MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
55
“O’ZBEKISTON SAYYOHLIGIDA MILLIYLIKNI TARG’IB QILISH’’
Tursunova Nigora Agzam qizi
Turizm yo’nalishi talabasi, Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Toshkent, O’zbekiston
Nigorakhon.tursunovaa@gmail.com
ORCID: 0009-0002-4719-4714
Karimova E’zoza Sanjar qizi
Turizm yo’nalishi talabasi, Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Toshkent, O’zbekiston
ORCID: 0009-0001-7701-7033
Annotatsiya: Ushbu maqola O‘zbekiston sayyohligida milliylikni targ‘ib
qilishning dolzarbligini tahlil qiladi. Milliy madaniyatni sayyohlik orqali targ‘ib etish
tarixiy merosni saqlash, sayyohlar e’tiborini jalb qilish va iqtisodiy barqarorlikni
kuchaytirishga xizmat qiladi. Maqolada, shuningdek, ekoturizm va milliy an’analarga
hurmat alohida urg‘u bilan yoritiladi. Ekoturizm yordamida tabiiy va madaniy
resurslarni saqlash, sayyohlarni barqaror rivojlanishga jalb qilish imkoniyati
ko‘rsatilgan. Sayyohlar bilan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish ham maqolaning muhim
qismidir, bu orqali o‘zbek madaniyatini sayyohlarga chuqurroq taqdim etish mumkin.
AR/VR texnologiyalari va raqamli platformalarning qo‘llanilishi esa milliylikni global
darajada tanitishda muhim omil sifatida baholanadi.
Abstract: This article analyzes the relevance of promoting nationalism in
Uzbek tourism. Promoting national culture through tourism serves to preserve
historical heritage, attract tourists, and strengthen economic stability. The article also
highlights ecotourism and respect for national traditions. The opportunity to preserve
natural and cultural resources and attract tourists to sustainable development is shown
through ecotourism. Establishing proper communication with tourists is also an
important part of the article, through which Uzbek culture can be presented to tourists
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
56
in a deeper way. The use of AR/VR technologies and digital platforms is considered an
important factor in promoting nationalism on a global scale.
Аннотация: В данной статье анализируется актуальность
продвижения национализма в узбекском туризме. Продвижение национальной
культуры через туризм служит сохранению исторического наследия,
привлечению туристов и укреплению экономической стабильности. В статье
также подчеркивается экотуризм и уважение к национальным традициям.
Возможность сохранения природных и культурных ресурсов и привлечения
туристов к устойчивому развитию показана через экотуризм. Установление
правильной коммуникации с туристами также является важной частью
статьи, посредством которой узбекская культура может быть представлена
туристам более глубоко. Использование технологий AR/VR и цифровых
платформ считается важным фактором продвижения национализма в
глобальном масштабе.
Kalit so’zlar: O‘zbekiston turizmi, milliylikni targ‘ib qilish, madaniy meros,
sayyohlik va madaniyat, ekoturizm, milliy an’analar, xalq hunarmandchiligi, milliy
taomlar festivali, sayyohlar bilan muloqot, raqamli texnologiyalar, barqaror turizm,
madaniy tadbirlar, raqamli platformalar.
Keywords: Uzbek tourism, promotion of nationality, cultural heritage, tourism
and culture, ecotourism, national traditions, folk crafts, national food festival,
communication with tourists, digital technologies, sustainable tourism, cultural events,
digital platforms.
Ключевые слова: узбекский туризм, пропаганда национальности,
культурное наследие, туризм и культура, экотуризм, национальные традиции,
народные ремесла, фестиваль национальной еды, коммуникация с туристами,
цифровые технологии, устойчивый туризм, культурные мероприятия,
цифровые платформы.
Adabiyotlar tahlili:
Ushbu maqolani yozishda jahon yozuvchilaridan
Henderson, J. C; MacCannell, D; Richards, G; Honey, M; Smith, M. K., & Duffy, R;
Richards, G., & Wilson, J; Abdelrahman, A. S., Salem, A. E., & Mohamed, S. A,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
57
Basheer, A. M., Al-Abdullatif, A. A., & Al-Hashem, A. A va o’zbek yozuvchilaridan
Karimov, S; Ahmedov, F., & Rakhimova, N larning yozgan ishlaridan foydalanilgan.
Kirish:
Bugungi global turizm bozori tobora raqobatlashib borar ekan, har bir
mamlakat o‘zining noyob madaniy merosi va milliy qadriyatlarini targ‘ib qilish orqali
sayyohlarni jalb etishga intilmoqda. O‘zbekiston esa boy tarixiy o‘tmishi, qadimiy
shaharlar va ko‘p asrlik urf-odatlari bilan alohida o‘rinni egallaydi. Ayniqsa,
milliylikni turizm sohasida ilgari surish orqali mamlakat o‘zining madaniy identitetini
saqlab qolish va uni global miqyosda tanitish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Milliylikning
sayyohlikda targ‘ib qilinishi nafaqat xorijiy sayyohlarning qiziqishini oshiradi, balki
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi va madaniy merosning barqaror rivojlanishini
ta’minlaydi. Ushbu maqola O‘zbekistonda milliylikni targ‘ib qilishning zamonaviy
yo‘llarini — xalq hunarmandchiligi, ekoturizm, madaniy tadbirlar, raqamli
texnologiyalar va xalqaro muloqot orqali amalga oshirilayotgan tashabbuslarni tahlil
qiladi. Shu orqali milliylikning turizmga integratsiyasi bo‘yicha mavjud imkoniyatlar
va istiqbollar ochib beriladi.
Metodologiya:
Maqolada O‘zbekiston turizmida milliylikni targ‘ib qilishning
dolzarbligi va istiqbollarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan, shuningdek, mavzuni
yoritishda bir nechta tadqiqot yondashuvlari uyg‘unlashtirildi. Avvalo, deskriptiv
1
metod asosida mavjud holat – O‘zbekistonda milliy madaniyatni sayyohlik orqali
targ‘ib qilishning mavjud shakllari, tajribalari va rasmiy strategiyalari tahlil qilinadi.
Bu orqali madaniy turizmning real ko‘rinishlari va jarayonlari asosli faktlar bilan
tasvirlab beriladi.
Bundan tashqari, analitik metod yordamida milliylik va sayyohlik o‘rtasidagi
bog‘liqlik, ekoturizm, muloqot madaniyati va raqamli texnologiyalarning
samaradorligi baholanadi. Bu yondashuv orqali milliy qadriyatlarni sayyohlik
faoliyatiga integratsiyalash vositalari va ularning ijtimoiy-madaniy ta’siri chuqur tahlil
qilindi.
Maqolada statistik dalillarning ishonchliligini oshirish maqsadida 2023–2024-
yillardagi so‘nggi statistik ma’lumotlar tahlil qilindi. Bu raqamlar turizmda
1
ta’rifiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
58
milliylikning o‘sib borayotgan o‘rnini asoslashda asosiy dalil sifatida ishlatildi. . Shu
bilan birga, Prezidentimiz ta’kidlaganidek [1], "Turizm sohasi orqali milliy
qadriyatlarimizni namoyon etish, nafaqat mamlakatimiz iqtisodiyotiga foyda keltiradi,
balki xalqaro miqyosda O‘zbekistonning madaniy brendini shakllantiradi." degan fikr
mazkur metodologiyaning nazariy poydevoridir.
Asosiy qism:
Zamonaviy turizm sohasi bugungi kunda nafaqat diqqatga
sazovor joylarni ko‘zdan kechirish, balki madaniy identitetni anglash va milliy o‘zlikni
chuqurroq tushunish vositasiga aylanmoqda. Milliy identitet
2
(national identity) degan
tushuncha turistik tajribaning mazmuniy qismiga aylanishi orqali sayyohlarning faqat
tashqi tomosha emas, balki ma'naviy boylikni ham o‘zlashtirishiga imkon yaratadi. Bu
holat O‘zbekiston singari ko‘p asrlik tarixga ega mamlakatlar uchun dolzarbdir.
Henderson aytganidek: - ‘’sayyohlik milliy identitetni uzatish va mustahkamlashning
kuchli vositasi bo‘lib, ko‘pincha mamlakatning tashqi dunyodagi imidjini
shakllantirish uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi [2]. Milliylik — bu xalqning
tarixiy tajribasi, go‘zallikka oid qarashlari hamda madaniy merosini aks ettiruvchi
ijtimoiy shakllanishdir, uni turizm orqali targ‘ib etish, mamlakatni yanada
yuksaltirishga xizmat qiladi. Madaniy turizm doirasida milliylik omili noyoblik va
raqobatbardoshlikni ta’minlovchi asosiy tarkibiy qism sifatida e’tirof etiladi. Madaniy
turizm jamiyatlar va shaxslar uchun identitetni shakllantirish vositasi sifatida tobora
ko‘proq qaralmoqda, bunda autentiklik va o‘ziga xoslik asosiy boyliklar sifatida
ta’kidlanadi[3].
Shuningdek, O‘zbekistonda milliylikni targ‘ib qilish doirasida xalq
hunarmandchiligi, milliy taomlar, folklor san’ati va an’anaviy mehmondo‘stlik kabi
elementlarning sayyohlarga vizual va interaktiv tarzda yetkazilishi muhim ahamiyatga
ega. Zamonaviy sayyohlar shunchaki hordiq emas, balki boshqa madaniyatlarning asl
mohiyatini ochib beradigan 'autentik'
3
tajribalar bilan chuqurroq aloqani izlaydilar[4].
Shu qatorda, o‘zbek ipagi, milliy liboslari va O‘zbekistonning an’anaviy
bezaklarini keng targ‘ib etish maqsadida jahonning mashhur kutyurye va moda uylari
2
Milliy o’ziga xoslik
3
haqiqiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
59
bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlarini olib borishmoqda. Milliylik asosida
shakllangan turistik mahsulot boshqa bozorlardan ajralib turadi, u o‘zining intellektual
kapitali va emotsional jozibadorligi bilan sayyohlarni qayta-qayta jalb etadi. Shu bilan
birga, bu yo‘nalish iqtisodiy foydali bo‘lib, mahalliy aholi bandligini oshirish va
barqaror turizm asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ekoturizmning asosiy tamoyillaridan biri — “autentic experience” taqdim
etish bo‘lib, sayyohlarga haqiqiy madaniy muhitni his qilish imkonini beradi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, "Ekoturizm sayohatchilarni mahalliy jamoalar bilan muloqot
qilishga undaydi va an'anaviy amaliyotlarga hurmat uyg‘otadi" deb hisoblashadi [5].
Shuningdek, host–guest interaction konsepsiyasi doirasida, sayyohlar va
mahalliy aholining madaniy almashinuvi sayyohlik tajribasining eng muhim
jihatlaridan biriga aylanmoqda. Mualliflarning ta'kidlashicha, "Bunday muloqotlar
sayyohlarga faqat ko‘ngilochar emas, balki chuqur madaniy anglash va o‘zaro
tushunishni ham taqdim etadi"[6].
O‘zbekistonda
tashkil
etilayotgan
ekologik
festivallar,
mahalliy
hunarmandchilik ko‘rgazmalari va milliy taomlar tanlovi kabi tadbirlar sayyohlar
uchun milliy an’analar va ekologik qadriyatlar o‘rtasida mustahkam bog‘liqlik
yaratmoqda. Natijada, O‘zbekiston milliy turizm brendi sifatida nafaqat tarixiy
obidalari, balki tirik madaniy merosi orqali ham global maydonda o‘z o‘rnini
mustahkamlab bormoqda. O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi, milliy kiyim-kechak,
marosimlar, an’anaviy hunarmandchilik — bularning barchasi sayyohlar uchun
unutilmas tajribaga aylanadi. Muhim terminlardan biri bu "kultural barqarorlik"
4
bo‘lib, u madaniy qadriyatlarni turizm orqali asrash va yangi avlodga yetkazish
g‘oyasini bildiradi. Bu borada, masalan, Boysun tumanida xalq og‘zaki ijodiyoti va
an’anaviy hayot tarzi asosida tuzilgan turistik yo‘nalishlar mavjud. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-102-son
mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish yo’l xaritasi jadvali" bo‘yicha qator chora
tadbirlar yo’lga qo’yilmoqda.
4
Madaniy barqarorlik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
60
O’zbekistonga tashrif buyurayotgan turistlar soni kundan kunga ortmoqda.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko’ra, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan
solishtirilganda
18,8
foizga
oshgan.(1-
jadval)[8]
1-jadval. Turistlar soni
Miliylikni samarali tarzda targ‘ib qilishda muloqot – ya’ni, interaktiv madaniy
aloqalar jarayoni – eng muhim omillardan biridir. Sayyohlar o‘zga davlatga tashrif
buyurganida, ular nafaqat tarixiy obidalarni, balki mahalliy xalqning yurish-turishi, til
uslubi, madaniy muomalasi orqali ham milliy qadriyatlar bilan tanishadi.
Sayyohlar bilan muloqotda madaniy yetakchilik va madaniy vositachilik
(cultural mediation)
5
kabi yondashuvlar ahamiyatli hisoblanadi. Masalan, gidlar va
mehmonxona xodimlarining professional tayyorgarligi, ularning xalqona iboralar,
tarixiy lavhalar, milliy urf-odatlar haqida to‘g‘ri va ta’sirchan axborot bera olishi,
sayyohlar tomonidan milliylikni chinakam his qilishiga yordam beradi [9].
5
madaniy vositachilik, madaniyatlarni tushuntirib beruvchi muhit
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
61
Turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi xodimlar uchun madaniyatlararo
kompetensiya
6
darajasini oshirish, ayniqsa ko‘p millatli va globallashayotgan turistik
makonlar sharoitida zaruriy vositaga aylanmoqda. Bu borada turizm sohasidagi
etnokommunikatsiya
7
modeli asosida trening va o‘quv dasturlari tashkil etilishi
mumkin [10]. Shuningdek, "muloqot orqali taqdimot" yondashuvi samarali vosita
sifatida maydonga chiqadi. Bu yondashuvga ko‘ra, sayyohlar uchun faqat tayyor
ma’lumot emas, balki ular bilan birgalikda faoliyat olib borish – masalan, milliy taom
tayyorlashda ishtirok etish, milliy libos kiyib ko‘rish, xalq o‘yinlarida qatnashish orqali
milliylik yanada chuqurroq anglanadi. Aynan shunga, Rossiyada o‘tkaziladigan
"
Времена и эпохи
" [11] festivali — milliy tarix va madaniy qadriyatlarni ommaga
taqdim etishga xizmat qiladigan yorqin tadbirni misol bo’la oladi. Ushbu festival
davomida ishtirokchilar o‘z xalqlarining o‘ziga xos an’analari va tarixiy davrlarini
jonlantirib, mehmonlarga o‘z milliy meroslarini his etish imkonini beradilar.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, sayyohlar eng ko‘p eslab qoladigan va baho
beradigan jihatlardan biri — bu mahalliy aholi bilan bo‘lgan insoniy aloqalardir [12].
Shu bois, muloqot nafaqat axborot vositasi, balki madaniy ta’sirchanlikni oshiruvchi,
turistik tajribani boyituvchi vosita hisoblanadi.
Bugungi raqamli davrda O‘zbekistonning boy madaniy merosini global
miqyosda tanitish uchun zamonaviy texnologiyalar, xususan, raqamli platformalar,
virtual sayohatlar va AR/VR
8
texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda. O‘zbekistonning
madaniy va tarixiy boyliklarini raqamli platformalar orqali taqdim etish orqali
sayyohlar interaktiv tarzda ma'lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin. Mobil ilovalar va
veb-saytlar yordamida foydalanuvchilar O‘zbekistonning qadimiy obidalarini, xalq
hunarmandchiligi, milliy oshxona va urf-odatlarini o‘rganish imkoniyatiga ega
bo‘lishadi. Bu holat sayyohlarning tajribasini yanada boyitadi va o‘zgacha bir tajribaga
ega bo’lishlariga imkon yaratadi.
Virtual sayohatlar esa sayohat qilish imkoniyati cheklangan sharoitlarda ham,
masofaviy ravishda O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylarini ko‘zdan kechirish
6
madaniyatlararo muomala yuritish malakasi
7
millatlararo madaniy muloqot shakli
8
AR- augmented reality/ VR- virtual reality
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
62
imkonini beradi. 360° darajali videolar va 3D modellashtirish texnologiyalari orqali
sayyohlar virtual sayohatlarni milliylik ruhida his etishadi, bunday turlar sayyohlik
tajribasini jonlantiradi va ta’sirchan qiladi. Misrning Luksor shahrida virtual reallik
texnologiyalari yordamida tarixiy joylarni targ‘ib qilishning muvaffaqiyatli tajribasi
bunga misol bo‘la oladi[13].
AR/VR texnologiyalari orqali qadimiy tarix sahifalarini interaktiv tarzda
"jonlantirish" va madaniy merosni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Ular yordamida
madaniy meros ob'ektlarini interaktiv tarzda namoyish etish, sayyohlar uchun yanada
chuqurroq tajriba yaratish imkonini beradi[14] Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali
milliy urf-odatlarni targ‘ib qilish ham samarali usullardan biri bo‘lib, bu orqali
xalqning boy madaniyati va tarixini dunyoga tanitish mumkin. Bu borada Nur
Parpiyevning kun.uz saytida bergan takliflari mutlaqo yechim bo’la oladi[15].
Natijalar:
O‘zbekistonda milliylikni sayyohlik orqali targ‘ib etish so‘nggi
yillarda barqaror rivojlanmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ekoturizm va madaniy
turizm sayohatchilarni nafaqat tabiiy go‘zalliklar bilan, balki xalqning qadimiy
an'analari bilan tanishtirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Raqamli
platformalar va AR/VR texnologiyalari esa milliy merosni interaktiv va zamonaviy
shakllarda taqdim etishga imkon bermoqda. Mahalliy hunarmandchilik, milliy taomlar
va folklor an'analari orqali O‘zbekiston o‘z turistik brendini mustahkamlab bormoqda.
Ekoturizm amaliyotida barqaror rivojlanish tamoyillari va madaniy almashinuv ("host–
guest interaction") tushunchasi asosiy o‘rin egallamoqda.
Xulosa:
Milliylikni sayyohlik faoliyatida targ‘ib qilish O‘zbekiston uchun
nafaqat iqtisodiy foyda, balki madaniy merosni saqlash va global maydonda milliy
o‘zlikni namoyon etish imkoniyatini yaratmoqda. Ekoturizm va madaniy turizm
yo‘nalishlarining kengayishi sayyohlarga O‘zbekiston madaniyatining o‘ziga xos
jihatlarini teranroq anglash imkonini bermoqda. Raqamli texnologiyalar milliy
qadriyatlarni dunyo auditoriyasiga tez va samarali yetkazish imkonini oshirmoqda.
Kelgusida sayyohlik sohasida milliylikni yanada chuqurroq targ‘ib qilish orqali
xalqaro turizm bozorida O‘zbekistonning o‘ziga xos o‘rni mustahkamlanishi
kutilmoqda.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
63
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Mirziyoyev, SH. (2022, p. 83). Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi.
Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
2.
Henderson, J. C. (2009). Cultural heritage and tourism in the developing world:
A regional perspective. Routledge.
3.
MacCannell, D. (1976). The Tourist: A New Theory of the Leisure Class.
University of California Press.
4.
Richards, G. (2007). Cultural tourism: Global and local perspectives. Haworth
Press.
5.
Honey, M. (2008).
Ecotourism and Sustainable Development: Who Owns
Paradise?
(2nd ed.). Island Press.
6.
Smith, M. K., & Duffy, R. (2003).
The Ethics of Tourism Development
.
Routledge.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son
https://www.lex.uz/uz/docs/-7031233
8.
https://t.me/statistika_rasmiy/5255
9.
Karimov, S. (2022). Madaniy meros va turizm sohasida kommunikatsiya
masalalari. Toshkent: Turizm va Madaniy Meros Instituti nashriyoti.
10.
Ahmedov, F., & Rakhimova, N. (2021). Etnokommunikatsion yondashuvlar
turizmda. Samarqand: “Silk Road” ilmiy jurnali.
11.
https://youtu.be/5u0-3lzDsOs?si=TLBYuk5_0tBEwBsg
12.
Richards, G., & Wilson, J. (2006). Developing creativity in tourist experiences:
A solution to the serial reproduction of culture? Tourism Management, 27(6), 1209–
https://doi.org/10.1016/j.tourman.2005.06.002
13.
Abdelrahman, A. S., Salem, A. E., & Mohamed, S. A. (2022). Virtual reality as
a tool to promote cultural heritage tourism: The case of Luxor, Egypt.
International
Journal of Tourism and Hospitality Management
, 5(1), 100-117.
14.
Basheer, A. M., Al-Abdullatif, A. A., & Al-Hashem, A. A. (2023). Exploring
culture and heritage through immersive AR/VR technologies in tourism. In
Exploring
Culture and Heritage Through Experience Tourism
(pp. 121-136). IGI Global.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
64
https://kun.uz/news/2018/08/21/vatanim-uzbekiston-pokiston-emas-eki-millij-
turizmni-rivozlantiris-nimalarga-boglik