MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
380
YEVROPA MUSIQASIDA IMPRESSIONIZM
Termiz davlat pedagogika instituti, Jismoniy madaniyat va san’at fakulteti, Musiqa
ta`limi yo`nalishi, 3-bosqich talabasi
Shirinoy Xaydarova
Ilmiy rahbar: Raxmatullayev Xumoyun Shafoatovich Termiz davlat pedagogika
instituti, Musiqa madaniyati va mahorati kafedrasi katta o‘qituvchisi, dots.v.b.
Impressionizm G’arbiy Yevropa san’atida XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida
paydo bo’lgan oqim bo’lib avval tasviriy san’atda, keyin esa she’riyat va musiqada
rivojlandi. «Impressionizm» so’zi frantsuzcha bo’lib, «taassurot» degan ma’noni
bildiradi.
Borliqdan, atrof muhitdan olingan taasurotni bir lahzali o’tkinchi lavhalarda,
bir-birini almashtirib turadigan obrazlarda tasvirlashga intilish – bu ijodiy uslubning
asosidir
.
Impressionizm uslubi dastlab frantsuz rassomlari Eduard Mane, Klod Mone,
Ogyust Renuar, Edgar Dega, Kamil Pisarro asarlarida namoyon bo’ldi. Musiqa
san’atida esa impressionizm frantsuz kompozitorlari Klod Debyussi va Moris Ravel
ijodida qaror topdi. Bu kompozitorlar butun hayotiy va ijodiy yo’li davomida doimiy
izlanish, yangi mavzu va syujetlar, yangi musiqa ifoda vositalarini izlab topish bilan
shug’ullandilar.
Impressionist rassomlar va kompozitorlar ijodida umumiy mavzular paydo
bo’ldi. Ular o’z asarlarida turli hayotiy sahnalar va epizodlar, kishilarning portretlari
va ayniqsa peyzajlarni tasvirlashga katta e’tibor berdilar. Shuningdek badiiy uslubda
ham umumiyliklar sezildi. Imperessionist rassomlar ham kompozitorlar ham hodisadan
olingan eng birinchi, ilk taasurotni asarlarida ko’rsatib berishga harakat qilganlar.
Shuning uchun bu ijodkorlar yirik shaklli asarlar emas, asosan kichik shaklli asarlar -
miniatyuralar yaratganlar. Racsomlar yirik kompoziciyalar o’rniga portret va etyudlar
chizganlar. Kompozitorlar esa simfoniya va operalar o’rniga fortepiano va orkestr
ijrosi uchun kichik xajmdagi asarlar yozdilar. Chunki eng dastlabki taasurotni ifodalab
berish uchun yirik asarlar yozish shart emas. Debyussi va Ravel yangi musiqiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
381
obrazlarni ifodalash uchun zarur bo’lgan yangi musiqa ifoda vositalarini qidirib
topdilar. Bunda ular musiqaning rang-barang, go’zal va bejirim bo’lishiga hizmat
qiladigan vositalarga alohida e’tibor berdilar. Lad, garmoniya metr va ritm,
cholg’ulashtirish kabi ifoda vositalarini o’ziga xos va boshqacha bo’lishiga erishdilar.
Kuy (melodiya)ning asosiy ifoda vositasi sifatidagi mavqei pasaydi. Uning o’rniga
kompozitorlar turli ladlar – pentatonika, xalq
musiqasi ladlaridan doriya, frigiya,
miksolidiya va boshqalarni, xususan butun tonli gammani ko’p qo’lladilar. Klassik
garmoniya va akkordlar o’rniga ko’proq tovush brikmalaridan foydalanish ham
impressionistik musiqaga o’ziga xos xususiyat bag’ishladi.
Impressionist kompozitorlar musiqaning programmalilik xususiyatiga katta
e’tibor berdilar. Chunki dastursiz bunday asarlarni tinglovchi tushunishi qiyin.
Debyussi va Ravel o’z ijodida tarixiy, qahramonlik va ijtimoiy mavzularga deyarli
e’tibor bermaganlar. Aytib o’tilganidek musiqiy peyzaj, hayotiy manzaralar va
musiqiy portret ular ijodidagi asosiy mavzulardir. Ertak va afsonalarga ham kam
e’tibor berganlar. Bu kompozitorlar asarlarida insonning tabiiy kechinmalari, ba’zan
dramatik va fojiali, ko’proq quvonchli tomonlari aks ettirilgan. Shuningdek ko’p
asarlar tinglovchiga tabiatning go’zal obrazlari va dunyosini yangidan ochib beradi.
Ifoda vositalarini yangiligi, go’zalligi va o’ziga xosligi buning asosiy sababidir.
Yetuk Impressionizm asarlari yorqinligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi.
Impressionizm xususiyatlari neoimpressionizm va postimpressionizmda taraqqiy etdi.
Amerikada J. Uistler, Germaniyada M. Liberman, L. Korint, Rossiyada K. A. Korovin,
I. E. Grabar va b. ijodi Impressionizm rivojiga hissa boʻlib qoʻshildi. 1880— 1910
y.larda Impressionizm koʻp rassomlar ijodiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Bu vo-qelikni
yangi tomonlarini oʻzlashtirishda, plener usullarini egallashda namoyon boʻldi.
Impressionizm qoidalari haykaltaroshlikda turli darajada oʻz aksini topdi.
Haykaltaroshlardan fransuz O. Roden, italiyalik M. Rosso, rus P. P. Trubetskiy, A.
Golubkina va b. oʻz asarlarida harakatni, harakat paytida shakl oʻzgarishlarini ifoda
etdilar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
382
Impressionist rassomlar ijodi oʻzbek rangtasvir sanʼati rivojida ham oʻz ifodasini
topdi. Oʻzbekistonlik rassomlar L.Bure, O.Tatevosyan, P.Benkov, 3. Kovalevskaya, A.
Mirsoatov va boshqalar ijodida shu taʼsir seziladi.
Musiqada — Impressionizm Fransiya kompozitorlari ijodida 1880—90 yillarda
paydo boʻlgan (K. Debyussi, keyinchalik M. Ravel, P. Dyuka va b.). 20-asr boshidan
Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham tarqalgan (Ispaniyada M.de Falya, Italiyada
O. Respigi, A. Kazel-la, Polshada K. Shimanovskiy va b.). Musiqiy Impressionizmga
tabiat manzaralari, tashqi dunyo hodisalarini kuzatish jarayo-nida yuzaga kelgan
histuygʻularni, nozik ruhiy holatlarni aks ettirish xosdir. Asarlar tembr va
garmoniyaning rang-barangligi, shakl rivojining erkinligi, ritmikasining beqarorligi
bilan ajralib turadi.
Adabiyotda — Impressionizmning bir necha uslubiy yoʻnalishlari kuzatiladi.
"Psixologik Impressionizm" yoʻnalishida yaratilgan asarlar, ayniqsa, mashhur. Garchi
bu yoʻnalishning asoschilari aka-uka Gonkurlar hisoblansada, yangicha shakldagi
ruxiy taxlillarga boy asarlarni K. Gamsun, T. Mann, S. Sveyg , ayniq-sa, M. Prust
ijodida koʻplab uchratish mumkin.
20-asr oʻrtalariga kelib I. uslub sifatida oʻz umrini tugatgan boʻlsada, turli
mamlakatlar ijodkorlari orasida bu yoʻnalishda asarlar yaratayetgan yoxud ijodiy
evolyusiyasining muayyan bosqichida unga ergashgan yozuvchilar topiladi. Xususan,
oʻzbek adiblaridan X. Doʻstmuhammad ("Koʻz qorachigʻidagi uy", "Jajman" va b.), N.
Eshonqul ("Maymun yetaklagan odam" va b.) ijodida shu yoʻnalishning taʼsiri seziladi.
Impressionist rassomlar ijodi oʻzbek rangtasvir sanʼati rivojida ham oʻz ifodasini
topdi. Oʻzbekistonlik rassomlar L. Bure, O. Tatevosyan, P. Benkov, 3. Kovalevskaya,
A. Mirsoa-tov va b. ijodida shu taʼsir seziladi.
Musiqiy impressionism
Musiqiy impressionizm go'zal impressionizm kursi asosida rivojlandi. An'anaga
ko'ra, Klod Debussi va Mauris Ravel musiqadagi impressionizm vakillari hisoblanadi.
Impressionist bastakorlarning musiqasida asosiy narsa kayfiyatni almashtirish,
ramzlarning ma'nosiga ega bo'lish, tashqi dunyo haqida o'ylash natijasida yuzaga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
383
kelgan nozik psixologik holatlarni belgilash edi. Musiqiy impressionizm, shuningdek,
ramziy shoirlarning san'atiga yaqin edi, uning "samarasiz" kulti.
O'n to'qqizinchi asr oxirlarida musiqa tanqidchilari tomonidan ishlatilgan
"impressionizm" atamasi. sud yoki istehzo ma'nosida, keyinchalik umumiy qabul
qilingan ta'rifga aylandi va o'n to'qqizinchi va yigirmanchi asr boshlarida musiqiy
hodisalarni keng qamrab olishga kirishdi. Frantsiyada ham, Evropaning boshqa
mamlakatlarida ham.
Adabiyotlar:
1.
Martinov I. Istoriya zapadnoevropeyskoy muziki. Tom 5. M. 1963.
2.
Levik B. Muzikalnaya literatura zarubejnix stran. Ch 5. M. 1975.
3.
G. V. Keldish bosh muharrirligida — Musiqiy ensiklopedik lug‘at. Moskva: «Sovet
ensiklopediyasi», 1990.
4.
Raxmatullaev, X. S. (2023). Musiqaning kashf qilinishi haqidagi nazariyalar.
tarixgacha bolgan davr. Solution of social problems in management and
economy, 2(4), 70-75.
5.
M. Jherar va R. Shalyu tomonidan tuzilgan — Ravel o‘z maktublari oynasida.
Leningrad: «Musiqa», 1988.
6.
G. Shneerson — XX asr fransuz musiqasi, 2-nashri. Moskva, 1970.
7.
Erik Sati, Yuriy Xanon — Orqaga qarab eslashlar. Sankt-Peterburg: O‘rta Musiqa
Markazi va «Rossiya Obrazlari» nashriyoti, 2010. — 682 bet. — ISBN 978-5-87417-
338-8.
8.
Vinsent d’Indi — Richard Wagner va uning fransuz musiqiy san’atiga ta’siri. Parij,
1930.
9.
Erik Sati — Asarlar («Écrits»). Parij: Champ Libre nashriyoti, 1977.
10.
Ann Rey — Sati. Parij: Seuil nashriyoti, 1995.
11.
Ornella Volta — Erik Sati. Parij: Hazan nashriyoti, 1997.
12.
Emil Vuillermoz — Klod Debyussi. Jeneva, 1957.