34-47.
5.UNESCO..
Global
Trends
in
Digital
Education:
Policy
Recommendations. Education Technology Reports, 2023. 5(1), 1-20.