MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
164
O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATI: TARIXIY TARAQQIYOT VA
ZAMONAVIY TENDENSIYALAR
Guliston Davlat unversiteti
Sanatshunoslik fakulteti oqiyuvchisi Qarshiboyeva Dilafruz
Guliston Davlat unversiteti Rangtasvir yonalishi oquvchisi
Boqiyeva Tahmina
Annotatsiya: Ushbu maqolani yoritilish jarayonida O‘zbekiston tasviriy
san’ati: tarixiy taraqqiyot va zamonaviy tendensiyalar shularga a’lohida e’tibor berib
ketildiki, tasviriy san’at va uning rivojlanishi yo‟lida shu kungacha ko’plab rassomlar
va ijodkorlar yetishib chiqishgan va o’zlarining ijodlari bilan bo’lishib kelishmoqda.
Maqolada asosan O’rta Osiyo me’morchiligidagi tasviriy va amaliy san’at, xattotlik
hamda me’morchilik namunalarining uyg’onish davridagi nisbatlari solishtirib taxlil
qilingan.
Kalit so`zlar: Kasb, hunar, mehnat, mutafakkir, xattotlik, miniatyura,
me‟morlik, gumbaz, koshin, kulolchilik, olim, ganj, rizq, qaram, ehtiyoj, moddiy,
meros.
O'zbekiston tasviriy dastgoh san'ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta
yutuqlarga erishdi. O'zbekiston san'ati zafarli yo'lni bosib o'tdi. Respublikamiz
rassomlari ko'pgina ko'rgazmalarda faol ishtirok etib, san'atimiz ta'sirchanligining ortib
borayotganini namoyish etdilar. Bizning rassomlarimiz ko'pgina janrlarda ijod qilib
kelmoqdalar, manzara, natyurmort, portret va boshqa. Natyurmortda bozorlarimizning
to'lib toshgan noz-ne'matlarini, manzara janrida esa, o'lkamizning go'zalligini va
bepoyonligini, oddiy tabiat ko'rinishidagi go'zallikni to'laqonli ifodalashga harakat
qilmoqdalar. Shu bilan birga qadimdan qolgan butun dunyoga taniqli ajib
me'morchilikning nodir yodgorliklarini o'z asarlarida ko'rsatdilar.1 Portret janrida esa
Vatanimizning ilg'or kishilarini, mehnatkash xalqni, shoir, rassom, musiqachilarni
tasvirladilar. Bizning O'zbekiston Vatanimiz ajoyib iste'dodli rassom va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
165
haykaltaroshlarni yetkazib berdi. Bular ichida Iskandar Ikromov, Chingiz Ahmarov,
Malik Nabiyev, Mannon Saidov, Damir Ro'ziboyev, Ilhom Jabborov, Javlon
Umarbekov, Bahodir Jalolov, Alisher Mirzayev, Akmal Ikromjonov, Ne'mat Hakimov,
Osimxon Vosixonov, Temur Sa'dullayev, G'ofur Abdurahmonovlar alohida mavqega
ega. O'zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzayev rangtasvir ustasi xalqimiz
an'analariga, boy va sermazmun o'tmish tasviriy san'at merosiga hurmat bilan qaraydi.
Rassom o'z xalqiga xos psixologik kechinmalarni chuqur tahlil qila oladi. Rassom ona-
tabiat bag'rida o'zbekona an'analarni, to'ylarni, beg'ubor o'zbek bolalarini, lobar
qizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq bo'ldi .
Vatanimiz o’tgan qisqa vaqt mobaynida ulkan yutuqlarga erishdi. Sog’lom,
osoyishta ijtimoiy muhit, siyosiy barqarorlik vujudga kelib, fuqarolarimizga o’z
qobiliyat va iste‘dodlarini namoyon qilish, bunyodkorlik bilan shug’ullanishlari uchun
keng imkoniyatlar yaratildi.
―Keyingi davrlarda Vatanimiz tarixini xolisona o’rganish, targ’ib qilish
yuzasidan tarixchi olimlarimiz tomonidan talaygina ilmiy yangiliklar qo’lga kiritilib,
ilmiy jamoatchilikka taqdim etildi. Ko’plab tarixiy jarayonlar, shaxslar tarixi yangidan
o’rganilib, xolis baho berilgan holda taqdim etilmoqda. Hali oldinda talaygina ishlar
turibdi. Bu birinchi galda o’tmishimizni allomalarimiz qoldirib ketgan birlamchi
manbalarga tayangan holda sinchiklab o’rganib, hech qanday bo’yoq va
soxtalashtirishlarsiz xalqimizga yetkazishdan iboratdir. Kimlardir yozib bergan yoki
ularning g’oyaviy ta‘sirlari ostida taxminlarga tayanib yozilgan tarixlardan voz kechish
payti keldi‖. Tasviriy sanʼat faqat koʻrish mumkin boʻlgan narsalarnigina tasvirlab
qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi
(fabula), erkin hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni gʻoyaviy
oʻzlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tasviriy sanʼat insonning ruhiy kiyofasini,
uning oʻzgalar bilan oʻzaro munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik va
emotsional mazmunini ham yoritadi. Baʼzan mavjud boʻlmagan, rassom tasavvurining
mahsuli boʻlgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi turli davrlarni
aks ettiradi. Davrning faqat hissiy holatigina emas, balki uning gʻoyaviy mohiyati,
siyosiy, falsafiy, estetik va etnik gʻoyalari ham tasviriy sanʼatning mazmuniga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
166
aylanadi. Tasviriy sanʼat obrazlarining koʻrgazmaliligi rassomga hayotning muayyan
hodisasiga oʻz munosabatini yuksak darajada ifodalashiga imkon beradi; shu tufayli
hayotni bilishning faol shakli sifatida jamiyatning ijtimoiy hayotida, maʼlum tizimning
ommaviy ongini qaror topishida muxim rol oʻynaydi. Olamni bilishning shakllaridan
biri sifatida ijtimoiy ongni shakllantiradi hamda xalq orzu umidlarini ifodalash shakli
sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy sharoitda umumgoyaviy
kurashlarning bir boʻlagi sifatida namoyon boʻladi. Insoniyatning mehnat faoliyati,
eʼtiqodlari, diniy qarashlari zaminida tasviriy sanʼat paydo boʻlgan va rivojlangan.
Qadimgi tosh asrining ilk bosqichidayoq inson oʻz ehtiyoji uchun zarur boʻlgan
buyumlarni yaratish, libos, turar joylar tayyorlash jarayonida qulaylik, maqsadga
muvofiqlik tushunchalari rivojlanib, ritm, simmetriya hissi ortdi. Marxumlar bilan
vidolashuv, dafn marosimlarida marxumlar qabriga turli buyumlar koʻyish odatlarida
tasviriy sanʼatning fazoviy fikr yuritish, fazoviylik, kenglik, olam tushuncha va
tasavvurlari shakllanib bordi. Tosh, suyak, keyinchalik sopoldan ishlangan turli shakl
va haykallarda, qoyatoshlarga, gor devorlariga chizilgan, rangda ishlangan rasmlarda
ibtidoiy insonning mehnat faoliyati, dunyo, borliq haqidagi oʻy-xayollari, oʻzga dunyo
toʻgʻrisidagi tasavvurlari mujassamlashgan. Ibtidoiy jamoa tuzumining inqirozi hamda
mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralishi
tasviriy sanʼat rivojida muhim oʻrinni egallaydi. Tasviriy sanʼat inson faoliyatining
maʼlum sohasiga aylanib davr ruhiyati, uning siyosiy, maʼnaviy va nihoyat estetik
qarashlarini aks ettiruvchi manbaga aylandi. Qadimgi Sharq mamlakatlarida, jumladan
Qadimgi Misrda tasviriy sanʼat insonning dunyo, borliq toʻgʻrisidagi tushuncha va
tasavvurlarini, xudolar darajasiga koʻtarilgan firʼavnlarni ulugʻlash quroliga aylandi.
Yunonistonda tasviriy sanʼat jamiyatning erkin fuqarosiga qaratilgan va antik
mifologiyaning gʻoyalarini plastik moddiylashtirilgan koʻrinishida kamol topdi,
Qadimgi Rim realizmida murakkab inson jismi namoyon boʻddi. Insoniyat
sivilizatsiyasining muhim oʻchoqlaridan hisoblangan Oʻrta Osiyo, uning ajralmas
qismi Oʻzbekiston hududida ham tasviriy sanʼat ijtimoiy hayotda muhim oʻrin egallab,
davr hamda inson tafakkuridagi nozik oʻzgarishlarni oʻzida aks ettiradi. Zarautsoy
rasmlari, Xorazm, Sugʻd, Baqtriya mahobatli haykal va rangtasvirlari shuning dalilidir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
167
Oʻrta asrlar tasviriy sanʼati uslub jihatidan rangbarang, turlari keng va xilma xil, bu
davrda mahobatli haykaltaroshlikning nodir namunalari yuzaga keldi. «O‗zbek
xalqining madaniy merosi ming yillar davomida yaratilgan. Unda turli davrlarda
O‗zbekiston hududida e‘tiqod qilingan zardushtiylik, buddizm, islom va boshqa dinlar
yaratgan ma‘naviy–axloqiy qadriyatlar mujassamlashgan.Unda butun dunyoga
mashhur Imom Al-Buxoriy, At-Termiziy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad
Yassaviy, Baxouddin Naqshbandiy, Ulug‗bek, Alisher Navoiy, Mashrab kabi buyuk
mutafakkirlarning bilim va salohiyati gavdalangan. Bu merosda Amir Temur va
Boburlarning davlatchilik va siyosiy qurilish tajribalari, buyuk me‘morchilik
yodgorliklari, tasviriy san‘at, musiqa, amaliy san‘at asarlari, xalq urf-odatlari va
an‘analari uyg’unlashgan». Me‘moriy bezaklar tipologiyasi, qadimgi davr va ilk o’rta
asrlardagi O’rta Osiyo me‘moriy bezaklari ayniqsa, ilk islom uyg’onish davridagi tirik
mavjudotlarni tasvirlashni taqiqlovchi Islom qonuniyati me‘morchilik, xattotlik va
bezak kabi sohalarning rivojlanishiga turtki berdi. Ushbu san‘at turlari predmetning
shaklini rad etib, uning maqsad va mohiyatiga qaratilgan. Albatta Matematikada
bo’lgani kabi, geometrik-xandasaviy bezak sohasida ham Islom taraqqiyoti qadimiy
an‘analarni meros qilib olgan xolda, Islomiy geometrik bezakning eng qadimgi
rivojlangan Italiya, Fors naqshlari kabi shakli-tuzilishi jixatidan deyarli farq qilmaydi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR ROYXATI:
1. Xakimov A.A. Iskusstvo Uzbekistana: istoriya i sovremennost. -Tashkent:
Izdatelstvo jurnala «San'at», 2010. - 504 s.
2. Sulaymonov A., Abdullayev N., Sulaymonova Z. Tasviriy san'at. 7-sinf uchun
darslik. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2017. - 80 b.
3. Shavdirov, S. A. (2017). Podgotovka budushix uchiteley k issledovatelskoy
deyatelnosti. Pedagogicheskoye obrazovaniye i nauka, (2), 109-110.