Authors

  • Xamidova Maxbuba Kaharovna
  • Ermatova Marjonaxon Dilshodjon qizi

Author Biographies

  • Xamidova Maxbuba Kaharovna

    Fargʻona davlat universiteti,

    rus tili metodikasi oʻqituvchisi

  • Ermatova Marjonaxon Dilshodjon qizi

    Fargʻona davlat universiteti, chet tillari fakulteti, filologiya va tillarni

    oʻqitish: ingliz tili yoʻnalishi 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117794

Keywords:

tarjima frazeologizm maqollar semantik birlik funksional birlik ekvivalentlik kontekst madaniyat urf-odatlar.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbekcha-ruscha va ruscha-o‘zbekcha tarjimalarda frazeologik birliklar — iboralar, maqollar, semantik va funksional birliklar — tarjimasida uchraydigan muammolar tahlil qilinadi. Muammolarning asosiy sabablari, ularning turlari va bu muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladigan samarali tarjima strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot nazariy mulohazalar bilan birga, amaliy misollar bilan boyitilgan. Maqolaning asosiy maqsadi — tarjimada yo‘l qo‘yiladigan xatolarni aniqlash va tarjimonlar uchun amaliy yondashuvlar taklif etishdan iborat.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

127

IBORALAR VA MAQOLLAR TARJIMASIDA YUZAGA

KELADIGAN MUAMMOLAR

Fargʻona davlat universiteti,

rus tili metodikasi oʻqituvchisi

Xamidova Maxbuba Kaharovna

Fargʻona davlat universiteti, chet tillari fakulteti, filologiya va tillarni

oʻqitish: ingliz tili yoʻnalishi 1-bosqich talabasi

Ermatova Marjonaxon Dilshodjon qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbekcha-ruscha va ruscha-o‘zbekcha

tarjimalarda frazeologik birliklar — iboralar, maqollar, semantik va funksional

birliklar — tarjimasida uchraydigan muammolar tahlil qilinadi. Muammolarning

asosiy sabablari, ularning turlari va bu muammolarni bartaraf etishga xizmat

qiladigan samarali tarjima strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot nazariy

mulohazalar bilan birga, amaliy misollar bilan boyitilgan. Maqolaning asosiy maqsadi

— tarjimada yo‘l qo‘yiladigan xatolarni aniqlash va tarjimonlar uchun amaliy

yondashuvlar taklif etishdan iborat.

Аннотация: В статье анализируются проблемы, возникающие при

переводе фразеологических единиц с узбекского языка на русский и наоборот.

Рассматриваются причины возникновения этих трудностей, их типология, а

также переводческие стратегии, способствующие их преодолению.

Исследование опирается как на теоретические положения, так и на

практические примеры. Основная цель статьи — выявить распространённые

ошибки при переводе и предложить полезные подходы для переводчиков.

Annotation: This article analyzes the challenges encountered in translating

phraseological units between Uzbek and Russian languages. It explores the underlying

causes and classifications of these challenges, along with translation strategies that

can help overcome them. The study combines theoretical insights with practical


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

128

examples. The main objective is to identify typical mistakes in translation and to

suggest useful methods for translators.

Kalit so‘zlar: tarjima, frazeologizm, maqollar, semantik birlik, funksional

birlik, ekvivalentlik, kontekst, madaniyat, urf-odatlar.

Ключевые слова: перевод, фразеологизмы, пословицы, семантические и

функциональные единицы, эквивалентность, контекст, культура, обычаи.

Key words: translation, phraseologisms, proverbs, semantic and functional

units, equivalence, context, culture, customs.

KIRISH

Har bir xalqning til boyligi, avvalo, uning frazeologik birliklari — iboralar,

maqollar va matallar orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu birliklar xalq tafakkuri, urf-

odatlari va madaniyatining yorqin ifodasi bo‘lib, ularni tarjima qilish oddiy lug‘aviy

ekvivalentlardan ko‘ra murakkabroq jarayonni taqozo etadi. Frazeologik birliklarning

tuzilishi va semantikasi tilga xos madaniy kontekstga bog‘liq bo‘lib, bevosita so‘zma-

so‘z tarjima semantik buzilishlarga, konnotatsiya yo‘qolishiga yoki mazmuniy

xatolarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, o‘zbekcha-ruscha til juftligida ko‘plab ibora

va maqollar o‘zbek tilida to‘liq ekvivalentga ega emas yoki ma’nosi mos keluvchi

frazeologizm topilmaganda noto‘g‘ri talqin qilinadi.

Bu maqolada o‘zbek tilidan rus tiliga frazeologik birliklar — iboralar va

maqollar — tarjimasida duch kelinadigan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Asosiy

e’tibor birliklarning o‘ziga xosliklari, tarjimada yuzaga keladigan qiyinchiliklar hamda

ularni engish strategiyalariga qaratiladi. Amaliy misollar yordamida tavsiya

etilayotgan yondashuvlar tarjimonlarga amaliy yordam beradi.

Frazeologik birliklar — idiomatik soz birikmalari, ya’ni leksik tarkibi va

grammatik tuzilishi o‘zgarmaydigan, ma’nosi esa so‘zlarning yuzaki ma’nosidan kelib

chiqmaydigan ibora va maqollarni anglatadi. Lala Masimova so‘zicha, ushbu birliklar

o‘zaro bog‘langan elementlar majmuasi bo‘lib, ularning ma’nosi butun birlikning

obrazli ta’siridan kelib chiqadi. Bakanning ta’kidlashicha, frazeologizmlarni tarjima

qilishda “non-equivalence” — ya’ni ekvivalentlikning yo‘qligi muammosi markaziy

o‘rin tutadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

129

Frazeologik birliklarni tasniflashda odatda quyidagi guruhlar ajratiladi:

To‘liq ekvivalentga ega bo‘lgan birliklar (masalan, “O‘t o‘chmasdan tutun

chiqmaydi” → “Нет дыма без огня”). Qisman ekvivalentli birliklar, ya’ni tarkib va

ma’noda farq bo‘lishi mumkin, lekin asosiy ma’nosi uzatiladi. Ekvivalent yo‘q bo‘lgan

birliklar, ularni tavsifiy yoki izohli tarjima qilishga to‘g‘ri keladi.

Tarjima jarayonidagi asosiy muammolar

Semantik buzilish va so‘zma-so‘z tarjima: So‘zma-so‘z tarjima frazeologik

birlikning obrazli ma’nosini yo‘qotadi. Masalan, “Ko‘z tegmasin” iborasini “не

попади в глаз” tarzda so‘zma-so‘z tarjima qilish noto‘g‘ri, chunki ruschada ma’nosi

“не сглазь” boʻlib, u madaniy-konnotativ mazmunni saqlaydi.

Madaniy kontekstning ahamiyati: Frazeologizmlar ko‘pincha madaniy an’ana

va urf-odatlarga asoslanadi. “Qo‘shning tinch – sen tinch” maqoliga rus tilida

“Хороший сосед – залог спокойной жизни” kabi kontekstual ekvivalent tanlanadi.

Tipologik turli-tumanlik: Vinay va Darbelne tahliliga ko‘ra, tarjimonlar bir xil

frazeologik birlik uchun turlicha strategiya tanlaydi — bu birlikning tipologiyasiga

(fusion, semi-free, free) bog‘liq.

Tarjima strategiyalari

Qiyosiy adabiyotlarga asoslana turib, frazeologizmlarni tarjima qilishda

quyidagi fundament strategiyalar foydalanadi: So‘zma-so‘z (literal) tarjima: faqat

boshqaruvchi so‘z va sintaksisni o‘zgarmasdan o‘tkazadi. Ko‘pincha frazeologik

birliklar uchun yaroqsiz. Kalka (calque): manba tildagi frazeologizmni tuzilishini

asosan saqlagan holda nishon tilda yaratish. Masalan, inglizcha “burn one’s bridges”

→ ruscha “сжечь мосты”. Modulyatsiya (modulation): manba tildagi nuqtai nazarni

o‘zgartirib, mos ma’noni saqlash. Masalan, “Ko‘z ochib yumguncha” → “в мгновение

ока”. Ekvivalensiya (equivalence): frazeologizmlarning madaniy muvofiq

ekvivalentlarini qo‘llash. “O‘chmas diniya” ruschada “Нет дыма без огня”.

Adaptatsiya (adaptation): so‘zlar turli madaniyatlarga mos ravishda almashtiriladi.

“Yelpaga tik qaradi” → “он смело посмотрел ему в глаза”

Semantik tarjima: ma’nolarni iloji boricha butunlay uzatish, tildagi strukturaviy

o‘zgarishlarni qisman chetga surish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

130

Kommunikativ tarjima: matnning umumiy ohangini va auditoriyaga

etkaziladigan obrazni saqlashga ustunlik beradi.

Frazeologik birliklarni tarjima qilish jarayonida ularning tuzilishi va

mazmunini solishtirish orqali funksional va semantik mustaqil birliklar tanlab olinadi.

Bu prinsiplar til elementlarini o‘xshashlik va mos kelish orqali ifoda qilinadi. Ushbu

birliklarning tuzilishi va ma‘nosi mos kelishi mumkin yoki moslashishda ayrim

kamchiliklar orqali taqdim etiladi. Frazeologik birliklarning tuzilishi va mazmuni

jihatidan to‘liq mos bo‘lishi kam kuzatiladi. Iboralar va maqollar tilning bevosita

tarjima qilinmaydigan unsurlaridan hisoblanadi. Chunki ularning ma’nosi ko‘pincha

so‘zlarning yuzaki mazmunidan emas, balki butun birlikning obrazli, ko‘chma

ma’nosidan kelib chiqadi. Masalan, o‘zbek tilidagi “Ko‘z tegmasin” iborasi rus tiliga

“не сглазь” tarzida tarjima qilinadi. Agar uni so‘zma-so‘z tarjima qilsak (не попади в

глаз), u kulgili va noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Ko‘plab tarjimonlar iboralarni

tushunmasdan so‘zma-so‘z tarjima qilishga urinadilar, bu esa ma’no buzilishiga olib

keladi. Masalan:

"Yelkasiga yuk tushdi" – на его плечо упала ноша (noto‘g‘ri), to‘g‘risi

– он взял на себя ответственность.

"Yuziga tik qaradi" – он смотрел прямо в лицо emas, balki он смело

посмотрел ему в глаза.

Bu misollar so‘zma-so‘z yondashuv frazeologizmlarning haqiqiy ma’nosini

bera olmasligini ko‘rsatadi. O‘zbek tilidagi ba’zi iboralar va maqollar rus tilida

ekvivalentga ega emas, chunki ular muayyan milliy an’analar, urf-odatlar yoki tarixiy

tajribalar bilan bog‘liq. Misol uchun:

"Qo‘shning tinch – sen tinch" – rus tilida bu kabi fikr “Хороший сосед –

залог спокойной жизни” tarzida kontekstual tarzda berilishi mumkin.

"O‘t o‘chmasdan tutun chiqmaydi" – нет дыма без огня – bu yerda

ekvivalent to‘g‘ri topilgan.

Biroq, ba’zi maqollar faqat tavsifli yoki izohli tarjima orqali ifodalanadi.

Iboralar va maqollarni tarjima qilishda to‘g‘ri ekvivalentni topish muhim. Agar to‘g‘ri


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

131

ekvivalent topilmasa, ibora ma’nosi rus tilidagi mavjud frazeologizm bilan

almashtiriladi. Masalan:

“Ko‘z ochib yumguncha” – “в мгновение ока”.

Tarjima jarayonida tavsifli tarjima usulidan ham foydalanishimiz mumkin. Bu

usulda agar ekvivalent mavjud bo‘lmasa, ibora ma’nosi bayon qilinadi. Masalan:

“Tili achchiq” – “он говорит резкие слова”.

“Yeyish uchun yashama, Yashsash uchun ye” – “Ешь просто –

проживёшь лет до ста”

Yana bir usullardan biri bu - izohli tarjima hisoblanadi. Bunda ibora asl holicha

qoldiriladi, izoh esa matn chetida yoki izohlar ro‘yxatida beriladi.

Matn ichida uchragan ayni bir maqol yoki matalni, idioma yoki so‘z o‘yinini

bit nechta tarjimon har xil tarjima qiladi. To‘g‘ri, ularning tarjimalari bir-biriga

o‘xshashi ham mumkin. Lekin ko‘pincha ular ma’lum darajada bir-biridan tafovut

qiladi. Buning sababi shuki, bir tarjimon ko‘chma ma’noli birikmani uning obrazli

asosini saqlagan holda tarjima qilishni ma’qul ko‘rsa, boshqasi uning o‘z tilida mavjud

muqobil varianti bilan berishni lozim topadi, yana boshqasi esa uni o‘zicha o‘ng‘ay

deb hisoblagan boshqa bir yo‘l bilan ag‘daradi.

1

Tarjimon nafaqat tilni, balki xalqning mentaliteti va madaniyatini ham yaxshi

bilishi lozim. Iboralarni to‘g‘ri talqin qilish — tarjimonning madaniy sezgirligi,

tajribasi va tafakkuriga bog‘liq. Har bir iborani tarjima qilishda kontekst, matn janri va

maqsadli auditoriya inobatga olinishi zarur.

Ushbu maqolada o‘zbekcha–ruscha frazeologik birliklarni tarjima qilishda

duch kelinadigan asosiy to‘siqlar va ularni yengish usullari tahlil qilindi. Tadqiqot

shuni ko‘rsatdiki, frazeologizmlarning semantik hamda madaniy qirralari so‘zma-so‘z

tarjimani qabul qilmaydi, chunki ular ko‘pincha metodologik ekvivalentlikdan ko‘ra

madaniy ekvivalentlikni talab etadi. Qiyosiy va tipologik yondashuvlar orqali iboralar,

maqollar va matallar tarjimasidagi semantik buzilishlar, madaniy kontekstlar mos

kelmasligi va ekvivalent topilmasligi kabi muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish

uchun quyidagi asosiy strategiyalar tavsiya etildi:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

132

1. Madaniy-terminologik moslikni ta’minlash: frazeologizmning kelib chiqish

madaniyati va urf-odatlarini hisobga olib, kerak bo‘lsa, mos madaniy ekvivalent yoki

tavsifiy ifoda tanlash.

2. Semantik tahlil va modulyatsiya: frazeologizmning asosiy obrazli ma’nosini

aniqlab, tarjima tilida shunga mos semantik variantni tanlash yoki nuqtai nazarni

moslashtirish.

3. Izohli va tavsifiy tarjima: bevosita ekvivalent yo‘qligida frazeologizmni asl

holicha qoldirib, izoh qo‘shish yoki matn ichida tavsifli ifodalar orqali ma’noni

to‘liqlash.

4. Kommunikativ yondashuv: matn ohangini, mantiqiy oqimini va maqsadli

auditoriyaning madaniy kontekstini saqlash uchun fleksibil tarjima usullarini qo‘llash.

Yuqorida sanab o‘tilgan strategiyalar nafaqat ibora va maqollar ma’nosini

to‘g‘ri uzatishga, balki tarjima matnining tabiiyligiga, estetik va madaniy qiymatiga

ham hissa qo‘shadi. Shunday ekan, o‘zbek-rus frazeologik birliklar tarjimasida

muvaffaqiyatga erishish uchun tarjimonlar nafaqat lug‘aviy bilimlarni, balki

madaniyatlararo farqlarni chuqur anglash va ijodiy yondashuvni ham o‘zlashtirishi

zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Masimova, L. (2010). “O‘zbek frazeologizmlari lug‘ati”. Toshkent: Sharq.

2.

“O‘zbek tilining iboralar izohli lug‘ati” (2015). Toshkent: Akademiya

nashriyoti.

3.

“Rus tilining frazeologik lug‘ati” (2012). Moskva: Russkiy yazyk.

4.

Abdullaeva, G. (2008). “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”. Toshkent: Fan.

5.

Aliyeva, N. (2012). “Frazeologik birliklarni tarjimada izchillik va aniq

ekvivalent topish masalalari”, “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnal, №3, 112–120-betlar.

6.

Karimov, B. (2015). “Madaniy kontekst va tarjima: o‘zbekcha-ruscha

frazeologizmlar misolida”. Samarqand: “Istiqlol” nashriyoti.

7.

Mirzaev, S. & Isroilova, D. (2017). “Tilshunoslik: Frazeologiya va

tarjimshunoslik”. Andijon: “Kitob maktabi”.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

133

8.

Qodirov, E. (2019). “Frazeologizmlarning semantik tahlili”. Buxoro: “Sharq

yulduzi” nashriyoti.

9.

Rafiqova, M. (2020). “Tarjimada modulyatsiya va adaptatsiya usullari”,

“Xalqaro til tadqiqotlari” jurnal, 2-son, 45–54-betlar.

10.

Sattorov, J. (2018). “Transpozitsiya va sinonimik tarjima yondashuvi”.

Toshkent: “Ilm ziyo”.

Most read articles by the same author(s)